Yanvar, 2025-Yil
316
OYBEK XX-ASR O‘ZBEK ADABIYOTINING BUYUK IJODKORI
Zilola Ravshanova
Toshkent to‘qimachilik va yengilsanoat instituti talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14767053
Annotatsiya. Ushbu maqolada XX asr o‘zbek adabiyotining yirik namoyondasi Muso
Toshmuhammad o‘g‘li Oybekining bosib o‘tgan yo‘li,uning ijod haqidagi ma’lumotlar o‘rin
olgan.
Kalit so‘zlar: Oybek, she’riyat, shoir, adabiyot, til, ijod.
OYBEK, THE GREAT CREATOR OF 20TH CENTURY UZBEKISTAN
LITERATURE
Abstract. This article contains information about the path of Oybeki, the son of Musa
Tashmuhammad, the great representative of Uzbek literature of the 20th century, and his work.
Keywords: Oybek, poetry, poet, literature, language, work.
OYBЕK (taxallusi; asl ism-sharifi Muso Toshmuhammad o‘g‘li; 1905.10.1 — Toshkent
— 1968.1.7) — shoir, yozuvchi, adabiyotshunos olim va jamoat arbobi. O‘zbekiston xalq
yozuvchisi (1965), O‘zbekiston FA akademigi (1943). Hunarmand-bo‘zchi oilasida tug‘ilgan.
Dastlab Oqmasjid mahallasidagi eski maktabda (1911—17), so‘ng Munavvarqori
Abdurashidxonov tashkil etgan «Namuna» maktabida (1918—21) boshlang‘ich ma’lumot oladi.
Shundan keyin Navoiy nomidagi ta’lim va tarbiya texnikum-internatida tahsil olgach (1921—25),
Toshkent universitetining ijtimoiy fanlar fakultetida (1925—27), Leningrad xalq xo‘jaligi
institutida (1927—29) o‘qiydi va og‘ir xastalikka chalingani sababli yana Toshkentga qaytib,
Toshkent un-tida ukishni tugatadi (1930).
Oybek mehnat faoliyatini talabalik yillarida boshlab, urta maktab, texnikum va ishchilar f-
tlari (1925—27) da, Xalq xo‘jaligi, Qishloq xo‘jalik va Pedagogika in-tlarida til va adabiyot
fanlaridan dare beradi, Toshkent universitetining iqtisod fakultetida esa assistent sifatida xizmat
qiladi (1930 — 35). Ayni paytda Madaniy qurilish ilmiy tadqiqot in-ti (1933) va Fanlar komiteti
huzuridagi Til va adabiyot in-tida (1934—37) ilmiy xodim bo‘lib ishlaydi. 1937 y. da Sovet davla-
ti qatag‘on siyosatining avj olishi Oybekning «millatchi» va «milliy itti-hodchilar»ga xayrixoh
kishi sifatida ishdan haydalishi hamda tazyiqqa uchrashiga sababchi bo‘ladi. Kambag‘al oiladan
chiqqanligi va internatda tarbiyalanganligi tufayli qatag‘ondan omon qolgan Oybek 1938 y.
oxiridagina O‘zbekiston o‘quv-pedagogika nashri-yotiga tarjimon-muharrir sifatida ishga qabul
qilinadi. 1941—45 y. lar urushining boshlanishi bilan u yana nomatlub shaxe sifatida quvg‘inga
Yanvar, 2025-Yil
317
uchraydi. O‘zbekiston Fanlar akademiyasining tashkil etilishi bilan akademiyaning gumanitar
bo‘limiga (1935 — 51), Hamid Olimjon vafotidan keyin esa Yozuvchilar uyushmasi hay’atiga
rais, «Sharq yulduzi» jur. ga bosh muharrir (1945— 59) etib ta-yinlanadi; Til va adabiyot in-tining
direktori (1950—52) hamda «O‘zbek tili va adabiyoti» jur. ning bosh muharriri (1958—68)
vazifasini bajaradi. 50-y. lar avvalida yana qatag‘on to‘lqinining boshlanishi bilan Oybek insult
xastaligiga uchraydi va uzok, davom etgan xastalik oqibatida vafot etadi.
