922
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
SURXON VOHASIDA ISLOM DINI BILAN BOG’LIQ ZIYORATGOHLAR
Tojiyeva Nafisa O’roq qizi
Termiz davlat universiteti
Tarix fakulteti Magistratura bo’limi
M 124 - guruh 1-bosqich talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14741473
Annotatsiya. Ushbu maqola Surxondaryo viloyatida joylashgan ziyoratgohlar va
muqaddas qadamjo hisoblangan obyektlarning tarixi va bugungi holati arxeologiya, etnografiya,
sotsialogiya fanlari kesimida tadqiq etilgan. Bundan tashqari madaniy merosimizni qayta
tiklashga qaratilgan chora tadbirlarni o’zida aks ettiradi.
Kalit so’zlar: Islom hamkorlik tashkiloti, Abu Iso Termiziy, Imom Buxoriy, Sufi Olloyor,
Zu-l Kifl, Xidirsho, Oq Ostona, Atxam Sahoba ziyoratgohlari, maqbara, masjid, pir, sahoba, xo’ja.
ISLAMIC SHRINES IN THE SURKHANDARYA OASIS
Abstract. This article examines the history and current status of shrines and sacred sites
in the Surkhandarya region from the perspectives of archeology, ethnography, and sociology. In
addition, it reflects measures aimed at restoring our cultural heritage.
Keywords: Organization of Islamic Cooperation, Abu Isa Termizi, Imam Bukhari, Sufi
Alloyor, Dhu-l Kifl, Khidirsho, Aq Astana, Atkham Sahaba shrines, mausoleum, mosque, pir,
sahaba, khoj.
ИСЛАМСКИЕ СВЯТЫНИ В СУРХАНСКОМ ОАЗИСЕ
Аннотация. В статье рассматривается история и современное состояние
святынь и священных мест, расположенных в Сурхандарьинской области, с точки зрения
археологии, этнографии и социологии. Кроме того, в нем отражены меры, направленные
на восстановление нашего культурного наследия.
Ключевые слова: Организация исламского сотрудничества, Абу Иса Термизи, Имам
Бухари, Суфи Аллойор, Зуль-Кифл, Хидирша, Белый трон, святыни Атам Сахаба, мавзолей,
мечеть, пир, сахаба, ходжа.
Kirish:
Istiqlol yillaridan so’ng muqaddas ziyoratgohlarga madaniy va manaviy merosimiz
yodgorliklari sifatida alohida e’tibor berilmoqda. Muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev
2017-yil 10-sentabr kuni Islom hamkorlik tashkilotining fan va texnalogiyalar bo’yicha birinchi
sammitida so’zlagan nutqida ta’kidlaganidek: “Islom dini va madaniyatining jamiyat ma’naviy
hayotida tutgan o’rnini hisobga olib O’zbekiston Respublikasida yoshlarning tafakkurini marifat
asosida shakllantirish va tarbiyalash, dinimiz tarixi, buyuk allomalar va aziz avliyolarimiz
merosini o’rganish va targ’ib etish yurtimizning o’ziga xos tarixi, madaniyati va bebaho manaviy
923
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
merosimizni to’liq o’rganish vazifasini kun tartibiga qo’yish”,yangi ilmiy izlanishlarni talab qiladi.
Islom ilohiyati va tasavvuf falsafasi hadis ilmi bo’yicha buyuk ajdodlarimizdan qolgan merosni
izchil o’rganish va ijodiy o'zlashtirish naqadar muhim bo’lsa, bunday tabarruk zotlarning hayoti
va vafoti bilan bog’lik qadamjolar tarixini oʻrganish ham shunchalik muhimdir. Islom madaniyati
va tarixini aks ettiruvchi tarixiy obidalar Surxondaryo viloyatida ham asrlar mobaynida avaylab-
asrab kelindi.
