ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1079
PEDAGOGIKA FANI RIVOJIGA HISSA QO’SHGAN SHARQ VA G’ARB BUYUK
ALLOMA VA MUTAFFAKIRLAR
Rahimova Saboxon Ahmadjonovna
Farg'ona viloyati Bag'dod tumani
42-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining oliy toifali boshlang'ich sinf o'qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14771340
Annotatsiya.
Pedagogika ilmi insoniyat madaniyatining ajralmas qismi bo‘lib, bolalar va
yoshlar tarbiyasi, ta’lim va tarbiya jarayonlarini o‘rganadi. Ushbu sohaning rivojlanishida
nafaqat g‘arb, balki sharq allomalari ham katta hissa qo‘shgan. Ularning ta’lim va tarbiya
haqidagi g‘oyalari bugungi zamonaviy pedagogikaning poydevorini tashkil etadi. Ushbu
maqolada pedagogika fanining shakllknishi tarixi va zamonaviy ta’lim tizimida sharq
mutafakkirlarining pedagogik qarashlari hamda ma’naviy merosining o‘rni beqiesligi, ajdodlar
g‘oyasini takomillashtirish evaziga ta’limni yuksak bosqichga ko‘tarish haqida fikrlar bayon
etilgan.
Kalit so’zlar:
Pedagogika, fanning rivojlanishi, ta’lim-tarbiya, sharq mutafakkirlarining
qarashlari, ma’naviy meros, ajdodlar g‘oyasi, sharq dunyosi, ta’lim, tarbiya, koʻnikma,
integrastiya, shakl, uslub, yuksak bilim, vosita.
GREAT SCIENTISTS AND THINKERS FROM EAST AND WEST WHO HAVE
CONTRIBUTED TO THE DEVELOPMENT OF PEDAGOGY
Abstract.
The science of pedagogy is an integral part of human culture, studying the
processes of upbringing, education and upbringing of children and youth. Not only Western, but
also Eastern scholars have made a great contribution to the development of this field. Their ideas
about education and upbringing form the foundation of modern pedagogy today. This article
describes the history of the formation of the science of pedagogy and the pedagogical views of
Eastern thinkers in the modern education system, the incomparable role of their spiritual heritage,
and ideas about raising education to a higher level by improving the ideas of their ancestors.
Keywords:
Pedagogy, development of science, education and upbringing, views of Eastern
thinkers, spiritual heritage, ideas of their ancestors, the Eastern world, education, upbringing,
skills, integrastia, form, style, high knowledge, means.
ВЕЛИКИЕ УЧЕНЫЕ И МЫСЛИТЕЛИ ВОСТОКА И ЗАПАДА, ВНЕСШИЕ ВКЛАД
В РАЗВИТИЕ ПЕДАГОГИКИ
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1080
Аннотация.
Наука педагогика является неотъемлемой частью человеческой
культуры и изучает процессы обучения и воспитания детей и молодежи. В развитие этой
области большой вклад внесли не только западные, но и восточные ученые. Их идеи об
образовании и обучении составляют основу современной педагогики. В данной статье
рассматривается история становления науки педагогики и значение просветительских
взглядов восточных мыслителей и их духовного наследия в современной системе
образования, а также идеи о поднятии образования на более высокий уровень в обмен на
совершенствование образования. представлены идеи предков.
Ключевые слова:
Педагогика, развитие науки, образование, взгляды восточных
мыслителей, духовное наследие, идея предков, восточный мир, образование, воспитание,
умение, интеграция, форма, стиль, высшее знание, инструмент.
Kirish
Pedagogika - insonning hayoti davomida ta’lim-tarbiya jarayonlarini o‘rganadigan,
jamiyatning ma’naviy va madaniy taraqqiyotini ta’minlaydigan muhim ilmiy yo‘nalishdir. Ushbu
fan yosh avlodni axloqiy, intellektual, jismoniy va ma’naviy tarbiyalash masalalarini chuqur
o‘rganadi. Pedagogikaning shakllanishi qadimiy davrlarga borib taqalib, uning rivojlanishi Sharq
va G‘arb mutafakkirlarining bilimlari va falsafiy qarashlari orqali amalga oshgan. Har bir
madaniyat va tamaddun pedagogikaga o‘ziga xos yondashuv va tamoyillarni olib kirgan.
