890
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
GULXANIYNING “ZARBULMASAL” ASARIDA SYUJET VA KOMPOZITSIYA
Nizomova Shoxista Shodiyevna
Buxoro davlat pedagogika instituti
O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti, PhD.
Abdumannonova Shaxinur Valijon qizi
Buxoro davlat pedagogika instituti
O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14721440
Annotatsiya. Mazkur maqola Gulxaniyning “Zarbulmasal” asaridagi syujet va
kompozitsiya xususiyatlarini ilmiy tahlil qiladi. Ushbu asarning badiiy tuzilmasi, undagi obrazlar
tizimi hamda syujet chiziqlari orqali yozuvchi tomonidan ilgari surilgan asosiy g‘oyalar va
ma’rifiy jihatlar yoritiladi. Maqolada syujet va kompozitsiyaning o‘zaro bog‘liqligi va ular
yordamida asarning didaktik ahamiyati ochib beriladi.
Kalit so’zlar: Zarbulmasal, syujet, kompozitsiya, badiiy tahlil, ma’rifiy jihatlar, didaktika.
PLOT AND COMPOSITION IN GULKHANI'S "ZARBULMASAL"
Abstract. This article provides a scientific analysis of the plot and composition features in
Gulkhaniy's work “Zarbulmasal”. The study explores the artistic structure of the work, the system
of characters, and the plotlines, highlighting the key ideas and educational aspects presented by
the author. The article emphasizes the interconnection between the plot and composition and
reveals their role in conveying the didactic value of the work.
Keywords: Zarbulmasal, plot, composition, artistic analysis, educational aspects,
didactics.
СЮЖЕТ И КОМПОЗИЦИЯ В «ЗАРБУЛМАСАЛ» ГЮЛЬХАНИ
Аннотация. В статье дается научный анализ сюжетных и композиционных
особенностей произведения Гульхани «Зарбулмасал». Художественная структура
произведения, его образная система и сюжетные линии подчеркивают основные идеи и
воспитательные аспекты, выдвинутые писателем. В статье раскрывается взаимосвязь
сюжета и композиции, а также дидактическая значимость произведения через них.
Ключевые слова: Притча, сюжет, композиция, художественный анализ,
образовательные аспекты, дидактика.
Otashin adib Muhammad Sharif Gulxaniy XVIII asrning oxiri, XIX asrning birinchi
yarmida yashab ijod qilgan o’zbek mumtoz shoiri va yozuvchisidir. Uning asl ism-sharifi
Muhammad Sharif bo’lib, Gulxaniy esa uning adabiy taxallusidir. Taxminlarga ko’ra Gulxaniy
XVIII asrning 70-yillarida hozirgi Xo’jand viloyatining Darvoza qishlog’ida dunyoga keladi.
891
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
Bo’lajak yozuvchining bolaligi o’zi olamga kelgan tog’ qishlog’ida o’tadi. Bu yerda ozmi-
ko’pmi o’qib, savod chiqaradi, adabiyotga bo’lgan havasi ortadi.
Gulxaniy nazmda ham, nasrda ham yaxshi badiiyat namunalarini yaratib qoldirgan buyuk
iste’dod egasidir. U o’zbekcha she’rlariga Gulxaniy, tojikcha she’rlariga Jur’at deb taxallus
qo’yadi. Ba’zi manbalar uning hammomda go’lax-o’t yoquvchi bo’lib ishlaganligi tufayli
“Gulxaniy” taxallusini olganligini tasdiqlaydi. Gulxaniy adabiy merosini, asosan, ikki turdagi
asarlar – forsiy va turkiy tillardagi lirik she’rlari hamda “Zarbulmasal” tashkil etadi.
Biz Gulxaniyning “Zarbulmasal” asaridagi syujet (voqea) ipiga san’atkorona bog’lanib
kelgan va har birini mustaqil asar deyish mumkin bo’lgan “Maymun bilan Najjor”, “Tuya bilan
Bo’taloq”, “Toshbaqa bilan Chayon” masallarida “qissadan hissa” tariqasida axloqiy-ta’limiy fikr
va ma’nolar ifodalanganini ko’rib o’tdik. Masal tuzilishi jihatidan xilma-xildir: ba’zi masallar
she’r bilan yozilsa, ayrimlari nasriy yo’l bilan yoziladi. Chunonchi “Maymun bilan Najjor” she’riy
formada, “Toshbaqa bilan Chayon” nasriy usulda yozilgan.
