Authors

  • Islom Suyunov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.64861

Keywords:

texnologiya sun’iy intellekt ilmiy kashfiyotlar etika axloq-odob tamoyillari sun’iy intellekt etikasi BIMT.

Abstract

Mazkur maqolada sun’iy intellect tushunchasi va tarixiga alohida ahamiyat berilgan. Sun’iy intellektning insoniyat hayotiga qanday ta’sir qilishi soha mutaxasislari fikri bilan atroflicha muhokama qilingan. Shuningdek, hozirda eng muhim muommolardan bir bo‘lmish suniy intellektda xavfsizlik va javobgarlik masalasi ham to‘liq yoritib berilgan. Sun’iy intellektda etika muommolariga alohida to‘xtalib etika kengashi tashkil etishi bo‘yicha takliflar berilgan.

background image

66

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 2

O‘ZBEKISTONDA MILLIY SUN’IY INTELLEKT ETIKASI KENGASHINI TASHKIL

ETISH

Suyunov Islom Bahriddin o‘g‘li

Jizzax viloyati Zomin tuman 1-sonli politexnikumi

Tarix fani o‘qituvchisi.

nodiraobidova@inbox.ru

https://doi.org/10.5281/zenodo.14812500

Annotatsiya

. Mazkur maqolada sun’iy intellect tushunchasi va tarixiga alohida ahamiyat

berilgan. Sun’iy intellektning insoniyat hayotiga qanday ta’sir qilishi soha mutaxasislari fikri

bilan atroflicha muhokama qilingan. Shuningdek, hozirda eng muhim muommolardan bir

bo‘lmish suniy intellektda xavfsizlik va javobgarlik masalasi ham to‘liq yoritib berilgan. Sun’iy

intellektda etika muommolariga alohida to‘xtalib etika kengashi tashkil etishi bo‘yicha takliflar

berilgan.

Kalit so‘zlar

: texnologiya, sun’iy intellekt, ilmiy kashfiyotlar, etika, axloq-odob

tamoyillari, sun’iy intellekt etikasi, BIMT.

ESTABLISHING A NATIONAL COUNCIL ON ARTIFICIAL INTELLIGENCE

ETHICS IN UZBEKISTAN

Abstract.

In this article, special importance is given to the concept and history of artificial

intelligence. The impact of artificial intelligence on human life was discussed in detail with the

opinions of industry experts. Also, one of the most important issues at the moment - safety and

responsibility in artificial intelligence - is fully covered. Proposals for the establishment of an

ethics council were made, focusing on the issues of ethics in artificial intelligence.

Key words:

technology,

artificial intelligence, scientific discoveries, ethics, ethical

principles, ethics of artificial intelligence, WIPO.

СОЗДАНИЕ НАЦИОНАЛЬНОГО СОВЕТА ПО ЭТИКЕ ИСКУССТВЕННОГО

ИНТЕЛЛЕКТА В УЗБЕКИСТАНЕ

Аннотация.

Данная статья посвящена концепции и истории искусственного

интеллекта. Влияние искусственного интеллекта на жизнь человека было подробно

рассмотрено с учетом мнений экспертов отрасли. Также полностью освещен один из

важнейших вопросов на данный момент – безопасность и ответственность в области

искусственного интеллекта. Было обращено внимание на вопросы этики в сфере

искусственного интеллекта, высказаны предложения о создании совета по этике.

Ключевые слова:

технологии, искусственный интеллект, научные открытия,

этика, этические принципы, этика искусственного интеллекта, ВОИС.


