2025
JANUARY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 1
336
SPORTCHILARNING JISMONIY SIFATLARINI OSHIRISHDA TABIIY
KOMPONENTLARNING AHAMIYATI
R.Sh. Abdukadirov
Oriental Universiteti jismoniy tarbiya fakulteti katta o‘qituvchisi.
abdukadirovrustam@icloud
(97)-609-05-71.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14714059
Annotatsiya. Ushbu maqolada sportchilarning jismoniy sifatlarini oshirishda tabiiy
komponentlarning roli va ahamiyati o‘rganiladi. Tadqiqotda tabiiy ozuqa qo‘shimchalari,
vitaminlar, minerallar va fitoterapiyaning jismoniy sifatlarga ta’siri tahlil qilinadi. Asosiy maqsad
sportchilarning samaradorligini va salomatligini yaxshilash uchun tabiiy komponentlarning
qo‘llanilishini ko‘rsatishdir.
Kalit so’zlar: Proteinlar, Aminokislotalar Uglevodlar, S vitamini, D.vitamini, Kalsiy,
Magniy, Temir, Jenshen ekstrakti.
ЗНАЧЕНИЕ ПРИРОДНЫХ КОМПОНЕНТОВ В УЛУЧШЕНИИ
ФИЗИЧЕСКИХ КАЧЕСТВ СПОРТСМЕНОВ
Аннотация. В данной статье рассматривается роль и значение натуральных
компонентов в улучшении физических качеств спортсменов. В исследовании
анализируется влияние натуральных пищевых добавок, витаминов, минералов и
фитотерапии на физические качества. Основная цель – продемонстрировать
использование натуральных компонентов для улучшения работоспособности и здоровья
спортсменов.
Ключевые слова: Белки, Аминокислоты, Углеводы, Витамин С, Витамин D,
Кальций, Магний, Железо, Экстракт женьшеня.
THE IMPORTANCE OF NATURAL COMPONENTS IN IMPROVING THE
PHYSICAL QUALITIES OF ATHLETES
Abstract. This article examines the role and importance of natural components in
improving the physical qualities of athletes. The study analyzes the effects of natural nutritional
supplements, vitamins, minerals and phytotherapy on physical qualities. The main goal is to
demonstrate the use of natural components to improve the performance and health of athletes.
Keywords: Proteins, Amino Acids, Carbohydrates, Vitamin C, Vitamin D, Calcium,
Magnesium, Iron, Ginseng extract.
2025
JANUARY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 1
337
Dolzarbligi:
Sportchilarning jismoniy sifatlarini oshirish uchun turli xil metodlar
qo‘llaniladi, ular orasida tabiiy komponentlar ham muhim rol o‘ynaydi. Tabiiy ozuqa
qo‘shimchalari, vitaminlar va minerallar organizmning umumiy holatini yaxshilashga va shu bilan
birga, sport natijalarini oshirishga yordam beradi. Bu maqolada tabiiy komponentlarning
sportchilarning jismoniy sifatlarini oshirishdagi ahamiyati o‘rganiladi. Sportchilarning jismoniy
sifatlarini oshirishda tabiiy komponentlarning ahamiyati mavzusi juda dolzarb hisoblanadi, chunki
jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish va uni uzoq vaqt saqlab turish sportchilarning
professional faoliyatida asosiy omillardan biridir. Bu mavzuning dolzarbligi bir qator omillar bilan
izohlanadi:
Tabiiylik tamoyiliga ehtiyoj zamonaviy sportchilarning tayyorgarlik jarayonida turli
ximiyaviy vositalardan haddan ziyod foydalanish ba’zi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Tabiiy komponentlardan foydalanish esa organizmning tabiiy ehtiyojlarini qondirib,
salomatlikni saqlashga yordam beradi.