Obraz badiiy asarning o’ziga xos xususiyatidir. Masalda ko’rib o’tganimizdek, maymun,
tuya, bo’taloq singari hayvonlar, toshbaqa, Chayon kabi jonivorlarning majoziy-kinoyaviy
obrazlari ma’lum bir ijtimoiy ma’noni bildiradi. Masalan, toshbaqa bilan Chayon obrazida fe’l-
atvori bir-biriga zid kishilar ustida bahs yuritgan yozuvchi, toshbaqaning harakati orqali bir-biriga
yordam, do’stlik, hamkorlik, mehr-shafqat singari insoniy tuyg’u va fazilatlarni ma’qullasa,
Chayonning nojo’ya qilmishida insoniy qiyofasini yo’qotgan, kishilik jamiyati uchun tamomila
zararli bo’lgan yaramas fe’l-atvorni fosh etgan. Gulxaniy bunday kishilardan nafratlanib, do’st
bilan dushmanni ajrata bilish, dushmanga o’z vaqtida qaqshatqich zarba berishga chaqiradi.
Insonparvar kishi sifatida tasvirlangan toshbaqa tomonidan cho’ktirib yuborilgan Chayonning
halokati misolida masalning g’oyaviy mazmuni ochiladi. Gulxaniy yovuz xoinlar mahv etilishi
muqarrar degan xulosa chiqaradi. Gulxaniy o’zbek va tojik tillaridagi bir qancha maqol, masal va
hikmatli so’zlardan san’atkorlarga xos badiiy mahorat bilan ijodiy foydalandi. Keltirilgan barcha
maqollar asarning g’oyaviy mazmunini ochishga yordam beradi. Masalan, Yapaloqqushning
o’g’liga o’z qizini berishni lozim ko’rmagan Boyo’g’li sovchi bo’lib kelgan Ko’rqushga qarab
shunday deydi:
“Sen menga nasihat o’qig’ali keldingmu?”. “Anglamay so’zlagan og’rimay o’lar…”
Gulxaniy xalq og’zaki ijodi materiallarini qayta ishlash bilan birga, uning g’oyaviy
yo’nalishini, shakli, uslubi va badiiy xususiyatlarini to’la saqlab qolishga intiladi. Shuningdek,
ayrim maqollarni ko’chma ma’noda ham qo’llaydi. Bu esa istiora yoki metaforik iboralardir.
Masalan, “Tikansiz gul, sadafsiz dur, mashaqqatsiz hunar bo’lmas” iborasi bir ishni
bitkazish uchun mashaqqat chekishga to’g’ri keladi, degan ma’noda ishlatilgan.
892
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
Gulxaniy “Zarbulmasal”da ijodiy foydalangan ko’pgina maqol, matal, masal, hikmatli
so’zlar ham xalqimizning jonli tilida va yozma adabiyotida qo’llaniladi. Bu maqollarda
kishilarning mehnatsevarlik, har bir masalaga aql-idrok bilan yondashish, to’g’rilik, sofdillik,
sabotlilik kabi ajoyib fazilatlari ulug’lanadi. Masalan, “Bugungi ishni ertaga qo’yma”, “Uyat
o’limdan qattiq”, “Evi bilan so’zlaganning qurboni bo’l”, “Yolg’on masal turmas», “Bo’ynida
illati borning oyog’i qaltirar”, “Yaxshi bilan yurding – etding murodga, yomon bilan yurding -
qolding uyatga” kabi o’rinli qo’llangan maqollar xalq donoligini ifodalab keladi.
Maqollar “Zarbulmasal”ning tilini boyitib, uning g’oyaviy-badiiy qimmatini,
shiradorligini oshirishga xizmat qiladi. Maqollarga juda katta e’tibor bergan Gulxaniy o’z
asarlaarini “Zarbulmasal” deb nomlaydi. Zarbulmasal maqol demakdir.
