846
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
DAVLAT MOLIYASI TIZIMI
Tojiboyev Bobur Adham o’g’li
O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
https://doi.org/
10.5281/zenodo.14720599
Annotatsiya.
Ushbu tezisda O‘zbekiston Respublikasida markazlashgan va
markazlashmagan moliya tizimi, uning funksialari hamda vazifalari xususida bayon qilingan.
Ishonchli manbaalarda tayangan holda shuni aytish mumkinki hozirda O’zbekiston moliya
tizimining aksariyat bo’g’inlarida ijobiy islohatlar olib borilayapdi. Quyida O’zbekiston hamda
rivojlangan davlatlarning amaldagi moliya tizimlarini taqqoslash natijasida jahon tajribasi
o’rganildi va O’zbekiston Respublikasi moliya tizimi uchun kelajak uchun istiqbollar ishlab
chiqildi.
Kalit so‘zlar: O‘zbekiston Respublikasi moliya tizimi, budjet daromadi va xarajati, budjet
balansi, fiskal siyosat, davlatning ichki va tashqi qarzi, klassik va neoklassik yondashuv, YaIM,
DXSH, xorijiy investitsiya, yashirin iqtisodiyot, xalqaro integratsiya.
STATE FINANCE SYSTEM
Abstract. This thesis describes the centralized and decentralized financial system of the
Republic of Uzbekistan, its functions and tasks. Based on reliable sources, it can be said that
currently positive reforms are being carried out in most parts of the financial system of Uzbekistan.
Below, as a result of comparing the current financial systems of Uzbekistan and developed
countries, world experience was studied and future prospects for the financial system of the
Republic of Uzbekistan were developed.
Keywords: Financial system of the Republic of Uzbekistan, budget revenue and
expenditure, budget balance, fiscal policy, internal and external debt of the state, classical and
neoclassical approach, GDP, PPP, foreign investment, hidden economy, international integration.
СИСТЕМА ГОСУДАРСТВЕННЫХ ФИНАНСОВ
Аннотация. В данной диссертации рассматривается централизованная и
децентрализованная финансовая система в Республике Узбекистан, ее функции и задачи.
На основании достоверных источников можно сказать, что в настоящее время в
большинстве звеньев финансовой системы Узбекистана проводятся позитивные
реформы. Ниже в результате сравнения действующих финансовых систем Узбекистана
и развитых стран изучен мировой опыт и разработаны дальнейшие перспективы развития
финансовой системы Республики Узбекистан.
Ключевые слова: Финансовая система Республики Узбекистан, доходы и расходы
бюджета, сальдо бюджета, фискальная политика, внутренний и внешний долг
847
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
государства, классический и неоклассический подход, ВВП, ППС, иностранные
инвестиции, скрытая экономика, международная интеграция.
Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2022 yil 28-
yanvardagi “2022-2026 yillarga mo’ljallangan yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi
to’g’risida”gi PF-60-son farmoni, 2022-yil 11-martdagi "Xususiy mulkni himoya qilish va
tadbirkorlikni rivojlantirish toʻgʻrisida"gi farmoni, 2020-2030 yillar uchun 2020-yil 5-oktabrdagi
"Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish dasturi"ni tasdiqlash toʻgʻrisida qarori, 2021-yil 28-
avgustdagi "Hududlarni kompleks rivojlantirish va mahalliy sanoatni qoʻllab-quvvatlash" qarori
hamda 2022-yil 1-apreldagi "Tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash davlat dasturi"ni tasdiqlash
to’g’risidagi qaror va farmonlari bilan milliy iqtisodiyotimizning ko’plab qismlarida sezilarli
islohatlar olib borilmoqda. Albatta ushbu islohatlar moliya tizimiga to’gridan-to’g’ri ta’siri bor
hisoblanadi va bu tizimda keskin rivojlanishlarga sabab bo’ladi.
Har qanday rivojlangan va rivojlanayatgon davlatlarning moliya tizimi indikatorlati ya’ni
asosiy tarkibiy qismlari bir hil bo’ladi. Bular
: Budjet balansi, Fiskal siyosati, Davlat qarzlari
va
Xalqaro integratsiya
hisoblanadi.
Moliya tizimi tushunchasiga ikki xil yondashuv asosida ta’rif berish mumkin. Bu ikki
yondashuv
Klassik yondashuv
va
Neoklassik yondashuv
lardir
•
Moliya tizimi (klassik yondashuv) – bu turli xil pul mablag’lari fondini(uy xo’jaliklari,
xo’jalik yurituvchi subyeklar, davlar) tashkil qilish va undan foydalanish va taqsimlash
jarayonidagi turli xil
pul munosabatlari majmuasidir
.
