Authors

  • Nodira Jo‘rayeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.64895

Keywords:

madaniy nutq nutq ma’daniyati jurnalist bloger lingvistik va nolingvistik mezonlar.

Abstract

Mazkur maqolada ijtimoiy tarmoqlarda qo’llaniladigan nutq madaniyatining o’rni va ahamiyati shuningdek, bloger, jurnalistlar nutqining ta'sirchanligini oshirish yo'llari yoritib berilgan. Maqola davomida nutq samaradorligiga salbiy ta'sir etadigan holatlar va jurnalistlar nutqining kommunikativ sifatlari hamda nutqni takomillashtirish yo’llari haqida so’z boradi. Maqola so’nggida asosli fikr-mulohazalar, xulosa va takliflar berilgan.

background image

240

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 2

IJTIMOIY TARMOQLARDA NUTQ MADANIYATINING O’RNI VA AHAMIYATI

Jo‘rayeva Nodira Jumanazarovna

Termiz davlat pedagogika instituti Tillar fakulteti tyutori.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14825890

Annotatsiya.

Mazkur maqolada ijtimoiy tarmoqlarda qo’llaniladigan nutq madaniyatining

o’rni va ahamiyati shuningdek, bloger, jurnalistlar nutqining ta'sirchanligini oshirish yo'llari

yoritib berilgan. Maqola davomida nutq samaradorligiga salbiy ta'sir etadigan holatlar va

jurnalistlar nutqining kommunikativ sifatlari hamda nutqni takomillashtirish yo’llari haqida so’z

boradi. Maqola so’nggida asosli fikr-mulohazalar, xulosa va takliflar berilgan.

Kalit so’zlar

: madaniy nutq, nutq ma’daniyati, jurnalist, bloger, lingvistik va nolingvistik

mezonlar.

THE ROLE AND IMPORTANCE OF SPEECH CULTURE IN SOCIAL

NETWORKS

Abstract.

This article discusses the role and importance of speech culture used in social

networks, as well as ways to increase the effectiveness of the speech of bloggers and journalists.

The article discusses situations that negatively affect the effectiveness of speech, the

communicative qualities of journalists' speech, and ways to improve speech. At the end of the

article, substantiated comments, conclusions, and suggestions are given.

Keywords:

cultural speech, speech culture, journalist, blogger, linguistic and non-

linguistic criteria.

МЕСТО И ЗНАЧЕНИЕ КУЛЬТУРЫ РЕЧИ В СОЦИАЛЬНЫХ СЕТЯХ

Аннотация.

В статье рассматриваются роль и значение речевой культуры,

используемой в социальных сетях, а также пути повышения эффективности речи

блогеров и журналистов. В статье рассматриваются ситуации, негативно влияющие на

эффективность речи, коммуникативные качества речи журналистов, а также пути

улучшения речи. Статья завершается содержательными комментариями, выводами и

предложениями.

Ключевые слова:

культурная речь, культура речи, журналист, блогер,

лингвистические и нелингвистические критерии.

Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar hayotimizning ajralmas qismiga aylangan. Facebook,

Instagram, Twitter, TikTok kabi platformalarda o‘z fikrimizni ifodalash, yangiliklarni baham

ko‘rish va do‘stlarimiz bilan muloqot qilish oddiy holga keldi. Ammo, bu tarmoqlarda faollik

ortishi bilan ona tilimizning buzilishi kabi muammolar ham yuzaga kelmoqda. Bu maqolada

ijtimoiy tarmoqlarda ona tilining holati va uni asrab-avaylash zarurati haqida so‘z yuritiladi.


background image

241

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 2

Ijtimoiy tarmoqlarda yozish uslubi ko‘pincha qisqa va sodda bo‘lishi talab etiladi. Bu esa

tilimizning qoidalari va to‘g‘ri yozuviga zid bo‘lishi mumkin. Masalan, so‘zlarni qisqartirish, imlo

va punktuatsiya qoidalariga e’tibor bermaslik, “emodji”lar va boshqa simvollarni haddan tashqari

ko‘p ishlatish tilni buzishga olib keladi. Yana bir muammo – xorijiy so‘zlarning ko‘p qo‘llanilishi.