Adabiyotlar tahlili va metadologiyasi:
Surxon vohasida qadimgi islom dini bilan bog’liq
ziyoratgohlar bo’yicha ko’pgina olimlar izlanishlar olib borgan. Maqolani tayyorlashda Tursunov
S Surxondaryo viloyati toponimlari, O’rta asr Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy
merosi, uning zamonaviy svilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati, Xoliqov Z, Dejimurodov X
Termiz va Chog’onyonning o’rta asrlardagi tarixiy geografiyasi, „Oʻzbekiston milliy
ensiklopediyasi“ning ahamiyati katta bo’ldi. Termiz tumanidagi Hakim Termiziy, Kokildor ota,
Kirq qiz, Sulton Sodot, Sheroboddagi Atoullo Said Vaqqos, Uzun tumanidagi Abu Hurayra, yani
Ostona bobo va boshqa ziyoratgohlar shular jumlasidandir. Termiz shahrining 2500 yillik yubiley
munosabati bilan Surxon vohasidagi ziyoratgohlar qaytadan tamirlandi va shu ravishda ziyorat
uchun boradigan muqaddas qadamjolar, ruhiy poklanish va manaviy yuksalish maskanlari bo’lib
hisoblanadi. Eng yirik ziyoratgohlar asosan Termiz va uning atrofidagi hududlarda joylashgan.
Bularga Hakim Termiziy, Zul-Kifl, Qirqqiz majmuasi, Sulton Saodat maqbaralar majmui,
Kokildor ota, Murch bobo sag’anasi kabi yodgorliklar kiradi. Muqaddas qadamjolar qabrning
mavjud yoki mavjud emasligiga qarab 2 turga bo’linadi:
1.Shaxs dafn qilingan qabrlar (haqiqiy).
2.Ramziy qadamjolar. Ramziy ziyoratgohga aylanganlari xalq orasida hurmatga sazovor
kishi yoki islom yo'lidagi sahoba, pir, sayyid, to’ra, avliyo va diniy unvonlarga loyiq ko’rilgan
shaxs nomi bilan bog’liq yoki shaxsi noma’lum Afsonalarga tashrif maskanlari tashkil etadi.
“Ramziy qabr” arabcha “ramz”, “belgi”, “ishora” so’zidan olingan bo’lib, uzbek tili
etimologik lug’atiga ko’ra, “ishora qilib turuvchi” ma’nosini bildiradi, yangi umumiy tushunchada
hurmat ishorasi, belgisi sifatida o’zlashtirilgan. Surxon vohasidagi ziyoratgohlarning aksar holati
islom yo'lida xizmat qilgan, islom dini va madaniyati taraqqiyotiga hissa qo'shgan mashhur
shaxslarning ismlari bilan bog'liqligini qurish mumkin. Tasavvuf ilmining Termizda keng tarmoq
otish sabablaridan biri shuki, Termiz karvon yo'llari o'zaro kesishgan hududda joylashib, Buxoro
va Samarqand shahrini Balx bilan bog'lagan bo’lsa, o'rta asrlarda madaniy-marifiy markaz va IX-
X asrlarda dunyo diniy ilmi rivojlangan hudud, sayyidlar va fozillar yetishtirgan yurt hisoblangan.
