Authors

  • Mashhura Jo’raqulova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.63878

Keywords:

ma’naviyat jadid til maktab “Chig‘atoy gurungi” matbuot islohat.

Abstract

Ushbu maqolada o‘zbek ma’rifatparvarlari Abdurauf Fitrat, Ashurali Zohiriy, Munavvar qori Abdurashidxonov va “Chig‘atoy gurungi” birlashmasining til, alifbo va ta’limga bo‘lgan qarashlari, islohatlari yoritilgan. Yangi usul maktablarining ochilishi, darslik va qo‘llanmalarning yaratilishi, shuningdek Turkiston o‘lkasidagi siyosiy-ijtimoiy vaziyat ham tilga olinadi.

background image

1061

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

JADID MA’RIFATPARVARLARINING O‘ZBEK ADABIY TILI RIVOJIDAGI O‘RNI

Jo’raqulova Mashhura O‘rol qizi

O‘zJOKU,

Xalqaro va audiovizual jurnalistika fakulteti 3-bosqich talabasi.

+998-88-455-40-41.

mashhuraqoshboqova8@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14759466

Annotatsiya. Ushbu maqolada o‘zbek ma’rifatparvarlari Abdurauf Fitrat, Ashurali

Zohiriy, Munavvar qori Abdurashidxonov va “Chig‘atoy gurungi” birlashmasining til, alifbo va

ta’limga bo‘lgan qarashlari, islohatlari yoritilgan. Yangi usul maktablarining ochilishi, darslik

va qo‘llanmalarning yaratilishi, shuningdek Turkiston o‘lkasidagi siyosiy-ijtimoiy vaziyat ham

tilga olinadi.

Kalit so‘zlar: ma’naviyat, jadid, til, maktab, “Chig‘atoy gurungi”, matbuot, islohat.

THE ROLE OF NEW ENLIGHTENERS IN THE DEVELOPMENT OF THE

UZBEKISTAN LITERARY LANGUAGE

Abstract. This article covers the views of the Uzbek enlighteners Abdurauf Fitrat, Ashurali

Zohiriy, Munavvar qori Abdurashidkhanov and the “Chigatoy Gurungi” association on language,

alphabet and education, and their reforms. The opening of new method schools, the creation of

textbooks and manuals, as well as the political and social situation in the Turkestan region are

also discussed.

Keywords: spirituality, new, language, school, “Chigatoy Gurungi”, press, reform.

РОЛЬ НОВЫХ ПРОСВЕТИТЕЛЕЙ В РАЗВИТИИ УЗБЕКИСТАНСКОГО

ЛИТЕРАТУРНОГО ЯЗЫКА

Аннотация. В статье рассматриваются взгляды и реформы узбекских

просветителей Абдурауфа Фитрата, Ашурали Зохирий, Мунаввара кори Абдурашидханова

и общества «Чигатой Гурунги» по вопросам языка, алфавита и образования. Упоминается

также об открытии новометодных школ, создании учебников и учебных пособий, а также

о политической и социальной ситуации в Туркестанском крае.

Ключевые слова: духовность, новый, язык, школа, «Чигатай Гурунги», пресса,

реформа.

KIRISH

Ma’rifatparvar o‘zbek jadid namoyondalaridan biri Munavvar qori Abdurashidxonov

mafkuraviy g‘oyalari va islohatlari bilan yurt istiqboli uchun kurashgan siymo sifatida tarixda

qoldi. Diniy bilimlar bilan bir qatorda dunyoviy va ijtimoiy-siyosiy mavzular bilan ham yaqindan

tanish bo‘lgan Munavvarqori til va alifbo masalalariga alohida yondashdi.


background image

1062

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Turkiy tillardan tashqari rus va fors tillarini ham mukammal egallagan Munavvar qori

o‘lkadagi mustamamlakachilik va ruslashtirish siyosati, madaniy jihatdan ortda qolyotgan xalq va

yurt kelajagi haqida qayg‘urardi. 1901-yilda Turkistonda birinchilardan bo‘lib Qrimda

ma’rifatparvar Ismoil Gaspirali tomonidan joriy etilgan “usuli jadid”, “usuli savtiya”ga asoslangan

jadid maktabini ochishga muyassar bo‘ldi. Yangi usul maktabi uchun bir qancha dastur va

darsliklar yaratdi. “Adibi avval” - Alifbo darsligi (1907), “Adibi soniy” – O‘qish kitobi (1907) va

“Til saboqlari” kitoblari shular jumlasidandir.