Ingliz tilidan olingan so‘zlar va iboralar ona tilimizga kirib bormoqda, bu esa so‘z

boyligimizning kamayishiga olib keladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda xorijiy so‘zlarning, ayniqsa ingliz tilidan olingan so‘zlarning keng

tarqalishi ona tilimizni zaiflashtiradi. Misol uchun, "like", "share", "comment", "post" kabi so‘zlar

so‘zlashuvda muntazam ishlatiladi. Ularning o‘rniga ona tilimizdagi to‘g‘ri va aniq atamalarni

ishlatish zarur. Bunday o‘zgarishlar nafaqat tilni buzadi, balki til madaniyatining rivojlanishiga

to‘sqinlik qiladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ona tilimizning buzilishi muammosiga qarshi kurashish uchun bir

nechta choralar ko‘rish zarur. Birinchi navbatda, tilni rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlari va

tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash kerak. O‘quv dasturlarini modernizatsiya qilish, yoshlar

o‘rtasida tilga bo‘lgan hurmatni oshirish, va ijtimoiy tarmoqlarda to‘g‘ri yozuv va imlo qoidalariga

amal qilishni targ‘ib qilish lozim.

Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlarda ona tilini asrab-avaylash bo‘yicha maxsus

kampaniyalar o‘tkazish, yaratgan kontentda milliy tilni rivojlantirishga e’tibor qaratish kerak.

O‘zbek tilining zamonaviy va to‘g‘ri ishlatilishi nafaqat tilni saqlab qolish, balki uning

boyligini yanada oshirishga yordam beradi.

Quyida madaniy nutqning bir nechta komponentlarini ko’rib o’tamiz.

Nutqning maqsadga muvofiqligi madaniy nutqdan talab qilinuvchi asosiy mezonlar bilan

belgilanadi. Madaniy nutqning lingvistik va nolingvistik mezonlariga quyidagilar kiradi: nutqning

to’g’riligi, nutqning aniqligi, nutqning mantiqiyligi va tozaligi (sofligi), nutqning ta’sirchanligi

(ifodaliligi), nutqning o’rinliligi. Madaniy nutq yuzaga kelishi uchun bu o’lchovlardan o’z

me’yorida foydalanish zarur.

Nutqning sofligi ham madaniy nutqning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi. Nutqning

sofligi ba’zi ilmiy adabiyotlarda nutqning tozaligi tarzida tilga olinadi. Nutqning sofligi, tozaligi

deganda adabiy til me’yorlariga mos holda fikr ifodalash tushuniladi. Bu masala uzoq davrlardan

beri notiqlar, olimlar, yirik so’z san’atkorlarini qiziqtirib kelmoqda.

Nutq shaxsga xos hodisa bo’lganligi sababli, unda ijtimoiy axloq me’yorlarini buzuvchi

til birliklari ham ishlatilishi mumkin. Madaniy nutqning sofligi, tozaligiga quyidagi unsurlar

halaqit beradi:

1. Fonetik-orfoepik jihatdan so’z va qo’shimchalarning noto’g’ri talaffuz etilishi, urg’uni

o’rinsiz qo’llash.


background image

242

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 2

2. Leksik-grammatik tomondan shevaga xos so’z va shakllarning, ibora va so’z

birikmalarining ishlatilishi.

3. O’rinsiz qo’llangan chet so’z va so’z birikmalari (varvarizmlar).

4. Jargonlar.

5. Vulgarizmlar.

6. Nutqda ortiqcha takrorlanadigan bekorchi-parazit so’zlar.

7. Kanselyarizmlar.

O’qituvchining nutqi yuqorida sanab o’tilgan unsurlardan holi bo’lgandagina madaniy nutq

hisoblanadi.

Nutqning tozaligi, tilning sofligini buzuvchi nome’yoriy unsurlardan biri-fonetik-orfoepik

jihatdan so’z va qo’shimchalarni noto’g’ri talaffuz etishdir. Buxoroga bo’ldim, aslida Buxoroda

bo’ldim kabi.

2. Tilning sofligiga putur yetkazuvchi faktorlardan yana biri so’z va qo’shimchalarni

mahalliylashtirib, sheva xos holda talaffuz etishdir. Masalan: Parhod (Farhod), kelopti (kelyapti),

kelli (keldi), ko’rdiz-ku? (ko’rdingizku-ku?) kabi.

Nutqimizda x va h harflarini, x va q harflarini talaffuz etishda, ishlatishda ham xatoliklar

yuzaga keladi: xol (yuzdagi xol) hol (kishining ahvoli), tarix (fan) tariq (o’simlik).

