2025
JANUARY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 1
649
KREDIT MEXANIZMI VA UNING ELEMENTLARI. KREDITLASH TAMOYILLARI
VA USULLARI
Yo'ldashev Xurshid Xurramovich
“Аgrobank” ATB Uzun filiali boshqaruvchi o’rinbosari,
Muammoli kreditlar bilan ishlash bo’limi boshlig’i.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14774438
Annotatsiya. Mazkur tezisda kredit mexanizmi, uning elementlari hamda kreditlash
tamoyillari va usullari haqida so’z boradi. Tadqiqot davomida asosli fikr va xulosalar misollar
yordamida isbotlangan.
Kalit so’zlar: kredit mexanizmi, kreditlash tamoyillari, pul mablag‘lari, tovar-moddiy
boyliklari.
CREDIT MECHANISM AND ITS ELEMENTS. PRINCIPLES AND METHODS OF
LENDING
Abstract. This thesis discusses the credit mechanism, its elements, and the principles and
methods of lending. During the research, the substantiated ideas and conclusions were proven
using examples.
Keywords: credit mechanism, lending principles, money, tangible assets.
КРЕДИТНЫЙ МЕХАНИЗМ И ЕГО ЭЛЕМЕНТЫ. ПРИНЦИПЫ И МЕТОДЫ
КРЕДИТОВАНИЯ
Аннотация. В данной диссертации рассматривается кредитный механизм, его
элементы, а также принципы и методы кредитования. В ходе исследования обоснованные
идеи и выводы были подтверждены примерами.
Ключевые слова: кредитный механизм, принципы кредитования, денежные
средства, материальные активы.
Kredit
-
bu vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini pul egasi yoki boshqalar tomonidan
ma’lum muddatga, haq to‘lash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqqan
iqtisodiy munosabatlar yig‘indisidir.
Kredit yordamida tovar-moddiy boyliklari, turli mashina va mexanizmlar sotib olinadi,
iste’molchilar mablag‘lari etarli bo‘lmagan sharoitda to‘lovni kechiktirib tovarlar sotib olishlari
va boshqa har xil to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Kredit iqtisodiy kategoriya bo‘lib, ijtimoiy munosabatlarning aniq bir ko‘rinishi sifatida
yuzaga chiqadi.
2025
JANUARY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 1
650
Kredit har qanday ijtimoiy munosabat emas, balki ijtimoiy ishlab chiqarish mahsuli,
qiymatning harakati, qarz beruvchi va qarz oluvchi o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni
ifodalovchi kategoriyadir.
Kreditning mohiyati uning ichki belgilarini ochib berishga qaratilgan. Kreditning
mohiyatini ochish - bu uning sifatlarini , kreditning muhim tomonlarini, uni iqtisodiy munosabatlar
tizimining bir elementi sifatida ko‘rsatuvchi asoslarini bilish demakdir.
Iqtisodiy kategoriya sifatida kreditning mohiyati ko‘pgina iqtisodchi olimlar tomonidan
o‘rganilib chiqilgan va ular tomonidan kreditning mohiyati bo‘yicha turlicha fikr bildirilgan.
Masalan, E. Voznesenskiy, A. Zverev, D. Allaxverdyan kabi olimlarning fikricha, kredit
maxsus kategoriya hisoblansada u moliya tarkibiga kiradi, deb hisoblashadi.
V. Zaxarov, O. Lavrushin, M. Pessel, I. Levchuk, V. Rыbin, A. Qodirov, T. Qoraliev kabi
olimlar esa kreditni moliya bilan parallel ravishda faoliyat ko‘rsatuvchi alohida mustaqil iqtisodiy
kategoriya deb hisoblaydilar.
YUqoridagi fikrlarga asoslangan holda kreditning ba’zi muhim tomonlari aniqlanadi:
birinchidan, uning ijtimoiy mahsulot yaratish, milliy daromad va pul resurslarini qayta
taqsimlashga bog‘liqligi;
ikkinchidan, kreditning harakat shakliga (tovar yoki pul tarzida) ega ekanligi;
uchinchidan
,
takror ishlab chiqarishdagi harakatning asosiy hal etuvchi belgisi (qarz)
ekanligi va h. k.
Berilgan kredit qaytarib berishlilik xarakteriga ega. U xuddi shu sifati bilan moliyadan farq
qiladi.
Ssuda kapitali manbalarining tahlili kreditning iqtisodiy kategoriya sifatidagi mohiyatini
aniqlashga asos bo‘lib xizmat qildi.