Oybek adabiy faoliyatini shoir sifatida boshlagan. «Cholg‘u tovushi» degan birinchi she’ri
1922 y. «Armug‘on» jur. da bosilgan. Bu vaqtda u Cho‘lpon, shuningdek, «yosh usmonlilar»
she’riyati ta’sirida bo‘lib, ular ruhidagi she’rlaridan iborat «Tuyg‘ular» (1926) va «Ko‘ngil
naylari» (1929) to‘plamlarini e’lon qilgan. O dastlabki ijodida davrning o‘tkinchi mavzulariga ba-
g‘ishlangan sarbast she’rlar yaratgan, ularning aksariyati «Mash’ala» (1932) to‘plamidan o‘rin
olgan. Keyinchalik shoir lirik tuyg‘u va kechinmalar tasviriga katta e’tibor berib, «ko‘ngil lirikasi»
namunalarini yaratishga intildi. Uning bu boradagi izlanishlari, ayniqsa, «Yevgeniy Onegin»
she’riy romanini tarjima qilishi (1936) jarayenida orttirgan tajribasi tufayli va A. S. Pushkin
asarlaridagi lirizm ta’sirida yaxshi samaralar berdi. Oybekning «Chimyon daftari» turkumiga
kirgan, o‘zbek tabiatining fusunkor tarovati va betakror ranglarini o‘ziga simirgan she’rlari nafaqat
shoir she’riy ijodining, balki umuman o‘zbek lirikasining shoh namunalaridan biri bo‘ldi. Shoir
bu she’rlari bilan o‘zbek she’riyatiga oybekona nafis lirizmni olib kirdi, nozik tuyg‘u va
kechinmalarni tasvirlash madaniyatini yanada mukammallashtirdi, lirik she’riyat tilini nafosat
yog‘dulari b-n jilolantirib yubordi.
Bir tomondan, lirik harorat, ikkinchi tomondan, epik ko‘lam Oybek she’riyatiga xos
xususiyatlardir. U lirik she’riyat bilan bir qatorda dostonna-vislik sohasida ham izlanishlar olib
borib, «Dilbar — davr qizi» (1932), «O‘ch» (1933), «Baxtigul va Sog‘indiq» (1934), «Qahramon
qiz» (1936), «Gulnoz», «Kamonchi», «Navoiy» (1937) singari dostonlarni yezdi. Shoir bu
dostonlarida o‘z davrining qahramoni obrazini yaratish va shu davrning muhim ijtimoiyma’naviy
masalalarini ko‘tarish bilan birga tarixiy o‘tmish mavzuiga ham murojaat etdi. Oybekning liro-
epik she’riyatdagi dastlabki tajribalari uning katta epik polotnolarni yaratishga qodir san’atkor
ekanini namoyish etadi. «Uch» va «Navoiy» dostonlari esa yaqin kelajakda yaratajak «Qutlug‘
qon» va «Navoiy» romanlari uchun o‘ziga xos eskiz vazifasini o‘tadi.
Sovet davlatining adabiy-madaniy siyosati natijasida 1937—38 yillarda yozuvchilar va
ularning asarlariga vulgar sotsiologizm nuqtayi nazaridan yondashish tamoyili kuchaydi.
Oybekning «Chimyon daftari» turkumiga kirgan lirik she’rlari burjua she’riyati namunalari, deb
baholandi.
Yanvar, 2025-Yil
318
Davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan bu harakat oqibatida, boshqa shoirlar qatori, Oybek
ham, «ko‘ngil she’riyati»ga tamomila zid o‘laroq, «fajdanlik she’riyati» deb atalgan she’riyat
namunalarini yaratishga majbur bo‘ldi. Shunga qaramay, Oybekning ilm-fan va texnikani
egallashga da’vat etuvchi hamda vatanparvarlik va mehnatsevarlik g‘oyalari bilan sug‘orilgan
«O‘zbekiston», «Dneprostroy», «Fanga yurish», «Raisa», «Qizlar» singari o‘nlab she’r va
dostonlari 30—40-y. lar o‘zbek she’riyatida muhim voqea bo‘ldi.