Maqol xalq og’zaki ijodining eng ixcham, lekin nihoyatda sermazmun janridir. U xalqning
ko’p yillik tajribasi natijasida orttirgan donishmandligini namoyish etadi.
Gulxaniy “Zarbulmasal”da: “Ammo roviylar andoq rivoyat qilurlarkim”, “Bor erdi
Farg’onada bir sorbon”, “Murod-maqsadlariga etdilar” kabi xalq rivoyatlari va xususan, ertaklar,
qissalarga xos an’anaviy muqaddima va xotima gaplardan juda o’rinli foydalangan. Bu esa asar
tili va uslubining sodda va maroqli bo’lishiga xizmat qilgan. Asarning “Zarbulmasal” deya
nomlanishiga sabab, unda yozuvchi xalq tilidagi maqol va masallarni tasvirlayotgan hayotiy
voqealarga mutanosib ravishda zarblash usulida ish tutgan. “Zarbulmasal” mundarijasiga
“Toshbaqa bilan Chayon”, “Tuya bilan bo’taloq”, “Maymun bilan najjor” kabi masal va 400 dan
ortiq maqol, talay xalqona iboralar voqealar izchilligiga singdirib yuborilgan. “Zarbulmasal”
badiiy asar bo’lishi bilan birga, mumtoz nutqiy xazina hamdir.
Mazkur asar 1980-yilda alohida kitob holida nashr etildi. “Zarbulmasal” ning personajlari,
asosan, qushlarning kinoyaviy-allegorik obrazlaridan iboratdir. O’z davr voqealarini majoziy
usulda badiiy ioda etgan axloqiy-pandnoma va tanqidiy-hajviy yo’nalishdagi “Zarbulmasal” asari
Gulxaniyga favqulodda shuhrat keltirdi. Unda ijtimoiy hayot muammolari, turli toifadagi odamlar
o’rtasidagi munosabatlar, xalq turmush tarzi va udumlari haqida majoziy uslubda so’z yuritiladi.
Insonga xos xususiyatlar boshqa jonli va jonsiz narsalarga ko’chirib tasvirlansa, majoziy
asar deyiladi. Gulxaniy ham, qizim, senga aytaman, kelinim, sen eshit qabilida qushlar misolida
o’z davri voqeligi manzaralarini tasvirlaydi. Toju taxt talashlari, mamlakat urushlar natijasida yurt
vayron, xalq xarob bo’lgan. Buxoro va Qo’qon xonliklari o’rtasidagi munosabat yomon bo’lib,
ular o’zaro urishib yurganlari uchun ham asarda Buxoro go’yoki vayronalarga boy muzofot singari
tasvirlansa-da, Qo’qon ham undan obod emas edi. Adib aytmoqchi, xonning atrofini Boyo’g’li,
Yapaloqqush, Ko’rqush, Kordon, Kulonkir sulton kabi yomon odamlar o’rab olgan. “Holo, bu
turg’onlaring navola do’stlari, piyola hariflari, taom emakka hozir, maslahatga aqli qosir”. Bu
ketishda mamlakat vayronaga, shoh uning ustidagi Boyo’g’liga aylanib qolishi hech gap emas.
893
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
Gulxaniyning yirtqich va asosan, tunda ov qiladigan qushlarni o’z asariga qahramon qilib
olishida nozik ishora mavjud. Shuning uchun Ko’rqush tilidan nasihat qiladi: “Ulug’ni borgohinda
xiradmandi donish va aqli xiradi bohush har qancha ko’b bo’lsa ham, oz bo’lur. Xususan, podshohi
odilg’a uch toifadin guzir yo’qdur: avval, odamni boamalki, podshohning oxiratlik asbobini
tarabdudida bo’lsa. Ikkinchi vaziri sohibi ra’ykim, podshohning dunyolik yarog’ini tarabdudida
bo’lsa. Uchinchi, munshiyi rostnavis, qalamzanu nigohdoru shamshirzan bo’lsa”.