•
Moliya tizimi (klassik yondashuv) – bu turli xil pul mablag’lari fondini(uy xo’jaliklari,
xo’jalik yurituvchi subyeklar, davlar) tashkil qilish va undan foydalanish va taqsimlash jarayonida
ishtirok etuvchi
moliya institutlari va bazorlar majmuasidir
.
Moliya tizimi va Davlat moliya tizimi orasidagi farqga nazar tashlaydigan bo’lsak, moliya
tizimi ikki moliyadan tashkil topganligini ko’rishimiz mumkin. bular markazlashgan va
markazlashmagan moliya. Davlat moliyasiga faqat markazlashgan moliya kiradi va moliya
tizimining bir qizmi hisoblanadi.
Moliya tizimi
Markazlashgan
Markazlashmagan
848
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
Izoh: Markazlashgan va markazlashmagan moliya tarkibiy qismlari
1-rasm
Izoh: O’zbekiston Respublikasi budjet balansi dinamikasi va projmozi.
Yuqoridagi jadvaldan (3-rasm) shuni ko’rishimiz mumkinki budjet daromadlari yildan
yilga proressiv oshib bormoqda va bu birga budjet xarajatlariham bir maromda oshayapdi shuning
uchun budjet balansi so’ngi barcha yillarda salbiy bo’lgan va bu keying uch yuldaham huddi
shunday salbiyligi ushlanib qoladi. Dunyo tajribasi shuni ko’rsatadiki hattoki aksariyat
rivojlanagan davlatlar ham budjet taqchilligini boshdan kechiradi.
Davlat moliyasi va iqtisodiy samaradorlik o’rtasidagi bog’liqligiga keladigan bo’lsak,
iqtisodiy samaradorlikning asosiy ko’rsatkichlari
YaIM, Iqtisodiy raqobatbardoshlik va
Investitsiyalar hajmi
ekanligini hisobga olgan holda samaradorlikni oshirishning asosiy yo’llari
bu
fiskal
siyosatni
takomillashtirish
,
xarajatlarni
optimallashtirish,
raqamli
texnologiyalarni joriyn qilish orqali mablag’larni boshqarish, Iqtisodiy rag’batlantirish,
davlat-xusuiy sherikchilikni(DXSH) rivojlantirish
hisoblanadi.
Davlatning iqtisodiy samaradorligini belgilovchi ko’rsatkichlardan yana biri bu
xorijiy
investitsiya oqimi
hisoblanadi va bu ko’rsatkich O’zbekistonda so’ngi yillarda sezilarli oshgan.
(4-rasm)
2-rasm
849
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
Izoh: O’zbekistonga xorijiy investitsiya oqimi dinamikasi. Bu ko’rsatkich ham so’ngi
yillarda sezilarli oshganini ko’rishimiz mumkin. Albatta bu iqtisodiyot uchun ijobiy tasir
ko’rsatadi.
Tashqi qarz ham davlat iqtisodiyotida va moliya tizimiga ta’siri bor ammo bu doimham
salbiy bo’lavermaydi, ayrim tajribalada bu qaror ijobiy ro’l o’ynaganini ham ko’rishimiz mumkin.
Iqtisodchi Behzod Hoshimov “Tashqi qarz miqdori ahamiyat kasb etmaydi, uni qaysi sohaga
yo’naltirish eng asosiy qismidir” degan. Ya’ni u aytmoqchiki har qanday miqdordagi qarz hech
qanday xavf uyg’otmaydi agarda u to’g’ri yunaltirilsa. Ayrim tashqi qarzlar shunday
yo’naltiriladiki, uning natijasi qarzdan bir necha marta ko’p bo’lib qaytadi. Bunday qarzlar asosan
tadbirkorlikni rivojlantirish, ishlab chiqarishni va qayta ishlashni isloh qilish kabi sohalarga
yo’naltiriladi.
3-rasm
850
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
Izoh: O’zbekiston Respublikasi tashqi qarzi miqdori dinamikasi 2014-2023-yillar uchun,
YaIMga nisbattan. Ko’rinib turganidek bu ko’rsatkich ham davomli oshgan va qarzning asosiy
qismi budjet taqchilligini qoplash va investitsion loyihalarni kafolatlash uchundir. 2024 yil uchun
tashqi qarz limiti 5 mlrd dollardan 7,3 mlrd dollarga oshirilgan. Ushbu mablag‘ning 3,2 mlrd
dollari davlat budjetini qo‘llab-quvvatlashga, 4,1 mlrd dollari esa investitsiya loyihalarini
moliyalashtirishga ishlatilgan.