Shevaga xos so’zlar adabiy til me’yori doirasiga kirmasa ham, so’zlashuv va badiiy nutq

uslublarida ishlatiladi. Ayniqsa, “badiiy adabiyotda tasviriy vosita-mahalliy kolorit yaratish,

qahramonlar nutqini individuallash vazifasini bajardi. Shu bilan bir qatorda adabiy tilning sheva

hisobidan boyib borishiga ta’sir ko’rsatadi”.

1

Demak, ijtimoiy tarmoqlarda jurnalist va blogerlar nutqi mahalliy shevaga xos so’z va

iboralardan holi bo’lishi ularning nutqi sof, toza ekanligidan dalolat beradi. Urg’uni noto’g’ri

ishlatish ham adabiy til me’yorlarining buzilishiga olib keladi. Masalan: keldi-adabiy talaffuzda

urg’u i harfiga tushsa, ba’zi (Qiziltepa, Buxoro, Romitan) shevalarda e harfiga tushurib talaffuz

etiladi.

Shevaga xos so’zlarni nutqqa o’rinsiz olib kirish nutqni buzadi. Ammo T.Qudratov fikriga

ko’ra, “adabiy tilda varianti bo’lmagan, ifodalanayotgan fikrni ravshanlashtirish uchun zarur so’z

va grammatik vositalarni, ularga izoh bergan holda, nutqqa olib kirish unga sayqal bag’ishlaydi.

Varvarizmlar-o’rinsiz ishlatiladigan boshqa tilga oid so’zlar bo’lib, xalqaro terminlar

bundan mustasnodir. Rus tiliga oid so’zlar oktabr to’ntarishidan so’ng o’zbek tiliga ko’plab kirib

keldi, bugungi kunda esa ingliz tiliga xos so’zlar nutqimizga kirib kelmoqda: Privet-xelllo kabi

Varvarizm lotincha-kelgindi so’zidan olingan bo’lib, uning turlariga quydagilar kiradi: Gallinizm-

1

Qilichev E., Qilichev B. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari. Buxoro, 2002, 24- bet.


background image

243

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 2

fransuz tilidan kirgan so’zlar, germanizm-nemis, latinizm-latin, arabizm-arab, turkizm-turk tilidan

kirgan so’zlar kabi.

Yozuvchi asar qahramonlarining tilini individuallashtirish, o’ziga xos xususiyatlarini

alohida ta’kidlash maqsadida varvarizmlardan foydalanadi. Masalan o’zbek shoir va

yozuvchilaridan Abdulla Qodiriy, G’afur G’ulomlar arabcha va forscha so’zlardan keng

foydalanganlar. Bu hodisa Navoiy asarlariga ham xos (hodisa) bo’lib, shoir asarlari arabcha,

forscha, so’zlardan iborat bo’lgan matnlar ko’p uchraydi. Shoir va yozuvchilar qahramonlar

timsolini yaratishda varvarizmlardan oqilona foydalanish natijasida xarakterga xos bo’lgan

qirralarni mohirona tasvirlab berganlar.

Jargonlar-ayrim kasb egalari, guruhlarning o’z “tili” bo’lib, faqat ularga xos bo’lgan,

boshqalar tushunmaydigan terminlardan foydalaniladi: Masalan: qassoblar, dallollar, o’g’rilar

nutqi.

“Jargon yoki argo (fr.jargon-buzilgan til so’zidan)- jargan, abdal tili. Ma’lum guruhga

mansub kishilar o’rtasidagi sun’iy til bo’lib, u o’zi xizmat qiluvchi guruh kishilari kasb-koriga

oid tushunchalarni anglatuvchi so’z va iboralardan tashkil topadi”

2

.

Jargonlar adabiy asarda turli guruhlarga mansub qahramonlar tilining haqqoniy chiqishida,

asardagi xarakterni boyitishda muhim vazifani bajardi.

Nutqning sofligiga putur yetkazuvchi unsurlardan yana biri vulgarizmlardir. Vulgarizm

latincha-dag’al, qo’pol ma’nosini anglatadi, adabiy tilda qo’llanilmaydigan qo’pol so’zlar, til

me’yorlariga to’g’ri kelmaydigan noto’g’ri tuzilgan jumlalar, kishini so’kishda, haqoratlashda

ishlatiladigan so’zlardir. Bunday so’zlardan foydalanish so’zlovchining madaniyatsiz, johil,

qo’pol ekanligini ko’rsatadi. Jurnalist ham, bloger ham o’z nutqida vulgarizmlardan

foydalanmasligi qat’iy qilib belgilab qo’yilgan.

