ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
32
OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA "TARMOQ TEXNOLOGIYALARI" FANINIDA
TARMOQ TEXNOLOGIYALARI TUSHUNCHASINI O'QITISHNI
TAKOMILLASHTIRISH
F.Q.Yuldoshеv
Nizomiy nomidagi TDPU tadqiqotchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14799836
Axborot tizimlari va texnologiyalari yildan-yilga inson faoliyatining turli sohalarida
yanada keng qo`llanilib borilmoqda. Ularni yaratish, ishga tushirish va keng qo`llashdan maqsad
– jamiyat va inson butun hayot faoliyatini axborotlashtirish borasidagi muammolarini hal etishdir.
Jamiyatni axborotlashtirish deganda inson faoliyatining barcha ijtimoiy ahamiyatga ega
bo`lgan sohalarda boyitilgan bilimlar, ishonchli axborotlar bilan to`liq va o`z vaqtida foydalanishni
taʻminlashga qaratilgan kompleks chora - tadbirlarni hamma joylarda tadbiq etish tushuniladi.
Bundan shu narsa nazarda tutilmoqdaki, zamonaviy axborot tizimlari va texnologiyalarini
hamma joyga tadbiq etish qabul qilinajak qarorlar samarasini oshiradi. Bu faqat milliy iqtisod
rivojlanishining iqtisodiy ko`rsatkichlari o`sishinigina emas, balki ayni paytda ishlab chiqarishni
rivojlantirish, yangi ish joylarini tashkil etish, aholining turmush darajasini oshirish, atrof-muhitni
muhofaza qilishga yo`naltirilgan fundamental va amaliy fanlarda sifatli ilmiy yutuqlarga erishishni
ham taʻminlaydi.
Axborotlashgan jamiyat – jamiyatning ko’pchilik a'zolari axborot, ayniqsa, uning oliy
shakli bo’lmish bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish bilan band
bo’lgan jamiyatdir.
XXI asrga kelib insoniyat tarixida ilk bor sanoati rivojlangan mamlakatlar ishlab
chiqarishida axborot ish quroliga aylandi. Moddiy ishlab chiqarish sohasidan mehnat
resurslarining og`ishmay axborotlar sohasiga o`tib borishi tendentsiyasi tabora yaqqol sezilmoqda.
Buning asosiy sababi shundaki, ishlab chiqarish surʻati o`sishi va rivojlanishi jarayonida
qarorlar qabul qilish hamda boshqarish uchun zarur bo`lgan axborot hajmi oshib borayapti. Bu
o`sish avvalo, iqtisodiy, texnik, ilmiy, texnologik va ijtimoiy tizimlar va jarayonlarda namoyon
bo`lmoqda.
Globallashuv, axborot-kommunikatsiya taraqqiyoti axborot almashish jarayoni yanada
tezlashtirishga xizmat qilayotir. Bugungi kunda maktab o'quvchisi, hatto bog'cha bolasi qo'lida
ham mobil telefon borligi hech kimni ajablantirmay qo'ydi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
33
Uyali aloqa vositalari, planshet, kompyuter texnologiyalari, internetning imkoniyatlari
had-hududsiz ekanligi hammaga ayon. Kundalik turmushimizda oddiy voqelikka aylangan ana
shunday zamonaviy texnologiyalar imkoniyatlaridan jamiyatimizning barcha a'zolari, jumladan,
jismoniy va yuridik shaxslar unumli foydalanishga intilmoqda.
Tarmoq texnologiyalari tushunchasi.
Bir nechta kompyuterlar o`rtasida ma’lumot
almashish, o`zaro ulanish va boshqarishni tashkil etish ko`pincha ularning ulanish usuli, fizik
imkoniyati, xususiyatiga bog`liq bo`ldi. Shuning uchun tarmoqni tashkil etishni rejalashtirish va
tashkillashtirish va barch qurilmalar va ulardagi dasturiy ta’minotning o`zaro mutanosib ishashini
ta’minlash maqsadida tarmoq texnlogiyalaridan foydalaniladi va bugungi kunda ularning
kompleks standartlari ishlab chiqilmoqda.
