Authors

  • Gulsanam Otaxonova
  • Mexruza Mirzayeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.63352

Keywords:

Usmon bekligi Kichik Osiyo xettlar davlatchilik imperiya Istanbul Konstantinopol Boyazid Yildirim Sulton Sulaymon Mustafo Kamol

Abstract

Ushbu maqolada Usmoniylar imperiyasidan Turkiya Respublikasigacha hukmronlik qilgan sultonlar va ularning qisqacha tarixi haqida maʼlumot beriladi. Usmoniylar imperiyasi tashkil topishi, uning ulkan davlatchiligiga xos jihatlar va respublika tashkil topishi uchun olib borilgan harakatlarga alohida eʼtibor berib oʻtishga harakat qildik. Uning rivojlangan respublika darajasiga yetgunga qadar bosib oʻtgan yoʻli haqida qisman ma’lumot berib oʻtiladi.

background image


Yanvar, 2025-Yil

221

USMONIYLAR IMPERIYASIDAN-TURKIYA RESPUBLIKASIGACHA

Otaxonova Gulsanam Alisher qizi

Mirzayeva Mexruza Sharofiddin qizi

Termiz davlat pedagogika instituti 3-kurs talabalari

atakhanovagulsanam@gmail.com

Tel: 99 971 73 70

mirzayevamehruza5@gmail.com

Tel: 93 699 3531

https://doi.org/10.5281/zenodo.14729264

Annotatsiya. Ushbu maqolada Usmoniylar imperiyasidan Turkiya Respublikasigacha

hukmronlik qilgan sultonlar va ularning qisqacha tarixi haqida maʼlumot beriladi. Usmoniylar

imperiyasi tashkil topishi, uning ulkan davlatchiligiga xos jihatlar va respublika tashkil topishi

uchun olib borilgan harakatlarga alohida eʼtibor berib oʻtishga harakat qildik. Uning rivojlangan

respublika darajasiga yetgunga qadar bosib oʻtgan yoʻli haqida qisman ma’lumot berib oʻtiladi.

Kalit soʻzlar: Usmon bekligi, Kichik Osiyo, xettlar, davlatchilik, imperiya, Istanbul,

Konstantinopol, Boyazid Yildirim, Sulton Sulaymon, Mustafo Kamol

Abstract. This article provides information about the sultans who ruled from the Ottoman

Empire to the Republic of Turkey and their brief history. We tried to pay special attention to the

establishment of the Ottoman Empire, the features of its great statehood, and the actions taken for

the establishment of the republic. Partial information is provided about its path to the level of a

developed republic.

Key words: Ottoman Empire, Asia Minor, Hittites, statehood, empire, Istanbul,

Constantinople, Bayazid Yildirim, Sultan Suleiman, Mustafa Kamal

Абстрактный. В этой статье представлена информация о султанах, правивших

от Османской империи до Турецкой Республики, и их краткая история. Особое внимание

мы постарались уделить становлению Османской империи, особенностям ее великой

государственности и действиям, предпринятым для создания республики. Частично

приводятся сведения о ее пути до уровня развитой республики.

Ключевые слова: Османская империя, Малая Азия, хетты, государственность,

империя, Стамбул, Константинополь, Баязид Йылдырым, Султан Сулейман, Мустафа

Камаль.


background image


Yanvar, 2025-Yil

222

Kirish

Bugungi kunda dunyoning eng rivojlangan davlatlari ichida oʻzining mustahkam oʻrniga

ega boʻlgan Turkiya davlati boy tarixga va madaniyatga egadir. Turkiyaning hozirgi qiyofasi

shakllanishi uchun zamin boʻlgan davrni olimlar Usmon bekligi tashkil topish davri bilan

bogʻlaydilar. Umuman olganda Turk svilizatsiyasining tarixiga nazar solsak, uning qadim

oʻtmishga ya’ni Kichik Osiyodagi xett davlatidan to Turk xoqonligi barham topgungacha boʻlgan

davrga borib taqaladi.Turkiya tarixida oʻzining alohida oʻrniga ega boʻlgan ikki sulola saljuqiylar

va usmoniylar imperiyasi davrida Turk xalqining milliy davlatchilik asoslari yaratildi desak,

mubolagʻa boʻlmaydi.Usmon bekligi XIII asr oxiri XV asrgacha shakllanadi va rivojlanadi. Bu

beklik avval Ertoʻgʻrul va uning oʻgʻli Usmon tomonidan boshqariladi. Usmoniylar sulolasiga

Usmon I asos soladi va uning vorislari davrida shu nom asosida ulkan davlatchilik shakllanadi.

