ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
601
MAQOLLAR XALQ PAREMALARINING TARKIBIY QISMI SIFATIDA
Karimova Gulsanam Bahodirovna
Buxoro shahar 19-IDUM o‘zbek tili o‘qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14703634
Annotatsiya. Maqolada xalq og‘zaki ijodi namunasi hisoblangan maqollarning ta’limiy
xususiyatlari, maktab o‘quvchilarini ma’naviy yetuk, barkamol kamol topishida xalq
paremalarining o‘rni haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, maqollarning lingvomadaniy
xususiyatlari bayon etilib, maqollar har bir millatning ma’naviy, tarixiy, millliy o‘zligini namoyon
etuvchi birlik sifatida tahlillar amalga oshiriladi.
Kalit so‘zlar: maqollar, xalq paremalari, paremiologik birliklar, aforizmlar, matallar,
naqllar, zarbulmasal.
PROVERBS AS A COMPONENT OF FOLK PROVERBS
Abstract. The article discusses the educational properties of proverbs, which are
considered examples of folk oral creativity, the role of folk proverbs in the spiritual and
harmonious development of schoolchildren. The linguistic and cultural characteristics of proverbs
are also described, and proverbs are analyzed as a unit that reflects the spiritual, historical, and
national identity of each nation.
Keywords: proverbs, folk proverbs, paremiological units, aphorisms, proverbs, sayings,
proverbs.
ПОСЛОВИЦЫ КАК СОСТАВНАЯ ЧАСТЬ НАРОДНОГО ПЕСНОПОВЕДАНИЯ
Аннотация. В статье рассматриваются воспитательные свойства пословиц,
которые являются образцами народного устного творчества, а также роль народных
пословиц в духовном и гармоничном развитии школьников. Описываются также
лингвистические и культурные особенности пословиц, пословицы анализируются как
единое целое, отражающее духовную, историческую и национальную идентичность
каждого народа.
Ключевые слова: пословицы, народные паремии, паремиологические единицы,
афоризмы, поговорки, пословицы, идиомы.
Xalqimiz boy ma’naviy me’rosining ajralmas bir bo‘lagi sifatida yashab kelayotgan maqol,
matal va iboralarni o‘rganish, ularda aks etgan xalq hayotini, insoniy tuyg‘ular tasvirini ko‘rsatish
har doim dolzarblik kasb etib kelgan.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
602
O‘zbek xalq maqollari, matallari va iboralarini maktab darsliklarida o‘rganish, ularni
chuqur tahlil qilish, o‘quvchiga asl mazmun-mohiyatini yetkazib berish bugungi kunda ilm
ahlining oldida turgan muhim masalalardan biridir.
Maqol xalq og‘zaki ijodining ixcham shaklga, ammo chuqur mazmunga ega bo‘lgan
janrlaridan biri bo‘lib, u xalqning ko‘p asrlik hayotiy kuzatishalri, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va
madaniy tajribalari asosida vujudga kelgan. Shu sababli ham maqollar o‘ziga xos tarbiyaviy
ahamiyat kasb etadi. Chunki har bir maqol kishilarning uzoq yillar mobaynidagi hayotiy tajribalari
hamda turmush sharoitlarida necha martalab sinovdan o‘tadi. Rus folklorshunosi V.P.Anikin
ta’biri bilan aytganda, “Xalq tajribasida bo‘lmagan narsa, maqolda ham bo‘lmaydi”. Xalq tajribasi
esa asta-sekinlik bilan asrlar mobaynida boyib boradi. Maqollar fikrni lo‘nda aniq va obrazli bayon
etishda nutqimiz uchun zaruriy vosita hisoblanadi.
Shuning uchun ham V. G. Belinskiy xalq maqol va matallarini “poeziyaning mohiyati” deb
hisoblagan edi.
Tarixiy manbalarda ham, xalq orasida ham xalqimizning aforistik ijodi turli-tuman
atamalar bilan nomlanib keladi. Maqol, matal, naql,masal, zarbulmasal, hikmatli so‘z, ibora, ta’bir,
aforizm, otalar so‘zi, ota-bobolardan qolgan so‘z, abushqa so‘zi, mashoyixlar so‘zi, donolar so‘zi,
donishmandlar so‘zi, hikmatlar so‘zi, oqinlar so‘zi, qadimgilar so‘zi, burungilar so‘zi, ilgari o‘tgan
yaxshilar so‘zi, va boshqalar.
