5
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 2
XALQ CHOLG‘ULARIDA IJROCHILIK
Mamatqulov Muhammadjon
Maqom xonandaligi kafedrasi katta o’qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14792718
Annotatsiya.
Bu maqolada xalq cholg‘ularida ijrochilik, ijrochilik holati, ijro dasturini
shakllantirish haqida sóz etilgan.
Kalit sózlar:
cholg‘u, ijrochilik, xor dirijyorligi, vokal san’ati, an’anaviy.
PERFORMANCE ON FOLK INSTRUMENTS
Abstract.
This article discusses the performance on folk instruments, the state of
performance, and the formation of a performance program.
Keywords:
instrument, performance, choir conducting, vocal art, traditional.
ИСПОЛНЕНИЕ НА НАРОДНЫХ ИНСТРУМЕНТАХ
Аннотация.
В данной статье говорится об исполнительстве на народных
инструментах, состоянии исполнительства, формировании исполнительской программы.
Ключевые слова:
инструмент, исполнение, хоровое дирижирование, вокальное
искусство, традиции.
Xalq cholg‘ulari muayyan cholg‘uda ijro etish sir-asrorlarini o‘rgatib borishdan iborat.
Ma’lumki, barcha fanlar o‘zining asosiy tushunchalariga ega bo‘lib, ular aynan u yoki bu
sohaga tegishli bo‘lgan holda, muayyan soha masalalarini to‘liq ochib berishda muhim
vositalardan biri hisoblanadi. Ana shunday sohalardan biri - zamonaviy musiqa san’ati ham bir
qancha turlarga tarmoqlanib, uning barcha yo‘nalishlari alohida rivojlanib bormoqda.
Ular: musiqa nazariyasi, musiqa tarixi, musiqa tanqidchiligi, kompozitsiya, dirijyorlikning
barcha turlari (xor dirijyorligi, xalq cholg‘ulari, simfonik, estrada, damli cholg‘ular orkestrlari
dirijyorligi), vokal san’ati, an’anaviy xonandalik san’ati, cholg‘u ijrochiligi (barcha cholg‘ular
bo‘yicha), estrada cholg‘u va vokal san’ati, elekromusiqa, musiqa ijrochiligining zamonaviy
yo‘nalishlari (jaz musiqasi, rok, pop yo‘nalishlari) kabi juda keng qamrovli sohalarni o‘zida
mujassam etadi. Musiqaning barcha sohalariga tegishli bo‘lgan nota, nota yo‘li, kuy sur’ati,
musiqiy xotira, musiqiy shakl, musiqiy terminlarning barchasi, musiqiy janrlar, kompozitorlar
ijodiyoti, frazirovka, badihago‘ylik, kompozitsiya, improvizatsiya, dinamika, dirijyorlik, auftakt,
melizmlar, artikulyatsiya, ekspozitsiya, rivojlov, repriza, ijro madaniyati, ijro repertuari, konsert
ijrochiligi kabi ko‘plab tushunchalar musiqa ilmining asosiy tushunchalari bo‘lib, ular aynan
sohaga oid bo‘lgan fikr va ma’lumotlarni ifoda etishda qo‘llanilishi sir emas, albatta.
Xalq cholg‘ularida ijrochilik fanining asosiy tushunchalari esa musiqa ilmining barcha
tushunchalari bilan birga aynan cholg‘u ijrochiligi, xususan, milliy cholg‘ularda o‘qitishning
6
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 2
aksariyat ijrochilik bilan bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos jihatlarini o‘zida aks ettiradi. Ular: milliy
cholg‘ular; cholg‘ular oilasi; cholg‘u, sozlash; ijrochilik holati; tovush hosil qilish va uni
boshqarish; mizrobli sozlar; urma-zarbli, urma-torli cholg‘ular; zarblar; tremolo; yakka zarb; bilak
zarb; bidratma; sayqal; molish; kashish; kamon; pozitsiya; applikatura asoslari; chap qo‘l tezligi;
o‘ng qo‘l xususiyatlari; kadensiya; etyud; gamma; ansambl; orkestr; musiqiy bezaklar; va
hokazolar. Ushbu tushunchalarning mazmun-mohiyati cholg‘uda ijro etish sir- asrorlarini
o‘zlashtirish masalalarini ifodalashdan iborat. Musiqiy ta’limning xalq cholg‘ularida ijrochilik
yo‘nalishi bo‘yicha olib boriladigan darslarda ana shu tushunchalar orqali talabalarga mavzular,
amaliy mashg‘ulotlar, ko‘nikma va malakalar o‘rgatib boriladi. Ular nazariy bilimlar bilan
bevosita bog‘liq bo‘lsada, ko‘proq amaliy ahamiyat kasb etadi. Chunki cholg‘ularda ijro etish
san’atini amaliy mashqlar, tinimsiz shug‘ullanish, ijodiy izlanishlar orqaligina o‘zlashtirish
mumkin. Amaliy mashg‘ulotlarda olib boriladigan darslar ham asosiy tushunchalar orqali amalga
oshirilib, talabalarning ijro mahoratini rivojlantirib borishda muhim omillardan biri bo‘lib xizmat
qiladi.