Usmoniy sultonlardan biri Boyazid Yildirimning Amir Temur bilan urush harakatlari olib

borganligi va magʻlubiyati buyuk davlat obroʻsiga putur yetkazgan boʻlsada, 1453-yil 29- mayda

Mehmed ll Fotixning Konstantinopolni egallashi Yevropa va Osiyoni bogʻlovchi oxirgi xalqani

egallashiga va har tomonlama rivojlanish uchun yoʻl ochib beradi. XV asr oxiridan boshlab

ayniqsa XVl asrda bu davlat oʻzining oltin davrini yashab oʻtdi. Sulton Salim l va Buyuk Sulaymon

sezilarli darajada oʻz hududlarini kengaytirishga erishdilar. Usmoniylar tarixini oʻrganish

jarayonida turli afsonalarni ham keltirib oʻtish maqsadga muvofiq.

AAfsona. Usmoniylarning kelib chiqishi haqida turli taxminlar mavjud.Bu taxminlar

koʻplab yilnomalarda kichik farqlar bilan uchraydi.

Ertoʻgʻrul qachondir otasi Sulaymon shoh va ikki akasi Sunqur Tegin va Kuntugʻdilar bilan

Kichik Osiyoga borishadi. Ular bu yerda koʻp yillar qolib ketadi va keyin ortga qaytishadi.

Ertoʻgʻrulning oʻz Anatolida toʻrt yuz shatr bilan qoladi. U oʻzining uch oʻgʻlidan biri Sari Yatini

Koʻnyadagi Saljuqiylar sultoni Alouddinning oldiga ular uchun yer ajratishini soʻrab yuboradi.

Taxminan, 1260- yilda Alouddin Sakarya daryosi boʻyidagi Sayyutda joy ajratadi va Vizantiyadan

himoya qilishini tayinlaydi. 1280- yil Ertoʻgʻrulning oʻlimidan soʻng uning oʻgʻli Usmon beklik

boshiga keladi va tezda greklarga qarshi boradi. Lekin Usmoniylar yilnomalarida bu tarix siyosiy

maqsadlarda o’ylab topilganligini aytiladi.Xlll asr oxirigacha Usmon Vizantiyaning sharqiy

qismida nazorat oʻrnatdi.Usmon 1317- yil qoʻshin boshqaruvini oʻgʻli Oʻrxonga topshiradi. 1326-

yildan 1365-yilgacha Bursa Usmoniylar davlatining poytaxti boʻlgan.Oʻrxonning xizmatlari

shundan iboratki u Usmoniylar davlatiga asos soladi. Uning vorisi Murod l davridan esa,

hukmdorlar sulton deb atala boshlandi.


background image


Yanvar, 2025-Yil

223

Usmoniy sultonlar shajarasi

:

Usmon I (1299—1326),

O’rxon (1326— 1359),

Murod I (1359-1389),

Boyazid I (1389—1402),

Boyazid I oʻgʻillari Sulaymon Chalabey, Muso Chalabeylar, Mehmed Chalabeylarning taxt

