ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
803
NAVOIY VA BOBURNING G‘AZALCHILIKDAGI O'RNI HAMDA
G‘AZALLARINING O‘XSHASHLIGI
Dilnavoz G‘oibova Jamilovna
Samarqand viloyati Nurobod tumani 46- umumiy o'rta ta'lim maktabining oliy toifali ona tili va
adabiyot fani o'qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14740214
Annotatsiya.
Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur muhim siyosiy
o‘zgarishlar davrida yashagan tarixga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan.
Kalit so’zlar:
G‘azal, taxlil, tashxis, aruz, gul, chiroy, tarix, adabiyot.
THE PLACE OF NAVOI AND BABUR IN GAZEL POEMS AND THE SIMILARITY OF
THEIR GAZELS
Abstract.
Alisher Navoi and Zahiriddin Muhammad Babur made their worthy contribution
to history, which lived during a period of important political changes.
Keywords:
Ghazal, analysis, diagnosis, dream, flower, beauty, history, literature.
МЕСТО НАВОИ И БАБУРА В ГАЗАЛИЗМЕ И СХОДСТВО ИХ ГАЗЕЛЕЙ
Аннотация.
Алишер Навои и Захириддин Мухаммад Бабур внесли свой достойный
вклад в историю, живя в период значительных политических перемен.
Ключевые слова:
Газель, анализ, диагностика, сон, цветок, красота, история,
литература.
O‘zbek mumtoz adabiyoti avlodlarimizga va bizga ulkan meroslar qoldirgan. Biz o'ylab
ko'rsak o‘zbek mumtoz adabiyoti deganda ko‘zimizning oldiga birinchi Alisher Navoiy,
Zahiriddin Muhammad Bobur, Fuzuliy va shu kabi olimlar keladi. Alisher Navoiy, Zahiriddin
Muhammad Bobur kabi ulug' mutafakkirlarimiz tomonidan yaratilgan bu asarlar o‘sha
davrdagi turkiy til adabiyotini boyitgan. Nafaqat o‘sha davr olimlari shoh va sultonlari oddiy
xalqlarning tasavvur va e’tirofiga erishgan bo‘lsa, hozirda ham bu asarlar o‘zining yuksak
o‘rnini egallab turibdi.
Ularning shoh asarlari ya’ni mutafakkirlarimiz Alisher Navoiyning “Xamsa”,
Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asarlari aholining yetmish yoshdan yetti
yoshgacha bo‘lgan qatlamining miyasida saqlanib qolgan. Ularning Alisher Navoiy desa ko‘z
oldiga “Xamsa” asari, “Boburnoma” asari deyilsa esa ko‘z oldimizga Zahiriddin
Muhammad Bobur kelishi tabiiy hol bo‘lib qolgan.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
804
Shuni ta’kidlashimiz kerakki, ularning asarlari hozirgi zamonda ham, o‘zlarining davrida
ham shunchalik mo‘tabar o‘rinda qo‘yilgan va ular sevib o‘qilgan. Shuni aytib o‘tish kerakki,
o‘quvchilar bu asarni o‘qiganda qanchalik oson tushuna olishi, yozilish usuli va ularni qaysi
davrga xos bo‘lmasa ham hozirgi davrda shu asarni o‘qishdan oldin nimalarni o‘qishimiz kerakligi
haqida suhbatlashib o‘tishimiz kerak. Bu mutafakkirlarimizning “Xamsa” yoki “Boburnoma”
kabi shoh asarlari bo‘lmaganida ham ular jahon adabiyotida turkiy til namoyondalari bo‘lib qolar
edi.
Har bir satri bir dunyo, har bir bayti bir olam bo‘lgan “Xamsa” ning ichida qanday pand
nasixatlar insonning xulqi, tarbiyasi, hayoti jamiyatdagi o‘rniga ta’sir qiladigan o‘gitlar
berilgan bizning tasavvurimizga sig‘maydi. Nima uchun insonlar “Xamsa” yoki “Boburnoma”ni
o‘qib bunchalik hayratlanishadi. Chunki ularning bir satrida biz har tomondan qarasak, har xil
dunyoqarash bilan tushunsak, har xil ma’nolarni keltirib chiqaradi. Ya’ni har bir so‘zning
tagida bir nechta tub ma’no bo‘lib, ularni har qanday pand-nasihat yo‘lida qabul qilishimiz
mumkin. Ya’ni bu satrlar, bu g‘azallar, bu she’rlar, baytlar faqatgina, bittagina voqea-hodisa
uchun pand-nasihat darajasida yozilmagan. Bittagina satrning o‘zini biz har xil vaziyatlarimiz
uchun tarbiya sifatida qabul qilib olsak bo‘ladi.
