Authors

  • Asila Abdurahmanova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.62417

Keywords:

lug‘aviy ma’no semantik qonuniyat metaforik tafakkur istiora metaforametonimiya metonimiyasinekdoxa kinoya majoz.

Abstract

Maqolada lirik tasvir va ifodada metonimik ko‘chim va uning ko‘rinishlari Asqar Mahkam va Nodira Afoqova ijodi misolida o‘rganilgan, she’riyatda mazkur hodisaning indiviualligi ilmiynazariy jihatdan asoslab berilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

635

TILSHUNOSLIK MASALALARIDA METONIMIK KO‘CHIM VA UNING

KO‘RINISHLARI

Abdurahmanova Asila Alisherovna

TISU O’zbek tili talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14705278

Annotatsiya. Maqolada lirik tasvir va ifodada metonimik ko‘chim va uning ko‘rinishlari

Asqar Mahkam va Nodira Afoqova ijodi misolida o‘rganilgan, she’riyatda mazkur hodisaning

indiviualligi ilmiynazariy jihatdan asoslab berilgan.

Kalit so‘zlar: lug‘aviy ma’no, semantik qonuniyat, metaforik tafakkur, istiora,

metaforametonimiya, metonimiyasinekdoxa, kinoya, majoz.

METONYMIC TRANSFER AND ITS MANIFESTATIONS IN LINGUISTICS

Abstract. In the article, the metonymic movement and its manifestations in the lyric image

and expression are studied on the example of the works of Askar Mahkam and Nodira Afokova,

the individuality of this phenomenon in poetry is scientifically and theoretically justified.

Key words: lexical meaning, semantic regularity, metaphorical thinking, metaphor,

metaphormetonymy, metonymysynecdoche, irony, metaphor.

МЕТОНИМИЧЕСКИЙ ПЕРЕНОС И ЕГО ПРОЯВЛЕНИЯ В ЛИНГВИСТИКЕ

Аннотация. В статье изучается метонимический перенос и его проявления в

лирической образности и экспрессии на примере творчества Аскара Махкама и Нодиры

Афоковой, научно и теоретически обосновывается своеобразие этого явления в поэзии.

Ключевые слова: лексическое значение, семантическая закономерность,

метафорическое мышление, аллегория, метафора-метонимия, метонимия-некдот,

ирония, сравнение.

Har qanday so‘zning lug‘aviy ma’nosi biror belgi, harakat, xususiyatning boshqa xuddi

shunday xususiyatga ega bo‘lgan ob’ektga ko‘chirilishi natijasida kengayib boradi va rivojlanadi.

Ma’no ko‘chishining bunday rivojlanishini belgilab beradigan har bir tilning o‘zidagi

semantik qonuniyatlar bevositi badiiy ijod bilan bog‘liq. Metonimiya (yunoncha metonymia —

“qayta nomlash”) yuli bilan ma’no ko‘chishidabir belgi, harakatning nomi boshqa bir o‘xshashlik

asosida emas, o‘zaro aloqadorlik, bog‘liqlikka asoslanadi. Metafora, metonimiya, sinekdoxa va

vazifadoshlikdan tashqari, ma’no ko‘chishining qorishiq holda qo‘llanishi ham kuzatiladi. Bu

hodisa metonimiyaga ham tegishli: metafora-metonimiya, metonimiya-sinekdoxa tarzida


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

636

uchraydigan ko‘chimlar og‘zaki nutqda ham, badiiy adabiyotda ham ko‘p uchraydi.