Oybek 40-yillar oxiri — 50-yillar boshlarida «Qizlar» (1947) dostonidan tashqari,
«Hamza» (1948), Pokiston taassurotlari asosida «Zafar va Zahro» (1950) va «Haqgo‘ylar» (1952)
dostonlarini yaratdi. 60-y. larda shaxsga sig‘inish fojialari fosh etilib, sobiq sovet mamlakatida
«xrushchyovcha» harorat jilvalari kuringanda, Oybek xastaligiga qaramay, yana «sof lirika»ning
go‘zal namunalarini takdim etadi, Xirosima fojiasiga bag‘ishlangan «Davrim jarohati» (1952),
«Guli va Navoiy» (1968) dostonlarini yozish bilan birga Amir Temur va Bobur haqidagi lirik
dostonlarni yozishga kirishadi. Shoir uzining bu asarlari bilan 60-yillar o‘zbek she’riyatida yangi
badiiy tafakkurning boshlanishi va qaror topishiga muhim hissa qushadi.
Oybekning nasriy merosi 5 roman («Qutlug‘ qon», «Navoiy», «Oltin vodiydan
shabadalar», «Quyosh qoraymas» va «Ulug‘ yo‘l»), 4 qissa («Shonli yo‘l», «Hyp qidirib»,
«Bolalik xotiralarim» va «Bola Alisher») hamda bir qancha hikoya va ocherklardan iborat.
Oybekning roman janridagi dastlabki tajribasi — «Qutlug‘ qon» asari yozuvchi hayotining
eng tahlikali kezlarida, 1938 yilda, qisqa muddatda yozilgan va 1940 yilda nashr etilgan.
Yozuvchining bolalik xotiralari bilan to‘yingan bu asarda o‘zbek xalqining 1-jahon urushi
arafasidagi mashaqqatli hayoti qalamga olingan. Bu davrda, bir tomondan, mustamlakachilik
siyosati, ikkinchi tomondan, o‘lkaga kirib kela boshlagan kapitalistik munosabatlar tufayli
mehnatkashlar ommasi g‘oyat qashshoqlashgan edi. Shunday vaqtda sabr kosasi to‘lgan xalqning
norozilik namoyishi bilan chiqishi yoki qo‘zg‘olon ko‘tarishi tabiiy edi. Chor hokimiyatining O‘rta
Osiyo aholisini mardikorlikka olish to‘g‘risidagi farmoni 1916 y. qo‘zg‘o-lonining gurullab
yonishi uchun bir turtki bo‘ldi. Oybek romanda Yo‘lchi boshlik, mehnatkashlar, Mirzakarimboy
boshliq boylarning o‘zaro munosabatlarini tasvirlash orqali mazkur qo‘zg‘olonning kelib chiqish
sabablarini badiiy tahlil etdi. Jamiyatning shu davrdagi qutblashgan holatini ta’kidlab ko‘rsatish
maqsadida va sovet mafkurasining talabi bilan boylar obrazini, ayniqsa, Mirzakarimboy obrazini
yaratishda qora bo‘yoqlardan ko‘proq foydalandi. 1937 y. tegirmonidan arang omon qolgan
adibning romanni busiz nashr etishi amri mahol edi.
Oybek bu asari bilan A. Qodiriy, Cho‘lpon va S. Ayniy boshlab bergan tarixiy
romannavislik an’anasini rivojlantirib, uni mehnatkash xalq xarakterini o‘zida mujassamlantirgan
Yanvar, 2025-Yil
319
Yo‘lchi, Gulnor kabi qahramonlarning yorqin obrazlari bilan boyitdi. «Qutlug‘ qon» o‘zbek
adabiyotidagi badiiy jihatdan eng yuksak romanlardan biridir.