background image

67

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 2

Kirish

Texnologiya

asrida

texnologiyasi

faoliyat

yurituvchi

mutaxasissis

yoki

texnologiklashmagan soha qolmagan desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Texnologiya asrida ko‘plab

ilmiy kashfiyotlar insoniyatni lol qoldiradigan darajadan ham yuqori. Insoniyat ya’ni tabiiy

intellektga taqlid qilib yaratilgan texnologiya bu sun’iy intellektdir. Bugungi kunga kelib sun’iy

intellekt shu darajaga yetdiki, insonlar bu texnologiyaga o’zlarini ishonib topshirishmoqda. Misol

qilib, sun’iy intellekt orqali boshqariladigan avtomobillarni aytishimiz mumkin. Insonlar o‘z

hayotini o‘z qo‘llari bilan yaratilgan texnikaga ishonishmoqda. Shu o‘rinda savol tug‘iladi. Sun’iy

intellekt bu ishonchni qay darajada oqlamoqda? O’zi ishonishimizga arziydimi? Sun’iy

intellektdan egri yo‘lda foydalanish insoniyat uchun qanday salbiy oqibatlarga olib kelishi

mumkin? Sun’iy intellektda etika qay daraja shakllangan?

Yuqoridagi savolga ushbu maqola orqali javob topishingiz mumkin. Avvalo sun’iy

intellekt haqida to‘xtalib o‘tamiz.

Sun’iy intellekt o‘zi nima?

Sun’iy intellekt qachon yaratilgan?

Undan qanday maqsadlarda foydalanish mumkin?

Uning ijobiy va salbiy tomonlari nimalardan iborat?.

Sun’iy intellekt - deganda insonning mantiqiy va ijodiy funksiyalarini bajaruvchi

intellektual sun'iy tizim tushuniladi. Ushbu atama, shuningdek, o'rganish va muammolarni hal

qilish kabi inson aqli bilan bog’liq xususiyatlarni namoyish etadigan har qanday texnologiyaga

nisbatan ham qo‘llanilishi mumkin. Sun’iy intellektning ideal xususiyati - bu aniq maqsadga

erishish uchun eng yaxshi imkoniyatga ega bo‘lgan harakatlarni baholay olish va amalga oshirish

qobilyatidir.

1

Hozirga qadar yaratilgan sun’iy intellektlarning insondan farqi shuki, ularda fikrlash

va his-tuyg‘u mavjud emas. Insonga taqlid qilib, inson qo‘li bilan yaratilgan ma’lum bir

funksiyalarga mo‘ljallangan va chegaralangan imkoniyatlarga ega bo‘lgan texnologiyalar bu

sun’iy intellektdir.

Metodologiya

Mazkur maqolani yozishda sun’iy intellektning tarixi va rivojlanish bosqichlari tarixiy

tahlil qilish usuli yordamida adabiyotlar va ilmiy maqolalar yordamida o‘rganildi. Xorijiy tajriba

bilan qiyosiy tahlil qilindi.

Natijalar

1

Pardayeva, D., Niyazov, F., & Xushboqov, I. (2023). Sun'iy intellekt tarixi, rivojlanish bosqichlari hamda insonlar

hayotidagi o‘rni.

Ekonomika i sotsium

, 3(106)-2.


background image

68

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 2

Sun’iy intellekt bundan taxminan 1 asr ilgari XX asrda yaratilgan. Bu vaqtda N.Viner

(1894-1964) yangi fan kibernetika bo‘yicha o‘zining asosiy ishlarini yaratadi. Sun’iy intellekt

atamasi 1956 Stenford universiteti (AQSh) dagi xuddi shunday nomdagi seminarda taklif qilingan.

Seminar hisoblash emas, balki mantiqiy vazifalarni ishlab chiqishga mo‘ljallangan.

Sun’iy intellektni fanning mustaqil sohasi deb tan olingandan keyin tezda uni ikkkita asosiy

yo'nalishlarga: neyrokibernetika va "qora quti" kibernetikasiga bo‘linishi sodir bo‘lgan.

Va faqat hozirgi vaqtda bu qismlarni yana bitta butuncha birlashishining tendensiyasi

sezilmoqda

2

. Sun’iy intellektni amaliy qo‘llashda katta ilgariga surilish 70-yillarning o‘rtalarida

ro‘y berdi, bu vaqtda inson tafakkurining universal algoritimini qidirish o‘rniga mutaxassislar-

ekspertlarning aniq bilimlarini modellashtirish va bilim eng muhim tarkibiy qismi bo‘lgan dasturiy

vositalar va tizimlarni ishlab chiqish g‘oyasi kelgan. 70-yillarda sun’iy intellekt sohasidagi