“Adabiyotshunoslik lug‘ati”ida “badiiy adabiyotda, ayniqsa, metaforik tafakkur etakchilik

qilayotgan zamonaviy adabiyotda meionimiya metaforaga nisbatan kam uchraydi, zero estetik

funkstiyadorligi jihatidan u metaforadan quyiroq turadi. Shunday bo‘lsa-da, badiiy matnda

metafora bilan yondosh qo‘llangan holda u katta badiiy samara beradi, fikrni lo‘nda va ta’sirli

ifodaashga xizmat qiladi”[1;172] “Adabiyotshunoslik terminlari lug‘ati”da metonimiya –“ ikki

tushuncha o‘rtasidagi yaqinlikka asoslangan ko‘chma ifoda” [2;98], deyilgan bo‘lsa, boshqa bir

adabiyotshunoslik lug‘atida esa quyidagicha ta’rif berilgan: “ikki tushuncha o‘rtasidagi yaqinlikka

asolangan o‘xshashsiz ko‘chim. Metonimiyada biror narsa yoki voqeahodisaning nomi boshqasiga

ko‘chiriladi, u boshqa nom bilan ifodalanadi, biroq bu nomlash predmet yoki narsalar o‘rtasidagi

o‘xshashlikka emas, balki ular o‘rtasidagi yaqinlikka, aloqadorlikka asoslanadi. Mana shu jihati

bilan metonimiya istioradan farq qiladi”[3;364]. Yuqoridagi ta’riflardan kelib chiqib, metonimiya

haqidagi tushunchalarni ummlashtirsak, quyidagi to‘xtamga kelamiz. Demak, metonimiya –

ma’no ko‘chishi, ya’ni majozning bir turi bo‘lib, u 178 ikki narsa, voqea-hodisa o‘rtasidagi

aloqadorlikka asoslanadi, biroq ular o‘rtasida shakl, mazmun jihatidan o‘xshashlik, yaqinlik

umuman kuzatilmaydi. Masalan, ko‘k (osmon, ko‘kat, rang, pul birligi (dollor). Xoh shoir bo‘lsin,

xoh nosir bo‘lsin, hech kim metonimiyadan ham, perifrazadan ham bosh tortmagan va bunday

adabiy priyom (usul)lar orasida juda qadimdan ma’lumlari to hozirgacha ham uchrab turadi, ular

Avgust davri (XVII asr oxiri XVIII asr o‘rtalari)dayoq shoirlarga oddiy va siyqa tuyulgan. Ular

bilan bir qatorda esa yana yangilari ham yuzaga keladi va ular kelajakda davrimizning adabiy

g‘alatiliklari haqidagi asarlarning sahifalarini bezashi shubhasiz, deb yozadi Yan

Parandovskiy[4;148]. Uning fikriga ko‘ra, metonimiya, perifraza, xuddi istiora kabi ijtimoiy

tuzum, hukmron mafkura qanday bo‘lishiga qaramay barcha asrlar poeziyasiga xos mushtaraklik

mavjud, metonimiya insonni fikrlay boshlagan davrlardayoq tug‘ilgan. Metonimiya kinoya

sifatida talqin qilinar ekan, bu uning ibtidoiy xalqlar madaniyatida etuk tamaddunlardagiga

qaraganda ham ko‘proq tarqalganligini ko‘rsatadi. Chunki istioralar, kinoya, qochirimlar panasida

tilga olish lozim bo‘lmagan so‘zlar yashiringan bo‘lib, ular ifodalagan tushunchalar esa parda

ostiga olingan va tanib bo‘lmas darajada niqoblangan. Odamlar yovvoyi hayvonlarning, tabiatdagi

dahshatli hodisalarning, kasalliklar va o‘limning nomini tilga olishdan saqlanishgan. Ba’zi bir

qabilalarda shunga o‘xshash urf-odatlar to hozirga qadar saqlanib qolgan, jumladan, qabila

boshlig‘iga taalluqli bo‘lgan barcha narsalarni ochiq-oydin aytish mumkin emas va shama,

ishoralardagi topqirlik, ijodkorlik goho brauningcha chigallik darajasigacha etib boradi[4;149]


