886
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
MEHNAT MUHOFAZASI SOHASIDAGI DAVLAT SIYOSATI VA BOSHQARUVI
Kalimbetov Ernazar Qurbanbaevich
Qoraqalpoq Davlat universiteti Yuridika Fakulteti Inson huquqlari, davlat huquqi va boshqarish
kafedrasi assistent o’qituvchisi.
Tursunaliyev Davlatshoh Qodirjon
o‘g‘li
Qoraqalpoq Davlat Universtiteti Yuridika Fakulteti 4-bosqich talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14721402
Annotatsiya. Ushbu maqolada muallif O‘zbekiston Respublikasida mehnat muhofazasi
sohasidagi davlat siyosati va boshqaruvi, davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlar, ularni amalga
oshirishga vakolatli organlar hamda ularning vakolatlari xususida so‘z yuritgan.
Kalit so‘zlar: mehnatini muhofaza qilish, davlat nazorati va tekshiruvi, davlat siyosati,
davlat boshqaruvi, xavfsiz texnika, maxsus vakolatli davlat organi, baxtsiz hodisa, kasb
kasallaklari, mehnatni muhofaza qilish xizmati.
ГОСУДАРСТВЕННАЯ ПОЛИТИКА И УПРАВЛЕНИЕ В ОБЛАСТИ ОХРАНЫ
ТРУДА
Аннотация. B данной статье автор рассказал о государственной политике и
управлении в области охраны труда в Республике Узбекистан, основных направлениях
государственной политики, органах, уполномоченных на их реализацию, и их компетенции.
Ключевые понятия: охрана труда, государственный контроль и инспекция,
государственная политика, государственное управление, безопасная техника, специально
уполномоченный государственный орган, несчастный случай, профессиональные
заболевания, служба охраны труда.
STATE POLICY AND MANAGEMENT IN THE FIELD OF LABOR PROTECTION
Abstract. In this article, the author spoke about the state policy and management in the
field of labor protection in the Republic of Uzbekistan, the main directions of state policy, the
bodies authorized to implement them, and their competencies.
Key concepts: occupational safety, state control and inspection, public policy, public
administration, safe equipment, specially authorized state div, accident, occupational diseases,
occupational safety service.
Maʼlumki, O‘zbekiston Respublikasining mehnat qonunchiligiga ko‘ra mehnatni
muhofaza qilish deganda, biz mehnat jarayonida insonning xavfsizligini, hayoti va sog‘lig‘i, ish
qobiliyati saqlanishini taʼminlashga doir huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy,
sanitariya-gigiyena, davolash-profilaktika, reabilitatsiya tadbirlari hamda vositalari tizimini
887
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
tushunamiz va bu tushuncha aynan Mehnat kodeksi
1
hamda O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni
muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni
2
da ham o‘z ifodasini topgan.
Jamiyat hayotining barcha yo‘nalishlarida bo‘lgani kabi mamlakatimizda insonlar uchun
adolatli, qulay va munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ularning mehnat huquqiy
munosabatlardan kelib chiqadigan huquq va erkinliklarni qo‘llab-quvvatlash hamda eng asosiysi
ularning mehnatini muhofaza qilish borasida ham olib borilayotgan davlat siyosati va
boshqaruvida amalga oshirilayotgan ishlar tahsinga sazovordir.
Jamiyatdagi barcha ijtimoiy munosabatni tartibga solishda davlat va uning masʼul
organlarining vazifalari muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, ushbu vazifa va funksiyalarni bajarish
uchun qonun hujjatlari asosida davlat organlariga muayyan vakolatlar beriladi. Jumladan,
O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 5-moddasi
3
da
mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilangan. Yaʼni,
xodimning hayoti va sog‘lig‘i ustuvorligini taʼminlash; mehnatni muhofaza qilish sohasidagi
davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining,
mahalliy davlat hokimiyati organlarining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini
muvofiqlashtirish; barcha tashkilotlar uchun mehnatni muhofaza qilish sohasidagi talablarni
belgilash; mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va
tekshiruvini amalga oshirish; xodimlarni himoya qiluvchi xavfsiz texnika, texnologiya va
vositalarning ishlab chiqilishi va joriy etilishini rag‘batlantirish; fan, texnika yutuqlaridan hamda
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ilg‘or milliy va xorijiy tajribadan foydalanish; ishlab
chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan jabrlangan yoki kasb kasalligiga chalingan xodimlarni ijtimoiy
himoya qilish; xalqaro hamkorlikni amalga oshirish kabi masalalar mehnatni muhofaza qilish
sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari sifatida eʼtirof etildi.
O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 6-
moddasiga asosan mehnatni muhofaza qilishni davlat tomonidan boshqarish O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mehnatni muhofaza qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat
organi, shuningdek mehnatni muhofaza qilish sohasida qonun hujjatlariga muvofiq ayrim
vakolatlarga ega bo‘lgan boshqa davlat organlari tomonidan amalga oshirilishi ko‘rsatib qo‘yilgan
bo‘lib, Qonunining 7-moddasi
4
da bevosita o‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
mehnatni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari berilgan.