uchun kurashi (1402—13),

Mexmed I (1413—21),

Murod II (1421—44; 1446—51),

Mehmed II Fotix (1444—46; 1451—81),

Boyazid II (1481-1512),

Salim I (1512—1520),

Sulaymon I Qonuniy (1520—66),

Salim II (1566—74),

Murod III (1574-95),

Mehmed III (1595— 1603),

Ahmad I (1603—17),

Mustafo(1617—18; 1622—23),

Usmon II (1618— 22),

Murod IV (1623—40),

Ibrohim (1640-48),

Mehmed IV (164887),

Sulaymon II (1687—91),

Ahmad II (1691-95),

Mustafo II (1695-1703),

Ahmad III (1703 — 30),

Mahmud I (1730-54),

Usmon III (1754-57),

Mustafo III (1757—74),

Abdulhamid I (1774-89),

Salim III (1789-1807),

Mustafo IV (1807—08),

Mahmud II (1808 — 39),


background image


Yanvar, 2025-Yil

224

Abdulmajid (1839—61),

Abdulaziz (1861-76),

Murod V (1876),

Abdulhamid II (1876-1909),

Mehmed V Rashid (1909—18),

Mehmed VI Vaqiduddin (1918—22),

Mustafo Kamol (Otaturk) tashabbusi bilan Turkiyada sultonlik tugatilgach (1922 y. 1

noyabr), soʻnggi sulton Mehmed VI xorijga joʻnab ketishga majbur boʻlgan.

Davlatning dastlabki poytaxti Melangiya, 1326— 1362-yillarda Bursa boʻlgan. Sulton

Murod I, 1362-yilda poytaxtni Bursadan Edirna (Adrianopol)ga koʻchirgan. Sulton Boyazid II,

Salim I va Sulaymon I hukmronlik qilgan davrlarda saltanat haddan tashqari kuchaygan. Xususan,

Salim I Yovuz Eron safaviylari shohi Ismoil I qoʻshinini yanchib tashlaydi. Iroq, Shom (Suriya),

Falastin, Misrni egallab, Qohiraga kiradi. Bu paytda Misrdan tashqari Shimoliy Afrikaning Jazoir

hududi, shuningdek, Bolqon, Arabiston, Janubiy-Sharqiy Anadolu ham Usmoniylar imperiyasi

tarkibiga kirgan. Halabda boʻlgan juma namozda sulton Salim I ga „ikki muqaddas shahar

xizmatchisi“ faxriy unvoni berilib, xalifa sifatida uning nomi xutbaga qoʻshib oʻqilgan

(Usmoniylar sultonlar shu kundan eʼtiboran to 1924-yilgacha ayni paytda islom olamining xalifasi

ham hisoblangan).Salim III va Mahmud II hukmronliklari davrida saltanatni parchalanib ketishdan

saqlab qolish uchun islohotlar oʻtkazilgan. Sulton Abdulmajid yana islohotlar (Tanzimat)

oʻtkazish orqali, bir tomondan, sultonlik inqirozini toʻxtatishga, ikkinchi tomondan, yangi turk

ziyolilarini shakllantirishga muvaffaq boʻldi. Bu paytda boʻlgan Qrim urushida Turkiya oʻzining

eski raqibi Rossiya imperiyasi ustidan gʻolib chiqdi hamda Qora dengiz va Dunay daryosidagi

mavqeini qayta tikladi. Tanzimat va 1876-yilda qabul qilingan dastlabki konstitutsiya sulton

Abdulhamid II tomonidan bekor qilingach mamlakatda istibdod davri boshlangan. Bu davrda

sultonlik Yevropa davlatlariga iqtisodiy jihatdan qaram boʻla boshlagan. XIX asr oxiri — XX asr

boshlarida “Ittihod va taraqqiy” partiyasi aʼzolari mamlakatda konstitutsion monarxiya oʻrnatish

uchun qatʼiy harakat qilishgan.Dastlab Turkiya atamasi 1190- yili salibchilar xronikasining

muallifi

tomonidan

turk

qabilalari

Kichik

Osiyoda

zabt

etganlariga

nisbatan

qoʻllanilgan.Keyinchalik ularning davlati Turkiya, aholisi esa turklar deb atala boshlandi. Turkiya

davlati birinchi jahon urushida Germaniya tomonda turib urushda qatnashishni ma’qul koʻrdi.1914

yil 2-avgustda yashirin sharoitda Germaniya bilani ittifoqchilik shartnomasini imzoladi.1915

yilning 15 sentabrida esa Toʻrtlar ittifoqiga qo’shildi.Brest tinchlik shartnomasi asosida Turkiya

