Authors

  • Ixtiyor Oʻzmanov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.62959

Keywords:

sug’urta bozori sug’urta faoliyatini tartibga solish sug’urtalovchilar sug’urta brokerlarining faoliyatini litsenziyalash.

Abstract

Mazkur maqolada sug’urta bozorini davlat tomonidan tartibga solishning zarurligi va vazifalari, shuningdek sug’urta faoliyatini tartibga solish vakolatiga ega bo’lgan organlar haqida so’z boradi. Maqola davomida sug’urtalovchilar va sug’urta brokerlarining faoliyatini litsenziyalash masalalariga ham alohida to’xtalib o’tilgan.

background image

785

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

SUG’URTA FAOLIYATINI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISH

ZARURLIGI VA AHAMIYATI

Oʻzmanov Ixtiyor Ibragim oʻgʻli

TISU oʻqituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14719935

Annotatsiya. Mazkur maqolada sug’urta bozorini davlat tomonidan tartibga solishning

zarurligi va vazifalari, shuningdek sug’urta faoliyatini tartibga solish vakolatiga ega bo’lgan

organlar haqida so’z boradi. Maqola davomida sug’urtalovchilar va sug’urta brokerlarining

faoliyatini litsenziyalash masalalariga ham alohida to’xtalib o’tilgan.

Kalit so’zlar: sug’urta bozori, sug’urta faoliyatini tartibga solish, sug’urtalovchilar,

sug’urta brokerlarining faoliyatini litsenziyalash.

THE NECESSITY AND IMPORTANCE OF STATE REGULATION OF

INSURANCE ACTIVITIES

Annotation. This article discusses the necessity and tasks of state regulation of the

insurance market, as well as the bodies authorized to regulate insurance activities. The article

also discusses the issues of licensing the activities of insurers and insurance brokers.

Keywords: insurance market, regulation of insurance activities, licensing of insurers,

insurance brokers.

ГОСУДАРСТВЕННОЕ РЕГУЛИРОВАНИЕ СТРАХОВОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ

НЕОБХОДИМОСТЬ И ВАЖНОСТЬ

Аннотация.

В

статье

рассматриваются

необходимость

и

задачи

государственного регулирования страхового рынка, а также органы, уполномоченные

регулировать страховую деятельность. В статье также отдельно рассматриваются

вопросы лицензирования деятельности страховщиков и страховых брокеров.

Ключевые слова: страховой рынок, регулирование страховой деятельности,

лицензирование страховщиков, страховые брокеры.

Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiy hayotida sug’urta faoliyati strategik ahamiyatga

ega bo’lib, bu sohadagi davlat siyosatining mohiyati uning bozor infratuzilmasining muhim

tarkibiy elementi sifatidagi ahamiyati va salmog’ini yanada oshirishdan iborat.

O’zbekiston Respublikasi milliy sug’urta bozorini va sug’urta faoliyatini isloh qilishing

asosiy yo’llaridan biri - erkinlashtirishni kuchaytira borgan holda ushbu faoliyat ustidan davlat

nazoratini ham kengaytirish, nazorat olib borishning huquqiy bazasini mustahkamlashdan iborat.

O’tish davrini boshdan kechirayotgan mamlakatlarda davlat tartibga solish va nazoratni

samarali yo’lga qo’ymasdan turib sug’urta bozorini erkinlashtirilishi bu bozorda bosh-boshdoqlik,


background image

786

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

tartibsizlikni avj olishiga olib kelishi mumkinligini jahondagi bir qator davlatlar tajribasi yaqqol

ko’rsatib turibdi.

Bunday sharoitda ayrim jinoiy kimsalar tomonidan noqonuniy amaliyotlar amalga

oshirilishi, asossiz boylik ortirish uchun keng imkoniyatlar tug’ilishi mumkin. Bu sohada

moliyaviy jinoyatlar sodir etilishi sug’uratlanuvchilar manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazadi,

sug’urta faoliyati obro’siga putur yetishiga olib keladi va bozor munosabatlarining shakllanishi –

rivojlanishiga halal beradi.

Sug’urta munosabati ishtirokchilarining o’zaro aloqalari hamda sug’urta faoliyatini davlat

tomonidan tartibga solishning asosiy tamoyillari hamda qoidalarini ko’zda tutuvchi huquqiy baza

sug’urta bozorining davlat tomonidan tartibga solish ishiga oid muhim tarkibiy qismlardan

sanaladi.

