Authors

  • Mashhura Jo‘raqulova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.64288

Keywords:

badiiy adabiyot buloq suvi vatan muhabbat millat munaqqid baxt.

Abstract

Ushbu maqolada adabiyotshunos, munaqqid, O‘zbekiston qahramoni Ozod Sharafiddinovning inson hayotida adabiyotning ta’siri borasidagi qarashlari va maqolalari haqida so‘z yuritiladi.

background image

1121

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

OZOD SHARAFIDDINOV MAQOLALARIDA ADABIYOT TALQINI

Jo‘raqulova Mashhura O‘rol qizi

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti,

Jurnalistika fakulteti, San’at juranlistika yo‘nalishi 3-bosqich talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14784293

Annotatsiya.

Ushbu maqolada adabiyotshunos, munaqqid, O‘zbekiston qahramoni Ozod

Sharafiddinovning inson hayotida adabiyotning ta’siri borasidagi qarashlari va maqolalari

haqida so‘z yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

badiiy adabiyot, buloq suvi, vatan, muhabbat, millat, munaqqid, baxt.

LITERARY INTERPRETATION IN THE ARTICLES OF AZOD SHARAFIDDINOV

Abstract.

This article discusses the views and articles of the literary critic, critic, hero of

Uzbekistan Ozod Sharafiddinov on the influence of literature on human life.

Keywords:

fiction, spring water, homeland, love, nation, critic, happiness.

ЛИТЕРАТУРНАЯ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ В СТАТЬЯХ АЗОДА ШАРАФИДДИНОВА

Аннотация.

В данной статье рассматриваются взгляды и статьи

литературоведа, критика, Героя Узбекистана Озода Шарафиддинова о влиянии

литературы на жизнь человека.

Ключевые слова:

художественная литература, родниковая вода, родина, любовь,

нация, критик, счастье.

Adabiyot – inson kashf qilgan hamma mo‘jizlar, hamma buyuk ixtirolar ichida eng

buyugi, eng ulug‘vori. U ajoyib buloq. Bu musaffo buloqdan to‘yib-to‘yib ichishga, ota-

bobolarimiz, avlod-ajdodlarimiz bizga meros qoldirib ketgan asriy tashnalikni – ziyo, nur, fikr

tashnaligini qondirishga shoshilinglar, odamlar!, degan edi

Ozod Sharafiddinov.

Qush parvoz uchun, inson baxt uchun dunyoga keladi. Inson haqiqiy baxtga erishmog‘i

uchun mustahkam e’tiqod va boy bilimga ega bo‘lishi kerak. Buning uchun u adabiyotdan

xabardor bo’lmog’i darkor. Adabiyot so‘zi arab tilidan olingan bo‘lib “adab” ya’ni odob degan

ma’noni anglatadi. Adabiyotning inson hayotidagi o‘rni uni tarbiyalash bilan birga, ichki

dunyosini boyitishga, ma’naviy e’tiqodlarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Badiiy asarlar bilan

doimiy muloqotda bo‘lgan kishi hayotning o‘nqir-cho‘nqir yo‘llarida qoqilmaydi, ruhiy olami boy

bo‘lganligi tufayli har qanday vaziyatda to‘g‘ri yo‘lni topa oladi. Har tomonlama mukammal

ishlangan badiiy adabiyot insonlarni ezgulikka ergashtiradi.


background image

1122

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Taniqli adabiyotshunos, O‘zbekiston Qahramoni Ozod Sharafiddinov adabiyotdan

go‘zallik izlagan, kezi kelganda adabiy asarlarni to‘g‘ri baholay olgan mohir munaqqid sifatida

barchamizga tanish. Uning xalqimizga qoldirgan ma’naviy-ma’rifiy merosi o‘zining ko‘lam

zalvori bilan kishini hayratga soladi.

Ozod Sharafiddinov 1929-yil 1-martda Qo‘qon shahri yaqinidagi Ohunqaynar qishlog‘ida

dunyoga kelgan. O‘rta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) filologiya fakultetini

tamomlagach (1951), Moskva aspiranturasiga qabul qilingan va filologiya fanlari ilmiy darajasini

olgan (1955). Munaqqid ayni shu yillarini “Aspirantura saboqlari” nomli maqolasida biografik

tarzda ochiq-oydin bayon qiladi.

