ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1048
DAVLATNING IQTISODIYOTDA XUSUSIY TARMOQ VA TADBIRKORLIKNI
QO‘LLAB-QUVVATLASH SIYOSATI
Saxatova Mukaddas Tashpo‘latovna
Xalqaro Innovatsion Universiteti “Iqtisodiyot va moliya” kafedrasi assistenti
Husinov Yoqub Abdusalomovich
Xalqaro Innovatsion Universiteti “Iqtisodiyot” ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14757132
Annotatsiya. Mamlakatning iqtisodiy taraqqiyoti ko‘p jihatdan xususiy sektorning
rivojlanishiga bog‘liq. Chunki xususiy tarmoq iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchi bo‘lib,
yangi ish o‘rinlari yaratadi, innovatsiyalarni rivojlantiradi va aholi turmush darajasini oshiradi.
Shu sababli, davlatning xususiy sektor va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash siyosati iqtisodiy
strategiyaning muhim qismi hisoblanadi.
Kalit so‘zlar: Xususiy sektor, tadbirkorlik, kichik biznes, soliqlar, imtiyozlar, qo‘llab-
quvvatlash, ish o‘rni, iqtisodiy o‘sish, ishsizlik darajasi, innovatsiya, samaradorlik.
ГОСУДАРСТВЕННАЯ ПОЛИТИКА ПОДДЕРЖКИ ЧАСТНОГО СЕКТОРА И
ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВА В ЭКОНОМИКЕ
Аннотация. Экономическое развитие страны во многом зависит от развития
частного сектора. Поскольку частная сеть является движущей силой экономики, она
создает новые рабочие места, способствует инновациям и повышает уровень жизни
населения. По этой причине государственная политика поддержки частного сектора и
предпринимательства является важной частью экономической стратегии.
Ключевые слова: частный сектор, предпринимательство, малый бизнес, налоги,
льготы, поддержка, рабочие места, экономический рост, уровень безработицы,
инновации, эффективность.
STATE POLICY TO SUPPORT THE PRIVATE SECTOR AND ENTREPRENEURSHIP
IN THE ECONOMY
Abstract. The economic development of the country largely depends on the development of
the private sector. Since the private network is the driving force of the economy, it creates new
jobs, promotes innovation and improves the standard of living of the population. For this reason,
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1049
the Government's policy of supporting the private sector and entrepreneurship is an important
part of the economic strategy.
Keywords: private sector, entrepreneurship, small business, taxes, benefits, support,
employment, economic growth, unemployment rate, innovation, efficiency.
Mamlakatimizda xususiy mulk egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini
ta’minlashga qaratilgan mustahkam qonunchilik bazasi yaratilgan. Davlat xizmatlari ko‘rsatishning
to‘g‘ridan-to‘g‘ri zamonaviy interaktiv shakllari joriy etilmoqda. Davlat organlari bilan
ishbilarmonlar o‘rtasida tizimli muloqot yo‘lga qo‘yilgan. Mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror
rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini yuksaltirishning muhim omili sifatida
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni izchil qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishonchli huquqiy
kafolatlar tizimi yaratildi.
2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi
bo‘yicha Harakatlar strategiyasida xususiy mulkchilik va tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari
hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli muhofaza qilish kafolatlarini kuchaytirish, o‘z biznesini
yo‘lga qo‘yish istagini bildirgan aholi vakillariga har tomonlama ko‘mak berish bo‘yicha dolzarb
vazifalar belgilangan.
Mamlakatimizda xususiylashtirilgan korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy va ishlab chiqarish
ko‘rsatkichlarini soliq, iqtisodiyot va statistika organlari bilan birgalikda muntazam tahlil qilib
borish, faoliyat ko‘rsatmayotgan, past rentabelli va zarar ko‘rib ishlayotgan korxonalarni, bo‘sh
yotgan va samarasiz foydalanilayotgan ob’ektlar hamda yer uchastkalarini aniqlash ishlari tizimli
yo‘lga qo‘yilgan.
Bu borada ilgari xususiylashtirilgan qariyb 40 ming ob’ekt o‘rganilib, ularning 3 ming 900
tasi bo‘sh turgani yoki to‘liq ishlatilmayotgani aniqlangan. Ushbu ob’ektlarning 2700 tasi faoliyatini
qayta tiklash yoki ular negizida yangi ishlab chiqarish quvvatlari tashkil etish bo‘yicha loyihalar va
“yo‘l xaritasi” ishlab chiqilgan.
Mazkur loyihalar doirasida 2,7 trillion so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirilib, 25 mingdan ortiq
ish o‘rni yaratiladi. Bugungi kungacha 420 korxona faoliyati qayta tiklandi, yil yakunigacha yana
1800 ob’yektda ishlab chiqarish jarayoni yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan. Davlatimiz rahbarining
2017-yil 18-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish
va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoni bu borada muhim
omil bo‘lmoqda.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1050
Mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishning asosiy omillaridan biri
innovatsiyalardir. Innovatsion texnologiyalar yordamida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
sub’ektlarini chuqur qayta tuzish va ish unumdorligini yanada oshirish mumkin. Ma’lumki,
bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi nafaqat milliy iqtisodiyotning o‘sish
sur’atlarini jadallashtirishda, balki bugungi kun uchun dolzarb hisoblangan aholini ish bilan
ta’minlash va turmush darajasini oshirish masalalarini hal etishda ham etakchi o‘rin tutmokda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek:“Bugungi kunda kichik biznes
va xususiy tadbirkorlik o‘zining iqtisodiyotimizdagi o‘ta muhim va salmoqli hissasi, roli va ta’siri,
sodda qilib aytganda, boshqa hech bir soha va yo‘nalish o‘rnini bosolmaydigan katta ahamiyati
bilan davlat va jamiyatimiz rivojida alohida o‘rin egallaydi”.