“Zarbulmasal” arabcha “zarb” va “masal” so’zlarining qo’shilishidan hosil bo’lgan bo’lib,
«masallar yig’indisi» ma’nosini beradi. Masal so’zi o’tmishda biz hozir qo’llaydigan maqol
ma’nosida ishlatilgan. Zarbulmasal so’zga maqol qo’shib gapirish, o’xshashi va dalilini keltirish
ma’nolarini ham anglatadi. Zarbulmasal bo’lish – el og’ziga tushish, afsona bo’lish, mashhur
bo’lish ma’nolarida ham keladi. Ma’lum bo’ladiki, Gulxaniy o’z davri va zamondoshlarini asarda
zarbulmasal qilgan. Asar qahramonlari o’z nutqlarida vaziyatga mos ko’plab maqollarni
keltiradilar, to’g’rirog’i, maqollar yordamida gapiradilar. Shu bilan birga, ular bir-birlariga turli
masala va hikoyatlarni aytib beradilar. “Zarbulmasal” da 400 ga yaqin maqol, matal, naql va 15
dan ortiq katta-kichik masal va hikoyat mavjud. Bu muallifning xalq hayoti, turmush tarzi, an’ana
va marosimlari, og’zaki va yozma adabiyotni chuqur bilganligidan dalolat beradi. U mashhur hind
eposi “Kalila va Dimna”, Abdurahmon Jomiyning “Silsilat uz-zahab” asarlari, shuningdek, Sa’diy
Sheroziy, Hofiz Sheroziy, Xusrav Dehlaviy, Alisher Navoiy, So’fi Olloyor kabi ulug’ so’z ustalari
hikmatlaridan ham mahorat bilan foydalangan. Bularning barchasi asarning ta’sirchanligi va
o’qimishliligini oshirgan.
Xulosa qilib aytganda, Gulxaniy ijodi butun o’zbek adabiyotining sharqona muhitini ochib
beruvchi poydevor sifatida muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, “Zarbulmasal” oʻzbek badiiy
nasrining eng yetuk namunalari qatorida faxrli oʻrin olgan. Rang-barang tasviriy vositalardan,
jumladan, murakkab sajdan keng foydalanib yozilgan bu asarning tili nihoyatda shirador, jozibali
boʻlib, asarning chin maʼnoda xalqchil ruh egallashida juda katta xizmat qilgan. O’zbek adabiyoti
tarixida Gulxaniy ijodining o’ziga xos o’rni bor. Undan oz lirik she`rlar qolgan bo’lsa ham o’z
davrining voqea holatlarini ko’rsata olgan. Ayniqsa, o’sha davrdagi ochlik va yupunlikdan azob
chekkan kambag’al xalq ahvolini ro’y-rost ko’rsatib bergan. Gulxaniy XIX asming I yarmi Qo’qon
adabiy muhitida masal-tamsil janrida go’zal va original asar yaratishga muvaffaq bo’lgan adibdir.
Gulxaniy tabiatan hazil mutoyibaga usta, xalq urf-odatlarini, til boyliklarini, maqol, matal, naql va
rivoyatlarini, hajv va yumorini chuqur bilgan shaxs bo’lgan. Gulxaniyning shaxsiyati va adabiy
merosi haqida ma’lumot beruvchi ilk manba Umarxon davrida yaratilgan «Majmuai shoiron»
tazkirasidir. Chunki tazkira, birinchidan, Gulxaniy hayotlik vaqtida maydonga kelgan,
ikkinchidan, tazkira adibni koyigan, bilgan, u bilan muloqotda bo’lgan kishilar (Fazliy, Mushrif,
Xotif) tomonidan yaratilgan.
894
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
Tazkiraning Gulxaniy hayotini yoritishga bag’ishlangan sahifalarida adibning «mulki
ko’histon» (tog’lar diyori)dan ekani, uning ajdodlari o’z yurtining e’tiborli kishilaridan bolgani,
shoirning og’ir hayot kechirgani va kechirayotgani, o’ziga Gulxaniy taxallusini olib, «tog’liklar
shevasida latifu ravon» g’azallar bitgani uqtirib o’tiladi.
REFERENCES
1.
NIZOMOVA, S. (2023). SHAVKAT RAHMON SHE’RIYATIDA LIRIK QAHRAMON
KECHINMALARINING IFODALANISHI.