Har qanday o‘xshatish va timsollar Sharq mumtoz she’riyatida ijodkorning holatini va
maqsadini ifodalash uchun xizmat qilgan.
She’riyatning tashbeh, tashxis, tanosub kabi she’riy san’atlarini hosil qilishda qomatni
sarvga, raqibni tikanga, ko‘zni ohuga qiyoslash holatlari uchraydi. Zahiriddin Muhammad
Bobur ham shunday o‘xshatishlardan juda yaxshi foydalangan. Gulni tashxislantirganda
ko‘z oldimizda guldek chiroyli, nozik bir go‘zal qiz gavdalanadi.
Boburning ijodida gul obrazi orqali yorning go‘zalligi, chiroyi, nozikligi tasvirlangan.
Alisher Navoiyning birinchi devoni 24-25 yoshligida muxlislari tomonidan “Ilk devon”
nashrdan chiqariladi. Xalq orasida Navoiy she’rlarining tez yoyilganining sababi ham
shundandir. Alisher Navoiy ikki tilda ham umuman qiynalmay ijod qilgan, lekin o‘zi turkiy
tilda yozishni yoqtirgani haqida ham ko‘p ma’lumotlar uchraydi.
O‘zbek lirik poetikasining janr jihatidan boyib mukammal holga kelishi buyuk
bobokalonimiz Alisher Navoiy nomi bilan bog‘liq.
Navoiy kuylar tizimini so‘zlar yordamida yaratgan. Alisher Navoiy so‘zning ohanggiga
ham katta etibor bergan. Shuning uchun uning g‘azallari va she’rlari musiqiy sado bilan
uyg‘unlashadi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
805
Shuning uchun ham hozirgacha Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning
g‘azallari qo‘shiq qilib kuylanadi.
Alisher Navoiy faqat davlat arbobi bo‘lib qolmay adabiyot din va tarixga oid ham
ko‘pgina asarlar yozgan. Bobokalonimiz Alisher Navoiy yoshligida adabiyotga juda qiziqqan
va g‘azallar yoza boshlagan. Yoshligidan adabiyotga, ilmga qiziqishiga asosiy sabab oilaviy
muhit oilasida shoirlar yig‘ilib g‘azalxonliklar o‘tkazishar edilar. Shular sababli Alisher Navoiy
ham juda qiziqqan. Alisher Navoiy turk tilining ustunligini shu yozgan asarlari orqali isbotlab
bergan. Uning asarlari sodda va tushunarliligi bilan boshqa ijodkorlarlarning asarlaridan
ustunligi shundandir. Alisher Navoiy faqat asarlar yozib qolmay musiqa, rassomlikka ham
qiziqqan. Bu ikki bobokalonimiz bir asrda yashab ijod qilgan. 42 yil farqi bilan bir-
biriga zamondosh hisoblanadi. Zahiriddin Muhammad Bobur o‘zining eng katta asari
“Boburnoma” da Alisher Navoiy haqida juda ham ko‘p ma’lumotlar qoldirgan. 16 marta Alisher
Navoiyning ismi tilga olingan.
“Alisherbek naziri yo‘q kishi edi. Turkiy til bila to she’r aytubdurlar hech kim ancha ko‘p
va xo‘p aytgan emas”. Musiqadan ham xabari bor ekanini shu misralar orqali bilishimiz
mumkin.
...yana musiqada yaxshi nimaxo’rlar bog‘labtur. Yaxshi naqshlari va yaxshi peshravlari
bordur. Bu ikki shoirning bizga qoldirgan merosi uda ham ko'p ulardan bizga ko'p kitoblar
qolgan har bir yozgan asarida qanchadan - qancha ma'no yashiringan biz bu asarlarni har
birini sevib o'qiymiz bu asarlarni o'qish davomida o'zimizni ham shu jamiyatdagi tasavvur
qilib ko'ramiz. Bu ikki bobokalonimiz yozgan har bir asarining bizga foydasi ko'p.