Tarmoq texnlogiyalari
– bu kompyuter tarmoqlarini tashkil etish va uarning birgalikda
ishlashini etarlicha muvofiqlashtirishda ularning dasuriy qurilmaviy tarkibini minimal darajasini
aniqlovshi standartlar to`plami. Qoida sifatida tarmoq texnlogiyalari tarmoq topologiyasini,
shuningdek, kanallar darajasining protokolini aniqlaydi, belgilaydi. Tarmoq yutuqlarini namoyish
etish uchun asosiylaridan bir bo‘lgan – markaziy boshqaruv va ma’lumotlarni saqlashni oddiy
misol bilan tushuntirish mumkin.
Axborot
– kommunikatsiya texnologiyalarining asosiy tushunchalari haqida maʻlumot
beramiz.
Axborot –
bu yaratuvchisi doirasida qolib ketmagan va xabarga aylangan, bilimlar
noaniqligi, toʻliqsizligi darajasini kamaytiradigan hamda ogʻzaki, yozma yoki boshqa usullar
(shartli signallar, texnik vositalar, hisoblash vositalari va hokazo) orqali ifodalash mumkin boʻlgan
atrof – muhit (obyektlar, voqea- hodisalar) toʻgʻrisidagi maʻlumotlardir.
Texnologiya
soʻzi lotincha “thexnos” - sanʻat, hunar, soha va “logos” – fan degan
maʻnolarini anglatadi. Yaʻni texnologiya – biror vazifani bajarishda uning turli xil usullari
koʻrinishini bildiradi.
Axborot texnologiya
- obʻyekt, jarayon yoki hodisa (axborot mahsulot) holati haqida
yangi sifatdagi maʻlumotlarni olish uchun foydalanadigan maʻlumotlarni (birlamchi) yigish,
ishlov berish va o`zatish vositalari, hamda usullari majmuasidir.
Kommunikatsiya
(
lotincha: communication, ruscha: сообщение, передача
) –
axborotlarni bir joydan ikkinchi joyga yetkazish tushuniladi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
34
Kompyuterlar va kommunikatsiya vositalari zamonaviy axborot texnologiyalarining asosi
boʻlib, ular insonlarni yaqinlashtiradi. Axborot bir joydan ikkinchi joyga tezroq yetib boradi,
yangilik tez tarqaladi.
“
Telekommunikatsiyalar
– signallar, belgilar, matnlar, tasvirlar, tovushlar yoki
axborotning boshqa turlarini oʻtkazgichli, radio, optik yoki boshqa elektromagnit tizimlaridan
foydalangan holda uzatish, qabul qilish, qayta ishlashni tushuniladi”. (“Telekommunikatsiyalar
toʻgʻrisida”gi OʻzR Qonunidan).
Keng maʻnoda telekommunikatsiya - bu bir-biri bilan bevosita aloqada bоʻla olmaydigan
masofada turuvchi subyektlar (odamlar, uskunalar, kompyuterlar) оʻrtasidagi muloqotdir. (“tele”-
uzoqdagi, “kommunikatsiya”- aloqa, xabar).
Masalan: kemalar оʻrtasidagi yorugʻlik signallari almashuvi, telegraf, televideniye, telefon
va boshqalar. Kompyuter telekommunikatsiyasining rivojlanishi Internet va Windows operasion
tizimining kelib chiqishidan ancha oldin boshlangan.
Kommunikatsiya yoki “telekommunikatsiya” manba (transmitter) va qabul qiluvchi
(receiver) oʻrtasida masofadan turib maʻlumot almashinishni bildiradi.
Telekommunikatsiya vositalari
- elektromagnit yoki optik signallarni hosil qilish, uzatish,
qabul qilish, qayta ishlash, kommutatsiya qilish hamda ularni boshqarish imkonini beruvchi texnik
qurilmalar, asbob-uskunalar, inshootlar va tizimlar.
Telekommunikatsiyalar kanali
- texnik vositalar va tarqalish muhiti majmui boʻlib, u
telekommunikatsiya signallarining oʻtish yoʻlini hosil qiladi. Bu yoʻl kanallar va ikkilamchi
tarmoq liniyalari bilan ikkilamchi tarmoq stansiyalari hamda tugunlari yordamida ketma-ket
ulangan.
Shunda uning chekkalariga abonent chekka qurilmalari (terminallari) ulanganda manbadan
qabul
qiluvchi(lar)ga
xabar
yetkazishni
taʻminlaydi.