Yuqorida qayd etilganidek, bugungi kunda O’zbekistonda yetarli darajada samarali

ishlaydigan sug’urta faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik tizimi yaratilgan bo’lib, o’z ichiga

«Sug’urta faoliyati to’g’risida»gi qonunni, Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Vazirlar

Mahkamasining qarorlari, Moliya Vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan me’yoriy hujjatlarni va

boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar qatlamini qamrab oladi. Ushbu huquqiy baza Respublikada

sug’urta faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirish uchun asos bo’lib xizmat qildi.

Sug’urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solinishi

deganda sug’urta bozori

rivojlanishi, kengayishi va samarali ishlashini ta’minlash maqsadida davlat hokimiyati, boshqaruvi

va mahalliy idoralar tomonidan muntazam ravishda, ma’lum maqsadga yo’naltirilgan holda,

sug’urta bozori ishtirokchilari xatti-harakatlariga ta’sir o’tkazishga qaratilgan iqtisodiy, huquqiy,

tashkiliy va boshqa ko’rinishlardagi faoliyat tushuniladi. Bu faoliyat amaldagi qonunlar doirasida

bo’lishi, sug’urta faoliyati ishtirokchilari huquq va manfaatlariga zarar yetkazmasligi lozim.

Sug’urta bozorini davlat yo’li bilan tartibga solish qo’yidagi vazifalarni bajaradi:

1) Zarur iqtisodiy va huquqiy zaminni mustahkamlash va takomillashtirish yo’li bilan

sug’urta bozori rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratish;

2) Kerakli me’yoriy-huquqiy qoidalar belgilash orqali sug’urtalanuvchilar va

sug’urtalovchilar huquqlari hamda boshqa qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash;

3) Sug’urta bozori infratuzilmasini, uning tarkibiy qismlarini yanada rivojlantirish;

4) Mustaqil sug’urta brokerlari, ixtisoslashgan yuridik maslahat-tahlil hamda auditorlik

firmalari shakllanishi va rivojlanishiga ko’maklashish;

5) Sug’urta bozorida ishlaydigan malakali, zamonaviy bilim va tajribaga ega bo’lgan,

mutaxassis kadrlar tayyorlanishiga, mavjud kadrlar korpusining muntazam malakasi oshirilishiga

ko’maklashish;


background image

787

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

6) Sug’urta kompaniyalari va tashkilotlari moliyaviy faoliyati monitoringini tashkil qilish,

ularning to’lov imkoniyatlarini kuzatib borish kabilar.

Sug’urta faoliyati ustidan davlat nazoratini amalga oshirishdan ko’zlangan maqsad

sug’urta bozori va uning ishtirokchilari xatti-harakatlari qonunchilik talablariga mos bo’lishini

ta’minlash, eng avvalo sug’urtalanuvchi jismoniy va yuridik shaxslar mulkiy manfaatlarini

himoyalashdan iboratdir.

Davlat inspeksiyasining asosiy maqsadi sug’urta tashkilotlari faoliyatini kuzatib borish va

sug’urta bozori ishtirokchilarining, sug’urtalanuvchining ham, sug’urtalovchining ham huquqlari

hamda boshqa qonuniy manfaatlarini qo’riqlashdan iborat.

Davlat inspeksiyasi

:

ijro etilishi majburiy bo’lgan to’lovga qobiliyatlilik normativlarini hamda ularni aniqlash

tartibini, ayrim tavakkalchiliklar bo’yicha sug’urtalovchilar majburiyatlarining yo’l qo’yiladigan

eng ko’p yoki eng kam miqdorini va majburiyatlar jamining yo’l qo’yiladigan ko’p yoki eng kam

miqdorini hisoblab chiqarish uslubini, sug’urtalovchilarning to’lovga qobiliyatini aks ettiruvchi

axborotlarni taqdim etish tartibi va muddatlarini belgilaydi;

sug’urta bozorining professional ishtirokchilari sug’urta faoliyati to’g’risidagi qonun

hujjatlariga rioya etishini, to’lovga qobiliyatlilikning belgilangan normativlari va moliyaviy

barqarorlikning boshqa talablari bajarilishini nazorat qiladi;

sug’urtalovchilar va sug’urta brokerlarining sug’urta faoliyatini litsenziyalaydi;

sug’urtalovchilar tomonidan hisob-kitobni yuritish, sug’urta zahiralarining mablag’larini