Atoqli munaqqid adabiyotshunoslik maydoniga oʻtgan asrning elliginchi yillarida kirib

kelgan. Bu haqida taniqli yozuvchi Abdulla Qahhorning ushbu soʻzlarini eslash o‘rinlidir: “Ozod

Sharafiddinov adabiyot ilmiga, aniqroq qilib aytganda, adabiy tanqidchilikka yonib kirdi va

hozirgacha mana shu fazilatni saqlab qoldi”

1

. Haqiqatan ham, Ozod Sharafiddinov umrining

oxiriga qadar ushbu eʼtiqodida sobit turib adabiyotga, ijodga, haqiqatga sadoqat bilan xizmat

qilgan. O’tgan asr adabiy muhitida o‘z shaxsiyati, mustahkam e’tiqodi va zamonaviy dunyoqarashi

bilan butun jamiyatga na’muna bo’la oladigan ziyolilardandir.

Talabalik yillaridanoq ilm-fanga qiziqqan, adabiyotni sevgan va jamoat ishlarida doimiy

faolligi bilan qatnashgan. Poeziya muammolari bilan shug‘illangan Ozod Sharafiddinov o‘zbek

adabiyotining holati haqida qator adabiy-tanqidiy maqolalar yozgan. Izlanishlari natijasida

“Zamon. Qalb. Poeziya” dastlabki kitobi 1962-yilda e’lon qilingan. Shundan so‘ng “Iste’dod

jilolari” (1976), “ Adabiy etyudlar” (1968), “Birinchi mo‘jiza” (1979), “Talant –xalq mulki”

(1979), “Adabiyot –hayot darsligi” (1981), “Goʻzallik izlab” (1985), “Haqiqatga sadoqat”

(1988), “Sardaftar sahifalari” (1999), “Prezident” (2003) singari asarlari ketma-ket chop etilgan.

1997-yildan to umrining oxirigacha “Jahon adabiyoti” jurnaliga boshchilik qilgan

adabiyotshunos ijodining choʻqqisi “Ijodni anglash baxti“(2004) kitobi nashr qilingan. Unda

oʻzbek adabiyoting jahon adabiy sahnasida tutgan oʻrni haqida mulohazalari keng bayon etilgan.

Ozod Sharafiddinov butun hayotini ilm va adabiyotga bahshida etgan fidoiydir.

Mustaqillik yillarida Ozod Sharafiddinov ham adabiy tanqidchi, ham tarjimon, ham

jamoat arbobi sifatida ulkan ishlarni amalga oshirdi. “Choʻlpon” (1991), “Choʻlponni anglash”

(1994) kitoblari, “E’tiqodimni nega oʻzgartirdim” (1997) asarlarida munaqqidning estetik

prinsiplari aks etgan. Keyingi yillarda Ozod Sharafiddinov oʻzbek adiblari, madaniyat-sanʼat

arboblari, olimlar haqida oʻnlab maqolalar yozgan. Tarjimonlik sohasiga ham qo‘l urib salmoqli

ijod qilgan.

1

Ozod Sharafiddinov “Dovondagi o’ylar” Toshkent “Ma’naviyat” 2004.


background image

1123

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

U jahon adabiyotining koʻplab namoyandalari, jumladan, Tolstoyning “Iqrornoma”,

A.Sevelaning “To‘xtating samolyotni, tushib qolaman”, P.Koeloning “Alkimyogar” asarlarini

mahorat bilan o‘zbek tiliga tarjima qilgan.

“Adabiyot – hayot darsligi”, “Adabiyotki bor – odamlar uchun”, “Adabiy tanqid va

tafakkur”, “Adabiyot andozalarga sig‘maydi”, “Adabiyot yashasa – millat yashaydi” maqolalari

orqali adabiyotning inson hayotidagi o‘rni, ta’sir kuchi to‘g‘risidagi mulohazalari yuzasidan so‘z

yuritamiz.

