Authors

  • Ibodat Ibragimova
  • Shamsiddin Yodgorov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.63059

Keywords:

Tarjima interpret denotativ nazariya semantik nazariya transformatsiya nazariyasi ekvivalent.

Abstract

Ushbu maqola tilshunoslikda tarjima tushunchasi va uning turlariga bag‘ishlanadi. Shuningdek, ushbu maqolada tilshunoslarning tarjima tushunchasiga bergan ta’riflari, tarjima mahoratining yillar davomida bosib o‘tgan revolyutsiyasi hamda lingvistik nazariya asosida tilshunoslikka berilgan ta’riflar keltirilgan.

background image

882

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

TILSHUNOSLIKDA TARJIMA TUSHUNCHASI VA UNING TURLARI

Ibragimova Ibodat Ilyas qizi

Termiz davlat universiteti,

Lingvistika (ingliz tili) ixtisosligi 1-bosqich magistranti,

Yodgorov Shamsiddin Abduraimovich

Termiz davlat universiteti, Phd.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14721335

Annotatsiya. Ushbu maqola tilshunoslikda tarjima tushunchasi va uning turlariga

bag‘ishlanadi. Shuningdek, ushbu maqolada tilshunoslarning tarjima tushunchasiga bergan

ta’riflari, tarjima mahoratining yillar davomida bosib o‘tgan revolyutsiyasi hamda lingvistik

nazariya asosida tilshunoslikka berilgan ta’riflar keltirilgan.

Kalit so‘zlar: Tarjima, interpret, denotativ nazariya, semantik nazariya, transformatsiya

nazariyasi, ekvivalent.

THE CONCEPT OF TRANSLATION IN LINGUISTICS AND ITS TYPES

Abstract. This article is devoted to the concept of translation in linguistics and its types.

Also, this article presents the definitions of the concept of translation given by linguists, the

revolution of translation skills over the years, and the definitions given to linguistics based on

linguistic theory.

Keywords: Translation, interpreter, denotative theory, semantic theory, transformation

theory, equivalent.

ПОНЯТИЕ ПЕРЕВОДА И ЕГО ВИДЫ В ЛИНГВИСТИКЕ

Аннотация. Статья посвящена понятию перевода и его видам в лингвистике. В

статье также представлены определения, данные лингвистами понятию перевода,

революция в навыках перевода, произошедшая за эти годы, а также определения, данные

лингвистике на основе лингвистической теории.

Ключевые слова: Перевод, переводчик, денотативная теория, семантическая

теория, теория трансформации, эквивалент.

Hozirgi kunda global muloqot bilan ajralib turadigan dunyoda tillar o‘rtasida axborot

almashishda tarjima asosiy rol o‘ynaydi. Tarjima — bir tildagi matnni boshqa tilda qayta

yaratishdan iborat adabiy ijod turi. Tarjima - millatlararo muloqotning eng muhim koʻrinishi.

Asliyat va qayta tiklangan matn xususiyatiga qarab badiiy tarjima, ilmiy tarjima va boshqa

turlarga ajratiladi. Asl nusxani aks ettirish tarziga koʻra tafsir, tabdil, sharh kabi koʻrinishlarga ham

ega boʻlishi mumkin.


background image

883

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Tarjima qadimgi davrlarda, turli qabilaga mansub kishilar orasidagi oʻzaro aloqa, muloqot

ehtiyoji tufayli yuzaga kelgan. Tilmochlik deb ataladigan tarjimonlikning bu ogʻzaki turi hozirda

ham saqlanib qolgan.

Tarjima — bir tildagi matnlar, maqollar, iboralarni yangi bir tilda qayta yaratishdan iborat

adabiy ijod turi. Tarjima millatlararo muloqotning eng muhim koʻrinishlaridan hisoblanadi.

Tarjima qadimgi davrlarda, turli qabilaga mansub kishilar orasidagi oʻzaro aloqa, muloqot

ehtiyoji tufayli yuzaga kelgan. Tilmochlik deb ataladigan bu ogʻzaki tur hozirda ham saqlanib

qolgan. Zamonlar osha tarjimaga boʻlgan talablar asta -sekin yangilana boradi. Ammo uning ijodiy

xarakteri, qayta yaratish sanʼati ekanligi oʻzgarmaydi. Tarjimaning koʻlami va taraqqiyoti har bir

xalqning maʼrifiy darajasiga bogʻliq va, oʻz navbatida, u millatning ijtimoiy tafakkuriga samarali

taʼsir etadi. “Tarjima” tushunchasi bir tildan ikkinchi tilga oʻgirish jarayonini, shuningdek, tayyor

tarjima asarini anglatadi.