mutaxassislar vazifalarni yechishning umumiy usullari va bu usullardan universal dasturlarda

foydalanishni qidirib, inson tafakkurining murakkab jarayonini modellashtirishga harakat

qilganlar. Ammo bunday dasturlarni ishlab chiqish judayam qiyin ish bo‘lgan, chunki bitta dastur

yecha olishi mumkin bo‘lgan vazifalar sinfi qanchalik keng bo‘lsa, aniq vazifani yechishda uning

imkoniyatlari shunchalik kattaroq bo‘lgan. 80-yillarda dasturchilarning harakatlari axborotlarni

taqdim etish va qidirish usullarini ishlab chiqishga jalb qilingan.

Axborotlarni taqdim etish usullari - bu muammolar va vazifalarni uni yechish mumkin

bo‘lishi uchun shakllantirish usullaridir. Qidirish usullari esa - bu judayam katta hajmda xotira va

vaqt talab qilmaslik uchun yechimni borishini boshqarishning ajoyib usulidir. 80-yillarning ohirida

sun’iy intellekt bo'yicha mutaxassislar vazifalarni yechishda dasturlarning samaradorligi ko‘proq

ular egalik qiladigan bilimlarga bog‘liqligini tushunib yetadilar. 90-yillarni boshlarida butunlay

yangi konsepsiya qabul qilingan. Uni mohiyati shundan iboratki, dasturni intellektli qilish uchun

uni ba’zi bir predmetli sohadagi yo‘lgina yuqori sifatli maxsus bilimlar bilan ta’minlash kerak.

Shunday qilib, ishlab chiqilayotgan sun‘iy intellekt tizimlari bilimlarning yaxshi

rivojlangan bazasiga ega bo‘lishi kerak. Hozirgi vaqtda bu konsepsiya ekspert tizimlarini

loyihalashtirishda to‘liqroq rivojlangan.

3

“Butunjahon intellektual mulk tashkiloti

ning 2019-

yildagi texnologiya tendensiyalari - Sun'iy intellect” yig‘ilishida nazariyadan amaliy qo‘llanishga

o‘tayotgan sun’iy intellekt bilan bog‘liq ixtirolar namoyish etildi. Bu tashkilot Birlashgan Millatlar

Tashkilotining ixtisoslashgan muassasasi bo‘lib, a’zo davlatlar uchun intellektual mulk, sun’iy

intellekt, siyosat, axborot va hamkorlik xizmatlari bo‘yicha global forum hisoblanadi.

2

Yusupbekov, N. R. (2015).

Boshqarishning intellektual tizimlari va qaror qabul qilish

. Toshkent: O‘zbekiston milliy

ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti.

3

Nazarov, X. N. (2019).

Robotlar va robototexnik tizimlar: Darslik

. Toshkent: MAShHUR PRESS..


background image

69

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 2

Forumda Sun’iy intellekt sohasidagi o‘zgarishlarni tezlashtirishga yordam bergan bir qator

omillar mavjudligi aytib o‘tildi. Uchrashuvda BIMT Bosh direktori Frensis Garri “Sun’iy intellekt

hayot tarzimiz va ishimizni o‘zgartirish orqali dunyoga chuqur ta’sir ko‘rsatadigan yangi raqamli

chegaradir” deya ta’kidlab, BIMT muvozanatli va samarali xalqaro intellektual mulk tizimini

rivojlantirishga rahbarlik qilishini va barchaning manfaati uchun innovatsiyalar va ijodkorlikni

qo‘llab-quvvatlashini e’lon qildi.

Sun’iy intellektdan turli maqsadlarda foydalanishimiz mumkin. Quyida SI

texnologiyalaridan foydalanishning ba’zi asosiy yo‘nalishlari keltirilgan: Birinchi o‘rinda bu –

ma’lumotlarni tahlil qilishdir. SI yordamida katta ma’lumotlarni (big data) tez va samarali tahlil

qilish mumkin. Bu biznesda, ilmiy tadqiqotlarda va sog‘liqni saqlashda muhim qarorlar qabul

qilish uchun zarur. Ikkinchisi - mashinali o‘rganish - SI funksiyalari yordamida mashinalar o‘z

tajribasidan o‘rganib, takomillashishi mumkin. Ya’ni o’zini-o’zi yangilab borishi. Bu masalan,

tavsiyalar berish, xarid qilish odatlarini tushunish yoki xatolarni oldini olishda ishlatiladi.