Sherobod tumanida islom dunyosi xadisshunosligida Imom Buxoriydan keyin ikkinchi
o'rinda turuvchi alloma, ko’plab asarlar muallifi, muhaddis olim Abu Iso Termiziy dafn etilgan
(X-XI asrlar) ziyoratgoh bo’lib, u tumanning sharqiy tomonida, yani olti kilometr masofadagi
924
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
Yaxtiyko’l mahallasi hududidagi qabriston yonida joylashgan
1
. Islom olamida "Sihihi sitta" (Olti
ishonchli to’plam) nomi bilan mashur hadis kitoblaridan birining muallifi, buyuk muhaddis
allomaning to’liq ismi Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Muso ibn ad-Dahhoq as-Sulamiy al-
Bug’iy at-Termiziy bo’lib, u hijriy 209 (mil. 824) yilda Termiz yaqinidagi Bug' qishlog'ida
tavallud topgan. Ibn Amirning qayd etishicha, Termizdan olti farsah (48 km) uzoqlikda joylashgan
Bug’ degan (gozirgi Sherobod shahridan 6 km sharqda joylashgan) qishloqda xijriy 279 yil 13
rajab/milody 892 yil 8-oktabr dushanba kuni vafot etgan
2
. Abu Iso Termiziy yoshligidan ziyrak va
aql-idrokli bulib, aval Termizda, keyin Bukhoroda talim olgan. U talabalik yillarida xadis ilmiga
juda qiziqqan. Shunday qiziqish tufayli o'sha davrning ko’pgina ilmlarini, ayniqsa, hadis ilmini
chuqur egallagan. Yoshligidan ilm-fanga tashna bo’lgan Abu Iso Termiziy 26 yoshidan yuqori,
islom talimot va hadisnavisligi bilan bir qatorda Makka, Madina, Iroq, Xuroson, Damashq kabi
shaharlarda qiroat, bayon, fiqh, tarix va falakiyot. kabi fan sohalarini o'rganib, katta qomusiy olim
darajasiga ko’tarilgan va ilm olamida taniqli kishiga aylangan
3
. Abu Iso Termiziy Imom
Buxoriyning shogirdi bo’lib, Qutayba ibn Said al-Bag‘dodiy, Ali ibn Xajar, Marvaziy, Xannod ibn
Sirriy Kufiy, Abu Qurayb Muhammad ibn Muso Basriy, Abdulloh ibn Abdurrahmon Dorimiy.
Samarqandiy
4
va boshqa ko'plab Iroq va hijoz mashoyixlaridan ham ilm olgan. O’z
yurtlarida esa, Muhammad ibn Sahl G’azzol, Bakr ibn Muhammad Dexqon, Abu Nazr Rashodiy,
Hammod ibn Shokir Nasafiy, Abu-l-Abbos Maxbubiy, Marvaziy va Haysam ibn Kulayb Shoshiy
kabi zotlarga shogird tushib, hadis ilmini o'rganganlar
5
. Imom Termiziyning asarlari islom
dunyosida mo’tabar hisoblanib, "al-Jome' as-Saxih" (Ishonchli to'plam), "al-Jome' al-Kabir"
(Katta to'plam), "Saxih at-Termiziy", "Sunan at-Termiziy" (Termiziy sunnatlari), “ash-Shamoil
an-nabaviya” (Payg’ambarning alohida xususiyatlari), “Ulum al-xadis” (Hadis illmlari), “al-Ilal
fil-Hadis” (Hadislardagi illatlar yoki nuqsonlar) kabi nomlar bilan ham yuritilgan. Surxondaryo
vohasidan termiziy nisbasi bilan ijod qilgan olimlar juda ko’p bo’lgan. Keyingi davrda islomiy
ilmlar rivojida turli sohalarda faoliyat yuritgan olimlar silsilasi vujudga kelishiga sabab bo’lgan.
Aytish lozimki, bunda Markaziy Osiyoda aynan tasavvuf talimoti yetakchilik qilgan va
hakimiya tariqatining vujudga kelishiga asos bo’lgan, Surxondaryo tasavvuf maktabining otasi
Hakim Termiziy bo’lib, Termiz tumanida u zotning sharafiga X-XIV asrlarga tegishli xotira
1
Dala tadqiqotlari. – Surxondaryo viloyati, Sherobod tumani Yaxtiyo’l mahallasi. 2019-yil, 7-avgust. 4-daftar.
2
Abu Iso Muhammad Termiziy. Sunani Termiziy \tarj.: Mirzo Kenjabek. – T.: Adolat, 1999. – B. 12; Uvatov U. Ikki
buyuk donishmand. – T.: Sharq, 2005. – B. 6.
3
Alimova M. Imom ad-Dorimiyning hadis ilmi rivojiga qo’shgan xissasi: Tar. Fan nomz….dis. avtoref. T.: Toshkent
islom universiteti, 2009.27 b.
4
Abdu-l-Karim as-Somoniy. al-Ansob (Nasabnoma) / Tarj.: Abdul-Gofir Razzok, Komiljon Rahimov. Buxoro:
Buxoro, 2002. B. 64.…
5
Uvatov U. Ikki buyuk donishmand (Abu Iso at-Termiziy, Al-Hakim at-Termiziy). - T.: Sharq, 2005. – B. 11-12.