Sharq dunyosi - o‘zining boy madaniyati va ilmiy merosi bilan mashhur bo‘lib, uning
asosiy vakillari, jumladan, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Al-G‘azzoliy va Al-Beruniy o‘z
zamonasida nafaqat ilm-fan, balki pedagogika sohasining rivojlanishiga ham katta hissa qo‘shgan.
Sharqda tarbiya axloq va ma’naviyatga asoslangan bo‘lsa, ta’lim jarayonida ustoz-shogird
an’analari markaziy o‘rin tutgan. Ular o‘z asarlarida insonni komillikka yetaklaydigan ta’lim-
tarbiyaning asosiy jihatlarini belgilab bergan. G‘arb dunyosi esa pedagogik qarashlarida ko‘proq
ilmiy asosga tayanib, ta’limni inson tafakkurini rivojlantiruvchi vosita sifatida ko‘rgan. Yunon
faylasuflari - Sokrat, Platon va Aristotel ta’lim-tarbiyaning nazariy asoslarini yaratib, bilim
olishning amaliy ahamiyatini ta’kidlaganlar. Keyinchalik Jan Jak Russo, Jon Dyuui, Pestalozzi
kabi mutafakkirlar pedagogikani rivojlantirishda muhim o‘rin tutgan. Sharq va G‘arb
allomalarining pedagogik qarashlari inson kamolotini asosiy maqsad qilib qo‘ygan bo‘lsa-da,
ularning yondashuvlari bir-biridan farq qiladi. Sharqda axloq va ma’naviyatning ustuvorligi
ta’kidlangan bo‘lsa, G‘arbda tafakkur va ilmiy bilimlarni rivojlantirish birinchi o‘ringa qo‘yilgan.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1081
Bu ikki mintaqaning pedagogik merosi bugungi kunda ta’lim tizimini boyitib,
insoniyatning ma’rifiy taraqqiyotiga xizmat qilmoqda.
Adabiyotlar tahlili va metod
Buyuk mutaffakir olimlarimizdan biri Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy algebra faniga
asos soldi, ilmiy ma’lumot va traktatlarni bayon etishning aniq qoidalarini ishlab chiqdi, u
astronomiya, geografiya va iqlim nazariyasi bo‘yicha ko‘plab ilmiy asarlar muallifidir.
Allomaning dunyo ilm-fani rivojidagi xizmatlari umume’tirof etilgan bo‘lib, SHarq
olimlari orasida faqat uning nomi va asarlari “algoritm” va “algebra” kabi zamonaviy ilmiy
atamalarda abadiylashtirildi”. Jahon ilm-ma’rifatining buyuk namoyandasi Abu Abdulloh
Muxammad ibn Muso alXorazmiy matematika fani sohasida yangilik yaratgan nazariyotchi va
pedagog uslubiyatchi olim sifatida «Al-kitob al-muxtasar fi hisob al-jabr val muqobala» («Al-jabr
muqobala hisobi haqida qisqacha kitob») asarida matematika fanida abstraksiya (mavhumiylik)
tushunchasini kengaytirdi. Induksiya yo’li bilan umumiy yechish usullarini hal etdi, deduksiya
yo’li bilan umumiy usullar yordamida turli xususiy masalalarni yechdi. Buyuk mutafakkir
Muxammad Muso al-Xorazmiy bilimlarni egallashda ko’rgazmali vositalardan foydalanish,
ta’limda mantiqiy tafakkur, shaxsiy kuzatish va tajribalarga tayanish, savol-javob, bahs-munozara
kabi ta’lim usullaridan keng foydalangan holda talabalarda mantiqiy fikrlash qobiliyatini
rivojlantirish, ularda olgan bilimlarini amaliyotga tatbiq eta olish malaka va ko’nikmalarini tarkib
toptirish to‘g‘risida to‘xtalib: «... sezgi orqali bilish, bu qisman bilish bo’lsa, mantiqiy bayon, aqliy
bilish esa xaqiqiy bilishning muhim tomonini bayon etadi.