“Chig‘atoy gurungi” nomli til va imlo masalalariga chuqurroq e’tibor qaratgan adabiy-

badiiy, madaniy-ma’rifiy sohadagi tashkilot rahbari Abdurauf Fitrat millat kelajagi uchun

qayg‘urdi. Amaldagi arab alifbosi savod chiqarish uchun qiyinchilik tug‘diryotgani sababli uni

isloh qilish masalalari bilan shug‘ullandi. Shu tariqa “Chig‘atoy gurungi” a’zolari ilk bor o‘zbek

tilini ilmiy asosda o‘rganishga kirishdilar.

ISLOHAT VA NATIJALAR

Barchamizga ma’lumki, jadidchilik eng avvalo ma’rifatparvarlik harakati sifatida paydo

bo‘lgani uchun jadidlar o‘z faoliyatlarini yangi usul maktablari ochish, o‘qitish uchun yangi

darsliklar tayyorlash va davriy matbuotda doimiy ravishda faol bo‘lib materiallar chiqarib

turishdan boshlaydilar. Jadidlarning til, imlo, alifbo masalalariga qarshlari ularning mana shu

harakatlarida ham yorqin aks etgan edi. Ular milliy matbuot, yangi usul maktablarini ochish,

avvalombor, adabiy tilni shakllantirish orqali erishish mumkinligini chuqur tushunib yetgan edi.

Biroq, Duma majlisining g‘ayrielatlarning ta’lim tili haqidagi hujjatda Turkiston o‘lkasida

“adabiy til me’yori” yo‘qligi uchun maktablarda ta’lim rus tilida olib borilishi belgilandi. Bu qaror

esa ma’rifatparvar jadidlarning noroziliklariga sabab bo‘ldi. Shunday ijtimoiy-siyosiy vaziyatda

Ismoil G‘aspralining “Chig‘atoy tili’’ sarlavhali maqolisi “Tarjumon’’ gazetasining 1911-yil 4-

mart sonida bosilib chiqdi. Maqolada noroziliklar quyidagicha bayon qilingan edi: “Samarqand,

Farg‘ona, Sirdaryo qit’alarining shevalari eski chig‘atoy shevasidir. Bu sheva adabiy o‘ldug‘i

jahona ma’lumdur. Hattoki, turk shevai adabiyalarining eng qadimi va mabdai o‘ldug‘i lisoniyun

oldinda masdaqdir. Taftazoniylar, Ahmat Yassaviylar, Ali Qushchi, Alisher Navoiy va shoirlai

vujudga keltirmush Turkiston nechuk “tilsiz”, “adabiyotsiz” o‘linur?” Til va imlo masalalari

bo‘yicha aynan mana shu davrlarda nafaqat “Tarjumon’’, balki boshqa mahalliy gazetalarda ham

bahs va munozaralarga, chaqiriqlarga sabab bo‘lgan ko‘plab maqolalar e’lon qilinib turgan.

Yana bir yorqin misol tariqasida Abdulla Avloniyning – “Biz, turkistonlilar milliy tilni

saqlamak bir tarafda tursin, kundan kun unutmak va yo‘qotmakdadurmiz. Tilimizning yarmiga

arabiy, forsiy ulangani kamlik qilib, bir chetiga rus tilini ham yopishtirmakdadurmiz. Durust,

bizlarga hukumatimiz bo‘lg‘on rus lisonini bilmak hayot va saodatimiz uchun osh va non kabi

keraklik narsadir.


background image

1063

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Lekin o‘z yerinda ishlatmak va so‘zlamak lozimdur. Zig‘ir yog‘i solub, moshkichiri kabi

qilub, aralash-quralash qilmak tilning ruhini buzadur” degan fikrlari orqali ham ko‘rishimiz

mumkin. [Abdulla Avloniy, 1998: 60].