Bir qator iqtisodchilarning fikricha, kredit jamiyatdagi vaqtincha bo‘sh pul mablag‘larini
yig‘ish va ularni taqsimlash shaklidir.
Bu nuqtai nazardan, kredit vaqtincha bo‘sh pul mablag‘larini qarzga berish bo‘lib,
muayyan belgilangan muddatdan so‘ng bu mablag‘lar o‘z manbasiga qaytib kelishi kerak.
Kredit mexanizmi deganda kreditlash jarayonini amalga oshirishning shakllari kreditlash
usullari shakllari va elementlarini tushunish kerak.
Kredit mexanizmining elementlariga kreditning obekti va subekti,kreditlash tamoyillari,
kreditlash usullari va shakllari kabilar kiradi.
Kredit va kreditlashning o‘ziga xos qoidalari borki, ular maxsus tamoyillarda ifoda etiladi.
Bular:
2025
JANUARY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 1
651
•
kreditning qaytarishliligi;
•
kreditning muddatliligi;
•
kreditning ta’minlanganligi;
•
kreditning maqsadliligi;
•
kreditning to‘lovliligi;
•
kreditning samaradorligi.
Kreditning qaytarib berish
tamoyili. YA’ni kreditni qaytarib berish shart. Qaytarib
berishlik ikki yoqlama jarayonni ifoda etadi, u kreditor uchun ham, qarz oluvchi uchun ham bir xil
darajada muhimdir. Kreditning bu tamoyili amaliyotda kredit va undan foydalanganlik uchun foiz
summasini kredit bergan muassasa hisobiga ko‘chirish yo‘li bilan to‘lanadi. Aynan shu yo‘l bilan
banklar kredit resurslarining qayta tiklanishini ta’minlaydilar.
Kreditning muddatliligi.
Kredit ma’lum muddat uchun beriladi. Bankdan qarz olinganda
albatta uning qanday muddatda berilishi kredit bitimida kelishib olinadi.
Kredit bitimi bank bilan qarz oluvchi o‘rtasidagi bitim bo‘lib, unda kreditning qanday
muddatga berilganligi, kredit uchun qanday haq to‘lanishi va kreditni qaytarishlik kafolatlari
qayd etiladi.
Kreditning muddatliligi har ikkala tomon, kreditor uchun ham, qarz oluvchi uchun ham
muhimdir. Agar kreditor qarzni foizi bilan o‘z vaqtida qaytib olsa, bunda qarz oluvchining kreditor
oldidagi ishonchliligi tasdiqlanadi va yana takror qarz olish imkoniyati ta’minlanadi.
Kreditning muddatliligi bo‘yicha shartnomada ko‘rsatilgan shartlarning buzilishi qarz
beruvchining qarz oluvchiga nisbatan iqtisodiy jazo choralari (jarima shaklida, kredit bo‘yicha foiz
darajasini oshirish, kreditning muddatini qisqartirish va boshqalar)ni qo‘llashi mumkin.
Kreditning muddatliligi:
•
kelib tushuvchi mablag‘larning tejamli va qayta ishlatish muddatiga;
•
ishlab chiqarilgan mahsulotni jo‘natish muddatiga;
•
tovarlarni sotish muddatiga;
•
aylanma fondlarining doiraviy aylanishining tezligiga bog‘liqdir.
Kreditning ta’minlanganligi.
Bu tamoyil vositasida pul massasi (qiymat) va ishlab
chiqarish (xizmat ko‘rsatish) o‘rtasida bo‘lishi zarur bo‘lgan mutanosiblik (proporsiyalar) ning bir
me’yorda bo‘lishi ta’minlanadi. Ya’ni bunda xo‘jalik aylanma mablag‘larida ishtirok etuvchi bank
mablag‘larining har bir so‘miga tovar-moddiy boyliklarning bir so‘mi qarama-qarshi turishi talab
etiladi.
2025
JANUARY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 1
652
Boshqacha qilib aytganda, banklar tomonidan beriladigan kreditlar tovar-moddiy boyliklar
va ma’lum xarajatlar bilan to‘liq ta’minlangan bo‘lishi kerak. Tarmoqlarga ta’minlanmagan
kreditlarning berilishi bank kreditlarining bankka qaytib kelmasligiga asos hisoblanadi. Bu o‘z
navbatida bankning likvidliligiga va pul muomalasiga katta ta’sir ko‘rsatadi. SHu sababli banklar
tomonidan beriladigan kreditlarning tovar-moddiy boyliklar va xarajatlar bilan ta’minlangan
bo‘lishiga alohida e’tibor beriladi.