Axmad Al-Farg‘oniy arab tilidagi ilmiy atamashunoslikka doir ishlarni, xususan, falakiyot,
riyoziyot va jug‘rofiyaga oid atamalarni belgilab chiqishdek maxsus ilmiy ishlarni amalga
oshirishda Ahmad al-Farg‘oniyning xizmati katta. Bulardan tashqari, u ayrim astronomik
asboblarni ixtiro etish, falakiyotshunoslikka doir arab tilidagi boshlang‘ich bilimlarni belgilash va
tartibga solish ishlariga ham muhim hissa qo‘shdi. O‘z davridagi aniq fanlarning deyarli barcha
sohalarida tadqiqotlar olib borib, yuzga yaqin asar yaratgan al-Farg‘oniyning faqat sakkizta asari
bizgacha etib kelganligi ma’lum. Al-Farg‘oniyning buyuk xizmatlaridan biri shundaki, u o‘zining
"Yulduzlar ilmi usuli kitobi" asarida I asrda yashab o‘tgan mashhur Klavdiy Ptolemeyning
falakiyot sohasida asosiy qomus hisoblangan "Almagast" asaridagi talay xatolarni aniqlab,
to‘g‘rilab bergan.
Buyuk olim Imom Buxoriy o‘zining axloqi bilan bizga namuna bo‘lgan inson. Go‘zal
namunaligi, muruvvatliligi, diyonatligi, saxovatliligi bilan boshqalardan tamomila farq qilgan
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1082
sha[s. Shuningdek, alloma juda o‘tkir zehn egasi va yodlash qobiliyatlari kuchli bo‘lgan, ilm-
ma’rifatga bo‘lgan kuchli ishtiyoqi bilan tanilgan. Buxoriy hazratlarining cheksiz ilmga bo‘lgan
muhabbati barchani hayratda qoldiradi. Hadis ilmiga bo‘lgan intilish, ularning to‘plashga
qaratilgan yuksak e’tibor bu kabi din ilmining inson ruhi va qalbini poklovchi ekanini va ilmga
bo‘lgan qat’iyatligini ko‘rsatib beradi. Og‘ir va mashaqqatli yillarni bosib o‘tsada, biz avlodlarga
o‘zlarining boy merosini qoldirgan. Bu nodir meros bo‘lgan asarlarning soni 20tadan ortiqdir.
Ulardan eng sahih hadislar jamlangani “Sahih ul-Buxoriydir. Shuningdek, “At-tarix al-
avsat”, “At-tarix assag‘ir”, Al-adab al-mubrad”, “Barr ul-volidayn” kabi qimmatli asarlar
yozganlar. “Sahih ulBuxoriy” ning ajralib turadigan xislati shundan iboratki, hadis ilmining gultoji
bo‘lmish imom Buxoriy roviylarga va sanalarga alohida e’tibor qaratib, ularning ishonchli
bo‘lganlarini ajratib, alohida kitob shaklda keltirganlar. Bu asar o‘z ichiga takrorlanadigan
hadislar, bular 7275tani, takrorlanmaydigan holda esa 4 000 ta hadisni oladi.
Muhokama
Abu Nasr Forobiy (873–949):
Abu Nasr Forobiy Sharqning buyuk allomasi bo‘lib,
“Ikkinchi ustoz” (Aristoteldan keyingi) nomi bilan mashhur. U ta’lim-tarbiya masalalariga alohida
e‘tibor qaratib, insonning axloqiy va intellektual kamolotini muhim deb bilgan. Forobiy “Fozil
odamlar shahri” asarida ideallashtirilgan jamiyatda ta’lim va tarbiyaning ahamiyatini ta’kidlagan.