shakllantirish va joylashtirishga oid hisobotlar tuzish tartibini belgilaydi;

sug’urtalovchining ijro etuvchi organi rahbariga va bosh buxgalteriga qo’yiladigan ijro

etilishi majburiy bo’lgan malaka talablarini belgilaydi;

sug’urtalovchilar tomonidan taqdim etiladigan moliyaviy hisobotlarning shakli, tartibi va

muddatlarini belgilaydi;

qonun hujjatlariga muvofiq sug’urta bozori professional ishtirokchilarining faoliyatini

tekshiradi va ularga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish to’g’risida ijro etilishi majburiy

bo’lgan ko’rsatmalar kiritadi;

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sug’urtalovchilar va sug’urta brokerlari

litsenziyalarining amal qilishini to’liq yoki ayrim sug’urta turlariga (klasslariga) nisbatan to’xtatib

qo’yadi, shuningdek ularning amal qilishini tugatadi;

har bir moliya yili tugaganidan keyin olti oy ichida sug’urta faoliyatini tartibga solish va

uni nazorat qilish borasidagi faoliyat to’g’risida yillik hisobotlarni, shuningdek sug’urta

bozorining moliya yili mobaynidagi faoliyati to’g’risida statistika ma’lumotlarini e’lon qiladi.


background image

788

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Davlat inspeksiyasi va uning xodimlari sug’urta bozori professional ishtirokchilarining

ustav fondida va boshqaruv organlarida ishtirok etishga, shuningdek sug’urta vositachisi sifatida

ish yuritishga haqli emaslar.

Yuqoridagi vazifalardan kelib chiqqan holda Davlat inspeksiyasi qo’yidagi funksiyalarni

bajaradi:

a) sug’urtalovchilar tomonidan qonunlarga rioya etilishi, hisobotlarining haqiqiyligi, to’lov

qobiliyatiga va moliyaviy barqarorligiga taalluqli bo’lgan iqtisodiy ko’rsatkichlar ta’minlashini

tekshiradi;

b) o’z vakolatlari doirasida sug’urtalovchilar ish faoliyatini uslubiy jihatdan ta’minlaydi;

v) sug’urta munosabati ishtirokchilari tomonidan bajarilishi shart bo’lgan me’yoriy

hujjatlar, uslubiy qo’llanmalar ishlab chiqadi;

g) sug’urta faoliyatiga oid me’yoriy huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi va ularni

Moliya Vazirligi rahbariyati muhokamasiga kiritadi;

d) sug’urta tashkiloti tugatilgani taqdirda sug’urtalanuvchilar manfaatlarini himoya qiladi;

e) O’zbekiston Respublikasida sug’urta faoliyati va sug’urta bozori ahvolini, uning

rivojlanish yo’nalishlarini o’rganadi, tahlil qiladi;

j) sug’urta faoliyati yuzasidan mutaxassislarni kasbiy tayyorlash, qayta tayyorgarlikdan

o’tkazish yuzasidan tadbirlarni amalga oshiradi, seminarlar, konferensiyalar va simpoziumlar

tashkil etadi;

z) ommaviy axborot vositalari orqali sug’urta faoliyati yuzasidan axborot berish-

tushintirish ishlarini olib boradi;

i) o’z vakolati doirasida fuqarolardan kelib tushgan ariza, shikoyat va takliflarni ko’rib

chiqadi;

k) belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshiradi.

Davlat inspeksiyasi zimmasidagi vazifalar va yuklatilgan funksiyalarga muvofiq zarur

hajmda vakolatlar bilan ham ta’minlangan.

Sug’urta nazorati bo’yicha Davlat nazorat inspeksiyasi to’g’risidagi nizomga ko’ra Davlat

inspeksiyasi quyidagi vakolatlarga ega:

— sug’urta tashkilotlaridan qonun hujjatlarida belgilangan hisobotlarni olishi, ularning

moliyaviy faoliyatlariga taalluqli axborotlarni talab qilish;

— korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, bank muassasalaridan, shuningdek ayrim

fuqarolardan o’z funksiyalarini bajarishga oid axborotlar olish;

— sug’urtalovchi tashkilotlar faoliyati qonun hujjatlariga qay darajada mos ekanligini

tekshirib borishi, ana shu maqsadda zarur hollarla komissiyalar va ishchi guruhlar tuzishi, bu

komissiya va guruhlar ishini tashkil etish;


background image

789

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

— yuklatilgan vazifalarni bajarishlik uchun zarur bo’lgan axborotlar va statistik

hisobotlarni davlat ijroiya hokimiyati organlaridan bepul olishi mumkin.

