DAVLAT BYUDJETINING MOHIYATI VA AHAMIYATI

Аннотация

Mazkur tezisda davlat byudjetining mohiyati, funksiyalari va O‘zbekiston iqtisodiyotidagi o‘rni batafsil tahlil qilingan. Davlat byudjeti daromad va xarajatlari, ularning tarkibi va ulushlari jadvallar bilan yoritilgan. Shuningdek, iqtisodiy tahlillar va olimlarning fikrlari asosida davlat byudjetining ta’minot, taqsimlash va nazorat funksiyalarining ahamiyati tushuntirilgan. O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetining 2023-yilgi ko‘rsatkichlari asosida mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish yo‘llari ko‘rib chiqilgan.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Baxtiyarov, J. (2025). DAVLAT BYUDJETINING MOHIYATI VA AHAMIYATI. Современная наука и исследования, 4(1), 505–509. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/63747
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mazkur tezisda davlat byudjetining mohiyati, funksiyalari va O‘zbekiston iqtisodiyotidagi o‘rni batafsil tahlil qilingan. Davlat byudjeti daromad va xarajatlari, ularning tarkibi va ulushlari jadvallar bilan yoritilgan. Shuningdek, iqtisodiy tahlillar va olimlarning fikrlari asosida davlat byudjetining ta’minot, taqsimlash va nazorat funksiyalarining ahamiyati tushuntirilgan. O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetining 2023-yilgi ko‘rsatkichlari asosida mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish yo‘llari ko‘rib chiqilgan.


background image

2025

JANUARY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 1

505

DAVLAT BYUDJETINING MOHIYATI VA AHAMIYATI

Baxtiyarov Javohir Baxtiyarovich

O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi

1-kurs MSc Moliya (kunduzgi) Magistranti

javohirbaxtiyarovich@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14734830

Annotatsiya. Mazkur tezisda davlat byudjetining mohiyati, funksiyalari va O‘zbekiston

iqtisodiyotidagi o‘rni batafsil tahlil qilingan. Davlat byudjeti daromad va xarajatlari, ularning

tarkibi va ulushlari jadvallar bilan yoritilgan. Shuningdek, iqtisodiy tahlillar va olimlarning

fikrlari asosida davlat byudjetining ta’minot, taqsimlash va nazorat funksiyalarining ahamiyati

tushuntirilgan. O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetining 2023-yilgi ko‘rsatkichlari asosida

mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish yo‘llari ko‘rib chiqilgan.

Kalit so‘zlar: davlat byudjeti, byudjet daromadlari, byudjet xarajatlari, taqsimlash

funksiyasi, moliyaviy nazorat, ijtimoiy himoya, soliq tizimi.

Davlat byudjeti

– bu davlatning moliyaviy faoliyatini boshqarish va rejalashtirishda

asosiy hujjat bo‘lib, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatini amalga oshirishda muhim rol

o‘ynaydi. Byudjet orqali davlat o‘z daromadlari va xarajatlarini nazorat qiladi, ijtimoiy tenglikni

ta’minlaydi va iqtisodiy barqarorlikni saqlashga intiladi.

O‘zbekiston uchun davlat byudjeti davlat siyosati samaradorligini ko‘rsatib beruvchi

o‘lchovdir. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng byudjet siyosati doimiy ravishda isloh

qilinib kelmoqda. Ayniqsa, so‘nggi yillarda iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish, aholi turmush

darajasini oshirish va korrupsiyaga qarshi kurash kabi masalalarga alohida e’tibor berilmoqda.

Ta’minot funksiyasi

. Ta’minot funksiyasi davlatning asosiy vazifalarini bajarish uchun

moliyaviy mablag‘larni taqdim etish bilan bog‘liq. Davlat fuqarolarga ta’lim, sog‘liqni saqlash,

ijtimoiy himoya va huquq-tartibot kabi xizmatlarni taqdim etish uchun mablag‘ ajratadi.

O‘zbekistonda 2023-yil davlat byudjeti xarajatlarining katta qismi -

137,25 trillion so’m

ijtimoiy xarajatlarga yo‘naltirilgan:

Ta’lim sohasi uchun

61,22

trillion so’m (umumiy xarajatlarning 21,77 %).

Sog‘liqni saqlash uchun

31,07

trillion so’m

(11,05%).

Nafaqalar, moddiy yordam va kompensatsiya to‘lovlari

-

19,21 trillion so’m

(6,83 %).

Taqsimlash funksiyasi

. Taqsimlash funksiyasi iqtisodiy resurslarni davlat tomonidan

qayta taqsimlashni anglatadi.


background image

2025

JANUARY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 1

506

Bu orqali daromadlar tengsizligi kamaytirilib, ijtimoiy adolat ta’minlanadi. Davlat soliq va

transfer to‘lovlari orqali boy va kambag‘al qatlamlar o‘rtasidagi farqni qisqartirishga harakat

qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi 2023-yilda ijtimoiy himoyaga (

nafaqalar, moddiy yordam va

kompensatsiya to‘lovlari, aholi bandligi darajasini oshirish, pensiya jamg‘armasiga transfertlar,

uy-joylar qurish dasturida qatnashayotgan banklar uchun kredit liniyalari, subsidiya va

kompensatsiya to‘lovlari)

35,8 trillion so‘m mablag‘ ajratgan bo‘lib, bu aholining zaif qatlamlarini

qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilmoqda. Pensiya va nafaqalar orqali aholining keksa

va nogiron qatlamlari ijtimoiy jihatdan himoya qilinmoqda.

Nazorat funksiyasi.