Konservatoriyaning birinchi kursiga xalq cholg‘ulari yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga kirgan
talaba ixtisoslik bo‘yicha dastlabki darsga kirganda albatta, o‘qituvchi talaba bilan o‘zaro suhbat
qiladi. Bunda talabaning oliy ta’limgacha bo‘lgan o‘rta ta’lim muassasasida olgan bilimlari
tekshirib ko‘riladi. So‘ngra talaba o‘z cholg‘usini yaxshilab sozlashi va ustoz talab qilgan bir
nechta asarlarni ijro qilib berishi talab etiladi. Ijro natijasidan talabaning ixtisoslik bo‘yicha olgan
bilim va ko‘nikmalari aniqlab olinadi. Shuningdek, uning dunyoqarashi, bilimlari, ijrochilik
mahorati, qobiliyati, imkoniyatlari chamalab olinishi kerak bo‘ladi. Bu o‘z navbatida talabaning
butun kurs uchun shakllantirilishi lozim bo‘lgan ijro dasturiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Ya’ni, aynan
talabaning qobiliyati va ijro ko‘nikmalarini hisobga olgan holda ijro dasturi shakllantiriladi. Bunda
albatta, o‘quv rejasidagi va kafedradagi mavjud talablar asosida dastur shakllantirilishi talab
etiladi.
Xalq cholg‘ulari yo‘nalishi bo‘yicha konservatoriyaga o‘qishga qabul qilingan talaba
ixtisoslik bo‘yicha birinchi darslarni yana o‘sha ijrochilik holati bo‘yicha ko‘nikmalarini
takomillashtirishdan boshlaydi. Sababi, cholg‘ularda o‘qitish ishida dastlab cholg‘uni to‘g‘ri
ushlash, o‘ng va chap qo‘llarning to‘g‘ri qo‘yilishi, cholg‘uga nisbatan to‘g‘ri joylashish, tana
qismlarining erkinligi kabi ko‘nikmalarning o‘zlashtirilishi va aynan mana shu ijrochilik holati
keyinchalik mohir sozanda darajasiga erishishda eng asosiy omillardan biri ekanligidir. Bunday
ko‘nikmalar musiqiy ta’limning ilk bosqichida, ya’ni, Bolalar musiqa va san’at maktabida
shakllantirilsada, bu holatga yetarlicha e’tibor bermaslik natijasida keyinchalik yuzaga keladigan
jiddiy kamchiliklar ta’limning aynan konservatoriya bosqichida ham ishlash talab etiladigan jiddiy
masalalardan biri bo‘lib qoladi.
7
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 2
Konservatoriyaga o‘qishga kirgan talaba ma’lum darajada bilim va ko‘nikmalarga ega
bo‘lsada, uning ijrochilik holatida ayrim nuqsonlar ko‘zga tashlanadi. Tajribada kuzatilishicha,
ko‘pincha ayrim murakkab passajlar, asarning murakkab qismlari qancha shug‘ullanilmasin, talab
darajasidagi ijroga erishib bo‘lmaydi. Bunga aynan chap yoki o‘ng qo‘lning nuqsonlari sabab
bo‘layotganligiga aksariyat hollarda mutaxassislar ko‘p e’tibor qaratishmaydi. Ana shunday
nuqsonlardan biri bu chap qo‘l barmoqlarning rubob dastasiga perpendikulyar qo‘yilishidir. Bunda
chap qo‘l barmoqlari oldinga chiqib ketishi natijasida dasta kaftga qo‘yiladi va barmoqlarning
erkin harakatlanishi chegaralanib qoladi. Ayniqsa oddiy gammada yoki passaj ijrosida pozitsiya
almashinishida tovushning, ya’ni musiqa ohanglarining “uzilib” qolishi yuzaga keladi.
Talaba qancha ko‘p shug‘ullanmasin baribir tekis tovush eshitilishiga erisha olmaydi.
Bundan tashqari barmoqlarning dasta pardalarini sezishi ham kamayadi. Chunki barmoq
pardani tik bosadi. Bu esa tovushni sifatli sadolantirish, sadolanish davomiyligini his qilish,
tovushlarni biridan ikkinchisiga “olib o‘tish”, milliy musiqiy bezaklar - “bidratma”,
“to‘lqinlatish”, “molish”, “kashish”, “glissando” ijrosini o‘zlashtira olmaslikka olib keladi.
