738
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
TАLАBАLАRNI MILLIУLIKKА TАRBIУАLАSHDА АUDITОRIУАDАN TАSHQАRI
MАSHG‘ULОTLАRNING TАRBIУАVIУ РОTЕNTSIАLI
Venera Erjanova
Qaraqalpoq Davlat Universiteti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14709710
Annotatsiya. Bu maqolamizda talabalarning, aniqroq aytganda bo'lajaq o'z kasblarning
yetuk mutaxassislarining vatanga muhabbat tuygʻusini milliylik ruhida tarbiyalashda oliy taʼlim
muassasalarida auditoriyadan tashqari ishlarning ahamiyatini va bu borada amalga
oshirilayotgan islohotlar, pedagog kadrlarning talabalar tarbiyasida oʻqitishning mustaqil
ishlarida ham faol ishtirok etishlariga ularni Milliy tarbiya ruhidagi yetuk mutaxassislar boʻlib
yetilishiga qoʻshayotgan hissalari haqida maʼlumotlar keltirilgan.
Kalit soʻzlar: Vatanga muhabbat,milliylik, tarbiya, pedagog, talabalar va yoshlar,
auditoriya, mustaqil ishlar, imkoniyatlar.
ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЙ ПОТЕНЦИАЛ ВНЕКЛАССНОЙ РАБОТЫ В
НАЦИОНАЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ УЧАЩИХСЯ
Аннотация. В данной статье речь пойдет о значении внеаудиторной работы в
высших учебных заведениях в воспитании студентов, точнее, будущих специалистов своих
профессий, в духе национализма, и реформах, проводимых в этом направлении.
обеспечивается активное участие педагогов в самостоятельной педагогической работе по
воспитанию студентов, информация об их вкладе в становление зрелых специалистов в
духе воспитания.
Ключевые слова: любовь к Родине, национализм, образование, педагог, студенты и
молодежь, аудитория, самостоятельная работа, возможности.
THE EDUCATIONAL POTENTIAL OF EXTRACURRICULAR ACTIVITIES IN THE
NATIONAL EDUCATION OF STUDENTS
Abstract. In this article, we will discuss the importance of non-auditory work in higher
educational institutions in the education of students, more precisely, the future experts of their
professions, in the spirit of nationalism, and the reforms implemented in this regard, the active
participation of pedagogues in the independent work of teaching in the education of students.
information about their contribution to becoming mature specialists in the spirit of education is
provided.
Keywords: love for the motherland, nationalism, education, pedagogue, students and
young people, audience, independent work, opportunities.
739
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
Yosh avlod ongiga Vatanga muhabbat, istiqlolga sadoqat tuyg‘ularini singdirishda milliy
va umuminsoniy qadriyatlar hamda an’ana va urfodatlarimizdan yoshlar tarbiyasida foydalanish
hozirgi davrning muhim masalalaridan hisoblanib, bu o‘rinda tarbiya muhim rol egallaydi.
Talaba yoshlarni haqiqiy fuqaro etib tarbiyalash, ularda milliylik tuyg‘usini qaror toptirish,
fidoiy, vatanparvar fuqaro sifatida tarbiyalash evaziga ta’minlanadi. Yosh avlodda milliylik hissini
va e’tiqodini tarbiyalamay turib, ularda axloqiy, xulqiy odatlar va ko‘nikmalarni shakllantirib
bo‘lmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF- 5847-sonli
Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha
rivojlantirish kontseptsiyasi”da oliy ta'limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari,
zamonaviy bilimga ega va mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini
sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta'limni modernizatsiya qilish va ilg‘or ta'lim
texnologiyalariga asoslangan holda, ijtimoiy soha hamda iqtisodiyot tarmoqlarini
rivojlantirishga strategik masalalar sifatida alohida ahamiyat berilgan.Talabalarni auditoriyadan
tashqari da ham haqiqiy shaxs va milliy ruhda tarbiyalashda o’qituvchilar oldida ham birqancha
vazifalar qo’yiladi, ularning talabalarg’a berayotgan topshiriqlari va mustaqil ishlarining ham
mazmunan vatanparvarlik va komil inson boʻlishga yo’naltirilgan boʻlishini taʼminlash maqsadida
auditoriyadan tashqari ishlarning ahamiyatini bir ko’rib chiqishga harakat qilamiz:
1.
Bajarilayotgan ishning foydaliligi. Agar pedagoglar faoliyati davomida o‘zi bergan
mustaqil ish topshirig’i haqida o’quvchilarda ish natijalarining kundalik hayotda-jumladan
ma'ruza jarayonida, metodik qo‘llanmada, laboratoriya ishida yoki amaliy mashg‘ulotlarda,
maqolalar tayyorlashda foydalanilishi mumkinligini bilsa, uning bajarayotgan ishiga bo‘lgan
munosabati keskin tarzda yaxshi tomonga o‘zgaradi, hamda ish sifati ham ortadi. Shunga ko‘ra,
talabani ruhan bunday ishga tayyorlash, bajariladigan ishning zarurati ko‘rsatib berilishi kerak.
2. Bo’lajak yetuk mutaxassislarning mustaqil ishlarida ham o’qituvchining ijodiy faoliyati.
Bu nihoyatda xilmaxil ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Xususan, kafedralar tomonidan olib
boriladigan ilmiy tadqiqot ishlari, badiiy ijod, metodik ishlar va hokazolar.
