Authors

  • Irodaxon Xudoyberdiyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.64512

Abstract

Assalomu alaykum. Ushbu maqolani yozar ekanman, hayolimdan o‘zimning to‘g‘ri yashashimga bo‘lgan harakatlarim ko‘z oldimdan o‘tdi. Buni sizlarga bayon etishni lozim deb bildim, sababi umr va vaqtni doimiy ravishda o‘z rivojlanishingizga sarflash bilan birga, oilangiz va farzandlaringizni ham unutmasligingiz muhimdir. Chunki ular faqat bir marta bolalikni his etadilar.

background image

17

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 2

AYOL O‘ZLIGINI UNUTMASLIGI VA UNUTTIRMASLIGI LOZIM

Irodaxon Xudoyberdiyeva Muzaffar qizi

Yosh psixolog.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14792786

Assalomu alaykum. Ushbu maqolani yozar ekanman, hayolimdan o‘zimning to‘g‘ri

yashashimga bo‘lgan harakatlarim ko‘z oldimdan o‘tdi. Buni sizlarga bayon etishni lozim deb

bildim, sababi umr va vaqtni doimiy ravishda o‘z rivojlanishingizga sarflash bilan birga, oilangiz

va farzandlaringizni ham unutmasligingiz muhimdir. Chunki ular faqat bir marta bolalikni his

etadilar.

Biz 21-asrda, rivojlangan va teng huquqli jamiyatda yashamoqdamiz. Ayollar ham erkaklar

kabi turli sohalarda o‘sib, rivojlanmoqda. Bu rivojlanish har bir inson va kelajagimiz uchun juda

muhim. Lekin har qanday yutuqning o‘ziga yarasha qiyinchiliklari bo‘lishi tabiiydir. Bu

qiyinchiliklar bizni sinovdan o‘tkazadi, muammolarga duchor qiladi va natijada yangi imkoniyat

eshiklarini ochadi. Afsuski, insoniyat bu jarayonlarda yangi imkoniyatlarning kalitini har doim

ham anglay olmaydi.

Jamiyat turli e’tiqod va madaniyatdagi insonlardan tashkil topgan bo‘lsa-da, uni

birlashtiruvchi o‘zgarmas qadriyatlar mavjud. Bu qadriyatlarning asosiy ustunlari – erkak va

ayoldir.

Erkakni tariflaganda, uning yaratilishdan o‘ziga xos vazifalari borligini bilamiz. Erkak

hayotning kuchli va mas’uliyatli qismi bo‘lib, uning jasorati, qat’iyati va mas’uliyat hissi

jamiyatdagi o‘rnini belgilaydi. Erkakning asosiy vazifasi – har tomonlama mas’uliyatni his qilish

va uni ado etishdir.

Endi esa ayollik haqida. Haqiqiy ayollik – bu nafaqat tashqi go‘zallik, balki ichki

fazilatlarga ega bo‘lishdir. Ayol qalbidagi cheksiz mehr-muhabbat har doim baxt olib keladi. Sabr-

toqat esa hayotning qiyinchiliklariga bardosh berish, tafakkur qilish va oilani mustahkamlashga

yordam beradi. Noziklik va nafislik ayolning tabiiy xislatlari bo‘lib, oilaning ruhiy muhitini go‘zal

qiladi.

Ayol bu xislatlarni o‘zida namoyon etsa, u hayotning har bir lahzasini go‘zal qila oladi.


background image

18

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 2

Ayol oilaning yuragi, bolalarining ustozidir. Uning mehrli tabassumi o‘zidan keyin yorqin

iz qoldiradi. Haqiqiy ayol – o‘z baxtini o‘zi yaratgan ayoldir.

Ayollar jamiyatda muhim o‘rin egallab kelmoqda. Ular yirik muvaffaqiyatlarga erishib,

jamiyatning har tomonlama rivojlanishiga hissa qo‘shmoqda. Biroq bu faoliyat ularning asl

vazifalarini unutishlariga sabab bo‘lmasligi kerak. Ayollarning eng oliy va yaratgandan berilgan

vazifasi – onalik va oiladagi mehrni asrashdir. Agar bu vazifa ikkinchi darajaga tushib qolsa,

kelajak avlod tarbiyasi va jamiyatning ma’naviy madaniyatida jiddiy muammolar paydo bo‘lishi

mumkin.