Uchinchisi - Avtonom transportlar. Sun’iy intellekt yordamida avtonom avtomobillar va

dronlar yaratilmoqda, bu transport tizimlarini xavfsiz va samarali qilishga yordam beradi.

To’rtinchi - soha bu sog‘liqni saqlash. SI tibbiyotda kasalliklarni aniqlash, tashxis

qo‘yish,yangicha davolash usullarini taklif qilish va bemorlar monitoringi uchun qo‘llaniladi.

Masalan, tahlil qilishda va tasvirlarni o‘qishda (masalan, rentgen, MRT) samarali

texnologiyadir.

Beshinchisi - Moliyaviy xizmatlar sohasida, SI yordamida moliya sohasida risklarni

baholash, investitsiya strategiyalarini ishlab chiqish va firibgarliklarni aniqlashda ishlatiladi.

Oltinchisi - Ijtimoiy media va marketing - SI algoritmlari yordamida foydalanuvchilarning

qiziqishlarini tushunish va shaxsiylashtirilgan reklama va reelslar yaratish uchun ishlatiladi.

Yettinchisi - Qurilish va ishlab chiqarish - SI robot texnikasi va avtomatlashtirilgan tizimlar

yordamida ishlab chiqarish jarayonlarini samarali boshqarish va optimallashtirish mumkin.

Qurilish va ishlab chiqarishdagi og‘ir va sifatsiz qo‘l mehnatini avtomatlashtirish orqali

yuqori natijalarga erishish mumkin.

Sakkizinchi soha bu ta’limdir. Sun‘iy intellekt ta’lim jarayonini shaxsiylashtirish,

talabalarni kuzatish va ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirish uchun foydalidir. Shuningdek

Sun’iy intellektdan ustoz sifatida foydalanish mumkin va onlayn ta’lim platformalari talabalar

uchun mos o‘quv materiallarini taklif etishi mumkin.

To‘qqizinchisi - SI qishloq xo‘jaligida ekinlarni monitoring qilish, zararkunandalarga

qarshi kurashish va hosildorlikni oshirishda qo‘llaniladi. Buning natijasida qishloq xo‘jaligi sohasi

ham yuqori natijalarga erishadi. O‘ninchi soha sifatida yuridik xizmat ko‘rsatishni aytish mumkin.

Yuridik sohada sun’iy intellekt yordamida juda ko‘plab ishlarni amalga oshirish mumkin.


background image

70

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 2

Misol uchun, bepul yuridik yordam platformalarini yaratish, hujjatlarni rasmiylashtirish,

nizolarni hal etish, qonunlarni tahlil qilish va shu bilan birga sud tizimida ham ko‘plab davlatlar

huquqbuzarlarga nisbatan jazo tayinlashda sun’iy intellektdan bevosita foydalanib kelishmoqda.

Har bir sohada SI texnologiyalarini qo‘llash imkoniyatlari davom etmoqda va yangi

innovatsiyalarni keltirib chiqarishda davom etadi.

Muhokama

Tanganing ham ikki tomoni bo‘lgani kabi sun’iy intellektda ham shuncha afzalliklari

mavjud bo‘lganiga qaramay salbiy tomonlari ham mavjud. Sun’iy intellekt haqidagi bahs-

munozalar qariyib 50 yillardan buyon davom etib kelmoqda. Mutaxassislar hanuzgacha aniq bir

to‘xtamga kelishgani yo‘q. Ba’zilar uni ommalashib odamlarning o‘rnini egallashi natijasida,

odamlar orasida ishsizlikning kengayib borishini o‘ylashmoqda. Mutaxassislarning boshqa bir

guruhi sun’iy intellektga ijobiy munosabatda bo‘lish kerakligini uqtirishmoqda.