Unga ko‘ra, inson kamolotining asosi bilimdir va bu bilimlar jamiyatni yanada
rivojlantiradi.
Abu Ali Ibn Sino (980–1037):
Buyuk Sharq tabibi va faylasufi Abu Ali Ibn Sino
pedagogika sohasida ham yirik iz qoldirgan. U bolalarni yoshga qarab tarbiyalash zarurligini aytib
o‘tgan va bilim olish jarayonida o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi munosabatlarning
ahamiyatiga urg‘u bergan. Ibn Sinoning fikricha, ta’lim faqat bilim berish emas, balki axloqiy
tarbiya bilan ham bog‘liq bo‘lishi lozim. U o‘zining asarlarida yosh bolalar ta’limida o‘yin va
qiziqarli mashg‘ulotlarning ahamiyatini alohida qayd etgan.
Alisher Navoiy (1441–1501):
Alisher Navoiy Sharq pedagogikasining buyuk vakillaridan
biri sifatida tanilgan. Uning asarlarida insonparvarlik, odob-axloq, ta’lim va tarbiya masalalariga
katta ahamiyat berilgan. “Mahbub ul-Qulub” asarida Navoiy bilim va tarbiyaning bir-biriga
bog‘liq ekanligini ta’kidlagan. Navoiy ta’limda ona tilining ahamiyati, bolalarning qobiliyatlarini
rivojlantirish va ularga to‘g‘ri yo‘nalish berish haqida fikrlar bildirgan.
Jaloliddin Davoniy (1426–1502):
Sharqning yana bir ulug‘ mutafakkiri Jaloliddin
Davoniy ta’lim-tarbiya va axloq masalalarida o‘zining bebaho hissasini qo‘shgan.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1083
U bolalar tarbiyasida axloqiy qadriyatlarni shakllantirish muhim ekanligini ta’kidlagan.
Davoniyning fikriga ko‘ra, ta’lim faqat bilim berish bilan cheklanmasligi, balki insonni har
tomonlama kamolga yetkazish yo‘lida xizmat qilishi lozim.
G‘arb mutafakkirlari
Yan Amos Komenskiy (1592–1670:
Yan Amos Komenskiy pedagogika sohasida inqilobiy
g‘oyalarni ilgari surgan. U birinchi bo‘lib “Didaktika buyuk san‘ati” asarida tizimli ta’lim
nazariyasini yaratgan. Komenskiy ta’lim jarayonini tabiat qonunlariga mos ravishda tashkil
qilishni va barcha bolalar uchun ta’limni umumiy qilishni taklif etgan. U bosqichma-bosqich
o‘qitish tamoyillarini ishlab chiqqan va didaktik printsiplarni amaliyotga tatbiq etgan.
Jan-Jak Russo (1712–1778):
Fransuz faylasufi Jan-Jak Russo bolalarning tabiiy
rivojlanishini qo‘llab-quvvatlovchi pedagogik yondashuvni taklif etgan. Uning “Emil, yoki
Tarbiya haqida” nomli asari ta’lim sohasida yangi davrni boshlab bergan. Russo tarbiyaning asosiy
vazifasi insonning tabiiy qobiliyatlarini rivojlantirish deb bilgan. U bolaning tabiiy qiziqishlarini
hurmat qilish va ularga erkin rivojlanish imkonini berish tarafdori bo‘lgan.
Iogann Genrix Pestalotsiy (1746–1827):
Pestalotsiy insonni har tomonlama
rivojlantirishga qaratilgan ta’lim tizimini taklif qilgan. Uning ta’lim metodikasi insonning
individual xususiyatlarini hisobga olishga asoslangan edi. Pestalotsiy o‘qituvchi va o‘quvchi
o‘rtasidagi samimiy va hurmatga asoslangan munosabatlarni rivojlantirishga katta e‘tibor bergan.
Uning “Linfels maktabi” tajribasi ta’limda yangi davrni boshlab bergan.