Tarmoqning
turiga
koʻra,
telekommunikatsiyalar kanalini, masalan, telefon, telegraf, maʻlumotlar uzatish kanali deb ataladi.
Hududiy alomati boʻyicha telekommunikatsiya kanallari xalqaro, shaharlararo, hududiy va
mahalliy turlarga boʻlinadi.
Telekommunikatsiyalar tarmogʻi
– bu uzatishlarning bir yoki bir necha turini: telefon,
telegraf, faksimil turlarini, maʻlumotlar uzatish va hujjatli xabarlarning boshqa turlarini, televizion
va radioeshittirish dasturlarini translyasiya qilishni taʻminlovchi telekommunikatsiya
vositalarining majmui.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
35
Telekommunikatsiyaning yadrosini tashkil etuvchi – telefon tarmogʻi XX asrda interaktiv
xizmatlarning asosiy ikki aloqa turini – telefon va telegraf xizmatlari orqali amalga oshirilardi.
Telegraf aloqasi asta-sekin oʻtmishning vositasiga aylanib bormoqda, lekin telefon aloqasi
esa uning oʻrnini zabt etayotgani, infokommunikatsiyalar xizmatlari bozorining muhim oʻrinlarini
egallashda davom etmoqda.
Boshqacha
qilib
aytganda,
jahonda
telekommunikatsiyalarning
globallashuvi
shakllanmoqda, aloqaning yangi avlodi jadal kirib kelmoqda.
XXI asrda telefon aloqasining sifatli rivojlanishi quyidagi yoʻnalishlar asosida amalga
oshiriladi:
• Axborot uzatish, kommutatsiyaning raqamli usullariga oʻtishni tugatish;
• Telefon tarmogʻi abonentlariga taqdim etilayotgan xizmatlar koʻlamini oshirish;
• Telefon tarmogʻining asosiy elementlarida oʻtkazuvchanlik qobiliyatini maksimal
oshirish;
• Tarmoqdan foydalanish mavqeyini kengaytirish va turli texnik vositalar qurilishi uchun
undan foydalanish;
• Xizmat koʻrsatish hamda maʻlumotni uzatish servis sifati koʻrsatgichlarini oshirish;
• Aloqani barqaror ishlashini taʻminlashda samarali texnik ekspluatatsiya usullaridan
foydalanish;
• Eng muhimi, telefon tarmoqlari qurilishi xarajatlar koʻlamini kamaytirish, tarmoqni
rivojlantirish va texnik xizmatlar koʻrsatilishini taʻminlashdan iboratdir.
Maʻlumotni uzatish texnologiyasining soʻnggi tanlovi asosan geografik, iqtisodiy va
siyosiy omillarga bogʻliq. Asosan, barcha bank tarmoqlari telekommunikatsiya texnologiyalaridan
foydalanadi. Ular orasida ISDN, X.25 tarmogʻi va Relay ham bor.
Infokommunikatsiyalar tizimlarining rivojlanishida NGN tizimi – yangi turdagi zamonaviy
xizmatlarni oʻzaro qoʻllab quvvatlashga qodir.
Bozorda yangi turli aloqa xizmatlarga boʻlgan ehtiyoj tobora oshib bormoqda. NGN avlod
tarmoqlari orqali turli asosiy va qoʻshimcha xizmatlarni joriy etish ularni boshqarish va
keyinchalik oʻzgartirish kabi muhim vazifalarni amalga tatbiq etish mumkin.
Kompyuter, telefon, televizion, radio tarmoqlarining o‘rtasida saqlanib qolayotgan
farqlarga qaramay ularning tarkibiy tuzilishida ko‘pgina o‘xshashliklarni topish mumkin. Umumiy
holda telekommunikatsiya tarmog‘i quyidagilardan tarkib topadi:
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
36
- foydalanuvchilarning terminal qurilmalari (ular tarmoqqa birlash tirilgan bo‘lishi
mumkin);
- kirish tarmog‘i;
- magistral tarmoq;
- axborot markazlari yoki xizmat ko‘rsatishni boshqarish markazlari
(ServicesControl Point, SCP).