Davlat inspeksiyasi sug’urta tashkilotlari faoliyatini tekshirishi natijasida sug’urta

to’g’risidagi qonunchilik talablari buzilayotganligi, sug’urta tashkiloti faoliyatining ishonchligiga

shubha tug’diruvchi holatlar mavjudligini aniqlasa yoki sug’urta tashkilotining moliyaviy

barqarorligini belgilovchi iqtisodiy ko’rsatkichlar tegishli normativlardagidan past ekanligini

aniqlasa, u holda vakolatli davlat organlariga bu haqda xabar beradi hamda sug’urta tashkiloti

faoliyatini davom ettirishi mumkin yoki mumkin emasligi masalasi ko’rib chiqiladi. Kechiktirib

bo’lmaydigan hollarda Davlat inspeksiyasi sug’urtalanuvchilar manfaatlarini himoya qilish

maqsadida o’z vakolati doirasida zarur choralarni ko’rishga haqli sanaladi.

Sug’urta faoliyati ustidan davlat nazoratining eng muhim tamoyillaridan biri

- sug’urta

tashkilotlari faoliyatiga, kundalik ishlariga asossiz aralashishga, ular faoliyatini asossiz

cheklanishiga yo’l qo’yilmasligidir.

Davlat inspeksiyasi tomonidan sug’urta faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish paytida

qonuniylik, ijtimoiy adolat tamoyillariga qat’iy amal qilinishi lozim.

Sug’urta faoliyati ustidan umumiy nazorat olib borish vazifasi O’zbekiston Respublikasi

prokuratura organlariga yuklatilgan bo’lib, prokuratura organlari sug’urta faoliyati barcha

ishtirokchilari, sug’urta tashkilotlari, sug’urtalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar, sug’urta

brokerlari, bu munosabatning barcha ishtirokchilari faoliyatini, shuningdek sug’urta nazorati

bo’yicha Davlat inspeksiyasi faoliyatini ham nazorat qilib boradilar.

REFERENCES

1.

M.N. Muminova, M.A. Maksumova «Kasbiy etika va etiket», uslubiy qo’llanma, T.,2006.

2.

I. A. Karimov «Istiqlol va ma’naviyat» T.,1994.

3.

I. A. Karimov «O’zbekiston buyuk kelajak sari» T.,1998.

4.

N. E. Muhammadiyev «Kasb etikasi va estetik madaniyati»- Toshkent,1998 y.

5.

M. Abdullayev, E. Xakimov «Vvedeniye v etiku»-Namangan, 1998.

6.

Abdulla SHer «Axloqshunoslik» Ma’ruzalar matni, Toshkent, 2000

7.

V.G. Fedsov «Kultura servisa» Uchebno-prakticheskoye posobiye - M., «PRIOR», 2001.

8.

A.A. Avloniy «Turkiy guliston yohud ahloq», T. 1992.

9.

Y. Y. Petrunin, V.K. Borisov «Etika biznesa» M., «Delo»,2000.

10.

S. S. Gulomov «Tadbirkorlik va kichik biznes» - T., «Shark», 2002.

References

M.N. Muminova, M.A. Maksumova «Kasbiy etika va etiket», uslubiy qo’llanma, T.,2006.

I. A. Karimov «Istiqlol va ma’naviyat» T.,1994.

I. A. Karimov «O’zbekiston buyuk kelajak sari» T.,1998.

N. E. Muhammadiyev «Kasb etikasi va estetik madaniyati»- Toshkent,1998 y.

M. Abdullayev, E. Xakimov «Vvedeniye v etiku»-Namangan, 1998.

Abdulla SHer «Axloqshunoslik» Ma’ruzalar matni, Toshkent, 2000

V.G. Fedsov «Kultura servisa» Uchebno-prakticheskoye posobiye - M., «PRIOR», 2001.

A.A. Avloniy «Turkiy guliston yohud ahloq», T. 1992.

Y. Y. Petrunin, V.K. Borisov «Etika biznesa» M., «Delo»,2000.

S. S. Gulomov «Tadbirkorlik va kichik biznes» - T., «Shark», 2002.