Fridrix Frebel (1782–1852):
Bolalar bog‘chasi tizimini asoschisi sifatida tanilgan Fridrix
Frebel bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishni ta’lim jarayonining asosiy qismi deb
bilgan. U bolalar tarbiyasida o‘yin va ijodning o‘rnini alohida ta’kidlab, maxsus o‘yinchoqlar va
metodikalarni ishlab chiqqan.
Natijalar
Zamonaviy pedagogika rivojida buyuk allomalarning o‘rni
Hozirgi zamon pedagogikasi Sharq va G‘arb mutafakkirlarining boy merosidan ilhomlanib,
rivojlanishda davom etmoqda. Axborot texnologiyalarining ta’limga joriy etilishi va o‘quv
jarayonlarining yangi shakllari pedagogik yondashuvlarga yangi talablarni qo‘ymoqda. Shu bilan
birga, Forobiy, Ibn Sino, Komenskiy va Russo kabi allomalarning insonparvarlik, bilim va tarbiya
uyg‘unligi haqidagi g‘oyalari dolzarbligicha qolmoqda. Bugungi kunda pedagogika sohasida
ijtimoiy tenglik, barqaror rivojlanish va global ta’lim masalalariga e’tibor ortib bormoqda.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1084
Ta’lim jarayonida shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv, ijtimoiy-emotsional o‘qitish va
ekologik ta’lim kabi yo‘nalishlar yetakchi o‘rin egallab kelmoqda. Zamonaviy pedagogika
o‘zining rivojlanishida Sharq va G‘arbning buyuk allomalari tomonidan ishlab chiqilgan
fundamental g‘oyalar va tamoyillarga asoslanadi. Ularning ilgari surgan pedagogik yondashuvlari
va tajribalari bugungi ta’lim tizimida ham dolzarb hisoblanadi.
Insonparvarlik g‘oyasining davomiyligi
Forobiy va Ibn Sinoning insonparvarlik tamoyillari zamonaviy ta’lim tizimining muhim
poydevori hisoblanadi. Ular ta’limning inson kamoloti uchun xizmat qilishini ta’kidlab, o‘qituvchi
va o‘quvchi o‘rtasidagi hurmatli munosabatlarni rivojlantirish g‘oyasini ilgari surgan. Bugungi
kundagi ta’lim jarayonida har bir o‘quvchining shaxsiy ehtiyojlari va qobiliyatlarini inobatga olish
ushbu tamoyilning davomiyligidan dalolat beradi.
Metodik yondashuv va tizimli ta’lim
Komenskiyning didaktika tamoyillari va bosqichma-bosqich ta’lim tizimi bugungi ta’lim
metodologiyasining asosi bo‘lib xizmat qilmoqda. U o‘quv materiallarini oddiydan murakkabga
qarab o‘rgatish tamoyillarini joriy qilgan. Zamonaviy ta’lim jarayonida o‘quv dasturlarini ishlab
chiqishda ham ushbu tamoyil asosida ish olib borilmoqda.
Tabiiy qobiliyatlarni rivojlantirish
Jan-Jak Russo va Fridrix Frebel kabi allomalar ta’lim jarayonida bolalarning tabiiy
qiziqishlari va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish muhimligini ta’kidlagan. Bugungi kunda bolalar
bog‘chalari va maktabgacha ta’lim tizimida bolalarning o‘yin orqali rivojlanishiga katta e’tibor
qaratiladi. Bu Frebelning “bolalar bog‘chasi” tushunchasining zamonaviy ko‘rinishidir.
O‘quvchi markazli ta’lim
Zamonaviy ta’lim tizimida o‘quvchi markazli yondashuv asosiy tamoyillardan biri sifatida
shakllangan. Bu yondashuvning ildizlari Pestalotsiy va Russo kabi mutafakkirlarning g‘oyalariga
borib taqaladi. Ularning fikricha, ta’lim jarayoni o‘quvchining shaxsiy xususiyatlarini inobatga
olgan holda tashkil etilishi kerak. Bugungi kunda individual o‘quv rejalarini ishlab chiqish va
shaxsiy rivojlanish dasturlarining tatbiq etilishi ushbu tamoyilning amalda qo‘llanilishini
tasdiqlaydi.