(Umumiy 78) Uvatov U. Imom at-Termiziy / Buyuk yurt allomalari. Ikkinchi nashri. Tuzuvchi U. Uvatov. T.:
O'zbekiston, 2018. - B. 19-28.
925
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
yodgorlik majmuasi barpo etilgan. Ushbu ziyoratgoh IX asrda yashab faoliyat yuritgan xakimiylik
tarikatining asoschisi, termizlik mashur olim, qator diniy-falsafiy asarlar muallifi, yirik zohid Abu
Abdulloh Muhammad ibn Ali ibn Husayn Hakim. Termiziy (vaf. 869) nomi bilan bog’liqdir.
Hakim Termiziy nafakat zohiriy, shu bilan birga, botiny ilmlarni chuqur egallagan
ulamolardan biridir. "Al-Hakim" "Donishmand Termiz ota", "at-Termiziy" nisbasini aynan
termizlik bo’lganligi uchun olgan. Ul zot sharafiga barpo etilgan ziyoratgoh obyektining
mashhurligi nafaqat viloyatda, balki butun islom olamida "Termiz ota" nomi bilan ulug'lanadi.
Alisher Navoiy "Nasoyim ul-muhabbat" asarida Muhammad bin Ali Hakim Termiziy
ikkinchi tabaqadandur, kuniyati Abu Abdulloh bo’lib, Abu Turob Naxshabiy va Ahmad
Xuzravayx va ibn jallo bilan subatga kirishganini hamma. olimning “Hat ul-valoyat”, “Naxaj”,
“Navodir ul-usul va ko'plab kitoblari borligini keltiradi. Hakim Termiziy mashxur muhaddis va
tasavvuf shayxlaridan, VIII-IX asrlarda yashab o’tgan. Bu allomaning ota-onasi hadis ilmidan
xabarlari bo’lib, dastlabki ta’limni ulardan olgani keltiriladi. Alloma 25 qismi Movarounnahr
shaharlarida ta’lim olib, 27 yoshida Makkaga Haj amalini o'tash uchun yo'lga chiqadi. Yo’lda
xadis ilmi haqida Kufa, Bag’dod va Basra shaharlarida bo’lib, balxlik sufiy Ahmad ibn Xizruya
va "Osim al-Antoqiyning she’rlari bilan tanishadi. Uning ilmiy-adabiy namunalaridan hakim
Termiziy qattik ta'sirlangan. U bir qancha sufiylar xususan Abu Turob an-Naxshabiy (vafoti 861)
va Yaxyo ibn Jamol va Ahmad ibn Xizruya (vaf. 855)ning qo'lida talim olgan
6
. Hakim Termiziy
Shom, Bagdod, Misr mutasavvuf olimlari bilan ham muloqotda bo’lib, ilk sufilik harakati, zohidlik
va oriflik g’oyalari kuchaygan Makka, Madina, Misr, Bag’dod, Basra, Kufa, Yaman, Hamadon,
Nishopur kabi islom dunyosining markaziy shaharlarida tasavvufiy qarashlar shakllangan davrda
yashagani ilmiy kamolotida muxim ahamiyat kasb etgan. Tasavvuf ilmi bobokalonlaridan biri
Zunnun Misriy (Zunnuniya tarikati asoschisi), Boyazid Bistomiy (tayfuriya tariqati asoschisi),
Junaid Bag’dodiy (junaydiya tarikatining asoschisi), Abu Mansur xalloj kabilarning tariqatlarini
o'rgangan, maqomotu manoqiblarni tahlil qilgan. Hakim Termiziy Nishopurga borib, Hakimiya
tariqatiga asos solgan
7
. Halifa Ma’mun Bag’dodda ta’sis etgan ilm maskani Bayt ul-hikmada
faoliyat kursatgan olimu fozillar orasida alohida shuhrat topib, “Kidvat ul-avliyo”, yani “Avliyolar
yo'lboshchisi” degan nom bilan tanilgan
8
. Yana shuni ta’kidlab o'tish joizki, ba’zi bir ziyoratgohlar
mintaqada mashhur tarixiy shaxslar avlodiga tegishli maqbaralarni o'zida mujassam etadi.