Kavkazdagi Kars, Ardagan va Batumiga ega bo’ladi.Turkiya Birinchi jahon urushidan mag’lub


background image


Yanvar, 2025-Yil

225

davlat sifatida chiqdi. Mamlakat maorifi, tibbiyoti, iqtisodi o’ta zaiflashgan, imperiya qulagan va

Yevropa davlatlari Turkiyani qaram davlatga aylantirgandi. Angliya, Gretsiya va Fransiya

Turkiyani parchalab tashlab, uning mustaqil davlat sifatida yashashiga nuqta qo’yishni istadi. Bu

masala bilan to’rt mamlakatdan iborat kengash Gretsiya tarafiga Antanta tarkibida urush

harakatlarida ishtirok etgani uchun sovg’a sifatida Izmirni egallash huquqini topshirdi.

1918yilning 30 dekabrida tuzilgan Mudros bitimi Antanta va Turkiya davlatlari oʻrtasidagi

birinchi jahon urushidagi harbiy harakatlarga chek qoʻydi.Sevr va Lozanna shartnomasidab soʻng

Mustafo Kamolning say-harakatlari bilan 1923- yil 13-avgustda Mustafo Kamol prezident etib

saylandi. 1923- yil 2- oktabrda davlatining poytaxtini Anqaraga koʻchirish masalasi hal etiladi.

13-oktabrda Anqara Turkiya davlatining poytaxti deb eʼlon qilindi. 1923-yil 29-oktabrda esa

Turkiya respublika deb e’lon qilindi.

Xulosa

Turkiyaning XX asrda rivojlanish tarixi tahlil qilinar ekan, uning Usmoniylar imperiyasi

qulagach va mustamlaka va harbiy yurishlardan so‘ng yangi turk hukumati, siyosiy elita davlat

mustaqilligi va mustah-kamligini saqlashda o‘zida kuch topa olganini ta’kidlash joiz. Shu qatorda

XIX

asrda

usmoniylarning

yevropalashishi

o‘rnini

yangi

turk

hukumatining

modernizatsiyalashuvi jarayoni egalladi. Dunyoviylik va millatchilik mafkurasi usmoniylik,

shariat va g‘azovot o‘rnini egalladi. Mustafo Kamol Otaturk va uning tarafdorlari turk jamiyatini

modernizatsiya qilishdek yuksak tarixiy vazifani bajarishga kirishdilar. O‘tgan salkam bir asr

davomida rivojlanish bosqichidan o‘tdilar. Ayniqsa, ilk davrlarda inqilobiy qadamlar

mamlakatning dunyoviyligi va iqtisodiyoti hamda sanoatining to‘g‘ri yo‘lga tushib olishini

ta’minlab berdi. Jamiyatning qadriyatlarini dunyoviylashishi muvaffaqiyatli olib borilgan

bo‘lsada, bu jarayonlarning millatchilik va panturkizmga og‘ish ruhida kechganligini aytish

mumkin.

REFERENCES

1.

АлиевГ.З. Турциявпериодправлениямладотурок. М., 1972.

2.

ВнешнеэкономическиесвязиОсманскоиимпериивновоевремя (конец XVIII – начало

XX в.). М., 1989.

3.

Turkiya tarixi. Oliy ta’lim tizimi tarix va sharqshunoslik yoʻnalishlari talabalari ushun

qoʻllanma TOSHKENT-2018

4.

M.Lafasov va boshqalar. YANGI DAVR. Т., “Meros”, 2002.

5.

Sh.Ergashev. Jahon tarixi. Yangi davr XVI-XVIII asrlar. I-qism. T.,” O’zzbekiston 2014

References

АлиевГ.З. Турциявпериодправлениямладотурок. М., 1972.

ВнешнеэкономическиесвязиОсманскоиимпериивновоевремя (конец XVIII – начало XX в.). М., 1989.

Turkiya tarixi. Oliy ta’lim tizimi tarix va sharqshunoslik yoʻnalishlari talabalari ushun qoʻllanma TOSHKENT-2018

M.Lafasov va boshqalar. YANGI DAVR. Т., “Meros”, 2002

Sh.Ergashev. Jahon tarixi. Yangi davr XVI-XVIII asrlar. I-qism. T.,” O’zzbekiston 2014