XX asrga qadar –

tarjima

so‘zi faqat tarixiy, falsafiy, adabiy va badiiy asarlar o‘girmasiga

nisbatan qo‘llanilib kelingan. Og‘zaki tarjimonga nisbatan esa turkiy xalqlarda –

tilmoch

, nemis

tilida –

dolmetechen

, ingliz va fransuz tillarida –

interpret

atamalari qo‘llanilgan. Tarjima

nazariyasi xususida aytilgan fikrlar ham shu yo‘sinda umumiy ma’no kasb etgan.

G‘.Salomovning fikriga ko‘ra, tarjima tamasi forscha “

tarzabon

” so‘zining o‘zgargan

shaklidir.

Tarzabon

fors tilida “

chiroyli so‘zlovchi, notiq, tili burro kishi

” degan ma’nolarni

anglatadi. Asli arabcha bo‘lgan ushbu so‘z “

tarjumon

” shaklida bo‘lib, undan “

tarjimon

”,

tarjima

” so‘zlari hosil bo‘lgan.

Avvalo shuni ta'kidlash kerakki, “tarjima” so'zining o'zi polisemantik bo'lib, kamida ikki

xil tushuncha bilan bog'liq:

1. Psixolingvistik akt shaklida yuzaga keladigan va bir tilda paydo bo‘lgan asarning (matn

yoki og‘zaki bayonot) boshqa tilda qayta yaratilishidan iborat bo‘lgan jarayon;

2. Tarjimon faoliyatining natijasi, bu jarayonning natijasi, ya’ni boshqa tildagi yangi ish

(matn yoki og‘zaki bayonot).

Tarjima ko‘p qirrali va o‘ta murakkab hodisa bo‘lib, uning barcha ko‘p qirrali va muhim

tomonlarini bir ta’rifda tasvirlash juda qiyin.

Tarjimani uning ijtimoiy tabiati va ijtimoiy mohiyatini hisobga olmasdan tushunib

bo‘lmaydi va unga ilmiy ta’rif berib bo‘lmaydi, chunki uning paydo bo‘lishi, mavjud bo‘lishi va

amal qilishi jamiyatdan tashqarida mumkin emas. Ushbu kontseptsiya qamrab olgan faoliyat

doirasi juda keng. Ma’lumki, tarjimaning predmeti matn, uning har qanday ko‘rinishidagi so‘z:

hujjatlar, ish qog‘ozlari, gazeta materiallari, she’rlar, badiiy adabiyotlar, turli bilim sohalariga oid

ilmiy-ommabop kitoblar, tarjimon yordamiga murojaat qilishga majbur bo‘lgan shaxslarning

og‘zaki suhbatlari va boshqalar.


background image

884

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Tarjimaning mazmuni, turlari, funksiyalari ta’riflari zamon va makon o‘lchamida

“cheksiz” va rang-barangdir. Mavjud ta’riflar tarjima faoliyatining asosan uchta turi – adabiy,

lingvistik va mashina tarjimasi doirasida amalga oshirilgan.

“Tarjimaning barcha turlarini – og‘zaki, ilmiy, badiiy – avvalo tillar tafovutidan kelib

chiqadigan, keyin esa tarjima qilinayotgan matnni idrok etib, ma’lumotni boshqa tilda berish bilan

bog‘liq texnik, psixologik va boshqa muammolar birlashtiradi”, – deya uqdiradi I. Leviy. Tarjima

jarayonida ikki til, ikki madaniyatga xos tafakkur tarzi o‘zaro to‘qnashishi tufayli, asliyat matnini

tarjimada to‘g‘ri berish ko‘pincha oson kechmaydi. Shuning uchun ham ayrim hollarda tarjimaga

tegishli sharh va izohlar ilova qilinishi ilmiy asosga ega.

Tarjimani aniqlash uchun uning lingvistik mohiyatini o‘rganish, uning lingvistik asoslari

va lingvistik tabiatini ko'rib chiqish ham kerak, chunki bu, birinchi navbatda, lingvistik faoliyatdir.

Tarjimaning poydevori va asosiy vositasi

til

dir.

Yuqorida zikr ettilgan barcha talqinlar tarjimani murakkab va juda ziddiyatli hodisaga

anglatadi. Shuning uchun tarjimaga soddalashtirilgan bir yoqlama yondashuv noto‘g‘ri va ilmiy

asossiz bo‘ladi, har qanday ixcham va bir ma’noli ta’rif qandaydir biryoqlamalikdan aziyat

chekadi.