SpaceX asoschisi Ilon Mask sun’iy intellektning butun boshli svilizatsiyani barbod

qilishiga ishonchi komil. Maskning fikricha, "

Sun’iy intellekt insoniyat sivilizatsiyasi uchun asosiy

xavfdir. Sun’iy intellekt mehnat bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradi. Sababi, robotlar

hamma ishni bizdan ko‘ra yaxshiroq bajarishadi.Ilg‘or texnologiyalar ortidan quvish natijasida,

kompaniyalar sun’iy intellekt ortidan kelib chiqadigan xavf-xatarni ko‘rmay qolishlari mumkin

"

4

.

Shuningdek Microsoft rahbari Bill Geyts ham uning zarari haqida to‘xtalib o‘tadi. “

Bir

necha 10 yildan so‘ng, robotlar ishning katta qismini bajara boshlagach, sun’iy intellekt shu

qadar kuchayib ketadiki, yakunda u bizni havotirga sola boshlaydi, bu borada Elon Maskning

fikriga qo‘shilaman. Ammo nega bu savol boshqalarni tashvishlantirmayotganiga hech tushuna

olmayman

.”- deydi Bill Geyts. “Boshqalar” deganda Bill Geyts Facebook egasi - Mark

Sukerbergni nazarda tutgan bo‘lsa ajab emas. Chunki, Mark Sukerberg sun’iy intellektga nisbatan

ijobiy munosabatda ekanligini bildirar ekan:

Yangi texnologiyalar har doim ham yaxshilik yoki

yomonlik qilish maqsadida yaratilishi mumkin. Sun'iy intellektning keng tarqalishi ortidan

keladigan ijobiy natijani esa yaqin 5-10 yil ichida ko‘ramiz

", deya Elon Maskning fikriga e’tiroz

bildirgan edi. Aslida o‘zi sun’iy intellekt qanday salbiy oqibatlar keltirib chiqarishi mumkinligini

sanab o‘tiladi. Quyida sun’iy intellektning odamlar uchun ba'zi salbiy tomonlari keltirilgan:

1. Ish o‘rinlari yo‘qolishi - Suniy intellekt va avtomatlashtirish tufayli ko‘plab kasblar va

an’anaviy ish o‘rinlari yo‘qolishi aniq. Ayniqsa, zavod ishchilari, xizmat ko‘rsatish sohasidagi

xodimlar va transport haydovchilari kabi ko‘plab kasblar avtomatlashtirilishi ehtimoli yuqori.

4

Kurfess, T. (2005).

Robotics and automation handbook

. CRC Press LLC.


background image

71

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 2

Sun’iy intellekt natijasida yo‘qolish mumkin bo‘lgan kasb egalaridan birinchi o‘rinda

haydovchilar turadi, keyin advokat va buxgalterlar, har xil ofislardagi xizmat ko‘rsatuvchi

receptionlar.

2. Xavfsizlik va nazorat - SI noto‘g‘ri qo‘llanilganda yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar asosida

ishlaganda xavfsizlikka tahdid solishi mumkin. Masalan, yuzni tanib olish texnologiyasi noto‘g‘ri

ishlatilsa yoki suiiste’mol qilinsa, inson huquqlari buzilishi xavfi mavjud.

3. Ma’lumotlarni suiiste’mol qilish - SI texnologiyasi ko‘p miqdordagi shaxsiy

ma’lumotlarni tahlil qiladi. Ushbu ma’lumotlar noto‘g‘ri qo‘llanilsa yoki noto‘g‘ri qo‘llarga tushib

qolsa, insonlarning shaxsiy hayoti buzilishi xavfi bor. Shaxsga doir ma’lumotlar sir saqlanish

funksiyasi yaxshi takomillashmaganligi uning eng asosiy kamchiligidir. Shu sababli, hali hamon

ko‘pchilik insonlar 100% sun’iy intellektga ishonib o‘z ma’lumotlarini taqdim etishmaydi.