Chor Rossiyasi bosqinligidan keyin o‘lkada yuz beryotgan demokratik o‘zgarishlar

natijasida alifbo va imloda bir qancha islohatlar o‘tkazildi. Mana shunday ijtimoiy-siyosiy

vaziyatda ta’lim tizimini isloh qilish kerak edi. Buni avvalombor tez va oson savod chiqarish

tizimini yaratishdan boshlashni anglagan bir guruh jadidchilar bu ishga jiddiy kirishidi. Natijada

Toshkentga qaytgan Fitrat 1919-yilda madaniy-ma’rifiy sohada faoliyat yuritilishi rejalashtirilgan

“Chig‘atoy gurungi” tashkilotini tuzdi. Uning atrofida Cho‘lpon, Munavvar qori, Ashurali Zohiriy,

Zaki Validiylar jamlangan edi. Fitrat boshchiligidagi “Chig‘atoy gurungi” birlashmasi madaniy

merosimizni to‘plash, o‘rganish va ulardan xalqni bahramand etish, o‘zbek adabiy tili, milliy

yozuv va adabiyotimizni yaratish va yuksaltirish masalalari bilan shug‘ullangan. Jamiyat

a’zolaridan Qayum Ramazon, Elbek, Shokirjon Rahimiy, Shorasul Zunnun, Oltoy va Botu imlo

masalalari bilan maxsus shug‘ullanuvchi “Chig‘atoy gurungi”ning “Imlo to‘dasi”da ish olib

borganlar. Yangi imlochilar o‘zlari isloh etgan imloni gazeta sahifalarida e’lon qilib, targ‘ib qila

boshladilar. Ikki oylik o‘qituvchilar tayyorlash kurslari ochib, yangi imloni o‘rgata boshladilar.

“Chig‘atoy gurungi” “imlo to‘dasi”ning o‘qituvchilar uchun imlo qo‘llanmasi – “Bitim yo‘llari”

nomli bitikchasi 1919-yilda Maorif komissarligi ruxsati bilan chop etildi. Ko‘pchilik yosh

ziyolilar, o‘qituvchilar “Chig‘atoy gurungi” imlosini yoqladilar va ularga ergashdilar. [Xalilova,

2020: 9].

“Chig‘atoy gurungi’’ vakillari adabiy til va yozuv masalasida asosan o‘zbek millati

manfaati nuqtayi nazaridan ish ko‘rdilar. Aniqrog‘i, ular yangi o‘zbek milliy adabiyoti va adabiy

tili, ilm-madaniyatini yaratishni maqsad qildilar. O‘zbek adabiy tilini Amir Temur, Alisher Navoiy

davridagi mavqeyiga, shon-shavkatiga qaytishini, boshqa turkiy tillar uchun ham o‘rnak adabiyot,

namuna adabiy til holiga ko‘tarishni istadilar. Faqat buni yangi tarixiy sharoitda, o‘zbek millati

nomi bilan bog‘liq ravishda vujudga chiqarmoqchi bo‘ldilar.

Madaniy-ma’rifiy ruhdagi bu tashkilotning asosiy maqsadi adabiy til va imlo me’yorlarini

shakllantirish ekanligini Abdurauf Fitratning ushbu fikrlari orqali anglash mumkin: “Chig‘atoy

adabiyoti turli shevali turk adabiyoti orasida eng yuksak, eng muhim o‘rinni tutg‘ondur. Boshqa

shevadagi turk adabiyoti bunga ushoqliqlari, buning shogirdliklari bilan maqtanib turalar.

Chig‘atoy adabiyoti turk adabiyoti orasida yuksak, yuqori, oliy bo‘lg‘onlig‘in qabul etmak

mutlaqo lozimdir. Adabiyotimizning turk adabiyotlari orasida eng yuqori o‘rinda turg‘onidan,

tilimizningda turk tillari orasida yuqori mavqe tutg‘onini chiqarg‘on kabi bo‘ldim” [Tog‘ayev,

2023: 74].


background image

1064

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

O‘zbek tilining o‘ziga xos xususiyatlarini mukammal bilgan Fitrat arab yozuvini isloh

qilish muhimligini birinchilardan bo‘lib tushunib yetdi. Negaki, amaldagi arab yozuvi o‘zbek

tilining fonetik xususiyatlarini o‘zida to‘la ifodalay olmas edi va bu imloda, savod chiqarishda

ko‘p qiyinchilik hamda murakkabliklar keltirib chiqarar edi. Bu xususda Fitrat shunday deydi:

“Boshqalarning alifbolari, yozuvlari tartibli, intizomli, qulay. Bizniki tartibsiz, buzuq ham qiyin!”