Hozirgi kunda ayrim ayollar erkaklarning vazifalarini o‘z bo‘yniga olishmoqda. Ular

moliyaviy mas’uliyat, oila boshqaruvi va qaror qabul qilish jarayonlarida erkaklar rolini egallab

bormoqda. Buning natijasida esa erkaklar o‘z vazifalarini bajarmaslik, mas’uliyatdan qochish yoki

faqat o‘z manfaatlarini o‘ylash holatiga tushib qolmoqda. Erkak o‘z erkakligini his qilmasa,

harakat qilmaydi, oilaviy boshqaruvni o‘z zimmasiga olmaydi va umri davomida o‘z o‘rnini topa

olmaydi.

Ayol oilaning yuragi, lekin boshqaruvchisi emas. Oila boshqaruvi erkak zimmasida

bo‘lishi kerak. Ayol erkakning mas’uliyatlarini o‘z bo‘yniga olishga majbur bo‘lsa, oiladagi

muvozanat buziladi. Ayol tabiatan nozik, his-tuyg‘ularga boy va ichki energiyasi bilan oila

muhitini yaxshilash qobiliyatiga ega. Ammo ichki noziklik o‘rniga erkaklarning qat’iyati, jasorati

va mas’uliyati bilan yashashga majbur bo‘lsa, u o‘z ayollik hislatlarini yo‘qotishi mumkin.

Shunday ekan, har bir ayol o‘zligini unutmasligi va unuttirmasligi lozim.

Bugungi kunda ko‘plab ayollarda tashqi go‘zallik ustunlik qilmoqda, ammo ichki ayollik

energiyasi va xarakteri sustlashib bormoqda. Ayolning ichki go‘zalligi nafaqat o‘z oilasi, balki

atrofdagilarga ham xursandchilik olib keladi. Shu sababli, ayol o‘z ichki energiyasini boyitib, asl

mohiyatida yashashi muhimdir. Ayol erkaklikka xos vazifalarni o‘z zimmasiga olmasligi, balki

erkakni ushbu mas’uliyatni his qilishga undashi oiladagi ahillikni, mehrni va ayolning ayolligini

saqlab qoladi.

Biroq shuni unutmaslik kerakki, tarbiyasiz va mas’uliyatsiz erkaklar ko‘pincha oilada

ayollarning noto‘g‘ri yondashuvi yoki erkaklik vazifasini to‘liq bajarishga imkon bermagan

holatlarda shakllanadi. Ba’zi ayollar faqat o‘z ishlariga yoki tashqi yutuqlarga e’tibor qaratib,

erkakni oila boshqaruvida chetda qoldiradilar. Bu esa erkakni mas’uliyatsizlikka yoki oilaviy

harakatdan qochishiga olib keladi.

Erkak mas’uliyatni bolaligidan oilaviy tarbiya va muhit orqali his qilishni o‘rganadi. Ayol

esa oilaning yuragi sifatida nafaqat farzandlarni, balki erkakni ham tarbiyalaydi.

Shu sababli ayollar oilada o‘z nozikligi va dono aqli bilan erkakni kuchli, mas’uliyatli

shaxsga aylantiruvchi onadir.


background image

19

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 2

Ayol – bu ona, mehribon va oilaning ruhiy tayanchi. Erkak esa oilaning suyanchi,

boshqaruvchisi va ta’minotchisidir.Maqolam songida sizlar uchun dildagi so’zlarimi bayon

etaman.

Dildan so‘zlarim

Ayollar! Sizlar kelajak poydevorlarini yaratasiz. Sizning tarbiyangiz va mehringiz

jamiyatning kelajagini belgilaydi. O‘z xislatlaringizni saqlang, oilangizni xotirjamlik sari

yetaklang va jamiyatga baxtli hamda mas’uliyatli avlodni yetishtiring.

Muallif: Irodaxon Xudoyberdiyeva