Nutqda ortiqcha takrorlanadigan bekorchi-parazit so’zlar ham adabiy til me’yorlarining

buzilishiga olib keladi. Nutqda bu so’zlar o’rinli-o’rinsiz ko’p takrorlanadi: Masalan: xo’sh, xo’p,

demak, ya’ni, masalan, olaylik, tak, haligi, anavi kabi.

Kanselyarizmlar-badiiy adabiyotda obrazli individuallashtirishda uslub vositalari sifatida

ish qog’ozlari va hujjatlar uslubiga xos so’z va iboralar. Albatta, ma’lum bir shaklda saqlanadigan

so’z birikmalari, gaplar o’z o’rnida juda zarur, ammo bu “qat’iy shakllar” shablonlar so’zlashuv

nutqiga, badiiy adabiyotga, publitsistikaga o’tsa madaniy nutqni buzishi mumkin. O’rinsiz

kanselyarizmlar kengashlar, majlislar, gazeta, radio, televideniyada so’zlangan nutqlarda ko’plab

uchraydi.

2

Xotamov N., Sarimsoqov B. Adabiyotshunoslik terminlarining ruscha-o`zbekcha izohli lug`ati. T., 1983, 120-bet.


background image

244

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 2

Jurnalist va blogerlar nutqida soflikka erishishi uchun kanselyarizmlardan foydalanishga

ham jiddiy e’tibor bermog’i lozim.

Jurnalist va blogerlar nutqining muhim fazilatlaridan biri-ifodalilik, ta’sirchanlikdir.

Ifodali, ta’sirchan nutq tinglovchida qiziqish uyg’otadi, uning ongiga tez yetib boradi, uning

e’tibori va qiziqishini qozonadi. Nutqning aloqaviy sifatlari-aniqligi, to’g’riligi, mantiqiyligi,

sofligi (tozaligi) –nutqning ta’sirchanligini oshirishga xizmat qiladi.

Nutqning ta’sirchanligini oshirish uchun og’zaki nutqda so’zdagi unli tovushlarni cho’zish

orqali shodlanish, taajjub, iztirob, o’kinish, g’azablanish kabi hissiy bo’yoq ifodalanadi, urg’u va

so’zlar bo’ginlarga bo’lib talaffuz qilinadi.

Notiqlar, so’z san’atlari o’z nutqlarini ta’sirchanligini ta’minlash maqsadida ko’tarinki

tantanali uslubda so’zlaydilar. Muhim qarorlar, axborotlar, farmonlar o’qilganda ham bu uslubdan

foydalaniladi. Bunda tekis ritm, urg’ularni to’g’ri qo’yish, intonatsion ko’tarinkilik, o’rni bilan

pauzaga katta e’tibor beriladi.

Nutq ta’sirchanligini oshirishda turli ma’no noziklariga ega bo’lgan so’z, iboralardan

foydalaniladi. Chunki bu til birliklari jo’shqin his-to’yg’uni, ichki kechinmalarni ifodalaydi.

So’zlar tarkibidagi his-hayajon, voqealarga munosabat, erkalash, sevish, kichraytirish,

shakllarini qo’shish, so’zlarni o’z va ko’chma ma’nosida ishlatish notiqqa kinoyali nutq, so’z

o’yinlari, o’xshatishlar hosil qilishda qo’l keladi. Sinonimlarni juft yoki yonma-yon qo’llash (ohu

-zor, faryodu- figon), sinonimik qatordan keraklisini tanlab olish ham ta’sirchanlikni oshiradi.

“Yumshoq sinonim” lar deb ataluvchi evfemizmlar (homiladorlik bilan bog’liq ikkiqat, oy-

kuni yaqin), maqol va aforizmlar, inversiya (jozibali nutqni yuzaga keltiruvchi imkoniyatlar:

qo’lingni yelkamdan tort-iltimos, so’rash, tort qo’lingni yelkamdan-buyruq, qat’iy talab kabi)

me’yorida foydalanish ham nutq ta’sirchanligini oshiradi.

Ta’sirchanlikni ta’minlovchi omillardan sanalgan ifodalilik ham nutq vaziyati bilan

bog’liq. O’qituvchining darsdagi nutqi bilan notiqning ma’ruzani tushuntirishdagi ifodaliligi,

EHM yuzasidan qilingan ma’ruza bilan xalqaro kengashda qilingan ma’ruza ifodaliligi

turlichadir.