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

637

Majoz she’riy nutqni boyitadi, shoirning tasvir ob’ektiga munosabatini ifodalashga imkon

beradi. O‘xshatish, sifatlash, metafara (istiora), jonlantirish ham majoz turlariga kirsa,

metonimiya, mubolag‘a, sinekdoxa, perifraz, kinoya, antifraz, sarkazm kabilar qorishiq majozlar

deb yuritiladi quronov Jazba tunlarida oyning shu’lasin Yo‘l bilgan xayolman. Boshqa hech

kimman. Bir qudratli ovoz qilichi Sasim chiqarmas. Bo‘g‘zimga ko‘mildim. Jimman. G‘arlik,

chaquv, fahshu tuhmatni beor Olqishlab gullarga ko‘mganda shahar; Tillarini chaynab do‘stlarim

nochor, Tiynatim kosamga quyganda zahar; Pokiza jonlarni balchiqqa bulg‘ab, Bayroq

ko‘targanda iblis lashkari; Tomoshagoh bo‘lib bo‘zlayotgan qalb, O‘grilib turganda do‘stlar

teskari, Ketdim.[5;72] She’r adolatsizlik, zulm, haqsizlikdan bag‘ri qon bo‘lgan, do‘stu 179

birodarlaridan oqibat ko‘rmagan, o‘zidan boshqa hech kim suyamasligini tushunib etgan va tan

bergan, shu musibatga ko‘nikkan, kurashda engilgan va chekinishga majbur bo‘lgan, ichi nafratga

to‘la, do‘stlaridan yordam kutganida ular yuz burib ketgan inson haqida. Unda bo‘g‘izga

ko‘milgan ovoznining qotili qudratli kuchning zulm-istibdodi ko‘rsatilgan. Fahsh, chaquv, fahsh,

tuhmatni olqishlayotgan beor shahar qiyofasi aks etgan. Shahar so‘zi orqali sinekdoxa yuzaga

chiqqan, shahar emas, unda yashayotgan qo‘rqoq, oqibatsiz soxta do‘stlar dushmanga xizmat

qiladi. Hatto o‘sha dushmanga qo‘shilib, unga zahar tutadi, faqat bu og‘u qahramonning tiynatiga

quyiladi. Bu erda zahar ham ramziy ma’noda qo‘llangan. Zahar – jaholat, sotqinlik, qo‘rqoqlik,

manfaatparastlik. Tillarini chaynayotgan do‘stlar – inson qachon tilini chaynaydi? Yo og‘riqning

zo‘ridan, yo qo‘rquvning kuchliligidan. Ko‘rinib turibdiki, soxta do‘stlar ikkinchi toifaga mansub.

Iblis lashkari – individual metafora, bu do‘stlarning yana bir ko‘rinishi, ular bayroq ko‘tarib

olishgan, bayroq esa g‘alaba belgisi. Bayroq ko‘tarish uchun kuch-qudrat bo‘lishi kerak, iblis

to‘dasi shaharda bayroq ko‘tarib yurgan ekan, demak u kuchga, qudratga to‘lgan va o‘z atrofida

deyarli butun shahar xalqini birlashtirgan qavm. She’rda ilgari surilgan badiiy g‘oya, muallif

aytmoqchi bo‘lgan fikr, lirik qahramonning qalbini o‘rtayotgan dardni ochib berishda metafora,

metonimiya, sinekdoxa va boshqa ko‘chimlar jonli kartina hosil qilgan, voqelikni xuddi

kinotasvirdek kitobxon ko‘z oldida namoyo qilgan. Asqar Mahkamning “Shoir Ravshan Fayz

xotirasiga” deb nomlangan she’rida metonimiya davr fojialarini, ijtimoiy hayotdagi illatlarni, sovet

tuzumi yuritgan mafkuraning ayanchli asoratlarini ko‘rsatishga xizmat qilgan: “ Haq degan

shoirlar ketolmas yashab yo o‘lar, yo qolar egnida janda... Seni bir temirning tagiga tashlab

Toshkent aysh surardi restoranlarda.... yoki Qo‘qonda yigitlar otilganida Toshkentda ashula aytgan

...vachchamiz, va yana: Sen tongga intilding jasading bilan “shoirlar” Do‘rmonda aroq qusganda...