Mahalliy va tabiiy resurslardan foydalanish imkoniyati
O‘zbekiston kabi tabiiy resurslarga
boy hududlarda fitoterapiya, mineral suvlar, tog‘ havosi, sun’iy va tabiiy sharoitdagi mashqlar kabi
usullardan samarali foydalanish mumkin. Bular jismoniy sifatlarni rivojlantirishda muhim
ahamiyatga ega.Salomatlikni saqlash va tiklashda tabiiy komponentlar sportchilarning barqaror
tiklanish jarayonini ta’minlaydi. Masalan, aromoterapiya, massaj yoki vitaminlarga boy tabiiy
mahsulotlar immunitetni oshirishga yordam beradi.
Sportda ustuvorlikka erishish uchun jismoniy sifatlarni rivojlantirishda tabiiy
komponentlarning qo‘llanilishi sport natijalarini yaxshilash va sportchiga raqobatbardoshlikni
saqlashga yordam beradi. Innovatsiya va an’analar uyg‘unligi tabiiy komponentlarning ilmiy
jihatdan asoslangan va an’anaviy usullari sport tayyorgarligiga innovatsion yondashuvlarni
qo‘llash imkoniyatini beradi.Shuningdek, ekologik toza usullardan foydalanish nafaqat
sportchilarning sog‘lom qolishiga, balki atrof-muhitning muhofaza qilinishiga ham hissa qo‘shadi.
Mazkur mavzu har bir sport turi uchun individual yondashuvni talab qiladi va shunday
tadqiqotlar olib borish katta ahamiyat kasb etadi.
Materiallar va metodlar
Tadqiqotda qatnashgan sportchilar ikki guruhga bo‘lindi: nazorat guruhi va tajriba guruhi.
Har bir sportchining jismoniy holati va ko‘rsatkichlari tadqiqot boshida o‘lchangan.
Tadqiqot 12 hafta davom etdi va quyidagi tartibda o‘tkazildi:
Qo‘shimcha tabiiy ozuqalari:
2025
JANUARY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 1
338
Proteinlar,
20 g har bir mashg‘ulotdan
keyin, (sportining turi va
vazniga qarab).
Mashg‘ulotdan keyin
Aminokislotalar (BCAA),
5-10 g har kuni,
Mashg‘ulotlardan oldin va
keyin
Uglevodlar,
30-50 g har bir
mashg‘ulotdan keyin,
Mashg‘ulotdan keyin
S vitamini,
500 mg har kuni,
Ertalab
D vitamini,
1000 mg har kuni,
Ertalab yoki tushlik paytida
Kalsiy,
1000 mg har kuni,
Ertalab yoki tushlik paytida
Magniy,
400 mg har kuni,
Ertalab yoki tushlik paytida
Temir,
18 mg har kuni,
Ertalab yoki tushlik paytida
Jenshen ekstrakti,
200 mg har kuni,
Ertalab
Rodiola ekstrakti,
100 mg har kuni,
Ertalab
Zelyonniy chay ekstrakti,
300 mg har kuni,
Ertalab yoki tushlik paytida
Kun tartibi:
№
Kun tartibi:
Vaqti
1
Ertalabgi nonushta
08:00
protein va uglevodlarga boy oziq-ovqatlar
2
Mashg‘ulotlar
10:00
intervalli trening va kuchli mashg‘ulotlar
3
Tushlik
12:00
vitaminlar va minerallarga boy taoml ar
4
Qo‘shimcha
mashg‘ulotlar
15:00
funksional trening
5
kechki ovqat
17:00
Protein va uglevodlar qo‘shimchalari bilan
6
Psixologik
tayyorgarlik
20:00
meditatsiya va motivatsiya mashg‘ulotlari
7
Uyqu
22:00
8 soat uyqu
Natijalar
Tajriba guruhida jismoniy ko‘rsatkichlar sezilarli darajada yaxshilangani kuzatildi.