Nazorat funksiyasi davlat mablag‘larining qonuniy va samarali

ishlatilishini ta’minlashni nazarda tutadi. Bu orqali davlat mablag‘lari noto‘g‘ri ishlatilishi va

korrupsiyaga qarshi kurash olib boriladi. O‘zbekistonda moliyaviy nazoratni “Hisob palatasi”

amalga oshiradi.

Transparency International

- tashkilotining 2023-yilgi ma’lumotlariga ko‘ra,

O‘zbekiston korrupsiyaga qarshi kurashda sezilarli yutuqlarga erishmoqda ya’ni yildan-yilga

O‘zbekistonning reytingi ko’tarilib borishini kuzatishimiz mumkin.

1

Elektron hukumat tizimlari

va raqamlashtirish jarayonlari orqali davlat xarajatlarining shaffofligi ta’minlanmoqda.

O‘zbekiston Respublikasida davlat byudjeti tuzilmasi:

Byudjet daromadlari

O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetining daromadlari quyidagi manbalardan

shakllanadi (1-jadvalga qarang):

Bevosita soliqlar

– davlat daromadlarining asosiy qismlaridan biri hisoblanadi. 2023-yilda

bevosita soliq tushumlari 73,1 trillion so‘mni tashkil etgan.

Bilvosita soliqlar

– davlat daromadlarining asosiy qismi hisoblanadi.

2023-yilda ushbu soliqlardan kelib tushgan tushum jami 83,3 trillion so‘mni tashkil etgan.

Eng ko’p kelib tushgan tushumlar aynan bilvosita soliq tushumlariga to’g’ri keladi.

Resurs to‘lovlari va mulk solig‘i

– davlat byudjeti daromadlarining muhim tarkibiy qismi

bo‘lib, u davlatga tegishli yoki undan foydalanilayotgan tabiiy resurslar, yer va boshqa mulklar

uchun to‘lanadigan soliqlarni o‘z ichiga oladi.

2023-yilda ushbu soliqlardan kelib tushgan tushum

qariyb 28,08 trillion so’mni tashkil etgan.

Boshqa daromadlarlar –

2023-yil holatiga ko’ra boshqa daromadlar 47,21 trillion so’mni

tashkil qilgan.

1

https://www.transparency.org/en/cpi/2023/index/uzb


background image

2025

JANUARY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 1

507

1-jadval

Davlat byudjeti daromadlari 2023

2

Byudjet xarajatlari

O‘zbekiston davlat byudjeti xarajatlari 2023-yilda quyidagi asosiy yo‘nalishlarga

yo‘naltirilgan (2-jadvalga qarang):

Ijtimoiy xarajatlar

– 137,25

trillion so‘m (xarajatlarning 48,8%)

Iqtisodiyot xarajatlari

– 42,9 trillion so‘m (15,27%)

Investitsiya xarajatlarini moliyalashtirish

29,58

trillion so‘m (10,52%)

Davlat boshqaruvi, adliya va prokuratura organlarini saqlash xarajatlari

14,6

trillion so‘m (5,2%)

2

https://www.imv.uz/static/davlat-budjeti-daromadlari-2023


background image

2025

JANUARY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 1

508

2-jadval

Davlat byudjeti xarajatlari 2023

3

Xulosa qilib aytganda, Davlat byudjeti iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish va ijtimoiy

farovonlikni ta’minlashning eng muhim moliyaviy vositasi hisoblanadi. O‘zbekiston

Respublikasining 2023-yilgi byudjet tahlili shuni ko‘rsatadiki, daromadlar va xarajatlar o‘rtasida

muvozanatni saqlash, byudjet taqchilligini kamaytirish va xarajatlarni samarali boshqarish dolzarb

3

https://www.imv.uz/static/davlat-budjeti-xarajatlari-2023


background image

2025

JANUARY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 1

509

masalalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa infratuzilma sohalariga

ajratilgan mablag‘lar ijtimoiy rivojlanishni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.

Tavsiyalar:

1.

Soliq tizimini takomillashtirish:

Soliq tushumlarini oshirish uchun kichik va o‘rta

biznesni rag‘batlantirish, noqonuniy iqtisodiy faoliyatni kamaytirish zarur.

2.

Xarajatlarning shaffofligini ta’minlash:

Davlat xarajatlarining samaradorligini oshirish

uchun ularning shaffofligini kuchaytirish va jamoatchilik nazoratini kengaytirish lozim.

3.

Byudjet

taqchilligini

kamaytirish:

Davlat

maqsadli

jamg‘armalari

va

konsolidatsiyalashgan byudjet taqchilligini qisqartirish orqali iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash

muhim.

4.

Infratuzilmani rivojlantirish:

Davlat byudjeti mablag‘larini samarali yo‘naltirish orqali

transport va kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish zarur.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi, Davlat byudjeti daromadlari

2023 -

https://www.imv.uz/static/davlat-budjeti-daromadlari-2023

2.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi, Davlat byudjeti xarajatlari 2023

-

https://www.imv.uz/static/davlat-budjeti-xarajatlari-2023

3.

Transparency

International,

“Korrupsiya

indeksi,

2023”

https://www.transparency.org/en/cpi/2023/index/uzb

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi, Davlat byudjeti daromadlari 2023 - https://www.imv.uz/static/davlat-budjeti-daromadlari-2023

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi, Davlat byudjeti xarajatlari 2023 - https://www.imv.uz/static/davlat-budjeti-xarajatlari-2023

Transparency International, “Korrupsiya indeksi, 2023” – https://www.transparency.org/en/cpi/2023/index/uzb