Yanvar, 2025-Yil
389
ОILAVIY HAYOTGA TAYYORLASHNING IJTIMOIY -PSIXOLOGIK JIHATLARI
L.Sh.Raximova
Guliston Davlat Pedagogika Instituti 1-kurs magistri
https://doi.org/10.5281/zenodo.14781313
Annotatsiya.
Ushbu maqolada yoshlarda milliy qadriyat shakllanishining ijtimoiy-
psixologik talablari, oila milliy qadriyatning ijtimoiy psixologik omili, shaxsning oila va oilaviy
munosabatlar negizida kamol topishi, yoshlarni, xususan, oliy ta'lim muassasalari talabalarini
oilaviy hayotga tayyorlashning mazmuni va pedagogik-psixologik jihatlari tahlil qilinib, oilaviy
qadriyatlarning
metodologik
asoslari
bo'yicha
psixometrik
va
ijtimoiy-psixologik
so'rovnomalarning empirik natijalari va ular asosida ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar borasida
tavsiyalar berilgan.
Kalit so‘zlar:
Farzand, ijtimoiylashuv, jamiyat, oila, ota-ona, qadriyatlar, turmush tarzi,
tadqiqotlar.
Аннотация.
В данной статье анализируются социально-психологические
требования к формированию национальных ценностей у молодежи, семья как социально-
психологический фактор национальных ценностей, развитие личности на основе семьи и
семейных отношений, а также содержание и педагогико-психологические аспекты
подготовки молодежи, особенно студентов высших учебных заведений, к семейной жизни.
В статье представлены рекомендации на основе эмпирических результатов
психометрических
и
социально-психологических
опросов,
проведенных
по
методологическим основам семейных ценностей, и научные выводы, сделанные на их
основе.
Ключевые слова:
Ребенок, социализация, общество, семья, родители, ценности,
образ жизни, исследование.
Abstract.
This article analyzes the socio-psychological requirements for the formation of
national values in young people, the family as a socio-psychological factor of national values, the
development of individuals based on family and family relationships, and the content and
pedagogical-psychological aspects of preparing young people, especially university students, for
family life. It provides recommendations based on the empirical results of psychometric and socio-
psychological surveys conducted on the methodological foundations of family values and the
scientific conclusions derived from them. In all times and places, the family is entrusted with
certain responsibilities in ensuring the development of individuals.
Key words:
Child, socialization, society, family, parents, values, lifestyle, research.
Yanvar, 2025-Yil
390
Ijtimoiylashuv tushunchasi sof ijtimoiy-psixologik va sotsiologik kategoriya bo'lib, bu
shaxsning uni o'rab turgan tashqi ijtimoiy muhit ta'sirlariga natijasida uning norma va qoidalarini
o'zlashtirganlik darajasini ifodalovchi jarayondir. Bu tushunchaning umumiy ma'nosida insonning
tug'ilib, o'zini bevosita o'rab turgan tashqi muhit ta'sirida ulg'ayishi, shu jamiyat, shu atrof-muhit
qurshovida tarbiyalanishi yotadi. Oila muhiti har bir shaxs uchun ana shunday birlamchi, dastlabki
ijtimoiylashuv o'chog'i, maskani hisoblanadi. Oilaviy ijtimoiylashuvning qadri va ahamiyati
shundaki, uning ta'sirida. birinchidan, shaxs katta, mustaqil hayotga, jumladan, oilaviy hayotga
tayyorlanadi, o'ziga yarasha sifat va fazilatlarni shakllantirib boradi, natijada har tomonlama
yetuk, barkamol, aqlli, soh va salomat shaxs bo'lib yetishish imkoniyatiga ega bo'ladi. Ya'ni, oila
va uning sog'lom ma'naviy muhiti bolani jamiyatda yashashga, o'ziga o'xshash shaxslar bilan
murosa qilish, hamkorlikda faoliyat yuritish, kasb-hunarli bo'lish, muomalada axloq-odob
normalariga bo'ysunishga o'rgatadi.