Oybek shoir, nosir, adabiyotshunos olim sifatida ham Navoiy hayotiga ko‘p bor murojaat
etgan. Uning 1942 y. 2-jahon urushining qizg‘in bir paytida «Navoiy» romanini yozib tugatgani
tasodifiy emas. Nafaqat ulug‘ shoir, balki 15-a. dagi Xuroson hayotini ham puxta o‘rgangan adib
bu asarda Navoiyning shoir va inson sifatidagi gumanizmi — insonparvarlik mohiyatini katta
mahorat bilan gavdalantirib bergan. O. Navoiy obrazini 15-asr Xurosonida ro‘y bergan muhim
tarixiy voqealar fonida gavdalantirar ekan, shu davrda Temuriylar davlatini harakatga keltirgan,
keyinchalik esa uni tanazzulga olib kelgan kuchlar va ularning o‘zaro kurashini xaqqoniy aks
ettirgan. Oybek mazkur asari bilan o‘zbek adabiyotida tarixiy-biografik roman janrini boshlab,
uning asosiy tamoyillarini belgilab berdi. «Navoiy» romani keyinchalik o‘zbek adabiyotida
«Ulug‘bek xazinasi», «Ko‘hna dunyo» (O. Yoqubov), «Yulduzli tunlar», «Avlodlar dovoni» (P.
Qodirov) singari tarixiy biografik romanlarning maydonga kelishiga zamin hozirladi.
Oybekning nasriy asarlari orasida o‘zbek xalqining 2-jahon urushidagi jasorati tasviriga
bag‘ishlangan «Quyosh qoraymas» (1943—59) romani alohida e’tiborga loyiq. Adib mazkur
romanini garchand G‘arbiy frontga qilgan safaridan qaytiboq yoza boshlagan bo‘lsada, urush
to‘g‘risidagi dahshatli haqiqatni aytish iloji bo‘lmagani uchun, uni 50-y. larda — xastalik paytida
yozib tugatdi. Oybek Bektemir va uning ikki jangovar do‘stining obrazini yaratish orkali Sovet
davlatining urushga tayyorgarliksiz kirgani va sarkardalarning qo‘pol xatolari tufayli millionlab
kishilar, shu jumladan, o‘zbek jangchilarining «to‘p yemi» bo‘layotgani haqidagi haqiqatni badiiy
mujassamlantirib berdi.
Adib «Oltin vodiydan shabadalar» (1949) romanida urushdan keyingi davr qahramoni
obrazini, «Qutlug‘ qon» romanining davomi sifatida yozilgan «Ulug‘ yo‘l» (1967) asarida esa
Yulchi va Gulnorlarning 20-y. lardagi izdoshlari obrazini yaratishga intildi.
Oybek qalamiga mansub roman va qissalar qaysi davr hayotidan olingan bulmasin, adib
shu davr hayotini mukammal urgangan, ayniqsa, tarixiy davr va tarixiy shaxs hayoti bilan
birlamchi manbalar asosida yaqindan tanishgan yozuvchi sifatida namoyon buladi. Oybekning
nasriy asarlariga xos muhim xususiyatlardan yana biri shundaki, u asar qahramoni yoki tarixiy
shaxeni Vatan va xalq manfaatlari yo‘lida kurashuvchi, mehnatkash xalq orzu-armonlarining
ro‘yobga chiqishi yo‘lida zahmat chekuvchi siymo sifatida tasvirlaydi.
Oybek ozgina bo‘lsada, o‘z kuchini dramaturgiyada ham sinab ko‘rdi. U urush yillarida
Chingizxon istilosiga qarshi ko‘tarilgan xalq harakatlaridan biriga murojaat etib, vatandoshlarida
fashizmga qarshi kurash maylini rag‘batlantiruvchi «Mahmud Torobiy» operasi librettosini yozdi
Yanvar, 2025-Yil
320
(1944) va shu mavzu bo‘yicha drama teatrlari uchun «G‘alvirchi», rus adibi va adabiyotshunosi
A. Deych bilan hamkorlikda esa rus tilida «Xalq qalqoni» pyesalari ustida ishladi. Oybek bu
asarlarida ham tarixiy jarayon qonuniyatlarini yaxshi bilgan, tarixga xalq manfaatlari nuqtayi
nazaridan yondashuvchi yirik olim sifatida namoyon bo‘ldi.