Journal of Research and Innovation
,
1
(10), 53-
57.
2.
NIZOMOVA, S. S. (2023). THE SYMBOLISM OF FIRE AND WATER IN POEM.
THE
ROLE OF SCIENCE AND INNOVATION IN THE MODERN WORLD
,
1
(9), 48-54.
3.
Shodiyevna, N. S. (2023). MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA BOLALAR
NUTQINI O ‘STIRISH VA RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK
MUAMMOLARI.
Научный Фокус
,
1
(2), 1187-1193.
4.
Nizomova, S. S., & qizi Istamova, M. S. (2024, February). MAKTABGACHA TA’LIM
TASHKILOTIDA
INNOVATSION
PEDAGOGIK
TEXNOLOGIYALARDAN
FOYDALANISH. In
INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCE" INNOVATIVE
TRENDS IN SCIENCE, PRACTICE AND EDUCATION"
(Vol. 3, No. 1, pp. 60-69).
5.
Nizomova,
S.
S.
(2023).
INKLYUZIV
TA’LIM:
AFZALLIKLARI
VA
KAMCHILIKLARI, XUSUSIYATLAR VA TAVSIYALAR.
PEDAGOGS jurnali
,
1
(1),
673-673.
6.
Nizomova, S. S., & Jumayeva, M. H. (2024). REPRESENTATION OF THE IMAGE OF
WATER IN MODERN UZBEK POETRY.
YOUTH, SCIENCE, EDUCATION: TOPICAL
ISSUES, ACHIEVEMENTS AND INNOVATIONS
,
3
(1), 70-75.
7.
Shodiyevna, N. S. (2022). The Symbolism of Fire and Water in Poetic Context.
EUROPEAN
JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION
,
2
(2), 170-174.
8.
Nizomova, S. (2021). ZAMONAVIY SHE’RIYATDA OLOV ANALOGLARINING
OBRAZLANTIRILISHI.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
8
(8).
9.
Nizomova, S. (2024). MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA BOLALAR
ADABIYOTINI O ‘QITISHDA XALQ O ‘ZAKI IJODINING O ‘RNI.
ЦЕНТР
НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
45
(45).
10.
Nizomova, S. (2020). ДОШКОЛЬНОЕ ОБРАЗОВАНИЕ-ОСНОВА НАШЕГО
БУДУЩЕГО.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
1
(1).
895
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
11.
Shodiyevna, N. S. (2023). Speech Defects and Ways To Eliminate Them, Which Occur in
Children.
Journal of Advanced Zoology
,
44
.
12.
Nizomova,
S.
(2020).
РОЛЬ
СОВРЕМЕННЫХ
ИНФОРМАЦИОННЫХ
ТЕХНОЛОГИЙ И ЭЛЕКТРОННЫХ СРЕДСТВ В ОБУЧЕНИИ, ОБРАЗОВАНИИ И
РАЗВИТИИ ЛИЧНОСТИ.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
1
(1).
13.
Sharipova, M. (2024). ABDUNAZAR POYONOVNING 70 YILLIK YUBILEYI
DOIRASIDA “ABDUNAZAR POYONOVNING BAXSHICHILIK SAN’ATIDA
TUTGAN O ‘RNI” MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA
(Ilmiy
maqolalar
to’plami):
ABDUNAZAR
POYONOVNING
KUYLAGAN
“ALPOMISH” VARIANTIDA MAROSIMLAR BADIIY IFODASI.
Buxoro davlat
pedagogika instituti jurnali
,
4
(4).
14.
Baxshilloyevna, S. M., & Firuzovna, R. S. (2024). KITOBXONLIK MADANIYATI
ORQALI TALABALAR MA'NAVIYATINI YUKSALTIRISHNING ILMIY-NAZARIY
ASOSLARI.
15.
Sharipova, M., & Jabborova, D. (2024). COMMONALITIES IN THE RELATIONSHIPS
OF FOLKLORE GENRES WITH LITERATURE.
Modern Science and Research
,
3
(9),
170-177.
16.