Masalan, Kokildor ota ziyoratgohi (XII Asr) Hakim Termiziy nomi bilan bog’liq bo’lib,
Kokildor ota Hakim Termizining kuyovi, uning qizi Xurayda binti Muhammad al-Hakimning
6
.Knysh A.D. Musulmon tasavvuf: qisqacha tarix / Trans. ingliz tilidan M.G. Romanova. Sankt-Peterburg: DILYA,
2004. S. 118.
7
Rahimov K. Movorounnahr tasavvuf tarixi: ta’limotining shakllanishi va tizimlashtirilishi (VIII-XI asrlar). T.:
Akademik nashr, 2020. B. 33.
8
Tafakkur samosidagi yorkin yulduz // Moziydan sado. -2001, 4 (12) - uyqu. B. 18-19.
926
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
yo’ldoshi sifatida qayd etilgan. Uning asl ismi Somon Ashur Xamzai Hofiz Kokildor bo’lib, u
mashhur hattot, olim va ko’pgina asarlar muallifi sifatida malum. Somon Ashur 942-yilda
Termizda Hamzai Hofiz (doston aytuvchi, kuylovchi) oilasida tavallud topgan. Ahmad Usturlobiy
Termiziyning 36 nafar shogirdlaridan tanlab olingan Somon Ashur 21 yoshida sochini o'stirib,
“Xamzai Hofiz Kokildor” tahallusi bilan 341/952-53 yilda qirq qiz qalasiga ilm o’rganish va
o’rgatish uchun jo’natilgan. Ilmi nujum, ilmi tabobat, mufassiri Quron sohibi hisoblangan
Kokildor ota o’z davrining ilmli kishisi bo’lgan.Somon Ashur Qirqqiz qal’asidagi qizlarga ilmi
nujum, riyoziyot, va handasadan saboq bergan. Somon Ashurni qalada “Xamzai Hofiz Kokildor
deb atashgan. 966-yili Somon Ashur Hakim Termiziy qizi Xudaydaga uylangan. Shu yili ularga
“Ko’shki Kokildor maqbarasi qurulishiga ruxsat berilgan. ziining kizi Huraydaga uylangan. Shu
yili “Kushki Kokildor” maqbarasi kurilishiga rukhsat berilgan “Xamzai Hofiz” maqbarasining
qurilishi tugallanmasdan, 370/980-81 yili olamdan o’tgan. U o’ziga atab qurilayotgan Ko’shki
Kokildorga qo’yilgan. Keyinchalik bu ziyoratgoh qabristonga aylangan. Maqbara o'sha yerlik
saxovatpesha kishilar tomonidan bir necha marta tamirlangan. 2001-yil avgust oyida mazkur
allomaning xokini Sulton Saodot qabristoniga ko'chirilgan. Yana shuni ham ayish mumkinki,
mazkur shaxsning maqomoti sayidlik darajasiga ko’tarilganidan dalolat beradi.
Qirqqiz qalʼasi-O‘zbekiston hududidagi qizlarning ilk Islom Akademiyasi— Surxondaryo
viloyatida joylashgan meʼmoriy yodgorlik (9—10-asrlar). Termiz tumanida vayrona holida
saqlanib qolingan. Nima maqsadda qurilganligi (qalʼa, saroy, xonaqoh, karvonsaroy) haqida
maʼlumot mavjud emas. Tadqiqotchilar tomonidan ushbu yodgorlik qanday vazifada
foydalanilgani haqida turli farazlar mavjud. Shahar tashqarisidagi zodagon saroyi, qizlar
madrasasi, xonaqoh, karvonsaroy va boshqa taxminlar bildiriladi. Oʻrta asrlarda Termiz shahrining
tashqarisida joylashganligi qalʼa shahar tashqarisidagi qoʻrgʻon vazifasini oʻtaganligini
koʻrsatadi
9
. U dunyo tomonlariga moslab qatʼiy mujassamot tarzida bunyod etilgan. Qirqqiz
qal’asi IX asrda somoniylar tomonidan bunyod etilgan. Qal’a qurilishida Eron va Hindistondan
olib kelingan ustalar qatnashgan. XII-XIII asrlarda moʻgʻullar hujumi vaqtida binoning ikkinchi
qavati buzib tashlanadi. Bu qal’a IX-XV asrlar davomida bir necha marotaba qayta bunyod etilgan.