Navoiy va Boburning g'azallari o'zaro o'xshashliklarga ega bo'lsa-da, ularning asarlaridagi
uslub, mavzu va yondoshuvlar o'rtasida ba'zi farqlar ham mavjud. Quyida ularning g'azallari
haqida qisqacha ta'rif berish orqali o'xshashliklar va farqlarni ko'rib chiqamiz.
Navoiyning G'azallari:
Alisher Navoiy, o'zining «Xamsa» asarida o'ziga xos g'azallar yaratgan va bu janrda
o'zining mustahkam o'rnini topgan. Uning g'azallari asosan falsafiy, ma'naviy, sufiylik va ijtimoiy
mavzularni o'z ichiga oladi. Navoiyning g'azallarida ma'naviyat, ilohiy muhabbat, inson
ruhiyatining tub o'zgarishlari va umuman, insonning haqiqiy maqsadlari haqida chuqur
mulohazalar aks etadi. Navoiyning g'azallari ko'pincha mushkul, poetik va falsafiy mazmunga ega.
Boburning G'azallari:
Bobur esa asosan o'zining o'ziga xos uslubida va ko'proq shaxsiy his-tuyg'ularini
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
806
ifodalashga moyil bo'lgan. Boburning g'azallari ko'proq oddiy va sodda, lekin shu bilan birga his-
tuyg'ularni chuqur anglashga yordam beradi. U, ko'pincha, sevgiga, iztiroblarga, qadriyatlar va
dunyoqarashlar haqida o'z mulohazalarini ifodalagan. Bobur o'zining g'azallarida an'anaviy
shakllarni saqlagan, ammo ular ko'proq bevosita va ochiq-oydin ifodalanadi.
O'xshashliklar:
Muhabbat va sufiylik:
Ikkala shoir ham g'azallarida muhabbat va ilohiy muhabbatni
o'rganishga katta e'tibor berishadi. Navoiyning g'azallarida sufiysi ma'naviy jihatlar kuchli bo'lsa,
Boburda ham muhabbat va iztirobga oid hissiyotlar ilgari suriladi.
Lirik uslub:
Ikkala shoir ham o'zlarining g'azallarida lirik va shaxsiy ifodani o'ziga xos
ravishda ishlatganlar. His-tuyg'ular, ichki iztiroblar va yashirin ma'nolar ko'plab g'azallarda aks
etadi.
She'riyatdagi an'anaviy shakllar:
Ikkalasi ham klassik gazal shaklidan foydalangan. Bu
shaklda ularning she'rlari bir xil ritm va tuzilishga ega.
Farqlar:
Uslubiy yondoshuv:
Navoiyning g'azallari ko'proq ma'naviy, tasavvufiy va falsafiy bo'lib,
murakkab tilda yozilgan. Bobur esa o'zining g'azallarini oddiy va tushunarli shaklda yaratgan.
Mavzular:
Navoiyning g'azallarida ko'proq diniy va ma'naviy mavzular ustuvor bo'lsa,
Boburda ko'proq shaxsiy hayot va uning qiyinchiliklariga oid tasvirlar ko'rsatiladi.
Xulosa:
Navoiy va Bobur o'rtasidagi o'xshashliklar ko'p, lekin ularning g'azallari turli uslublar va
mazmun bilan ajralib turadi. Navoiyning g'azallari ko'proq ma'naviyat, falsafa va sufiysi jihatlarni
o'z ichiga olgan bo'lsa, Bobur o'zining his-tuyg'ularini va shaxsiy qiyinchiliklarini ochiq va sodda
ifodalagan. Ularning asarlari o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, o'z zamonida va hozirda ham o'z
o'rnini saqlab qolgan.
REFERENCES
1.
Saipova D. O‘zbek maqomlarida Hazrat Navoiy g‘azallari.
2.
Alisher Navoiy. Mezon ul-avzon. 20 tomlik. 16-tom. 2000-yil
3.
Bekmirzayeva Xosiyat. Gul va bulbul Yoshlik. 2014-yil
4.
Bobur. Har kimki vafo qilsa. Toshkent: Yangi asr avlodi. 2019-yil 160 b.
5.
Sulaymonov Sh, To‘xsanov Q. Adabiyotshunoslik atamalarining qisqacha izohli lug‘ati.
-Buxoro. 2009