“Nutqning ifodaliligi talaffuz urg’u, leksika, so’z yasalishi, morfologiya, sintaksis, uslub

bilan mustahkam aloqadordir”

3

.

Tilshunos B.N.Golovin nutqda ifodalilikka erishishning yetti shartini ko’rsatadi:

1.

Nutq muallifi tafakko’rining erkin, mustaqil bo’lishi, siyqasi chiqqan gaplarni aytmasligi.

2.

Nutq muallifi nima haqida so’zlayotgani, kimlarga so’zlayotganini bilishi.

3.

Tilni, uning ifoda vositalarini, imkoniyatlarini yaxshi bilishi.

3

Qudratov T. Nutq madaniyati asoslari. T., 1993, 64-bet.


background image

245

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 2

4.

Til uslublariga xos xususiyatlarni, xossalarni bilishi.

5.

Nutqiy malaka ustida muntazam va ongli mashq qilishi.

6.

So’zlovchining ifodaligi so’zlashga bo’lgan ongli ishonchi, ruhan tayyorgarligi.

7.

Tilda nutqning ifodaliligini ta’minlovchi vositalarning bo’lishi.

Tilning ifoda vositalariga troplar tasviriy shakllar, tasviriy vositalariga tildagi so’zlar,

lug’aviy-ma’naviy vositalarga o’xshatish (epitet sifatlash), metafora (istiora ko’chirish),

metonimiya (qayta nomlash) kabilar kiradi.

Demak, jurnalist va bloger nutqning sof-toza, ta’sirchan, ifodali bo’lishi uchun-madaniy

nutqning sofligiga putur yetkazuvchi unsurlardan foydalanmasligi, ifodalilikka erishishning yetti

shartini bilishi, tilning tasviriy vositalarini chuqur o’rganish va undan oqilona foydalanish

ko’nikmalariga ega bo’lishi, turli ma’no nozikliklariga ega bo’lgan so’z va iboralarni qo’llay

olish malakalarini egallashi, sinonimlar va “yumshoq sinonimlar” dan, inversiyadan me’yorida

foydalan olishi zarur.

Navoiy “Mahbub ul-qulub” asarida shunday yozadi: “Til shuncha sharafi bilan nutqning

qurolidir. Agar nutq noma’qul chiqsa, tilning ofatidir”. Tilimiz nutq uchun qurol ekan. “Uning

kuch-qudrati nutq jarayonida namoyon bo’lar ekan. Agar til o’q bo’lsa, nutq kamondir. O’qning

qudrati kamonning qobiliyatiga ham bog’liq. Kamon qanchalik mustahkam bo’lsa, mo’ljalga

bexato uradigan bo’lsa, tilning ya’ni o’qning qudrati shunchalik yaqqalroq namoyon bo’ladi”

4

.

Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, haqiqiy jurnalist va blogerlarning nutqi til

qudratini namoyon qila olishi nihoyatda zarur jarayondir.

Ijtimoiy tarmoqlar – bu xalqimizning fikrini erkin ifodalash imkoniyatini taqdim etayotgan

platformalardir. Biroq, ularning keng tarqalishi tilimizning buzilishiga olib kelishi mumkin. Ona

tilining zaiflashishi – bu milliy madaniyat va O’zlikni yo‘qotishga olib boradigan bir jarayon.

Shuning uchun, ona tilimizni asrab-avaylash va rivojlantirish bizning burchimizdir.

REFERENCES

1.

Nusratullo Atoullo o’g’li Jumaxo’ja. Istiqlol va ona tilimiz. T., 1998.

2.

Qilichev E, Qilichev B. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari. Buxoro, 2002.

3.

Qudratov T. Nutq madaniyati asoslari. T., 1993.

4.

Qo’ng’irov R., Begmatov E., Tojiyev Yo. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari. T., 1992.

5.

www.ziyonet.uz



References

Nusratullo Atoullo o’g’li Jumaxo’ja. Istiqlol va ona tilimiz. T., 1998.

Qilichev E, Qilichev B. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari. Buxoro, 2002.

Qudratov T. Nutq madaniyati asoslari. T., 1993.

Qo’ng’irov R., Begmatov E., Tojiyev Yo. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari. T., 1992.

www.ziyonet.uz