O‘zbeklarda maqol, tojiklarda zarbulmasal, arablarda (jonli so‘zlashuvda) naql, turklarda
ata so‘zi atamasi bilan yuritiladi. Maqol atamasi arabcha “qavlun – gapirmoq, aytmoq” so‘zidan
olingan. Bu janr dunyodagi hamma xalqlar og‘zaki ijodida bor bo‘lib, hajm, shakl, yaratilishi
maqsadiga ko‘ra mushtarak hisoblanadi.
Hatto nomlanishida ham yaqinlik aniq seziladi. Jumladan, arablarda “qavlun” – gap, so‘z
ma’nosini ifodalasa, tojiklarning “zarbulmasal” atamalarida misol keltirish, ruslar “poslovitsa”
sida so’zlar bilan fikrni ifodalash, turklardagi “ata so‘zi” da esa ajdodlar so‘zini eslash ma’nosi
yetakchi. Mahmud Koshg’ariyning “Devoni lug‘otit turk” asarida ham “sav” atamasi otalar so‘zini
eslash tarzida keltirilgan. Alisher Navoiyda esa maqoldan misol keltirilib “masal” atamasidan
foydalanilgan. Xullas, maqol atamasi umumiy mazmun jihatdan “so‘z” tushunchasi bilan
bog‘lanadi.
Maqollar, o‘zbek xalqining o‘ziga xos qobiliyatlarini, tafakkurini, qadriyatlarini,
adabiyotini va madaniyatini ifodalayadigan qismlardir.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
603
Ular o‘zbek xalqining g‘oyalarini, fikrlashini, tabiatni, odob-axloq qoidalarni, ta’lim-
tarbiya, adabiyot va san’atning o‘ziga xosliklarini ifodalaydi.
Suvning oqishiga qara,
Xalqning xohishiga qara.
Ushbu o‘zbek milliy mental xususiyatlari aks etgan maqolda,
xalqning buyuk kuch ekanligiga ishora qilibgina qolmasdan, qadimdan turkiy xalqlarda muqaddas,
tuproq, suv, havo, olov kabi unsurlarni muqaddas bilganini ham ko‘rishimiz mumkin. Shuning
uchun ham xalqning kuch-qudrat ramzi muqaddas suvning oqishi bilan qiyos qilingan. Bu o‘zbek
maqollarining o‘ziga xos lingvomadaniy mazmun tashishidan ishora.
Otang o‘tirgan uyning tomiga chiqma!
Xalq og‘zaki ijod namunasi hisoblangan ushbu
maqolda o‘zbek xalqida ota-onaning hurmati qanchalar yuqori o‘rinda turishini ko‘rishimiz
mumkin. Otaning qadri baland ekanligini tashuvchi bu maqolda o‘zbeklarning muqaddas sanalgan
ham ota, ham uy leksemalari milliy-mental xususiyatlarni ifodalagan lingvomadiy birlikdir. “Ota
uyi” bilan bog‘liq ko‘plab paremalar adabiyotimizda aks etadi. Ota uyning ulug‘ligi, azizligi
haqida fikr yuritar ekanmiz, uni ona Vatanga ishora qilamiz. Vatan ostonadan boshlanadi, degan
gap ildizi ham shunga borib taqalsa, ajab emas.
Maqollar o‘zbek xalqining ustozlar tomonidan o‘rgatilgan va o‘qitilgan adabiy uslublaridir.
Bu uslublar o‘zbek xalqining tarixiy, etnik, din, adabiyot va madaniyat asoslariga bog‘liq.
Maqollar o‘zbek xalqining o‘ziga xos miliy qadriyatlarini ifodalayadi va milliy ziynatning
tildagi ko‘rinishlardan biri hisoblanadi. Mavzular ko‘lami turli mazmundagi maqollarda xalq
madaniyati, tarixiy qadriyatlari namoyon bo‘ladi. quyida biz salomatlik semasiga xos xalq
paremalarini tahlil qildik:
“Davo”, “Salomatlik” semalarini ifodalovchi paremiologik birliklar:
Vahima qilish yarim kasallik,
Xotirjamlik yarim boylik,
Sabr esa shifoning boshlanishidir.