NGN texnologiyasi
– bu real konvergent texnologiyalarga asoslanadi. Konvergensiya
nima? Telekommunikatsiya tarmoqlarining konvergensiyasi – aloqa tarmogʻi tarkibidagi
abonentlarga koʻrsatilayotgan xizmatlar koʻlami va foydalanishdagi apparat – dasturiy
vositalarining oʻzaro birlashishining vujudga kelishi bilan izohlanadi.
Konvergent texnologiyalar uchta asosiy aspektlarni oʻz ichiga qamrab olib, ularga tarmoq
tarkibi qurilishining texnik vositalari va mijozlarga koʻrsatilayotgan xizmatlar koʻlamidan iborat.
Tarmoqlarning konvergensiyalashuvi va integratsiyalashuvi iboralari keskin farq qiladi.
Ular oʻzining alohida mazmun va mohiyatiga ega. NGN tarmogʻining tuzilishi, ularning
tarmoq infratuzilmasidagi mobil aloqa va turgʻun aloqa tarmoqlari, ichki yoki tashqi
platformalardagi konvergentligi hamda integratsiyalashuvining asosiy jihatlari toʻrt qatlamli
boshqaruv tizimidan tashkil topgan.
Xizmatlarni boshqarish, tarmoqlarni boshqarish, tayanch kommutatsiya qurilmalari
qatlami, xizmatlardan foydalanish qatlamidir.
Kompyuterlar kommunikatsiyasi
yoki
aloqasi
(ingl: computer communication rus:
компьютерная связь) – bu aloqa kanallari bo‘ylab kompyuterdan kompyuterga axborot uzatish.
Aloqa elektron vositalar yoki jamoa telekommunikatsiya kanallari (telefon, radio va yo‘ldoshli
aloqa), yoki maxsus kabellar va simlar orqali amalga oshiriladi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)
- axborot texnologiyalari (AT) uchun
yagona aloqa boʻlib, u birlashtirilgan kommunikatsiyalarning rolini taʻkidlaydi. [Vikipediya]
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyasi
- bu zamonaviy kompyuterlar va
telekomunikatsion vositalaridan foyidalanadigan, foydalanuvchi ishlashi uchun «doʻstona»
interfeysga ega boʻlgan axborot texnologiya demakdir.
Tizim
deganda – yagona maqsad yoʻlida bir vaqtning oʻzida ham yaxlit, ham oʻzaro
bogʻlangan tarzda faoliyat yurituvchi bir necha turdagi elementlar majmuasi tushuniladi. Tizim
atamasi yunoncha soʻzdan kelib chiqqan boʻlib, oʻzaro bogʻlangan yaxlitlik, birlikni tashkil
qiluvchi qismlar yoki koʻpgina elementlardan tashkil topgan bir butunlikni bildiradi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
37
Axborot tizimlari
— belgilangan maqsadga erishish yoʻlida axborotni yigʻish, saqlash,
qayta ishlash va uzatish uchun qoʻllaniladigan usullar, vositalar va shaxslaming oʻzaro
bogʻlangan majmuasidir. Axborot tizimlari jamiyat paydo boʻlgan paytdan boshlab mavjud,
chunki jamiyat rivojlanishning turli bosqichlarida oʻz boshqaruvi uchun tizimlashtirilgan,
oldindan tayyorlangan axborotni talab etgan. Bu, ayniqsa, ishlab chiqarish jarayonlari - moddiy
va nomoddiy neʻmatlami ishlab chiqarish bilan bogʻliq jarayonlarga tegishlidir. Chunki ular
jamiyat rivoji uchun hayotiy m uhim ahamiyatga ega. Aynan ishlab chiqarish jarayonlari jadal
takomillashadi. Ulaming rivojlanib borishi bilan boshqarish ham murakkablashadiki, oʻz
navbatida, u axborot tizimlarini takomillashtirish va rivojlantirishni ragʻbatlantiradi.
Axborot tizimlari maʻlum bir obyekt uchun yaratiladi. Samarali axborot tizimi boshqaruv
darajalari, harakat sohalari, shuningdek, tashqi holatlardagi farqni eʻtiborga oladi va har bir
boshqaruv darajasiga samarali boshqaruv funksiyasini bajarishga kerakli boʻlgan, faqat unga
tegishli axborotni beradi.
Avtomatlashtirish darajasiga koʻra qoʻl mehnatiga asoslangan, avtomatlashtirilgan va
avtomatlashgan axborot tizimlariga ajratiladi.