Kreditning maqsadliligi
.
Ya’ni, olingan kreditlar aniq bir maqsadni amalga oshirishga
yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Bunda kredit muayyan aniq ob’ektga:
•
ishlab chiqarish xarajatlariga;
•
ishlab chiqarish zaxiralariga;
•
tayyor mahsulotga;
•
jo‘natilgan tovarlar va hokazolarga beriladi.
Kreditning to‘lovliligi.
Ya’ni, kredit uchun haq to‘lash zarurligi, bank qarzni tekinga
bermaydi, buning uchun qarz oluvchidan foiz undiradi. Foiz - bu qarz haqidir. Uning miqdori
berilgan qarzga nisbatan foiz hisobida belgilanadi.
Demak, kreditning to‘lovliligi uning to‘liq summada o‘z egasiga qaytarilishigina emas, shu
bilan bir qatorda kredit uchun foiz shaklidagi to‘lov bilan qaytarilishini ifodalaydi (foizsiz
imtiyozli kreditlar bundan istisno).
Kreditning samaradorligi.
Bu tamoyil nafaqat kredit summasi va foizni bankka qaytarib
to‘lashini, shuningdek undan kreditlangan yoki moliyalashtirilgan soha, tarmoq, korxona qancha
samaradorlikka erishganini ifodalaydi. SHu sababli kredit ajratishdan yoki berishdan oldin shu
kreditning samara berish ehtimolini hisob-kitob qilish zarur. Agar masalan, loyihaga qo‘yiladigan
mablag‘ samara bersagina, shundagina bu loyihaga mablag‘ ajratish kerak.
Kreditning samaradorligi (K
s
) ishlab chiqarish va uning realizatsiya hajmiga (R
h
)
bevosita bog‘liq bo‘lib quyidagicha aniqlanishi mumkin:
Bu erda,
K
h
- berilgan kreditning o‘rtacha hajmi.
Agar korxona kreditlar resursini kam jalb qilib uning bir so‘miga ko‘p mahsulot
realizatsiya qilgan bo‘lsa, demak kreditning samaradorligi shunchalik yuqori bo‘ladi.
Kreditning samaradorligini ta’minlash maqsadida g‘arb mamlakatlari amaliyotida
kreditlashning biz uchun yangi qoidasi, ya’ni «5-S» qoidasi qo‘llaniladi. Bunga asosan har bir
¦
¦
с
К
К
Р
=
2025
JANUARY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 1
653
«S» bo‘yicha korxonaning faoliyati tahlil qilib chiqiladi va korxona faoliyati talabga javob
bersagina korxonaga kredit beriladi. Qoidaga binoan «S» harflari quyidagi jihatlarni ifodalaydi:
•
S1(sharacter) - qarz oluvchining bozordagi obro‘si, uning holatini aniqlash.
•
C2 (capacity) - qarz oluvchining boshlagan ishini oxirigacha etkaza olish, tegishli
daromad olish hamda bank kreditlarini qaytarib berish qobiliyati.
•
C3 (capital) - qarz oluvchi sarmoyasining etarliligi.
•
C4 (conditions) - mazkur biznesning rivojlanishi yuzasidan shartlar.
•
C5 (collateral) - garov (kafolat, kafillik, sug‘urta polisi, tovar-moddiy boyliklar va
boshqalar).
Har qanday bankning ko‘rsatadigan xizmatlari nuqtai nazaridan uning kredit portfelini
tartibga solib turish o‘ta muhimdir. Zero, kreditning ba’zi bir turlarini berish qonun bilan
chegaralangan, ba’zi bir kredit turlari esa umuman taqiqlangan.
Masalan:
•
bankning o‘z aksiyasi bilan ta’minlangan kreditlarni berishi umuman taqiqlangan,
shuningdek, bankning o‘z xodimlariga iste’mol kreditini berishi ham chegaralangan;
•
ipoteka kreditining hajmi bank kapitali va daromadi qiymati yoki muddatli va jamg‘arma
depozitlaridagi mablag‘lar hajmining 70 foizidan oshmasligi lozim;
•
bir qarz oluvchiga berilayotgan kredit miqdori bank kapitali va daromadining 15 foizidan
oshmasligi lozim. g‘ki qarzdor kredit uchun tezda pulga aylantirish imkoniyatiga ega garov
berganda, berilayotgan kreditning hajmi bank kapitali va foydaning 25 foizini tashkil qilishi
mumkin;
•
bank kredit berish jarayonida mijoz bilan kredit shartnomasi tuzgunga qadar unga
kreditning yillik foiz stavkasi, ya’ni kreditning narxi, kredit uchun to‘lanadigan to‘lovlar va
soliqlar haqida axborot berishi lozim.