Birgina shu kamchilik barmoqlarni tordan torga o‘tishini qiyinlashtiradi, chunki bunday
holatda barmoq torlarda “sirg‘almasdan” balki, “sakrab” harakat qiladi, akkordlar olishni
qiyinlashtiradi, chunki barmoqlar oldinga chiqib ketganligi ularning almashishini qiyinlashtiradi.
Kuzatiladigan kamchiliklardan yana biri bu chap qo‘l barmoqlarining dastadan ko‘tarilib ketishi,
yoki pastga tushib ketishidir. Bu holatda ham ijro texnikasi pasayadi, tovushlar tekisligi buziladi.
Chunki barmoq har bir notani bosish uchun alohida ortiqcha vaqt sarflaydi. Yoki o‘ng qo‘lda
uchraydigan kamchiliklardan hisoblangan - rubob kosasi holatining noto‘g‘riligidir. Bunda o‘ng
qo‘l oldinga chiqib, yoki orqaroq tortilib qolishi tovushning bo‘g‘iq yoki quruq jaranglashiga
sabab bo‘ladi.
Rubob kosasi noto‘g‘ri ushlanganda kosa ichkariga kirib qolishi yoki bir oz oldinga chiqib
qolishi natijasida kosaning mustahkam ushlanmasligi, uning doimo qimirlab turishi oqibatida o‘ng
qo‘l kuchining kamayishiga, qiyin shtrixlarda tovush yomon chiqishiga, sozandaning tez charchab
qolishiga sabab bo‘ladi. Kosaning noto‘g‘ri ushlanishi rubob dastasining yuqoriga ko‘tarilib
ketishiga yoki yuqori pozitsiyalarda chap qo‘l barmoqlari harakatlarining cheklanishiga olib
keladi. O‘ng qo‘l holatida mizrob(mediator) ushlashda ko‘zga tashlanadigan kamchilik – bu bosh
barmoqning holati bo‘lib, unda bo‘g‘inlarning bukilmasligi qolgan barmoqlarning ham noto‘g‘ri
joylashishi ko‘zga tashlanadi. Bu holat mizrobni yaxshi sezilmaslikka, tovush kuchi va sifatining
kamayishiga, uzoq vaqt ijro eta olmaslikka, ijro paytida mizrobni boshqara olmaslikka olib keladi.
Ayrim hollarda esa hatto ijro paytida mizrobni qo‘ldan tushirib yuborish holatlariga ham
olib keladi. Talabada yuqoridagi nuqsonlar mavjud bo‘lar ekan, u yuqori ijro texnikasiga erisha
olmaydi.
8
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 2
Demak, qashqar rubobda ijro mahoratini takomillashtirish jarayonida dastlabki amalga
oshiriladigan ish bu- ijrochilik holatini to‘g‘rilash bo‘lib, uni o‘qituvchining qat’iy nazorati ostida
muayyan vaqt davomida amalga oshirish samarali natijaga olib keladi.
REFERENCES
1.
Seitjanova K. FROM THE HISTORY OF CHORAL PERFORMANCE //Modern Science
and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 10. – С. 690-692.
2.
БАЙХОДЖАЕВ А., БЕКПОЛАТОВА А. SEITJANOVA Kamar //Journal of Culture and
Art. – 2023. – Т. 1. – №. 1. – С. 126-130.
3.
SAPARKULOVA S., SEITJANOVA K. ISTIQLOL YILLARIDA YARATILGAN
ASARLARDA MILLIYLIKNI IFODA QILISHNING IJODIY DOIRASI //Journal of
Culture and Art. – 2023. – Т. 1. – №. 1. – С. 122-125.
4.
Seitjanova K. MUSIQA DARSI O’Z TABIATIGA KO’RA HAM SAN’AT, HAM
TARBIYA DARSIDIR //Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры.
– 2023. – Т. 3. – №. 1 Part 2. – С. 105-109.
5.
Pirmatova N. XONANDALIK VA HOFIZLIK MAHORATI //Art and Design: Social
Science. – 2024. – Т. 4. – №. 06. – С. 24-27.
6.
Pirmatova N. PROBLEMS OF VOICE ADJUSTMENT IN MAQOM SINGING
EDUCATION //Archive of Conferences. – 2021. – Т. 22. – №. 1. – С. 39-43.
7.
Pirmatova N. FARGʻONA-TOSHKENT MAQOM YOʻLLARI //Modern Science and
Research. – 2024. – Т. 3. – №. 12. – С. 1294-1296.
8.
Pirmatova N. ATOQLI MAQOM IJROCHILARI //Modern Science and Research. – 2024. –
Т. 3. – №. 12. – С. 907-912.