Qoʻl mehnatiga asoslangan axborot tizimlari
shu bilan xarakterlanadiki, unda
axborotlarni qayta ishlash operatsiyalari inson tomonidan bajariladi.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari
— boshqaruv funksiyalarining bir qismi (tizimcha)
yoki maʻlumotlarni qayta ishlash Avtomat ravishda, boshqa qismi inson tomonidan bajariladi.
Avtomatlashgan axborot tizimlari
— maʻlumotlarni qayta ishlashning barcha boshqaruv
funksiyalari texnik vositalar bilan amalga oshiriladi (masalan, texnologik jarayonlarni avtomat
boshqarish).
Axborot tizimlari sohasiga koʻra quyidagicha boʻlinadi:
— ilmiy tadqiqot;
— avtomatlashtirilgan loyihalashtirish;
— tashkiliy boshqaruv;
— texnologik jarayonlarni boshqarish.
Ilmiy tadqiqot axborot tizimlari
ilmiy xodimlar faoliyatini avtomatlashtirish, statistik
axborotlarni tahlil qilish, tajribalarni boshqarishga moʻljallangan.
Avtomatlashtirilgan loyihalashtirish axborot tizimi
muhandis loyihalovchilar va yangi
texnikalarni (texnologiyalarni) ishlab chiquvchilar mehnatini avtomatlashtirishga moʻljallangan.
Bunday axborot tizimlari quyidagilarni amalga oshirishga yordam beradi:
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
38
— yangi mahsulotlar va ularni ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratish;
— turli muhandislik hisoblari (mahsulotning texnik parametrlarini aniqlash, chiqim
meʻyorlari — mehnat, materiallar va shu kabilar);
— grafik hujjatlarni tayyorlash (chizmalar, tuzilmalar, rejalar);
— loyihalashtirilayotgan obyektlarni modellashtirish;
— raqamli dasturiy boshqarish stanoklari uchun boshqaruvchidasturlar yaratish.
Tashkiliy boshqaruv axborot tizimi
maʻmuriy xodimlar (boshqaruv) funksiyasini
avtomatlashtirish uchun moʻljallangan. Bunday axborottizimiga sanoat (korxonalar), nosanoat
(banklar, birjalar, sugʻurta kompaniyalari, mehmonxonalar va shu kabilar) hamda alohida ofis
(ofis tizimlari) kabi obyektlarni boshqarish taalluqlidir.
Texnologik jarayonlarni boshqarish axborot tizimi
turli texnologik jarayonlarni
(egiluvchan ichlab chiqarish jarayonlari, metallurgiya, energetika va shu kabilar)
avtomatlashtirishga moʻljallangan.
Hozirda texnologik jarayonlarni quyidagi turlarga ajratish mumkin: avtomatik nazorat,
avtomatik rostlash va avtomatik boshqarish.
Avtomatik nazorat – texnologik jarayon haqida operativ ma'lumotlarni avtomatik ravishda
qabul qilish va uni qayta ishlash uchun kerakli bo'lgan sharoitlarni ta'minlaydi.
Avtomatik rostlash – texnologik jarayonlarning tegishli parametrlarini avtomatik
rostlovchi asboblar yordamida talab kilingan sathda saqlanishini nazarda tutadi. Bu holda odam
faqat avtomatik rostlash tizimining (ART) turi ishlashini nazorat qiladi.
Avtomatik boshqarish – texnologik operasiyalarni belgilangan muttasilligining avtomatik
ravishda bajarilishini va boshqaruv ob'ektiga nisbatan bo’ladigan ta'sirlarning muayyan
muttasilligini ishlab chiqishdan iborat.
Avtomatlashtirish – texnologik jarayonlarni odam ishtirokisiz boshqaradigan texnik
vositalarni joriy etish demakdir. Avtomatlashtirish
- ishlab chiqarish jarayonidagi odam ishtirok etmagan sanoatning yangi bosqichi bo’lib,
bunda, texnologik va ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish funksiyasini avtomatik ko’rilmalar
bajaradi.