Kreditning mohiyatini uning asosi malum vaqtdan keyin qaytarib beruvchanlik sharti va
foiz bilan qaytarishi sharti yanada kengroq ochib beradi. Bu har ikkala shartdan tashqari kreditning
iqtisodiy kategoriya sifatida harakat qilishini asoslash uchun iqtisodiy munosabatlarning chuqur
ijtimoiy - iqtisodiy belgilarini hisobga olish zarur.
Kredit mohiyatining tahlili uzluksiz jarayon. Bunda tahlil jarayonida yangidan yangi
belgilar, xususiyatlar yuzaga chiqishi mumkin.
Har qanday iqtisodiy kategoriya o‘zining funksiyalariga ega bo‘lgani kabi kredit ham
o‘zining bir qator funksiyalariga ega.
2025
JANUARY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 1
654
Ijtimoiy iqtisodiy tizimda kreditning o‘rni va roli u bajarayotgan funksiyalari bilan
aniqlanadi. Kreditning funksiyasi - bu kreditning iqtisodiyotda faoliyatining konkret ravishda
namoyon bo‘lishidir.
Kreditni tahlil qilishda, funksiya, uning mohiyati va roli o‘rtasidagi oraliq zveno sifatida
ko‘rib chiqiladi.
Kreditning funksiyalari haqida olimlar o‘rtasida yagona izchillik yo‘q.
I. Lavrushinning fikricha, kreditning funksiyalarini tahlil qilishda ikkita echilmagan
muammo mavjud:
1)
funksiyani tushunishning uslubiy asoslari;
2)
funksiyalarning tarkibi va strukturasi.
Kreditning tarkibiy qismidan kelib chiqqan holda unga quyidagi munosabatlarga xos
funksiyalar taaluqli:
a) kreditorning qarz oluvchi va qarzga beriluvchi qiymat bilan munosabati orqali;
b) qarz oluvchining kreditor va qarzga beriluvchi qiymat bilan munosabati orqali;
v) qarzga beriluvchi qiymat bilan kreditor va qarz oluvchining munosabati orqali.
Kreditor va qarz oluvchi o‘rtasidagi munosabat shunday aniqlanadiki, bunda kreditor qarz
oluvchiga resurlarni taklif qiladi, qarz oluvchi bu rusurslarni ishlatadi va bunda qarzga beriluvchi
qiymat kreditor va qarz oluvchi o‘rtasida aylanadi. Bu erdan kreditning birinchi funksiyasi kelib
chiqadi:
1.
Qarzga beriluvchi qiymatni vaqtincha foydalanishga berish funksiyasi
Kredit va pul mablag‘lari o‘rtasidagi munosabatlardan kelib chiqqan holda, kreditning
haqiqiy pullarni kredit pullari bilan almashtirish funksiya oldinga surilgan. Lekin bu funksiya
hozirgi kunda iqtisodiy munosabatlar «sahnasidan» chiqib ketgan.
Kreditning tashqi muhit bilan aloqasi uning ikkinchi funksiyasini keltirib chiqaradi.
2.
Qayta taqsimlash funksiyasi
Kredit takror ishlab chiqarish jarayonining barcha fazalariga - ishlab chiqarish, taqsimlash,
muomala va iste’molga xizmat ko‘rsatadi.
Takror ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq holda kredit, ishlab chiqarish, taqsimlash
yoki iste’mol jarayonida kechadigan funksiyalardan farqli o‘laroq qayta taqsimlash funksiyasini
bajaradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ssuda kapitali bozori vaqtincha bo‘sh moliyaviy resurslarni
bir faoliyat jabxasidan boshqasiga yo‘naltiruvchi va natijada yuqori foydani ta’minlovchi o‘ziga
xos dastag sifatida namoyon bo‘ladi.
2025
JANUARY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 1
655
Qayta taqsimlash funksiyasi yordamida korxonalar, tashkilotlar, davlat va shaxsiy
sektorning bo‘sh pul mablag‘lari va daromadlari ssuda kapitaliga aylantiriladi va vaqtincha
foydalanishga, muayyon to‘lov asosida beriladi. Bu funksiya yordamida ishlab chiqarishdagi
proporsiyalar va pul kapitali harakati boshqarilib turiladi.