Oybek adabiy faoliyatining muhim qismini adabiyotshunoslikka oid tadqiqot va maqrlalar
tashkil etadi. O‘zbek xalqi tarixi va o‘zbek mumtoz adabiyotining ulkan bilimdoni Oybek o‘zining
adabiy-tanqidiy faoliyatida adabiyotimizning eng qad. davridan to o‘tgan asrning 60-yillariga
qadar kechgan shakllanish va taraqqiyot yo‘liga bag‘ishlangan ko‘plab maqolalar e’lon qildi. Bu
maqolalarning katta bir qismi Alisher Navoiy yashagan davr, shoir hayoti va ijodini o‘rganishta
ba-g‘ishlangan bo‘lib, ular keyinchalik Oybekning «Navoiy gulshani» maqolalar to‘plamini
tashkil etdi. Bu maqolalar navoiyshunoslikning o‘zbek adabiyotshunosligining muhim bir sohasi
sifatida shakllanishi va rivojlanishiga hissa bo‘lib qo‘shildi. Shu bilan birga O. Yozuvchilar
uyushmasi va Fanlar akademiyasi gumanitar bo‘limining raisi sifatida Navoiyning 500 yillik
yubileyini tashkil etish va o‘tkazishga rahbarlik qildi. A. Deych bilan birga rus tilida Navoiyga
bag‘ishlangan turkum maqolalar chop etdi (bu maqolalar mualliflarning 1968 y. da nashr etilgan
«Alisher Navoiy. Literaturno-kriticheskiy ocherk» kitobidan urin olgan).
Yirik adabiyotshunos Oybek «Abdulla Qodiriyning ijodiy yo‘li» (1935) monografiyasi va
b. maqolalarida 20-asr o‘zbek adabiyotining taraqqiyoti muammolarini, A.S. Pushkin,
L.N.Tolstoy va A. M. Gorkiy singari rus adabiyoti namoyandalarining o‘zbek yozuvchilariga
ta’siri masalalarini yuqori ilmiy-nazariy saviyada o‘rgandi. Mumtoz va zamonaviy o‘zbek
adabiyoti yutuklarini qardosh xalklarga tanishtirishda Oybekning rus tilidagi maqolalari ayricha
ahamiyatga molik.
Serqirra ijod sohibi O. jahon va rus adabiyotining eng yuksak namunalarini o‘zbek tiliga
tarjima qilib, Chulpon va Qodiriy asos solgan o‘zbek tarjima maktabini uzining yuksak darajadagi
tarjimalari bilan boyitdi. o‘zbek kitobxoni Oybek tarjimasi orqali Rim adabiyoti namunalari, J. B.
Molerning «Tartyuf», A. S. Pushkinning «Yevgeniy Onegin», M.Yu.Lermontovning «Maskarad»,
«Dovud Sosunli» arman eposi, G. Geyne, I.A.Krilov, V.G. Belinskiy, E. Verxarn va boshqalarning
asarlari bilan tanishdi.
Oybek o‘zining rang-barang ijodi va ulkan jamoat arbobi sifatidagi faoliyati b-n o‘zbek
xalqining madaniy yuksalishiga katta hissa qo‘shdi. 1980 yilda adib yashagan uyda Oybek uy-
muzeyi tashkil etilgan va unga haykal o‘rnatilgan. Toshkentdagi maktab, xiyobon va metro
bekatlaridan biri Oybek nomi bilan atalgan, Oybek vafotidan keyin «Buyuk xizmatlari uchun»
ordeni bilan taqdirlangan (2001).
Yanvar, 2025-Yil
321
REFERENCES
1.
https://qomus.info/encyclopedia/cat-o/oybek-uz/
2.
https://tafakkur.net/muso-toshmuhammad-ogli-oybek.haqida
3.
https://ziyouz.uz/ozbek-ziyolilari/oybek-1905-1968/
