ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
947
KORRUPSIYA RIVOJLANISHGA QARSHI ILLAT
Hajiyev Tolibjon Hamidovich
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Yuridika fakulteti talabasi.
e-mail:
https://doi.org/10.5281/zenodo.14750088
Annotatsiya. Bu maqola korrupsiyaning qanday yomon illat ekanligiga qaratilgan.
Korrupsiya har qanday sohaga davlat boshqaruviga, rivojlanishiga, xalq hokimiyatini
taminlashga, davlatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi uchun o’ta jiddiy muammodir.
Kalit so’zlar: korrupsiya, pora olish, pora, jinoyat, poraxo’rlik, korrupsiyaga qarshi
kurash, javobgarlik.
КОРРУПЦИЯ – ПОРОК, ПРОТИВОРЕЧАЩИЙ РАЗВИТИЮ
Аннотация. Эта статья посвящена тому, насколько коррупция является опасным
пороком. Коррупция представляет собой серьезную проблему для любой сферы, особенно
для государственного управления, развития, обеспечения народной власти, а также
экономического и социального прогресса государства.
Ключевые слова: коррупция, взяточничество, взятка, преступление, мздоимств,
борьба с коррупцией, ответственность.
CORRUPTION: AN OBSTACLE TO DEVELOPMENT
Abstract. This article focuses on the detrimental nature of corruption. Corruption poses a
severe problem for any sector, particularly in state governance, development, ensuring public
authority, and the economic and social progress of a nation.
Keywords: corruption, bribery, bribe, crime, graft, fight against corruption,
accountability.
Demokratik davlatda erkin fuqarolik jamiyatini qurish bu murakkab va ko’p tizimli va
o’ziga xos qiyinchiliklariga ega bo’lgan masaladir. Bunda davlat demokratik tamoyillarga,
umume’tirof etilgan prinsiplarga va huquqiy asoslarga tayanadi. Bu jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishi uchun, balki undagi demokratik tizimga halaqit beruvchi, taraqqiyotga to’sqinlik
qiluvchi kuchlarga qarshi turishda asos bo’lib xizmat qiladi. Demokratiya ya’ni xalq hokimiyatini
qurish, “xalqni hokimiyatni birdan-bir manbai” darajasiga ko’targan har bir davlat bu asosiy
tamoyilni amalga oshishiga raxna soluvchi g’oyalar va ularga xizmat qiluvchi omillarga qarshi
turadi. Shunday omillardan biri – bu korrupsiyadir.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
948
Bugungi kunda rivojlanib borayotgan, jahon hamjamiyati vakillarini tobora tashvishga
solayotgan global muammolardan biri bo‘lgan korrupsiya, pora olish jamiyat xavfsizligi va
barqarorligi, iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy rivojlanishi va hukumatning institusional rivojlanishiga
to‘sqinlik qilayotgan illatlardan biridir. Pora olishga oid jinoyatlar hukumat vakillarining jamiyat
oldidagi obro‘siga putur yetkazibgina qolmay, ichki va tashqi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy
aloqalarning samarali yo‘lga qo‘yilishida ham jiddiy muammo tug‘diradi. Korrupsiya bilan
bog‘liq bo’lgan muammolarning keng talqin qilinishi va huquqni muhofaza qilish organlari
faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashga qaratilgan chora-tadbirlarning kuchaytirilishiga qaramay
ushbu jinoyatni ildiz otib borishi uning mohiyatini yanada chuqurroq tahlil qilish va paydo bo‘lish
sabablarini to’liq o‘rganishga undaydi. Poraxo‘rlikni oldini olishga bo‘lgan urinishlar har
tomonlama puxta ishlab chiqilishi, bunda aholining milliy mentaliteti, siyosiy madaniyati, ijro
etuvchi hokimiyat organlari ustidan nazoratni amalga oshiruvchi fuqarolik institutlarining
rivojlanganlik darajasini ham qamrab olinishi lozim.
Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlar tajribasidan shu narsa ma'lum bo'lmoqdaki,
jamiyat, davlat va shaxsning iqtisodiy ijtimoiy siyosiy manfaatlarini ta'minlash va muvozanatga
keltirish, qashshoqlikka qarshi kurashish, muhim rol o'ynaydi. Jahonda iqtisodiyotni
barqarorlashtirishda korrupsiyaga qarshi samarali mexanizmlarini ishlab chiqish, ishbilarmonlik
muhitini yaxshilash hamda ijtimoiy sohani rivojlantirish borasidagi mavjud byurokratik to'siqlar
hamda g'ovlarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish masalalariga alohida e'tibop
qapatilmoqda.
Korrupsiya bilan bog’liq bo’lgan faoliyatni huquqiy tartibga solishni takomillashtirish
bo'yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir. Korrupsiya faoliyatiga to'sqinlik qilish,
qonunga xilof ravishda mansabni suistemol qilish, pora olish bilan bog'liq jinoyatlar uchun
javobgarlik bilan bog'liq munosabatlar tizimi hisoblanadi.
Korrupsiya faoliyatiga to'sqinlik qilish, qonunga xilof ravishda pora olish bilan bog'liq
ilmiy va amaliy muammolarning nazariy tahlili, O'zbekiston Respublikasi va xorijiy
mamlakatlarning korrupsiya faoliyatiga to'sqinlik qilganlik uchun javobgarlik belgilangan jinoyat
qonuni normalari, o'rganilayotgan muammoga doir ilmiy ishlar, shuningdek ko'rsatilgan toifadagi
jinoyatlar bo'yicha sud amaliyotidan iboratdir.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
949
REFERENCES
1.
Korrupsiyaga qarshi kurash to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi qonuni.( 2019)
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 1-son, 2-modda; Qonun
hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son; 24.05.2019-y.,
03/19/542/3177-son, 2019-y., 2-son, 47-modda).
2.
https://xs.uz/uzkr/post/korruptsiya-va-millij-taraqqiyot-muammo-va-echim
3.
https://lex.uz/docs/3107036#3109393
4.