Qirqqiz qal’asi toʻrtburchak tarhli (53,3×54,8 m), 1 qavatli, faqat yoʻlaklardan tashkil topgan
boʻlib, umumiy balandligi 2 qavatli. Jami 54 ta hujraga ega. Inshoot xom gʻisht (30×30×5 — 5,5
sm)lardan qurilgan, toq va ravoqlarida shu oʻlchamdagi pishiq gʻishtlar ham ishlatilgan. Qal’a
tashqi tomoni qalin devor bilan oʻralgan (tashqi devor qalinligi 2—2,5 metr), burchaklari hajmdor
burjlar bilan mustahkamlangan; burjlar oraligʻida toklar bilan yopilgan ayvonlar joylashgan,
tarzlariga bir maromda takrorlanuvchi tuynuklar ishlangan
10
.
9
„Termiz tumanidagi Qirqqiz qal'asi“. meros.uz.
10
"Qirqqiz qalʼasi" OʻzME. Q-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
927
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
Qalʼaning barcha xonalari va markazdagi sahn (11,5×11,5 m) oʻzaro yoʻlaklar bilan
bogʻlangan; markaziy sahn hovli yoki gumbazli zal boʻlgan deb taxmin qilinadi. Qirqqiz qal'asi
shimol, janub, g‘arb va sharqqa moslab qat'iy mujassimotda bunyod etilgan. Ayvon va yoʻlaklar
binoni 4 qismga boʻlgan. Ular 2 ta bir xil tuzilgan qismlar boʻlib, har birida 5 xona va 3 tomonidan
oʻralgan yoʻlakka ega, yoʻlak eni 2,1 metrga teng. Shimoli-gʻarbiy va shimoli-sharqiy hamda 2 ta
janubi-gʻarbiy (2 ta yoʻlakcha bilan bogʻlangan 5 ta xona) va janubi-sharqiy (yoʻlakcha bilan
bogʻlangan 2 ta xona va 3 ustunli katta mehmonxona) qismlardir. Yoʻlaklar va xonalar devordagi
tuynuklar orqali yoritilgan. Qirqqiz qalʼasi yopmasida balxi hamda kesishgan gumbazsimon
toqlar, boshqa turlardagi gumbazlar, toqlar va ravoqlar qoʻllangan. Qal'ada darsxona, hammom,
hojatxonalar ham bo'lgan. Suv ariqlar orqali kirgan. Qal’aga toʻrt tomonidagi darvozalar orqali
kirish mumkin boʻlgan. Bu dunyoning toʻrt tomonidan kirish imkoni bor degan maʼnoda
qurilgan
11
.
Muhokama:
O’zbekistonning janubiy hududi Surxondaryo viloyati nafaqat Markaziy
Osiyo, balki Sharqning qadimgi madaniyat markazlaridan biri hisoblangan. Kadimgi Buyuk Ipak
yo’lida joylashgan. Surxon vohasi zardushtiylik, buddaviylik, Xristianlik va moniylik kabi turli
dinlarning yig'inlari, taraqqiy etishi, shakllanishiga asos solgan. Sopollitepa, Jarqo‘ton, Ayritom,
Termiz, Dalvarzintepa, Xolchayon, Fayoztepa va Koratepa kabi qadimiy arxeologik yodgorliklar
xududda o‘ziga xos muqaddas diniy obidalar, ziyoratgollar kabi tarixiy-arxeologik kompleksni
tashkil etadi
12
.
