Authors

  • Nargiza Quvonchova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.63966

Keywords:

apadan bronza zikkurat ibodatxona qabr- qo’rg’on kenataf xaoma.

Abstract

Ushbu maqolada O’rta osiyo hududidagi bronza davriga oid yodgorliklar va dafn inshootlari ilmiy tahlilga tortilgan.

background image

2025

JANUARY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 1

593

O’RTA OSIYO BRONZA DAVRI YODGORLIKLARI

Quvonchova Nargiza Choriyevna

Osiyo Xalqaro Universiteti

Tarix ta’lim yo’nalishi talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14761552

Annotatsiya. Ushbu maqolada O’rta osiyo hududidagi bronza davriga oid yodgorliklar va

dafn inshootlari ilmiy tahlilga tortilgan.

Kalit so’zlar: apadan, bronza, zikkurat, ibodatxona, qabr- qo’rg’on, kenataf, xaoma.

Bronza quyish texnologiyasi dastlab qadimgi sharqda xususan Mesopotamiyada mil.avv.

IV ming yillikning oxirida vujudga kelgan. Yevrosiyoning chekka hududlarida bronza davri

nisbatan kechroq boshlanib mil.avv. I ming yillikning o'rtalarigacha davom etgan. Yevrosiyo

hududida bronza davrini mil.avv. III-II ming yilliklar doirasida sanalash qabul qilingan.

O’zbekiston hududida esa bu davr mil.avv. II yillikningb I choragida boshlanib. Mil.avv.

VIII asrlargacha davom etadi. Bronzaning tarkibi Mis va Qalay qorishmasidan iborat bo’lgan. Eng

yaxshi Bronzaning tarkibida 90% Mis va 10% Qalay bo’lgan. Bronza qurollari qattiq va ularga

ishlov berish oson bo’lganligi uchun Mis qurollarini siqib chiqaradi. Shuningdek bronza misga

nisbatan past haroratda erigan. Mis 1084 gradus haroratda erisa, bronza 700-900 gradusda eriydi.

Bronza davriga oid O’rta osiyo hududida ko’plab yodgorliklar mavjud. Masalan: Murg’ob

vohasining bronza davri arxeologiyasi. Afg’onistondan oqib keladigan Murg’ob daryosi Qoraqum

cho’lida Amudaryoga yetmasdan qurib qoladi. Daryoning quyi oqimidagi yerlar qadimdan

dehqonchilik uchun juda qulay bo’lgan. Bu yerlareneolit davrining oxirida Geoksur vohasidan

ko’chib kelgan aholi tomonidan o’zlashtiriladi. BMAK (Baqtriya va Marg’iyona arxeologik

majmuasi) atamasi qo’llaniladi. BMAK ning bronza davri xronologiyasi mil.avv.1800/1700-1100

yillar doirasida belgilangan. Oxirgi o’tkazilgan radiocarbon tekshirishlari mazkur xronologik

ko’rsatkichni taxminan 500 yilga, ya’ni mil.avv. 1500 yillikka qadimiylashtiradi. Murg’ob

daryosining bronza davri arxeologik yodgorliklari alohida ariqlar bilan sug’orilgan 8 ta mikrovoha

hududida tarqalgan.

KELELI (markazi –KELELI I).1-To’g’aloq I. 2. Taxirboy. 3. Odambosan I.

GONUR(GONUR).1. Ajiquyi. 2. Toip. 3.Avchin.

Murg’ob vohasidagi yodgorliklar ilk shahar shaklidagi manzilgohlar, qal’a-qo’rg’onlar

dehqonchilik qishloqlari, ishlab chiqarish va diniy inshoot- ibodatxona hamda dafn inshootidan

iborat. Vohadagi eng yirik yodgorlik GONURTEPA manzilgohi hisoblanadi.


background image

2025

JANUARY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 1

594

Manzilgohning asosiy qurulish imoratlari qal’a va uning yaqinidagi ibodatxona

majmuasidan iborat. Qal’a ikki qator mudofaa devoir va to’g’ri to’rtburchak burjlarga ega.

Devorlar orasidagi yo’lakcha orqali burjlarga kirilgan. Qal’aning ichkarisidagi

kvadratsimon shakldagi (120x125 m) dunyo tomonlariga moslab qurilgan saroy majmuasi asosiy

o’rin tutadi. Saroyning atrofi mudofa devori bilan o’rab olingan. Ichkaridagi imoratlari juda zich

qurilgan. Saroy yaqinida mahalliy hukmdor va saroy amaldorlari uchun xizmat qilgan ibodatxona

joylashgan. Shaharda uy-joy imoratlarim, ishlab chiqarish inshootlari joylashgan. Shaharning

sanitariya qoidalariga qat’iy amal qilingan. Bu yerda shaharga spool quvurlarda ichimlik suvi olib

kirilgan. Uy-joylar aholining jamiyatda tutgan mavqeyiga qarab bir va ko’p xonali bo’lgan.

Murg’ob vohasining boshqa bir yirik manzilgohi TO’G’ALOQ I hisoblanib, umumiy

maydoni 12 gektardan iborat. Manzilgohning markazida balandligi 4 m tag kursi ustida qurilgan

inshoot joylashgan. Manzilgoh To’g’aloq mikrovohasining markazi hisoblangan. KELELI II va

KELELI IV yodgorliklari baland tag kursi ustida dunyo tomonlariga moslab barpo etilgan kvadrat

shaklidagi manzilgohlar bo’lib, ularning atrofi ikki qator devori bilan o’rab olingan, o’rtasida

yo’lakcha mavjud. Mudofaa devori tashqi tomondan burjlar bilan kuchaytirilgan. Bu manzilgohlar

bronza davri aholisining qishloqlari bo’lgan. Murg’ob vohasi aholisi orasida olov va muqaddas

ichimlik kultlari asosiy o’rinni egallagan. Keyingi davr tarixidan ma’lumki muqaddas ichimlik

kulti bevosita mahalliy xalq orasida tarqalgan mitraga sig’inish odati bilan bog’liq. O’rta

Osiyoning qadimgi aholisi Mitraga sig’inishda quyosh xudosi sifatida qaragan. Qadimgi xalqlar

tassavvurida mitra quyosh chiqishning sherigi sifatida aks etgan. Avestoda Mitra yomg’irni

chaqiradi, o’simliklarning o’sishiga va butun hosilga yordam berishi to’g’risida yozilgan.