Hozirgi vaqtda tarjimaning juda ko‘p turli xil ta’riflari mavjud, chunki deyarli har bir

tadqiqotchi yangi nazariyani yaratishda tadqiqot ob’ektiga o‘ziga xos ta’rif beradi.

Shunday qilib, R.K.Minyar-Beloruchev tarjimani nutq faoliyatining bir turi sifatida qaraydi

va unga shunday ta’rif beradi: tarjimaning maqsadi manba va qabul qiluvchi tomonidan

ishlatiladigan kodlar mos kelmagan hollarda xabarni uzatishdir.

A.V.Fyodorovning fikriga ko‘ra: “Tarjima qilish - ilgari boshqa til orqali ifodalangan

narsalarni bir til orqali to‘g‘ri va to‘liq ifodalash”. Tarjimaning maqsadi, olimning fikricha, asl

tilni bilmagan o‘quvchini (yoki tinglovchini) berilgan matn (yoki og‘zaki nutq mazmuni) bilan

imkon qadar yaqindan tanishtirishdir.

L.S.Barxudarov ham bir tildagi nutqiy asarning o‘zgarmagan mazmun rejasini, ya’ni

ma’nosini saqlab qolgan holda boshqa tildagi nutqiy asarga aylantirish jarayonini tarjima deb

ataydi.

V.N.Komissarov o'zining lingvistik nazariyalarida tarjimaning uchta ta'rifini taklif qilgan:

1.

Denotativ nazariya

: “Tarjima bu asl tilda tasvirlangan denotatlarni maqsadli tildan

foydalanib tasvirlash jarayonidir”.

2.

Transformatsiya nazariyasi

: “tarjima asl tilning birliklari va tuzilmalarini maqsadli til

birliklari va tuzilmalariga aylantirishdan boshqa narsa emas”.

3.

Semantik nazariya

: “tarjima asl va tarjima o‘rtasidagi ekvivalent munosabatlarning

mohiyatini ochib berishdan iborat”.


background image

885

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Tarjima lisoniy, psixologik, madaniy, adabiy omillarni qamrab olgan murakkab hodisa.

Tarjimaning turli ko‘rinishlari tegishli fan usullari yordamida o‘rganiladi. Hozirgi

kungacha tilshunoslik tizimida tarjima nazariyasiga oid ko‘plab ishlar qilindi. Lisoniy tarjima

nazariyasi turli tillarda so‘zlashuvchi kishilar orasida muloqot o‘rnatuvchi nutq shakli bo‘lgan

tarjima turi bilan shug‘ullanadi. Ushbu nazariyaning asoslarini makrolingvistika, psixolingvistika,

sotsiolingvistika, matn tilshunosligi fanlari o‘rganadi. Muloqot imkonini beruvchi til esa insoniyat

faoliyatining ajrakmas qismidir.

Umuman olganda, tarjima matn manba bilan bir xil iymatga ega bo‘lib, uning o‘rnini

bosishi mumkin, chunki har ikki matn bir xil qonun-qoidalarga bo‘ysunuvchi inson nuqti

vositalariorqali yuzaga keladi. Umumiy tarjima nazariyasi tarjimaning umumiy masalalari bilan

shug‘ullanadi va shu sohaga doir fanlar asosini tashkil qiladi.

REFERENCES

1.

Salomov G‘. Tarjima nazariyasi asoslari. – Toshkent:O‘qituvchi, 1983. – 232 b.

2.

Salomov G‘. Tarjima nazariyasiga kirish. – Toshkent: O‘qituvchi, 1978.

3.

Бархударов Л. С. Язык и перевод: вопросы общей и частной теории перевода. –

Москва: ЛКИ, 2010. 240 с.

4.

Гарбовский Н.K. Теория перевода. – Москва: Из-во Моск. ун-та, 2004. – С. 358- 370.

5.

Казакова Т. А. Практические основы перевода. – СПб.: Изд-во Союз, 2001. – 320 с.

(Сер.: Изучаем иностранные языки).

References

Salomov G‘. Tarjima nazariyasi asoslari. – Toshkent:O‘qituvchi, 1983. – 232 b.

Salomov G‘. Tarjima nazariyasiga kirish. – Toshkent: O‘qituvchi, 1978.

Бархударов Л. С. Язык и перевод: вопросы общей и частной теории перевода. – Москва: ЛКИ, 2010. 240 с.

Гарбовский Н.K. Теория перевода. – Москва: Из-во Моск. ун-та, 2004. – С. 358- 370.

Казакова Т. А. Практические основы перевода. – СПб.: Изд-во Союз, 2001. – 320 с. (Сер.: Изучаем иностранные языки).