Xulosa:
Xulosa kilib aytganda, Surxondaryo vohasi ziyoratgohlari va muqaddas
qadamjolarining paydo bo‘lishi va shakllanishida mahalliy xalqning ilm-fan, islom dini, kasb-
hunar, tibbiyot, o‘zlikni anglash, tasavvur va ongning yuksalishi va ustoz-shogird maktablarini
shakllantirishda tabiat va jamiyat o‘rtasida uyg‘unlikni vujudga keltirish, hukmron sinflar bilan
oddiy xalq o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yaratishga munosib hissa qo‘shgan ulug‘ insonlar xizmati
alohida inobatga olingan va tarixan shakllangan. Bunday shaxslar nomi mahalliy aholi tomonidan
ulug‘ va muqaddaslik darajasiga ko‘tarilgan. Vohadagi har bir ziyoratgoh mahalliy aholining
ma’naviy-tarbiyaviy hayotida muhim rol o‘ynagan, u yerda yotgan shaxs ongi, tasavvuri, diniy va
dunyoviy ilmlarni egallashi bilan ajralib turgan hamda uning kasbi bilan bog‘liq xizmatlari
inobatga olinib, tarixiy voqealarga, urf-odatlarga qo‘shgan hissasi diqqat-e’tiborda tutilgan.
Bundan hududdagi ziyoratgohlarning aksariyati avliyo darajasiga ko‘tarilgan sahobalar
nomi bilan bog‘liq maskanlar hamda sayyidlar nasabi ulug‘langanini ko‘rish mumkin. Mazkur
holat O‘zbekistonning boshqa hududlarida uchramaydi, shunga qaramay xududning o‘rta
11
https://web.archive.org/web/20230814043822/https://kun.uz/uz/73670460
12
Masson V.M. Qadimgi Markaziy Osiyoning madaniy genezisi. Sankt-Peterburg: Sankt-Peterburg davlat
universiteti nashriyoti. 2006. 184-bet.
928
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
asrlardan keyingi yillarga qadar islom dini va madaniyati uyg‘unlashgan, mahalliy qadriyatlar
bilan islomiy an’analar transformatsiyaga uchraganini ko‘rish mumkin. Shuni ham aytib qo‘yish
joizki, viloyatning tog‘ va cho‘l hududlarida shaharga nisbatan diniy va madaniy sohadagi
o‘zgarishlar sekin kechganini ko‘rish qiyin emas. Natijada olis mintaqalarda eski diniy tajriba
diniy qarash, tasavvurlar va amaliyot uzoqroq vaqtgacha saqlanib turgan. Ziyoratgohlar ham
ko‘pincha aholi zich joylashgan yerlarda shakllanib, ziyoratchilarning serqatnovligi bois ularning
obod bo‘lishini ta’minlagan. Boshqacha aytganda, bunday qadamjolar atrofida masjidlar bunyod
etilgani u yerda ibodat qilish uchun sharoit va imkoniyat yaratgan bo‘lsa, aksariyat qadamjolarning
tog’ va tabiat bilan uyg’unlashgani u yerda mahalliy aholining tashrifi va hordiq olish
imkoniyatlari mavjudligi bilan izohlanadi.
REFERENCES
1.
Tursunov S Surxondaryo viloyati toponimlari. – T.:Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston
Milliy kutubxonasi. 2008. – B. 120-124.
2.
O’rta asr Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy
svilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati. – T.: O’zbekiston 2014. – B. 8-15.
3.
Xoliqov Z, Dejimurodov X Termiz va Chog’onyonning o’rta asrlardagi tarixiy
geografiyasi Moziydan sado. – 2004, 2-son. – B. 22-24.
4.
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi: 10-jild (Sharq — Qizilqum). Toshkent: „Oʻzbekiston
milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2005 — 656-bet.
5.
„Termiz tumanidagi Qirqqiz qal'asi“. meros.uz.
6.
"Qirqqiz qalʼasi" OʻzME. Q-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
7.
https://web.archive.org/web/20230814043822/https://kun.uz/uz/73670460
8.
Knysh A.D. Musulmon tasavvuf: qisqacha tarix / Trans. ingliz tilidan M.G. Romanova.
Sankt-Peterburg: DILYA, 2004. S. 118.
9.
Rahimov K. Movorounnahr tasavvuf tarixi: ta’limotining shakllanishi va tizimlashtirilishi
(VIII-XI asrlar). T.: Akademik nashr, 2020. B. 33.
10.
Tafakkur samosidagi yorkin yulduz // Moziydan sado. -2001, 4 (12) - uyqu. B. 18-19.