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

638

Shoir atoqli otlarni ko‘chma ma’noda shaxs oti o‘rnida qo‘llaydi, natijada metonimiya

orqali she’rning ta’sirchanligi ortgan, lirik “men”ning kayfiyatidagi keskin norozilik, jamiyatdagi

adolatsizlikka bo‘lgan nafrati she’rda o‘zining to‘liq tasdig‘ini topgan, bunda shoir “men”i lirik

“men” bilan birlashgan. Xato bari Barchasi xato... Hamma yalar totli ruyoni Hatto ba’zan bir

mushtumzo‘r shoh Aldab qo‘yar butun dunyoni.... Aldash rusum garchi qizlarni it suruvni aldab

haydaydi Bir tepakal esa bizlarni etmish yildan buyon aldaydi. Asqar Mahkam mazkur satrlarda

sobiq sho‘ro tuzumining ilk yo‘lboshchisi 180 dahriy va shafqatsiz Lenin va uning xalqlar ustidan

olib borilgan mustabid siyosatini fosh qilgan. Xalqni yolg‘on va’dalar o‘ziga og‘dirib olgan va shu

yo‘l bilan 73 yil dunyoga tahdid solgan sobiq sho‘rolar davlatining maqsadi xalqlarni ruslashtirish,

ulardan tekin ishchi kuchi sifatida foydalanish, mustaqil fikrni cheklash orqali sanoqsiz qullar

imperiyasini barpo qilish bo‘lgan. Inson erkiga daxl qilingan har qanday jamiyatning tanazzulga

yuz tutishi muqarrarligini esa vaqtning o‘zi isbotladi, va nihoyat yurtimiz istiqlolga erishdi.

REFERENCES

1.

Қуронов Д., Мамажонов З., Шералиева М. Адабиётшунослик луғати. – Т.:

Akademnashr, 2013.

2.

Ҳомидий Ҳ, Абдуллаева Ш, Иброҳимова С. Адабиётшунослик терминлари луғати.

Т.: Ўқитувчи, 1970.

3.

Ҳотамов Н,. Саримсоқов Б. Адабиётшунослик терминларининг русча-ўзбекча

изоҳли луғати. Т.: Ўқитувчи, 1979. 364 б.

4.

Ян Парандовский “Сўз кимёси” “Алхимия слова”, Москва, изд-во “Правда”, 1990

г.148-б 5. Афоқова Н. Бизнинг эра. Т.: Ijod press, 2010.262 б. 6. Маҳкам

Асқар.Ҳақ.Сайланма. Душанбе, Адиб, 1998.457 б

5.

Berdieva Zebo Uralovna “LIRIK TASVIR VA IFODADA METONIMIK KO‘CHIM”

maqola Termiz,2024

References

Қуронов Д., Мамажонов З., Шералиева М. Адабиётшунослик луғати. – Т.: Akademnashr, 2013.

Ҳомидий Ҳ, Абдуллаева Ш, Иброҳимова С. Адабиётшунослик терминлари луғати. Т.: Ўқитувчи, 1970.

Ҳотамов Н,. Саримсоқов Б. Адабиётшунослик терминларининг русча-ўзбекча изоҳли луғати. Т.: Ўқитувчи, 1979. 364 б.

Ян Парандовский “Сўз кимёси” “Алхимия слова”, Москва, изд-во “Правда”, 1990 г.148-б 5. Афоқова Н. Бизнинг эра. Т.: Ijod press, 2010.262 б. 6. Маҳкам Асқар.Ҳақ.Сайланма. Душанбе, Адиб, 1998.457 б

Berdieva Zebo Uralovna “LIRIK TASVIR VA IFODADA METONIMIK KO‘CHIM” maqola Termiz,2024