Adabiyot barcha davrlarda kishilar hayotida muhim rol o‘ynagan. Adabiyot insonni

tarbiyalaydigan muhim vosita, mustahkam jamiyat rivojida asosiy quroldir. Ozod Sharafiddinov

“Adabiyot yashasa – millat yashaydi” maqolasida Cho‘lpon maqolalarini birma-bir tahlil qilib

mulohazalar bildiradi. “Cholponni anglash so‘z san’atinng botiniy qonuniyatlarini teran anglash,

ularni shoir ijodida qanday zohir topishini anglashdir” - deya Cho‘lpon ijodiga munosabat

bildiradi. Munaqqid shu o‘rinda Cho‘lponning “Adabiyot nadur?” maqolasiga alohida to‘xtaladi.

“Ha, to‘xtamasdan harakat qilib turgan vujudimizga, tanimizga suv, havo naqadar zarur

bo‘lsa, maishat yo‘lida har xil qora kirlar bilan kirlangan ruhimiz uchun ham shul qadar adabiyot

kerakdur. Adabiyot yashasa – millat yashar. Adabiyot o‘lmagan va adabiyotning taraqqiyotiga

cholishmagan va adiblar yetishtirmagan millat oxiri bir kun hissiyotdan, o‘ydan, fikrdan mahrum

qolib sekin-sekin inqiroz bo‘lur” degan teran qarashlariga urg‘u bergan holda, adabiyot millatni

taraqqiy ettirish vositasi, uning ma’naviyatini ta’minlaydigan omil degan xulosaga keladi.

2

“Adabiyot nadur?” Cho‘lponning birinchi tanqidiy asari bo‘lib, u 16 yoshidaligida

matbuotda e’lon qilinadi. Maqola shaklan qisqa bo‘lsada, mazmunan teran. Maqolani o‘rgangan

Sharafiddinov Cho‘lponga nisbatan faqat favqulodda iste’dodga ega odamgina 16 yoshida

tafakkurning bunchalik yuqori pog‘onalariga ko‘tarilishi mumkin degan ta’rifni beradi.

Yana bir tahliliy-tanqidiy maqolasida adabiyotga nisbatan “Adabiyotning asosiy predmeti

inson. Bu jihatdan adabiyot dunyodagi eng demokratik hodisalardan biri bo‘lmog‘i kerak

3

. Unga

shoh ham, gado ham, yosh ham, qari ham, cholu kampir ham, buyuk sarkarda-yu, oddiy askar

ham, davlat arbobi va talaba ham, dunyoga mashhur aktrisa-yu, turli sabablar bilan tanini sotib

tirikchilik qiladigan fohisha ham baribir” kabilidagi izohni yozadi.

Ozod Sharafiddinov topqir, zehnli ijodkor edi, “She’r ko’p, ammo shoirchi?” maqolasi

tahliliga e’tibor qaratsak. Maqolada yozadi: “Xo’sh, nega endi bugungi she’riyatimizda

o’rtamiyonachilik kuchayib ketayapti?

4

2

Ozod Sharafiddinov Tanlangan asarlar “Sharq” nashriyoti 2019 “Adabiyot yashasa – millat yashaydi” maqolasi, 349

b

3

Ozod Sharafiddinov “Olamning qalbi”, “Ma’naviyat” nashriyoti 2014, “Adabiy tanqid va yangicha tafakkur”

maqolasi 143 b

4

Ozod Sharafiddinov “Ijodni anglash baxti” “Sharq” nashriyoti, Toshkent -2004


background image

1124

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Nega she’rlarda olam tor, hayot nafasi zaif, kitobiylik kuchli”. Munaqqid maqola orqali

“shoir” ga yuzlanadi. Ko’pchilik yengil-yelpi, barmoq bilan sanarli she’r yozib, o’zini darrov

tug’ma talant shoirdek his qilyapti. She’rlarida borliqni yuzaki ifodalaydi. Ular shunchaki ijod

qiladi, “shoir” degan tushunchaning mazmunini to’la anglab yetmagan. Inson ko’plab she’r yozsa

ham, ularda ma’no va mazmunni to’la ochib bera olmasa shoirlik maqomiga yetisha olmaydi.