Axloqiy tarbiya va ma’naviy qadriyatlar
Alisher Navoiy va Jaloliddin Davoniy axloqiy tarbiya va ma’naviy qadriyatlarni ta’lim
jarayonining ajralmas qismi sifatida ko‘rgan. Ularning g‘oyalari bugungi kunda ijtimoiy-
emotsional ta’lim (SEL) dasturlarida davom ettirilmoqda.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1085
Axborot texnologiyalari va innovatsiyalar
Zamonaviy pedagogika mutafakkirlar g‘oyalarini axborot texnologiyalari bilan
uyg‘unlashtirib, innovatsion ta’lim yondashuvlarini joriy etmoqda. Masofaviy ta’lim, interaktiv
o‘quv resurslari va raqamli metodikalar Komenskiy va boshqa allomalarning ta’limni
ommalashtirish g‘oyalarini amalda amalga oshirishga imkon berdi.
Barqaror rivojlanish uchun ta’lim
Zamonaviy pedagogika insoniyatning global muammolarini hal qilishga qaratilgan
barqaror rivojlanish tamoyillariga asoslanmoqda. Forobiy va Ibn Sinoning ta’lim orqali jamiyatni
rivojlantirish g‘oyalari bugungi kunning barqaror ta’lim dasturlarida aks etmoqda. Bu dasturlar
ekologiya, ijtimoiy adolat va iqtisodiy barqarorlikni rivojlantirishni o‘rgatishga yo‘naltirilgan.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, shaxs manfaatlari, shaxs, davlat va jamiyat, fan, ishlab chiqarish
komponentlarini oʻz tarkibiga olgan kadrlar tayyorlash milliy modeliga asosan boʻlajak pedagog
yoʻnaltirilgan ta’lim jarayonini tashkil etishda ilgʻor texnologiyalarni qoʻllash, milliy va
umuminsoniy
qadriyatlarga
tayanish,
uning
mazmunini
demokratlashtirish
va
insonparvarlashtirish, ta’lim jarayonini ijtimoiylashtirish va tabaqalashtirish boʻlajak oʻqituvchini
kasbiy-ijodiy faoliyatga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Sharq va G‘arbning buyuk allomalari pedagogika fani rivojida katta rol o‘ynagan. Ularning
g‘oyalari hozirgi zamon ta’lim tizimiga asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Sharq mutafakkirlari odob-
axloq va insonparvarlikni ta’limning asosiy qismi deb bilgan bo‘lsa, G‘arb mutafakkirlari ilmiy
yondashuv va metodikani rivojlantirishga urg‘u bergan. Har ikki yo‘nalish uyg‘unlashib,
zamonaviy pedagogikaning shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan.
Bugungi kunda ushbu buyuk allomalarning merosi ta’lim jarayonida hamon dolzarb bo‘lib,
ularning asarlaridan olingan saboqlar pedagogik jarayonni boyitishda davom etmoqda.
REFERENCES
1.
Baxodirov R. SHark mutaffakiri. Abu Abdullox al-Xorazmiy va ilmlar tasnifi. - T.:
«Uzbekiston», 1995. -71-6.
2.
Mahmudov Q. Ahmad YUgnakiyning «Hibat ul-haqoyiq» asari haqida. – Toshkent: Fan,
1972. 11-bet
3.
Xoshimov K., Nishonova S., Inomova M., Xasanov R. Pedagogika tarixi. - T.:
«Ukituvchi», 1996. -79-82b
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1086
4.
At-Termiziy. ”Al-Jomi’ as-sahih” asari . 4-jildi. Internet ma’lumoti.
5.
Pedagogika tarixi / Tuzuvchilar: K. Hoshimov, M. Inomova, S. Nishonova, R. Hasanov.–
T.: Oʻqituvchi, 1996.B–10-12