4. Nazorat va manipulyatsiya - SI texnologiyasi odamlarning fikrlarini o‘zgartirish yoki

ularni manipulyatsiya qilish uchun ishlatilishi mumkin. Masalan, SI yordamida noto‘g‘ri yoki

soxtalashtirilgan ma’lumotlar tarqatilishi mumkin, bu esa jamiyatdagi haqiqat va ishonchni buzadi.

Insonlar sun’iy intellektga ishonib qolib, unga bo‘ysunish darajasiga ham yetib, o‘z shaxsiy hayoti

uchun ham undan qaror qabul qilishini so‘rashlari ham uchrab turibdi. Qarorni so‘rashgina emas,

u qanday topshiriq bersa amalga oshirib o’z joniga qasd qilganlar ham yo’q emas.

5. Etika va mas’uliyat - SI asosida qabul qilingan qarorlarning mas’uliyati kimga

yuklanishi kerakligi javobgarlik masalasi hali ham noaniq. Agar SI xatolikka yo‘l qo‘ysa yoki

noto‘g‘ri qaror qabul qilsa, kim javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi kerakligi masalasi ko‘plab

etika muammolarini keltirib chiqaradi. Sun’iy intellektdan biron masalada maslahat so‘rashimiz

mumkin va u bergan masalahat etika va axloq-odob qoidalariga, bizning milliyligimizga mos

kelish yoki kelmasligi ham aniq emas. Agar sun’iy intellect jinoyat sodir etishga undasa, yoki

bevosita o‘zi ishtirik etsa, javobgarlik masalasi qanday bo‘ladi. Misol uchun; sun’iy intellekt

boshqaruvidagi mashina odam urib yubordi. Ichida mashinani egasi ham bor lekin mashinani

sun’iy intellekt boshqarib ketayotgan edi. Xo‘sh bu yerda kim javobgar bo‘ladi. Mashinani ishlab

chiqargan zavodmi? Yoki sotib olgan shaxsmi?

Mashinami? O‘zbekiston jinoyat qonunchiligi bo‘yicha yuridik shaxs va mashina jinoyat

subyekti bo‘la olmaydi. Shu kabi holatlar yuz berganda, kim javobgarligi masalasi hamon hal

etilmay, huquqiy tartibga solinmay kelmoqda.

6. Odamlar orasidagi tengsizlikning kuchayishi - SI texnologiyasiga ega kompaniyalar va

davlatlar boshqalardan ko‘ra ko‘proq resurs va imkoniyatlarga ega bo‘lishadi. Bu esa jamiyatda

iqtisodiy va ijtimoiy tengsizliklarni yanada kuchaytirishi mumkin. Oddiy misol bilan aytadigan

bo‘lsak, sun’iy intellektdan foydalanib xizmat ko‘rsatuvchi advokatlik yokida boshqa xizmatlarni

amalga oshiruvchi korxonalar inson faktori bilan xizmat ko‘rsatuvchi korxonaga qaraganda,


background image

72

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 2

anchagina tez va samaraliroq xizmat ko‘rsatadi. Bu o‘z-o‘zidan boylar boyib, kambag‘al va o‘z

ustida ishlamaydigan, texnologiya va texnologik bilimga ega bo‘lmaganlarning yanada

qashshoqlashuviga olib keladi. Bu salbiy jihatlar sun’iy intellektning ehtiyotkorlik bilan ishlab

chiqilishi va nazorat qilinishini talab qiladi.

Sun’iy intellektni ijobiy va salbiy tomonlari qaysi ustunroq ekanligi yuzasidan bahs-

munozaralar hali uzoq davom etadi. Robotlarni yaratishda insoniyatga xavf tug‘dirmaslik

yo‘llarini o‘ylab qo‘yish ham zarar emas. Sun’iy intellekt etikasi nima? Sun’iy intellektga etika

o‘zi nega kerak? Sun’iy intellekt etikasi bu – sun’iy intellekt texnologiyalarini ishlab chiqish,

qo‘llash va ulardan foydalanishda axloqiy tamoyillar va mas’uliyatni belgilovchi qoidalar

to‘plamidir. Endi aniqlab olamiz o‘zi sun’iy intellektga etika kerakmi?Ha, albatta.