3.
Muomala xarajatlarini tejash funksiyasi
Kredit vujudga kelish davridan boshlab haqiqiy pullarni (oltin, kumush) kredit pullari -
veksellar, banknotalar, cheklar bilan almashinishini ta’minlab kelgan. Lekin, oltinning monetar
roli yo‘qolishi tufayli kredit bu funksiyasi yordamida naqd pulsiz hisob-kitoblarni rivojlantirib,
hisob-kitoblarni tezligini va kam xarajatliligini ta’minlamoqda. Kapitalning muomalada bo‘lish
vaqtining iqtisod qilinishi uning ishlab chiqarishda bo‘lish vaqtini oshiradi va bu ishlab chiqarishni
kengaytirishga, foydaning ortishiga olib keladi.
Bu funksiyaning amalga oshishi kreditning iqtisodiy mohiyatidan kelib chiqadi. Uning
manbai sanoat va savdo kapitalining doiraviy aylanishi jarayonida vaqtincha bo‘shagan moliyaviy
mablag‘lar hisoblanadi. Xo‘jalik sub’ektlari pul mablag‘larining kelib tushishi va ishlatilishi
o‘rtasidagi vaqt bo‘yicha farq faqatgina ortiqcha mablag‘lar hajmini emas, balki moliyaviy
mablag‘larning etishmovchiligini ham aniqlab beradi. SHuning uchun korxona va tashkilotlarning
o‘z aylanma mablag‘larining vaqtinchalik etishmovchiligini to‘ldirish uchun ssudalar berish keng
tarqalib borgan.
4.
Kapital to‘planishining jadallashuvi va konsentratsiyalashuvi funksiyasi.
Kapital to‘planishi jarayoni iqtisodiy rivojlanishning barqarorlashuvi va xo‘jalik yurituvchi
xar bir sub’ektning maqsadga erishishining muhim sharti hisoblanadi. Bu masalani xal qilishga
va ishlab chiqarishni kengaytirishga, shuning bilan birga qo‘shimcha foyda olishga qarz
mablag‘laridan foydalanish yordam beradi. SHuni ta’kidlab o‘tish zarurki, iqtisodiy inqiroz
davrida bu resurslarning qimmatliligi ko‘pchilik xo‘jalik faoliyati jabxalarida kapital to‘planishini
jadallashtirish masalasini xal qilishda to‘sqinlik qiladi.
5. Muomalaga to‘lov vositalarini chiqarish funksiyasi.
Bu funksiyaning amalga oshish jarayonida kredit faqatgina tovar emas, balki pul
muomalasining jadallashuviga, undan naqd pullarni siqib chiqarib, to‘lovlar aylanishining
tezlashuviga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Kredit tufayli pul muomalasi doirasiga veksel, chek, kredit
kartochkalari kabi vositalarni kiritilib, naqd pulli hisob-kitoblarni naqdsiz operatsiyalar bilan
almashtiradi. Bu esa ichki va xalqaro bozordagi iqtisodiy munosabatlar mexanizmini
osonlashtiradi va tezlashtiradi. Bu masalani xal etishda tijorat krediti zamonaviy tovar
almashinishining kerakli elementi sifatida muhim o‘rin tutadi.
2025
JANUARY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 1
656
REFERENCES
1.
Abdullaeva Sh.Z., «Bank ishi». O’quv qo’llanma. –T.: Moliya.2003
2.
Abdullaeva Sh.Z., «Pul kredit va banklar» O’zbekistоn Respublikasi Bank-mоliya
akademiyasi, «Mоliya» nashriyoti,2000 y.
3.
Balabanova I.T., “Banki i bankоvskоe delо”, Ucheb posob. Piter, 2003.
4.
Kоlesnikоv V.I., «Bankоvskоe delо» Mоskva, 4-izd. «Finansi i statistika», 2002g.
5.
Jarkovskaya E.P. «Bankоvskоe delо» Uchebnik.-M.: Omega-L.2004.
6.
Lavrushina О.I., «Den’gi, Kredit, Banki» Mоskva, izd. «Finansi i statistika» 2003g.
7.
Lavrushina О.I., «Bankоvskоe delо» Mоskva, izd. «Finansi i statistika» 2003g.
8.
Korobkova G.G. «Bankоvskоe delо» Uchebnik. -M.: Economist-2004.