3. Fan olimpiadalarida, ilmiy-tadqiqot ishlarida, amaliy ishlar tanlovlarida ishtirok etish
va boshqalar.
4. Bilimlarni nazorat qilishda qiziqtiruvchi omillardan foydalanish (reyting, testlar,
noan'anaviy imtihon shakllari v.b.). Bu omillar tegishli holatlarda musobaqa ruhini vujudga
keltiradi. Mana shu holatning o‘zi talabada o‘z ustida ishlashni, o‘zini rivojlantirishga ichki
ehtiyojini shakllantiradi va rivojlantiradi.
5. Mustaqil ishlarni tashkil etish mazmuni va shakllariga o‘quv jarayonida yetarlicha
vaqtning ajratilayotganligi ham talabalarning mustaqil ishlarini faollashtirishiga imkon beradi.
Bunda hal qiluvchi rolni o‘qituvchi ado etadi.
740
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
U umuman,talaba bilan emas,balki muayyan shaxs bilan ishlayotganini har doim diqqat
markazida bo‘lishi lozim. O‘z talabasining kuchli va ojiz tomonlarini yaxshi bilishi, individual
qobiliyati va qiziqishlarini nazarda tutishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. O‘qituvchining
vazifasi talabaning — bo‘lajak yuqori malakali mutaxassisning yaxshi tomonlarini ko‘rish va
ko‘paytirishdan iborat.Har qanday fanni o‘rganishda ham mustaqil ishni tashkil etishning
o‘zaro aloqador uch shakli ko‘zga tashlanadi:
1. Auditoriyadan tashqari mustaqil ishlar.
2. Auditoridagi mustaqil ishlar. Bu bevosita o‘qituvchi rahbarligida tashkil etiladi.
3. Ijodiy. Ijodiy shakl nihoyatda xilma-xil bo‘lishi mumkin.
Talabalarda mustaqil bilimlarini zamon talabiga moslashtirib borish, ma'lumotlar oqimi
ichidan zarurlarini ajratib olish va ma'lumotlarni qayta ishlash, tahlil qilish qobiliyatlarini
shakllantirish sifatli kadrlar tayyorlash jarayonining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda yoshlarning milliylik tuyg‘usini qaror toptirish murakkab jarayon
bo‘lib, bunda dastlab o‘quvchilarga vatanparvarlikning mohiyati va me’yoriy qoidalar
mazmuniga oid bilimlar beriladi, avvalo, fuqarolik odobi va madaniyati haqida tushunchalar, bu
xildagi hatti-harakatlarga oid namunalar keltiriladi, so‘ngra faoliyat uyushtiriladi. Ana shu
asosida ularda vatanparvarlik tushunchasi shakllanadi va fuqarolik xulqiy odatlari hosil qilinadi.
Vatanparvarlik tarbiyasining bosh maqsadi – yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda
xalqning boy milliy, ma’naviy-tarixiy an’analarga, urf-odatlari hamda umumbashariy
qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalarni ishlab chiqib amalga
joriy etishdir. Vatanparvarlik tarbiyasining asosiy vazifasi – shaxsning aqliy, axloqiy, erkin
fikrlovchi va jismoniy rivojlanishi, uning qobiliyatlarini har tomonlama ochish uchun imkoniyat
yaratishdir.
REFERENCES
1.
Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli Tashkil etish
bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus. // Xalq so‘zi 2019 yil 19 mart
2.
Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. - Qarshi: Nasaf, 2000. 180-b
3.
Og‘ayev S. Yangi pedagogik texnologiya-hayotiy ehtiyoj. «Xalq ta’limi» jurnali, 2001,
4.
Yerjanova V. POLITICAL, SCIENTIFIC-PEDAGOGICAL ASPECTS OF EDUCATING
STUDENTS ASSOCIATED WITH NATIONAL VALUES //Modern Science and
Research. – 2023. – Т. 2. – №. 10. – С. 356-362.
5.
Kuanishbaevna E. V. The role of the teacher in teaching students in accordance with
national values //European Journal Of Business Startups And Open Society. – 2022. – Т. 2.
– №. 1. – С. 79-80.
741
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
6.
Babasheva B. G., Sanjarbek Y. SHAXSLARDA MUNOSABAT TURLARI VA
MULOQAT HAQIDA TUSHUNCHA //The Role of Exact Sciences in the Era of Modern
Development. – 2024. – Т. 2. – №. 5. – С. 9-12.
7.
Babasheva B. Effective Methods of Instructing Primary Class Students to Creative
Thinking //Journal of Advanced Zoology. – 2023. – Т. 44.
8.
Babasheva B. G. Some Issues of Transmission of Written and Oral Speech of Primary
Schoolсhildren //Central Asian Journal of Literature, Philosophy and Culture. – 2023. – Т.
4. – №. 6. – С. 13-16.
9.
Бабашева Б. Г. ТАҚҚОСЛАШ ЁКИ ҚИЁСЛАШГА ДОИР МУСТАҚИЛ
ИШЛАРГНИНГ
БОШЛАНҒИЧ
СИНФ
ЎҚУВЧИЛАР
БИЛИМИНИ
ОШИРИШДАГИ АҲАМИЯТИ //Педагогика и психология в современном мире:
теоретические и практические исследования. – 2023. – Т. 2. – №. 9. – С. 14-15.