Xalq donishmandligi aks etgan ushbu maqolda davo sirlari bayon etilishi bilan birga, hayot
haqiqatlari ham aks etgan, Ibn Sino ham “Kasalliklarning eng og`iri – vahima va qo`rquv bo`lsa,
eng yaxshi davo - xotirjamlikdir” deb aytgan.
Kasalni tabib emas, habib tuzatar.
Habib-sevikli do`st, o`rtoq demakdir.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
604
Haqiqatdan ham haqiqiy do`stning sizga bo`lgan mehri, uning daldasi shifokorlarning ming
urungan mashaqqatlari bilan tengdir, ushbu maqolda bemorni nafaqat tabib, balki uni yelkadosh
do`stining mehri ham yostiqdan bosh ko`tarishiga yordam berishi bayon etilgan.
Pokliging-sog`lig`ing.
Xalqimiz orasida keng tarqalgan ushbu salomatlik bilan bog`liq maqolda olam-olam ma’no
bor. Toza tana, toza iymon, toza fikr eng katta salomatlikdir, bu muqaddas kitobimiz hisoblangan
Qur’oni Karimda ham bayon etilgan va hadislarda ham inson salomatligining eng boshida tozalik,
poklik turishi bayon etilgan. Bu maqolga mos keladigan quyidagi maqol ham ham xalqimizning
ijod namunasidir:
Uyi tozaga gard yuqmas,
Gard yuqsa ham, dard yuqmas.
Quturganning kuni - qirq.
Xalqimiz orasida “qirq” soni “sehrli son” ekanligi barchamizga ayon, ya’ni shu qirq soni
bilan bog`liq ko`plab maqollar (Qing`ir ishning qiyig`i qirq kunda ham chiqadi. Qing`ir odam bir
tomon, qirq odam -bir…) , magiyalar (qirq kecha-yu qirq kunduz…), urf-odatlarimiz,
marosimlarimiz (chilla) va albatta ayrim kasalliklarning davosi ham bordir, shular jumlasidan
qutur kasalligi.
Kasal bitta - davosi mingta.
Ushbu maqolda bir kasallikning turli davolari borligi aytilgan. Abu Bakr Roziy ham bir
kasallikning davosi mijozga qarab o`zgarib boradi, kimningdir mijozi qabul qiladigan davo boshqa
mijozga teskari ta’sir qilishi mumkin, deydi.
Boylikning boshi — sog`liq.
Hozirgi kunga qadar dolzarb hisoblangan ushbu maqolda insonning eng katta boyligi bu
uning sog`ligi ekanligi aytilgan. Shu o`rinda buyuk Iskandar Zulqarnaynning vasiyatini
eslaylik
1
…
Isitmani yashirsang,
O`lim oshkor qilar.
1
…mening tobutimni yurtning eng mashhur tabiblari ko’tarib borishsin; qabrimgacha bo’lgan yo’lgan bor boyliklarim
sochib borilsin; qo’llarimni qabrdan chiqarib qo’yishsin. Toki odamlar bilishsinkim, ajal kelganda mashhur tabiblar
ham yordam berolmasligini, to’plagan oltinlarim shifo bo’lmasligini va albbata, shuncha boylik yig’ib qabrga ochiq
qo’l bilan ketayotganligimni.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
605
Yashirin ishning isi albatta oshkor bo`ladi, ya’ni kasallikni yashirsang ham u o`zini
namoyon etadi. Bu maqolning invariant shakli ham mavjud:
Kasalni yashirsang, isitmasi oshkor
etadi.
Kalla osgan kuni itdan, Kir yuvgan kuni bitdan qutulasan.