Aniq ayta olamanki, Sun’iy intellektga etika juda zarur. Sababi hozirda sun’iy intellekt

inson hayotining barcha sohalariga kirib borgani uchun ham jamiyatga ijobiy va xavfsiz ta’sirini

ta’minlash uchun axloqiy tamoyillarga asoslangan bo‘lishi kerak. Bu axloq tamoyillari;

xavfsizlikni ta’minlash va ishonchli bo‘lish bu asosan shaxsiy ma’lumotlarga oid, adolat va

tenglikni saqlash, nazorat va javobgarlik, qarorlar shaffofligini ta’minlash, inson huquqlarini

hurmat qilish va insonparvarlik tamoyillarini aytishimiz mumkin. Bu tamoyillar sun’iy intellekt

texnologiyasini insonlar uchun ko‘proq ishonchli va mas’uliyatli qiladi. O‘zbekistonda

ham

sun’iy intellektni har tomonlama rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Misol qilib, 2023-yilning 7-iyul kuni Raqamli texnologiyalar vazirligi tashabbusi bilan

tashkil etilgan.

“Digital Leadership Forumi” doirasida Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni

rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutining “Sun’iy intellekt sohasidagi etika va tartibga solish

masalalari” mavzusida xorijlik mutaxassislar ishtirokida panel diskussiyasi bo‘lib o‘tganini

aytishimiz mumkin.

Ushbu tadbirda xorijlik hamkor tashkilotlardan Koreaning “Korea Industry

Intelligentization Association” hamda “Chungbuk National University”, Xitoyning “NUWA

Robotics”, Hindistonning “Bikal Technologies” va “Amity” universiteti, shuningdek, VEON

Group” kompaniyasidan soha mutaxassislari va talaba-yoshlar hamda OAV xodimlari faol ishtirok

etdi. Mazkur anjumanni tashkil qilishdan maqsad – bugungi kunda mamlakatimizda turli soha

tarmoqlarini rivojlantirishda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish orqali texnologik

rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish. Shuningdek, ushbu tizimni joriy etishda uning ijobiy va

salbiy oqibatlarini tahlil qilish va etika qoidalarini ishlab chiqishga doir taklif va tavsiyalarni

amaliyotga tatbiq etishdan iborat. Anjuman doirasida so‘zga chiqqan ma’ruzachilar xorij

davlatlarida raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni amaliyotga joriy etishdagi tajribasi va

ushbu sohadagi istiqbolli loyihalari haqida nutq so‘zladi.


background image

73

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 2

Shu jumladan, sun’iy intellektni eng ko‘p etika qoidalari buzilishi mumkin bo‘lgan soha

tarmoqlari haqida alohida fikr va mulohazalar bildirdi. Tadbir yakunida ishtirokchilar bilan o‘zaro

savol-javob tashkil qilinib, bugungi kunda mamlakatimizda turli soha tarmoqlarini raqamlashtirish

hamda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etishda etika qoidalariga doir taklif va tavsiyalar

umumlashtirildi.

5

Ba'zilar AI tizimlari hech qachon axloqiy agent bo'lmaydi, deb ta'kidladilar.

Ular hech qachon chinakam axloqiy qarorlar qabul qilmaydilar, chunki ularda ong, iroda

erkinligi, axloqiy his-tuyg'ular yoki vijdon yo'q.

5

Biroq, bu dalil ikkita muhim fikrni ajrata

olmaydi.

Birinchisi,

axloqiy

jihatdan

to'g'ri

harakatni

amalga

oshirish

va

uni

maqbul

axloqiy

tamoyilga murojaat qilish orqali tushuntira olishdir . Ikkinchisi harakat uchun

ma'naviy javobgarlikka tortiladi. To‘g‘ri, insonni o‘z qilmishi uchun ma’naviy javobgarlikka

tortish uchun asosan qasd va iroda erkinligi zarur. Darhaqiqat, mashinaning bunday fazilatlarga

ega ekanligini aniqlash qiyin bo'ladi. Biroq,

axloqiy

ikkilanishda axloqiy jihatdan to'g'ri harakatni

amalga oshirish va uni oqlash uchun na qasd, na iroda kerak. Mashina shunchaki idrok etilgan

axloqiy

jihatdan

to'g'ri

harakatga

mos

keladigan

tarzda

harakat

qilishi

va

etakchi

axloqiy

tamoyilga murojaat qilish orqali o'z harakatini oqilonalashtirishi kerak.