O’zbekistondagi amaldagi moliya tizimi va xalqaro darajadagi tizimning asosiy
farqlariga keladigan bo’lsak, bular
qonunchilik va tartibga solish
,
xalqaro integratsiya
va
infrastrukturaviy rivojlanish
hisoblanadi. Hamda O’zbekiston moliya tizimini rivojlantirish
uchun amalga oshirilishi kerak bo’lgan islohatlar
Moliyaviy tartibga solishning yaxshilanishi,
Xalqaro hamkorlikni kengaytirish, Raqamli moliya va fintechni rivojlantirish va Ta'lim va
malaka oshirish
hisoblanadi. Berilgan islohatlardan eng muqobili xalqaro hamkorlikni
kengaytirish hisoblanadi. Negaki, agarda aynan bir davlat xalqaro hamkorlikga erishish uchun
yoki xalqaro moliyaviy institutlarda integrallashishi uchun u avvalambor ular talab qilgan qonun
va talablarini qa’bul qilishi va o’z amaliyotida tadbiq qilishi kerak. Hammaga ma’lumki har
qanday davlat divojlangan davlatlar bilan hamkorli qilishi kerak va buning natijasida rivojlangan
davlatlar o’z amaliyotida sinalgan muvofaqqiyatli tajribalarni tadbiq qilishini soraydi va xalqaro
moliyaviy institutlar misol uchun Jahon Savdo Tashkilotiham to’g’ri deb isbotlangan qonun va
tizimlardan foydalanadigan davlatlarni a’zoliguga ruxsat beradi va bu jarayonlar albatta har
qanday davlatning moliya tizimida ijobiy o’zgarishlarga sabab bo’ladi. Bunday hamkorliklarning
yana bir yaxshi tomonlaridan biri bu mustahkam hamkorlikga ega davlat o’rtasida ko’plab
manfaatlar to’qnashuvi paydo bo’ladi. Misol uchun Imtiyozli va past stavkali kreditlar,
tovarlarning erkin harakati v.h.k.
4
-rasm
851
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
Izoh: Ushbu ko’rsatkich orqali Singapurning YaIM ning dinamikasini ko’rishimiz mumkin.
Singapur 1995-yilda Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo’lgan. Va jadvaldan shuni korishimiz
mumkinki 1995-yilgacha uning YaIM juda past deyarli o’zgarishsiz bo’lgan va aynan shu sanadan
keyingindavrda bu ko’rsatkichda keskin ko’tarilish bo’lgan. Bundan shuni xulosa qilishimiz
mumkinki Jahon savdo tashkilotiga a’zolik Singapur rivojida katta ro’l o’ynagan.
Quyida O‘zbekistonda moliya tizimi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va
istiqbollarini ko’rishimiz mumkin:
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki har bir rivojlangan davlatlar amaliyotida davlat
moliya tizimi iqtisodiy o’sish davrining ajralmas qismi hisoblanadi va muhim rol o’ynaydi. Garchi
O’zbekiston Respublikasi moliya tizimida bir qator muammolar va amalga tadbiq qilinishi zarur
bo’lgan islohatlar bo’lishiga qaramay, yuqorida berilgan ko’rsatkichlar va tahlillar so’ngi yillarda
ushbu rivojlanish barqarorlashishini ko’rsatmoqda. O’zbekiston 2030 strategiyasida takidlangan
bir nechta istiqbollar natijasida kelajakda ushbu tizimda sezilarli rivojlanishlar kutilmoqda.
REFERENCES
1.
2.
3.
4.
5.
Is
loh
at
lar
Moliya tizimini
modernizatsiya qilish
Bank sektoridagi
islohotlar
Kapital bozorini
rivojlantirish
Islomiy
moliyalashtirishni
joriy etish
Soliq islohotlari
Moliya tizimida
inson kapitalini
rivojlantirish
Is
tiq
b
olla
r
Xorijiy investitsiyalarni
ko‘paytirish
Raqamli valyutalar va
blockchain
texnologiyalari
Yashil moliyalashtirish
Mikromoliyalashtirish va
kichik biznesni
rivojlantirish