Davlat tomonidan xususiy tarmoqni qo‘llab-quvvatlashning asosiy yo‘nalishlari sifatida
huquqiy bazani mustahkamlash muhim masaladir. Davlat xususiy tadbirkorlik uchun qulay
huquqiy muhitni yaratishi kerak. Soliq qonunchiligi, tadbirkorlik faoliyatini litsenziyalash va
ruxsat berish jarayonlari soddalashtirilishi lozim. Shu bilan birga, xususiy mulk huquqi va
investitsiyalarni himoya qilish kafolatlanishi muhimdir.
Xususiy tarmoq va tadbirkorlikni
moliyaviy qo‘llab-quvvatlash
Davlat banklari orqali
imtiyozli kreditlar ajratish, tadbirkorlik subyektlariga subsidiyalar taqdim etish va xususiy
investitsiyalarni rag‘batlantirish orqali xususiy sektor rivojiga ko‘maklashadi. Shuningdek, kichik
va o‘rta biznes uchun maxsus moliyalashtirish dasturlari joriy etilishi hisoblanadi.
Xususiy sektorning samarali ishlashi uchun zamonaviy infratuzilma mavjudligi katta
ahamiyatga ega. Davlat yo‘llar, elektr energiyasi, internet tarmog‘i va logistika xizmatlarini
yaxshilash orqali tadbirkorlar uchun qulay sharoit yaratib berishi shular jumlasidandir.
Tadbirkorlik faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun malakali kadrlar talab
etiladi. Davlat tomonidan tadbirkorlar uchun maxsus o‘quv dasturlari, seminarlar va treninglar
tashkil etilishi muhim. Shuningdek, iqtisodiyot ehtiyojlariga mos ravishda kadrlar tayyorlash
davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
Xususiy sektorning rivoji iqtisodiyotda bir qator ijobiy o‘zgarishlarga olib keladi. Masalan,
ish o‘rinlari yaratadi, xususiy korxonalar yangi ish joylarini ta’minlaydi, bu esa ishsizlik darajasini
kamaytiradi. Xususiy biznes faoliyati davlat byudjetiga tushadigan soliqlar hajmini oshiradi.
Mahalliy va xalqaro bozorlar bilan integratsiya qilish vazifalari bajaradi. Tadbirkorlar mahalliy
mahsulotlarni eksport qilish orqali xalqaro bozorlarni zabt etadi. Raqobatbardoshlikni oshirish
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1051
imkoniyatlarini beradi. Xususiy sektor innovatsiyalar va samaradorlik orqali iqtisodiyotning
raqobatbardoshligini oshiradi.
Xulosa
Davlatning xususiy tarmoq va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash siyosati mamlakat
iqtisodiyoti rivojida muhim ahamiyat kasb etadi. Bu siyosat orqali yangi imkoniyatlar yaratiladi,
iqtisodiyotning turli sohalarida o‘sish ta’minlanadi va xalq farovonligi oshadi. Shunday ekan,
davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va bu yo‘nalishda izchil siyosat
olib borish zamonaviy taraqqiyotning ajralmas qismidir.
REFERENCES
1.
O‘zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkaasining qarori 27.12.1996 yildagi 460-son.
2.
Choriyev X.Sh., Amirov L., Toshkent davlat iqtisodiyot Universiteti O‘zbekiston
Respublikasida xususiy sektorni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlari
"Экономика и социум" №6(85) ч.1 2021
3.
Sh.Sh.Shodmonov, U.V.G’afurov. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik.-T.: “Fan va
texnologiya”, 2005. (Lotin alifbosida)
4.
Sh.Sh.Shodmonov, U.V.G’afurov. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik. (to‘ldirilgan va qayta
ishlangan nashri). -T.: “Fan va texnologiya”, 2009.
5.
A.O‘lmasov, A.V. Vahobov. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik (to‘ldirilgan va qayta
ishlangan nashri). – Т.: “Iqtisod-moliya”, 2014. – 424 бет.
6.
B.Y.Xodiyev, Sh.Sh. Shodmonov Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik.–T.: “Barkamol fayz
media”, 2017.
7.
Z.T.Gaibnazarova, SH.A.Isamuxametov. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik.–Т.: “Innovatsion
rivojlanish nashriyot –matbaa uyi”, 2020.
8.
UzA milliy axborot agentligi
9.
Bozarov, D. (2023). BO‘LAJAK IQTISODCHI TALABALARNING IQTISODIY
KOMPETENSIYASINI
RIVOJLANTIRISHNING
MATEMATIK
TAHLILI.
Академические исследования в современной науке, 2(27), 84-90.
10.
Bozarov, D. (2023). Methods of developing economic competence on the basis of
interdisciplinary relationship. Modern Science and Research, 2(12), 131-137.
11.
Bozarov, D. (2022). CHIZIQLI VA KVADRATIK MODELLASHTIRISH MAVZUSINI
MUSTAQIL
O‘RGANISHGA
DOIR
MISOLLAR.
Евразийский
журнал
математической теории и компьютерных наук, 2(6), 24-28.
12.
Bozarov, D. (2022). PROBLEMS OF SYSTEMS OF LINEAR ALGEBRAIC
EQUATIONS. Science and Innovation, 1(2), 163-171.
13.
Maxmudovna, G. M., Olimovich, T. E., & Uralovich, B. D. (2021). Types and uses of
mathematical expressions. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research
Journal, 11(3), 746-749.