Xulosa va takliflar

O‘zbekistonda Sun’iy intellekt etikasi kengashini bir necha sabablarga ko‘ra tashkil etish

zarurdir. Sun’iy intellekt etikasi kengashi (AI Ethics Board) sun’iy intellekt (SI)

texnologiyalarining rivojlanishi va qo‘llanilishi bilan bog‘liq etika muammolarni hal qilish uchun

zarur. Ushbu kengash orqali biz hozirda mavjud bo‘lgan muammolarni hal etishimiz mumkin. Bu

muammolar; etika me’yorlarini belgilash va o‘rnatish, xavfsizlik va maxfiylikni ta’minlash, adolat

va inklyuzivlikni ta’minlash, jamoatchilik bilan aloqalar, tadqiqot va tahlillarni muntazam olib

borish. Ushbu muommolarni hal etish orqali biz shaxsiy ma’lumotlarni xavfsizligi va maxfiyligiga

erishishimiz mumkin. Jamiyatda adolat va tenglikni targ‘ib qilish orqali tabaqalanish va shaxslar

o‘rtasidagi tengsizlikni bartaraf etish mumkin.

Jamoatchilik fikri bilan muntazam ravishda qiziqish va takliflarni muhokama etib, ma’qul

bo‘lganlarini tadbiq etish mumkin. Shuningdek yangi yaratilgan texnologiyalar ustida tadqiqotlar

olib borish va uning oqibatida yuzaga keluvchi xatarlarni tahlil etishimiz mumkin. O‘zbekiston

Respublikasining 17.02.2021 yildagi PQ-4996-sonli “Sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy

etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori yuzasidan sun’iy

intellekt texnologiyalarini rivojlantirishga va texnologik bilimga ega kadrlarni o‘qitish bo‘yicha

amalga oshirilayotgan ishlarga qo‘shimcha ravishda Milliy sun’iy intellekt etikasi kengashini

tashkil etishni taklif qilaman.

5

O’zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalari vazirligi. Rasmiy sahifasi:

https://digital.uz/news/view/2015/


background image

74

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 2

Ushbu kengashni tuzish orqali sun’iy intellektni rivojlantirish jarayonini yanada tez va

samarali eng asosiysi sun’iy intellektni ishonchli qilishga erishish mumkin.

REFERENCES

1.

Pardayeva, D., Niyazov, F., & Xushboqov, I. (2023). Sun'iy intellekt tarixi, rivojlanish

bosqichlari hamda insonlar hayotidagi o‘rni.

Ekonomika i sotsium

, 3(106)-2.

2.

Yusupbekov, N. R. (2015).

Boshqarishning intellektual tizimlari va qaror qabul qilish

.

Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti.

3.

Nazarov, X. N. (2019).

Robotlar va robototexnik tizimlar: Darslik

. Toshkent: MAShHUR

PRESS.

4.

Kurfess, T. (2005).

Robotics and automation handbook

. CRC Press LLC.

5.

O‘zbekiston

Respublikasi

Raqamli

texnologiyalari

vazirligi.

sahifasi:

https://digital.uz/news/view/2015/

References

Pardayeva, D., Niyazov, F., & Xushboqov, I. (2023). Sun'iy intellekt tarixi, rivojlanish bosqichlari hamda insonlar hayotidagi o‘rni. Ekonomika i sotsium, 3(106)-2.

Yusupbekov, N. R. (2015). Boshqarishning intellektual tizimlari va qaror qabul qilish. Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti.

Nazarov, X. N. (2019). Robotlar va robototexnik tizimlar: Darslik. Toshkent: MAShHUR PRESS.

Kurfess, T. (2005). Robotics and automation handbook. CRC Press LLC.

O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalari vazirligi. sahifasi: https://digital.uz/news/view/2015/