Haqiqiy shoir nimani yozayotgan bo’lsa o’sha narsani qalban his qiladi, qahramoni o’rniga o’zini

qo’yadi, o’z ichki fikrlarini qahramoni tiliga ko’chiradi, shundagina she’rlari mazmunli va

salmoqli chiqadi.

Munaqqid “Shoirlik – hamisha e’tiqodlilikdir. Shoirlik – hamisha vijdonning uyg’oqligidir.

Shoirlik – hamisha bezovtalikdir. Shoirlik – hamisha ulug’ mas’uliyatdir” – degan xulosaga keladi.

Ushbu maqolasi orqali shoirlik faoliyatini munaqqid to’gri baholay olgan. Eng muhimi keltirilgan

fikrlardan ham munaqqidning o’z fikrlarini dadillik bilan ayta olganini ko’rishimiz mumkin.

Turli davralarda, turfa qarashli kishilar adabiyotning asl mohiyati ustida so‘z yuritishi

tabiiy. Ozod Sharafiddinov bevosita adabiyot haqida so‘z yuritilar ekan, uni qolipga solib

qo‘yishni, shubhasiz, adabiyotni asosiy vazifasidan mosuvo qilib qo‘yish deb biladi. Chinakam

adabiy asar mavzu jihatdan ham, yo‘nalish jihatdan ham cheklanmaydi. “Adabiyot inson

tuyg‘ulariga, dardiga, hayot yo‘liga kirib borishi kerak. Odam nima uchun shunday turmush

kechiryapti?

5

Inson hayotining mazmuni nima, uning o‘ziga xos tomonlari qanday – asarda shular

to‘liqligicha aks ettirilishi shart” degan motiv asosida ijod qilgan munaqqid o‘zbek adabiyotda

tanqidchi-olim sifatida o‘chmas iz qoldirdi.

Darhaqiqat, Ozod Sharofiddinovning nodir iste’dodi, badiiy ijodi, ayniqsa, adabiy

tanqidchilik sohasidagi beqiyos fidokorona xizmatlari olimning serqirra va noyob shaxs ekanligini

ko‘rsatadi.

REFERENCES

1.

Ozod Sharafiddinov “Dovondagi o’ylar” Toshkent “Ma’naviyat” 2004.

2.

Ozod Sharafiddinov Tanlangan asarlar “Sharq” nashriyoti 2019 “Adabiyot yashasa – millat
yashaydi” maqolasi, 349 b

3.

Ozod Sharafiddinov “Olamning qalbi”, “Ma’naviyat” nashriyoti 2014, “Adabiy tanqid va
yangicha tafakkur” maqolasi 143 b

4.

Ozod Sharafiddinov “Ijodni anglash baxti” “Sharq” nashriyoti, Toshkent -2004

5.

Ozod Sharafiddinov “Olamning qalbi” “Ma’naviyat”2014,“Adabiyot andozalarga
sig‘maydi” maqolasi 154 b

5

Ozod Sharafiddinov “Olamning qalbi” “Ma’naviyat” 2014, “Adabiyot andozalarga sig‘maydi” maqolasi

References

Ozod Sharafiddinov “Dovondagi o’ylar” Toshkent “Ma’naviyat” 2004.

Ozod Sharafiddinov Tanlangan asarlar “Sharq” nashriyoti 2019 “Adabiyot yashasa – millat yashaydi” maqolasi, 349 b

Ozod Sharafiddinov “Olamning qalbi”, “Ma’naviyat” nashriyoti 2014, “Adabiy tanqid va yangicha tafakkur” maqolasi 143 b

Ozod Sharafiddinov “Ijodni anglash baxti” “Sharq” nashriyoti, Toshkent -2004

Ozod Sharafiddinov “Olamning qalbi” “Ma’naviyat”2014,“Adabiyot andozalarga sig‘maydi” maqolasi 154 b