1
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksi. – T., “Yuridik adabiyotlar publish”, 2023-y.
2
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. –2016. –№ 38. 441-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari
milliy bazasi. – 2018. – 5 yanvar. – № 03/18/456/0512.
3
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. –2016. –№ 38. 441-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari
milliy bazasi. – 2018. – 5 yanvar. – № 03/18/456/0512.
4
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. –2016. –№ 38. 441-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari
milliy bazasi. – 2018. – 5 yanvar. – № 03/18/456/0512.
888
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
Demak, ushbu yo‘nalishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
-mehnatni muhofaza qilish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini
taʼminlaydi;
-mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi va amalga oshiradi;
-davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining
mehnatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyati muvofiqlashtirilishini taʼminlaydi;
-mehnat sharoitlarining davlat ekspertizasini o‘tkazish tartibini belgilaydi;
-ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va kasb kasalliklarini tekshirish hamda hisobga
olish tartibini belgilaydi;
-tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish tartibini belgilaydi;
-mehnatni muhofaza qilish uchun ish beruvchi tomonidan mablag‘lar ajratish, shuningdek
mehnatni muhofaza qilish jamg‘armalarini tuzish va ularning mablag‘laridan foydalanish tartibini
belgilaydi;
-mehnatni muhofaza qilish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi hamda
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham
amalga oshirishi mumkin.
Qonunda mehnatni muhofaza qilish sohasidagi yana bir qator vakolatli davlat organlar va
ularning vakolatlari xususida ham normalar belgilangan. Ular jumlasiga, O‘zbekiston
Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni
saqlash vazirligi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari
ham kiritilgan.
Mehnat muhofaza qilish borasida eʼtibormizni Qonunning 12-moddasi
5
dagi tashkilotning
mehnatni muhofaza qilish xizmatlari masalasiga qaratishni ham lozim topdik. Sababi bugungi
kunda xususiy sektorning jadal rivojlanib borayotganligi, unda yaratilayotgan ish o‘rinlari hamda
mehnat muhofazasi borgan sari o‘ziga xos dolzarblik kasb etib borayotganligidir.
Shu munosabat bilan aytish joizki, qonunga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga
oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq bo‘lgan har bir tashkilotda mehnatni
muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni
amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni
muhofaza qilish bo‘yicha tegishli tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassis lavozimi joriy etilishi
kerak.
5
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. –2016. –№ 38. 441-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari
milliy bazasi. – 2018. – 5 yanvar. – № 03/18/456/0512.
889
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud bo‘lgan tashkilotda yo‘l harakati
xavfsizligi xizmati ham tashkil etilishi yoki yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis lavozimi
joriy etilishi lozimligi taʼkidlanadi.
Xodimlarining soni ellik nafardan kam bo‘lgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish
xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassis lavozimini joriy etish
to‘g‘risidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining o‘ziga xos xususiyati
hisobga olingan holda qabul qilinadi.
Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tashkilotning
mustaqil tarkibiy bo‘linmalari bo‘lib, ular bevosita tashkilot rahbariga bo‘ysunadi.
Mehnatni muhofaza qilish xizmati mutaxassislari mehnatni muhofaza qilish qoidalari va
normalariga barcha xodimlar tomonidan rioya etilishini nazorat qilish, tarkibiy bo‘linmalarning
rahbarlariga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risida ijro etilishi majburiy bo‘lgan
ko‘rsatmalar berish, shuningdek mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha texnik jihatdan
tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlar talablarini buzayotgan
shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risida tashkilot rahbariga taqdimnomalar kiritish huquqiga
ega.
So‘zimiz yakunida mehnatni muhofaza qilish mehnat huquqida (qonunchiligida) muhim
institut hisoblanib, o‘zining aniq huquqiy mexanizimiga ega. Uning samarali ishlashi mehnat
huquqiy munosabatlarda xodimlar va ish beruvchilar o‘rtasidagi turli xil nizo va
kelishmovchiliklarni oldini olibgina qolmasdan, mamlakat iqtisodiy farovonligiga ham o‘zining
munosib hissasini qo‘shadi.
REFERENCES
1.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023 y.
2.
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksi. – T., “Yuridik adabiyotlar publish”, 2023-y.
3.
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. –2016. –№ 38. 441-modda; Qonun
hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi. – 2018. – 5 yanvar. – №03/18/456/0512.
4.
Mehnat huquqi. Darslik. Prof. J.T.Xolmuminov umumiy tahriri ostida. –T.: TDYU nashriyoti,
2019. – 193-bet.
5.
M.Usmanova, G.Sarimsakova va boshqalar. Mehnat huquqi. Darslik. -T.: TDYU, 2016.