Avtomatlashtirishni
joriy
etish
ishlab
chiqarishning
asosiy
texnikaiqtisodiy
ko’rsatkichlarining yaxshilanishiga, ya'ni ishlab chiqarilayotgan mahsulot qiymati va sifatining
oshishi hamda tannarhining kamayishiga olib keladi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
39
Kompyuterlashgan
tizim
(
ingl.:
Computer-Aided
System
(CAS),
rus.:
компьютеризованная система) -
Kompyuter yordamida ixtiyoriy ishlarni avtomatlashtirishga
mo‘ljallangan tizim. CAS tizimi, modellashtirish, loyihalash, ishlab chiqish, yaratish, amalda
ixtiyoriy mashinalarni, apparatlarni, asboblarni va boshqa mahsulotlarni tayyorlash va sinash bilan
bog‘liq ishlarni qamrab oladi .«Tarmoq texnologiyalari” fani insonlarda axborot muhitida ma‟lum
bir dunyoqarashni shakllantirishga hizmat qilishi bilan bir qatorda, uning axboriy madaniyatni
egallashida asosiy rol o’ynaydi. Bugungi «Axborot» asrida yoshlarning kompyuter savodxonligini
oshiribgina qolmay, balki tarmoqda ma‟lumotlar bilan ishlash imkoniyatlarin oshiradi.
REFERENCES
1.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-sonli «Oliy ta’lim
tizimini yanada rivojlantirish chora tadbirlari toʻgʻrisida»gi Qarori (lex.uz).
2.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi PQ- 3775-sonli «Oliy ta’lim
muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng
qamrovli islohotlarda faol ishtirokini taʻminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar
toʻgʻrisida»gi Qarori (lex.uz).
3.
Amirov D.M, Atajonov A.Y, Ibragimov D.A., Raximjonov Z.Y., Saidxoʻjayev S.S.
«Axborot – Kommunikatsiya texnologiyalari izohli lugʻati» BMTTD ning
Oʻzbekistondagi vakolotxonasi, 2010.- b.320. 4.Aripov М., M.Fayziyeva, S.Dottayev.
Web texnologiyalar. Oʻquv qoʻllanma. Т.; “Faylasuflar jamiyati”. 2013
4.
Azimjanova M.T., Muradova, M. Pazilova. Informatika va axborot texnologiyalari. Oʻquv
qoʻllanma. Toshkent, “Oʻzbekiston faylasuflari milliy jamiyati”, 2013 y.
5.
Douglas E. Comer. Computer Networks and Internets (6th Edition). Pearson. USA, 2014.
672-pages.
6.
James F. Kurose, Keith W. Ross. Computer networking: a top down approach (6th
Edition). Pearson Cloth Bound with Access Card, USA, 2013,889-pages
7.
Коmilov R.К. NB-IoT texnologiyasini mobil tarmoqlarda joriy etish shartlari //
Iqtisodiyotning tarmoqlarini innovatsion rivojlanishida axborot-kommunikasiya
texnologiyalarining ahamiyati. Respublika ilmiy-texnik anjumaninng ma’ruzalar to`plami,
3-qism. (15 mart 2019
8.
yil) – Toshkent :ТАТU, 2019.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
40
9.
Коmilov R.К, А.А. Jumaboyev. IoT uchun LORAWAN texnologiyasini tadbiq etish
aspektlari//
Iqtisodiyotning
tarmoqlarini
innovatsion
rivojlanishida
axborot-
kommunikasiya texnologiyalarining
10.
ahamiyati. Respublika ilmiy-texnik anjumaninng ma’ruzalar to`plami, 3-
11.
qism. (15 mart 2019 yil) – Toshkent.:ТАТU, 2019. 11. Олифер Виктор, Наталия
Олифер. Компьютерные сети. Принципы, технологии, протоколы. Учебник.
Издательство ПИТЕР 2016г. 992 стр.
12.
Оков И.Н. Криптографические системы защиты информации. – СПб.: ВУС, 2001. –
236с.
13.
Руденков Н.А., Долинер Л.И. Основы сетевых технологии. Учебник. Екатеринбург
2011.
14.
Eshmuradov A.M., Abdujalilov J.A. “Internet tarmoqlari va xizmatlari” fanidan o’quv-
uslubiy majmua. TATU. Toshkent. 2016 yil.
15.
Эндрю Таненбаум, Дэвид Уэзеролл. Компьютерные сети. Издательство ПИТЕР 2012
г. 960стр.
16.
Э. Таненбаум, Д. Уэзеролл. "Компьютерные сети" 5-е изд. 2016