Sharipova, M., & Rajabova, S. (2024). SCIENTIFIC AND THEORETICAL BASIS OF
IMPROVING THE SPIRITUALITY OF STUDENTS THROUGH LIBRARY
CULTURE.
Modern Science and Research
,
3
(9), 148-155.
17.
Sharipova, M., & Saidova, S. (2024). THE SKILL OF CHARACTER DEVELOPMENT IN
ABDULLA QAHHOR'S STORIES.
Modern Science and Research
,
3
(9), 156-162.
18.
qizi Hamidova, U. F., & Sharipova, M. B. (2024, February). METHODOLOGY OF
DEVELOPMENT OF CREATIVE ABILITIES OF CHILDREN OF PRESCHOOL AGE.
In
INTERNATIONAL CONFERENCE: PROBLEMS AND SCIENTIFIC SOLUTIONS.
(Vol.
3, No. 1, pp. 73-82).
19.
Azimov, Y., To’xsanov, Q., Adizov, B., Sharipova, M., & Hojiyeva, N. (2024). Statistical
analysis of thrift and ecological education concepts in elementary school students. In
E3S
Web of Conferences
(Vol. 587, p. 02020). EDP Sciences.
20.
Sharipova,
M.
(2023).
“ALPOMISH”
EPOSINING
QADIMIYLIGI
VA
AN’ANAVIYLIGI.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
44
(44).
21.
Sharipova, M. (2024). EPOS HAMDA MAROSIM MUNOSABATINING QADIMIYLIGI
VA AN’ANAVIYLIGI.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
46
(46).
896
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
22.
Sharipova, M. (2024). EPOS HAMDA MAROSIM MUNOSABATINING QADIMIYLIGI
VA AN’ANAVIYLIGI.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
46
(46).
23.
Sharipova, M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONIDA NIKOH MAROSIMINING ARXAIK-
BAIIY XUSUSIYATLARI.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
44
(44).
24.
Sharipova, M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONI BADIIY STRUKTURASIDA
MAROSIMLARNING O ‘RNI.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
30
(30).
25.
Sharipova, M. (2020). Вестник магистратуры.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ
(buxdu. uz)
,
1
(1).
26.
Sharipova, M. B., & Inoyatova, F. I. (2018). USE OF PROBLEM-BASED LEARNING IN
THE CLASSROOM.
УЧЕНЫЙ XXI ВЕКА
, (11), 69.
27.
Sharipova, M. B., & qizi Shokirova, N. Z. «ALPOMISH» DOSTONI–BADIIY
BARKAMOL ASAR.
28.
Sharipova, M. B., & qizi Salimova, K. R. “ALPOMISH” DOSTONIDA “KAMPIR O’LDI”
MAROSIMI TASVIRI.
29.
Sharipova, M. B. Ritual and Epic Relations in the Epic" Alpomish".
MIDDLE EUROPEAN
SCIENTIFIC BULLETIN
.
30.
Sharipova, M. (2024). EPOS HAMDA MAROSIM MUNOSABATINING QADIMIYLIGI
VA AN’ANAVIYLIGI.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
46
(46).
31.
Sharipova, M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONIDA NIKOH MAROSIMINING ARXAIK-
BAIIY XUSUSIYATLARI.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
44
(44).
32.
Sharipova, M. (2023). MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA ETNIK-MADANIY
TA'LIM TIZIMI.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
32
(32).
33.
Sharipova, M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONI BADIIY STRUKTURASIDA
MAROSIMLARNING O ‘RNI.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
30
(30).
34.
Sharipova, M. B., & Farmonova, G. S. Q. (2021). NIKOHDAN SO’NG ADO
ETILADIGAN
URF-ODATLAR
TASVIRI
(“ALPOMISH”
DOSTONI
MISOLIDA).
Scientific progress
,
2
(7), 1125-1129.
35.
qizi Hamidova, U. F., & Sharipova, M. B. (2024, February). METHODOLOGY OF
DEVELOPMENT OF CREATIVE ABILITIES OF CHILDREN OF PRESCHOOL AGE.
In
INTERNATIONAL CONFERENCE: PROBLEMS AND SCIENTIFIC SOLUTIONS.
(Vol.
3, No. 1, pp. 73-82).