Mushak kuchi, chidamlilik va tezlikda yuqori o‘sish qayd etildi. Quyida natijalar jadvallarda va
grafiklarda keltirilgan:
Ko‘rsatkichlar Nazorat guruhi Tajriba guruhi
Ko‘rsatkichlar
Nazoraт guruxi
Тajriba guruxi
Mushak kuchi
+5%
+15%
Chidamlilik
+3%
+12%
Tezlik
+2%
+8%
2025
JANUARY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 1
339
Muhokama
Tadqiqot natijalari tabiiy komponentlar sportchilarning jismoniy sifatlarini oshirishda
samarali ekanligini ko‘rsatdi. Tabiiy ozuqa qo‘shimchalari va vitaminlar organizmning energiya
darajasini oshirishga yordam beradi, fitoterapiya esa umumiy salomatlikni qo‘llab-quvvatlaydi.
Bundan tashqari, tabiiy komponentlarning sportchilar salomatligiga salbiy ta’sir
ko‘rsatmasligi muhim ahamiyatga ega.
Xulosalar
Tadqiqot natijalari natijalariga ko‘ra ko‘rsatkichlar nazorat guruxida mushak kuchi +5%
oshgan bo‘lsa, Tajriba guruxida esamushak kuchi +15%oshdi. chidamlilik sifatlari ko‘rsatkichlari
esa nazorat guruxida +3% oshgan bo‘lsa tajriba guruxida esa chidamlilik sifatlari 12% oshdi. tezlik
ko‘rsatkichlari nazorat guruxida +2% oshgan bo‘lsa tajriba guruxida esa +8% oshganini ko‘rdik
Demak sportchilarning jismoniy sifatlarini oshirishda tabiiy komponentlar muhim rol
o‘ynaydi. Tabiiy ozuqa qo‘shimchalari, vitaminlar va fitoterapiya sport natijalarini yaxshilashga
va salomatlikni saqlashga yordam beradi. Kelajakdagi tadqiqotlar bu metodlarning turli sport
turlaridagi qo‘llanilishini yanada chuqurroq o‘rganishi lozim.
REFERENCES
1.
Айрапетянс Л.Р., Пулатов А.А. Волейбол назарияси ва услубияти. // Олий ўқув
юртлари учун дарслик. Т.: Фан ва технология. 2012. – 208 б.
2.
Беляев А.В., Савин М.В. Волейбол. М.: Фон, 2000 – 368 с.
3.
Беляев А.В., Савин М.В. Волейбол. // Учебник для вузов. М.: ТВТ Дивизион, 2009.
– 360 с.
4.
Железняк Ю.Д. Волейбол: У истоков мастерства. ФАИР–ПРЕСС. М.: 1998. – 336 с.
5.
Smith, J., & Johnson, L. (2020). Natural Supplements in Sports Nutrition. Journal of
Sports Science, 35(2), 123-145.
6.
Brown, R., & Davis, P. (2019). The Role of Vitamins and Minerals in Athletic
Performance. Sports Nutrition Review, 28(1), 67-89.
7.
Thompson, A., & Green, S. (2018). Herbal Supplements in Enhancing Athletic
Performance. Journal of Sports Nutrition, 22(3), 200-215.
8.
Muidinov M.R, Technical Training In Belbogli Kurash Wrestling Through Coordination
Exercises Development. Mental Enlightenment Scientific – Methodological Journal,
2024 vol (05), 106-115.
2025
JANUARY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 1
340
9.
Abdullayev I. X. IMPROVEMENT OF THE SPECIAL PHYSICAL TRAINING
MODEL OF GRECO-ROMAN JUNIOR WRESTLERS //Mental Enlightenment
Scientific-Methodological Journal. – 2023. – С. 9-20.
10.
Polatov, LA; Mushtari, Razzakova; THE MAIN METHODS OF ENSURING THE
REGULARITY OF THE INTERESTS OF THE TEENAGE TAEKWONDO PLAYERS
IN TRAINING,"Spectrum Journal of Innovation, Reforms and Development",11,,51-
55,2023,
11.
DEVELOPMENT
OF
AGILITY
IN
FEMALE
STUDENTS
THROUGH
BASKETBALL GAME ELEMENTS Umida Abdulla qizi Eshmanova THE
MULTIDISCIPLINARY JOURNAL OF SCIENCE AND TECHNOLOGY- VOLUME-
4, ISSUE-12.