[Qurbonova M, 1996: 20].

Fitrat boshliq “Chig‘atoy gurungi” a’zolari tashabbusi va ularni qo‘llagan Maorif

komissarligi taklifi bilan Toshkentda 1921-yilning boshida “Til va imlo quriltoyi” bo‘ldi.

Qurultoyda eski alifbo-imlo savod chiqarishga, maktab-maorif rivojiga, madaniy taraqqiyotga

to‘sqinlik qilayotgani sababli rasmiy isloh etilib, “Chig‘atoy gurungi”ning imlo asoslari qabul

qilindi. Qurultoyda imlo masalasida ziyolilar o‘rtasida fikriy ajralish bo‘ldi. Bu borada ziddiyat

yangi imlo masalasi o‘rtaga chiqqan chog‘dan (1919-yildan) muhokama qilinib kelmoqda edi.

Munavvar qori va Ashurali Zohiriy o‘z tarafdorlari bilan yangi imloga qarshi bo‘ldilar. Turkiy

xalqlar uchun o‘rta bir imlo - yagona yozuv fikrini yoqlagan bu zotlarning pozitsiyasi Turkistonda

kechayotgan madaniy, siyosiy voqyealar jarayoni bilan bog‘liq edi. Ayni chog‘da yangi imlochilar

ilgari surgan alifbo-imlo tamoyillarida ayrim kamchiliklar mavjud ediki, buni vaqtida Ashurali

Zohiriy, hatto bir muddat “Chig‘atoy gurungi” a‘zolaridan bo‘lgan Shorasul Zunnun matbuotda

ko‘rsatib bergandi. [Tog‘ayev, 2023: 74].

XULOSA

Lotin yozuvi asosidagi yangi o‘zbek alifbosi va imlosini yaratishda Fitrat, Cho‘lpon,

Zohiriy, Munavvarqori, Elbek kabi jadidchi olim va yozuvchilarning o‘rni katta. Fitrat

boshchiligidagi “Chig‘atoy gurungi” a’zolarining harakat va faoliyatlari bilan 1919-yildan alifbo-

imloni isloh qilish harakati boshlangan edi. 1921-yilga kelib arab alifbosi rasman isloh qilindi. Bu

islohat o‘z davrining o‘qish-o‘qitish ishiga, savodxonlikni oshirishga katta yordam berdi. 1929-yil

Samarqandda o‘tkazilgan Respublika til-imlo konferensiyasida “O‘zbek adabiy tili to‘g‘risidagi

qaror”, “Imlo qarori” va “Termin to‘g‘risidagi qaror”lar qabul qilindi, shu tariqa Respublikada

adabiy til va imlo muommolari bir darajali hal etildi. Jadidlar dastlab arab alifbosini isloh qilish,

so‘ngra lotin alifbosi asosidagi yangi o‘zbek alifbo va imlo me’yorlarining belgilanishida, adabiy

til me’yorlarining shakllanishida samarali islohatlar o‘tkazgan ma’rifatparvarlar sifatida tarixda

qoldi.


background image

1065

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

REFERENCES

1.

Abdulla Avloniy “Turkiy guliston yoxud axloq”//Tanlangan asarlar. – Toshkent: Ma’naviyat,

1998, 60 b.

2.

Tog‘ayev To‘lqin. O‘zbek jadid yetakchilarining til va yozuv masalalariga munosabati,

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2023, dekabr.

3.

Xalilova Mahfuza. Zamonaviy o‘zbek tilining alifbo va imlo muommolari, 2020, 9 b.

4.

Qurbonova M, Fitrat-tilshunos,1996,20 b.

References

Abdulla Avloniy “Turkiy guliston yoxud axloq”//Tanlangan asarlar. – Toshkent: Ma’naviyat, 1998, 60 b.

Tog‘ayev To‘lqin. O‘zbek jadid yetakchilarining til va yozuv masalalariga munosabati, Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2023, dekabr.

Xalilova Mahfuza. Zamonaviy o‘zbek tilining alifbo va imlo muommolari, 2020, 9 b.

Qurbonova M, Fitrat-tilshunos,1996,20 b.