Rus sotsiolog olimi A.Antonovning ta'kidlashicha, oila ijtimoiy-psixologik yaxlitlik
sifatida shaxsga shunday normativ va axborot ta'sirlarini ko'rsatadiki, oqibatda bola eng avvalo,
jamiyatdagi qonuniy normalar, xulq andozalarini egallaydi. Oila qanchalik inoq, uyushgan va
mustahkam bo'lsa, uning normativ ta'siri ham shunchalik samarali bo'ladi. Bunday oilada o'zining
qadriyatlaridan tashqari, jamiyatning qadriyatlari, qonun-qoidalar va normalar hurmat qilinadi,
bola boshidan jamiyatda yashashga o'rgatilgan bo'ladi.
O‘sib kelayotgan avlodning jamiyat normalarini to'la qonli qabul qilishi, o'z davrining
yaxshi va kerakli kishisi bo'lib yetishishi oilaning boshqa rasmiy tarbiya maskanlari bilan
o'rnatadigan to'g'ri munosabatlari bevosita bog'liq. Ijtimoiylashuv jarayonida maktabgacha ta'lim
muaasasalarining o'rni alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki maktabgacha ta'lim muaasasalarining
xodimlari bolaning ota-onasi bilan bevosita, har kuni muloqotda bo'ladi va ular maktab
ma'muriyatidan fraqli ikki xil funktsiyani bajaradi: rasmiy va norasmiy. Undan tashqari,
tarbiyachining o'zi ota-onaga nisbatan ikki xil holatda bo`ladi rasmiy tarbiyachi va samimiy,
e'tiborli suhbatdosh tarzida. Lekin oila a'zolari bilan maktabgacha ta'lim muaasasalarining
xodimlarining bitta bola tarbiyasidagi ishlarini uyg'unlashtirish, yaxshi samaraga erishish unchalik
oson ish emas. CHunki ikkala tomon bir-biriga ishongan taqdirdagi ular o'rtasida samimiy muloqot
bo'lishi va tarbiyada ijobiy natijalarga erishish mumkin.
Keltirilgan ma'lumotlardan shuni xulosa qilish mumkinki, azaldan o'zbek xalqining oila va
oilaviy munosabarlarga katta e'tibor berilganligi, shaxsning kamol topishi oiladagi ijtimoiy
psixologik muhitga bevosita bog'liqligi, davlatni taraqqiy qilishi bevosita har bir oilaning tibbiy,
huquqiy madaniyatini, iqtisodiy savodxonligi, ma'naviy kamolotiga qolaversa milliy va
Yanvar, 2025-Yil
391
umuminsoniy qadriyatlarning nechog'lik qadrlanishiga, milliy urf odat va an'analarimizga sadoqat
ruhida tarbiyalashga, milliy ma'naviy va madaniy merosimizga qadriyatli yondashuvni
shakllanshiga bevosita bog'liqligini ko'rish mumkin.
REFERENCES
1.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambliyasining Rezolyutsiya 217 A(III) bilan 1948
yil 10 dekabrda qabul va e'lon qilingan.
2.
Соблюдение прав ребенка /Конвенция ООН о правах ребенка: Учебное пособие /Ред.
сост. М.Д. Масанова. СПб., 1997.- 67 с.
3.
"Yosh oilalarni moddiy va ma'naviy qo'llab-quvvatlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar
to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni PF-3878 19 may 2007 у.
4.
Jabborov X.X. "O'smirda milliy tarbiya shakllanishining psixologik qonuniyatlari".
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. VOLUME 2 |
ISSUE 1 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor. SJIF 2021:5.423.
5.
X. Jabborov YOSHLARDA MILLIY TARBIYA SHAKLLANTIRISHNING IJTIMOIY-
PSIXOLOGIK TALABLARI // Inter education & global study. 2024. №3 (2). URL:
https://cyberleninka.ru/article/n/yoshlarda-milliy-tarbiya-shakllantirishning-ijtimoiy-
psixologik-talablari (дата обращения: 03.05.2024).
6.
V.Karimova. Oila psixologiyasi. Toshkent-2007.
7.
8.
https://uz.wikipedia.org/wiki/Psixologiya
9.
https://www.google.com.