Xalq hayotiy tajribasi, momolarimiz mehnat faoliyati aks etgan ushbu parema, xalqonaligi
bilan ajralib turadi. Sharq xalqlariga xos bo`lgan, momolarimiz tayyorlagan milliy
ovqatlarimizdan biri kalla, tuyoq qaynatish ko`plab kasalliklar uchun shifodir. Kalla qozonda
osilgan kunda nafaqat oila a’zolar balki, hovlidagi it ham to`yadi, ya’ni ko`p suyakka ega bo`lgan
it “irrilamay” qo`yadi; pokliging -sog`liging deyilganidek, kir yuvilgan kunda ko`plab ko`rpa-
to`shaklar yuviladi va ular ko`plab chang, dog`lar bilan birga har xil hasharotlardan ham tozalanadi.
Shuning uchun ham kir yuvilganda bitdan qutulasan deyilgan.
Kasal kasal emas, kasalni boqqan kasal.
Xalqimiz orasida keng tarqalgan ushbu paremada hayot haqiqati aks etgan. Kasal kishining
oldidagi yaqini unga qarab, uning azoblanayotganini ko`rib, unga qandaydir yordam
berolmayotganidan ham ruhiy, ham jismoniy qiynaladi, shuning uchun xalqimiz: Eng qiyini -
kasalga emas, kasal boqqanga deb aytishadi.
Badiiy asarlarda ham maqollarni ko‘p uchratamiz. Yozma adabiyotda maqollardan
foydalanishning uch ko’rinishi mavjud:
1.Xalq maqoli aynan keltiriladi.
Alisher Navoiydan Muqimiygacha, Cho’lpondan O’tkir Hoshimovgacha o’z asarlartida
fikrni ixcham va tushunarli ifodalash maqsadida maqol matnidan aynan foydalanganlar.
“Masaldurkim, uyqu o’limdir” (Alisher Navoiy)
“Otning o’limi, itning bayrami” (Abdulla Qahhor)
2. Maqoldagi ayrim so’zlar o’zgaradi, ma’no saqlanadi.
“Otalarda bir so’z bor, eshit og’ajon,
Bosgan izidan qaytmas, o’lsa ham arslon” (Hamza).
Bu misralarda shoir “Arslon izidan qaytmas, yigit so’zidan” maqolidan ijodiy foydalangan.
3. Shoir biror fikrni maqoldagi ma’nodan foydalanib ifodalaydi. Bir qarashda bu fikr
mustaqildek ko’rinadi. Fikr yuritsak, adibning xalq maqollaridagi ma’noni o’ziga xos boshqa
so’zlar bilan ifodalaganini anglaymiz. Masalan, Alisher Navoiy g’azallaridan birida “O’lturur
mahramni sulton ganji pinhon aylagach”, - degan misra bor.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
606
Unda xo’jayin, sulton, hokim xazinasini yashirishni mahramiga, ya’ni eng yaqin
xizmatlarini bajaruvchi xizmatkoriga buyurishi, xazina biror yerga ko’milganidan so’ng ortiqcha
guvohdan qutilish uchun uni o’ldirish aytilgan.
Maqollar xalq donishmandligining nodir namunasi sifatida darsliklarimizda keltirilib
o‘quvchi yoshlarning ma’naviy yetuk kamol topishi uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Maqolda ifodalangan fikrlar, qadriyatlar maqol sodda va tushunarli tili orqali yoshlarning
qalbigacha kirib boradi.
REFERENCES
1.
Sh.M.Mirziyoyevning o`zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining o`ttiz yilligiga
bag`ishlangan marosimdagi nutqi//https://xs.uz/uz/ post/prezidentshavkat-mirziyoevning-
ozbek-tiliga-davlat-tili-maqomi-berilganining-ottizjilligiga-bagishlangan-tantanali-
marosimdagi-nutqi)
2.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va
mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF-5850-sonli Farmoni. 2019-yil
21-oktabr.
3.
Islomova Sh. She’riy tibbiy asarlarning lisoniy xususiyatlari / Qo‘qon DPI ilmiy xabarlari/
2024-y. 4-son.
4.
O’zbek folklori ocherklari. I tom 1988. 85-86 betlar.
5.
Abu Ali ibn Sino. Salomatlik sirlari. Toshkent: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi,2000.
Elektron kitob.
6.
Islomova Sh. Tibbiyot va she’riyat mushtarakligi/ Til, ta’lim, tarjima xalqaro jurnali/ 2022,6-
son.