Baqtriyaning bronza davrida faoliyat yuritgan o’troq dehqonchilik manzilgohlari dastlabki

o’rganilgan yodgorliklarga nisbatan janubda –DASHTLI, shimolda esa – SOPOLLI madaniyati

nomlari bilan yuritilgan. Dashtli vohasidagi Dashtli III manzilgohi muhim o’rin egallaydi. Dashtli

II manzilgohi aylana shakldagi ibodatxona va kvadrat shakldagi saroy ibodatxonadan iborat ikkita

majmuani tashkil etadi. Ibodatxona majmuasi ikki qator mudofaa devor i bilan o’rab olingan.

Saroy ibodatxonasi esa kvadrat shaklda barpo qilingan. Janubiy Baqtruyaning bronza davri

yodgorliklari orasida dafn inshooti ham muhim o’rin egallaydi. Dafn inshootlari lahat

(Katakomba) qabrlardan iborat. Murg’ob vohasidan kekgan dehqonlar asosiy o’rinni egallaganlar.

Ular dastlab Sherobod cho’lini o’zlashtirib SOPOLLI qishlog’ini tashkil qilganlar.

Keyinchalik sopollitepaliklar asta-sekin KO’HITONG va BOYSUN tog’ etaklari bo’ylab shimoli-

sharqqa siljiganlar va Sherobod daryosi bo’ylab dehqonlarning qishloqlarini tashkil qilganlar.

SOPOLLI madaniyati 5 ta xronologik bosqichga bo’linadi.


background image

2025

JANUARY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 1

595

1.

SOPOLLI bosqichi – mil.avv. 2150-1900 yillar.

2.

JARQO’TON bosqichi – mil.avv. 1900-1600 yillar.

3.

KO”ZALI bosqichi – mil.avv. 1600- 1450 yillar.

4.

MO”LALI bosqichi – mil.avv. 1450-1250 yillar.

5.

BO”STON bosqichi mil.avv. 1250-1000 yillar.

Surxon vohasining Muzrabot cho’li hududidagi Ulanbuloqsoy o’zanida joylashgan

Sopollitepa manzilgohida o’rganilgan. U Termiz shahridan 70 km shimoliy – g’arbida joylashgan.

Albaum tomonidan 1968 – yilda ro’yhatga olingan. Tadqiqot ishlari bilan 1969-1974

yillarda A.Asqarov shug’ullangan. Ushbu madaniyatga tegishli 20 dan ortiq yodgorliklar topilgan.

Sopollitepa kalidorsimon bloklar Sistema asosida qurilgan uch qator mudofaa devor bilan

o’rab olingan yirik qishloq bo’gan. Ununing umumiy maydoni 4 gektarga yaqin. Katta qismi paxta

maydoniga qo’shib yuborilgani sababli, faqatgina uning markaziy qal’a qismi saqlanib qolgan. U

kavadrat 82x82 metr bo’lgan istehkomdir. Qal’a mudofaa devorlari qalinligi 2 metr bo’lib, somon

qo’shilgan xom g’ishtdan qurilgan.

Sopollitepada 3 ta qurulish bosqichi aniqlangan Sopollitepaning 2 ta qurulish davri bir xil

materiallar bergan. Yuqori 3- qurulish davrida bazi o’zgarishlar Jarqo’ton yodgorligining quyi

qatlami materiallariga o’xshaydi. Shuning uchun Sopollitepadagi 2 ta quyi qatlam “sopolli

bosqichi”, uning yuqori qatlami “ Jarqo’ton” bosqichi deb yuritiladi. Birinchi qurulish bosqichiga

oid 30 ta uy, ikkinchi qurulish bosqichiga oid 61 ta uy va uchinchi qurulish bosqichiga oid 47 ta

uy qoldiqlari ochilgan. Olimlar fikricha qishloq aholisi 155-315 kishidan iborat bo’lgan.

Sopollitepa manzilgohida jami 138 ta qabr o’rganilgan. Ularning 125 tasida bitta, 13 tasida

juft mayit, jami 158 ta mayitlari joylashgan. Shuningdek 4 ta qabrdan hayvon dafn qilingan, 6 tasi

esa kenatafdan iborat.

Jarqo’ton yodgorligi sopollitepaliklar asos slogan ilk shahar hisoblanadi. U

Bo’stonsoyning chap sohilida joylashgan bo’lib, 100 gektarni tashkil etadi. Bu yerning aholisi ham

dehqonchilik bilan shug’ullanib kamida 500 yil shu yerga yashaganlar.

REFERENCES

1.

Ibragimov R.Z arxeologiya.

2.

Egamberdiyeva N.A.

3.

Ochildiyev F.B. Tarixiy o’lkashunoslik.

4.

Ibragimov R.Z O’rta Osiyo arxeologiyasi.

References

Ibragimov R.Z arxeologiya.

Egamberdiyeva N.A.

Ochildiyev F.B. Tarixiy o’lkashunoslik.

Ibragimov R.Z O’rta Osiyo arxeologiyasi.