246
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 2
FUTBOL О‘YINI TARIXI, TEXNIKASI VA TAKTIKASI
Valiyev Azizxon Botir o’g’li
https://doi.org/10.5281/zenodo.14825916
Annotatsiya.
Futbol — dunyoning eng mashhur sport turlaridan biri bo‘lib, uning paydo
bo‘lishi va rivojlanishi tarixi juda qadimiydir. Futbol o‘yinlari turli xalqlarning qadimgi
an’analarida mavjud bo‘lsa-da, bugungi zamonaviy futbolning shakllanishi XIX asrning
o‘rtalarida Angliyada boshlangan. O‘yin tezda boshqa Yevropa mamlakatlariga tarqaldi va jahon
bo‘ylab keng yoyildi. Futbolning paydo bo‘lishi va rivojlanishi, shuningdek, uning xalqaro
miqyosda muhim ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lishi, sportni faqat o‘yin sifatida emas,
balki global madaniyat, xalqaro aloqalar va ommaviy tadbir sifatida ham rivojlanishini
ta’minladi. Bugungi kunda futbol nafaqat sport turi, balki butun dunyo bo‘ylab madaniy va
iqtisodiy o‘zgarishlarga sabab bo‘lgan bir fenomen hisoblanadi.
Kalit so‘zlar:
Futbol, sport tarixi, rivojlanish, Angliya, xalqaro futbol, futbol madaniyati,
futbol federatsiyasi, futbol jahon chempionati, futbolning ijtimoiy roli, sportning global ahamiyati.
HISTORY, TECHNIQUE AND TACTICS OF THE GAME OF FOOTBALL
Abstract.
Football is one of the most popular sports in the world, and the history of its
emergence and development is very ancient. Although football games exist in the ancient traditions
of different nations, the formation of today's modern football began in England in the middle of
the 19th century. The game quickly spread to other European countries and became widespread
throughout the world. The emergence and development of football, as well as its significant social
and economic importance on an international scale, ensured the development of sport not only as
a game, but also as a global culture, international relations and mass event. Today, football is not
only a sport, but also a phenomenon that has caused cultural and economic changes throughout
the world.
Keywords:
Football, history of sports, development, England, international football,
football culture, football federation, football world championship, social role of football, global
importance of sport.
ИСТОРИЯ, ТЕХНИКА И ТАКТИКА ИГРЫ В ФУТБОЛ
Аннотация.
Футбол — один из самых популярных видов спорта в мире, история его
возникновения и развития весьма древняя. Хотя футбольные игры существуют в древних
традициях разных народов, формирование современного футбола началось в Англии в
середине 19 века. Игра быстро распространилась в других европейских странах и получила
широкое распространение по всему миру. Возникновение и развитие футбола, а также его
значительное социальное и экономическое значение в международном масштабе
обусловили развитие спорта не только как игры, но и как глобальной культуры,
247
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 2
международных отношений, массового мероприятия. Сегодня футбол — это не только
вид спорта, но и явление, вызвавшее культурные и экономические изменения во всем мире.
Ключевые слова:
Футбол, история спорта, развитие, Англия, международный
футбол, футбольная культура, федерация футбола, чемпионат мира по футболу,
социальная роль футбола, мировое значение спорта.
Futbol oʻyini barcha mamlakatlarda oʻynaladi. Oʻyinlar turi ichida futbol eng keng
tarqalgan oʻyin. Futbol oʻyinini umuman butun yil davomida oʻynash mumkin.
Fiziologik nuqtai nazardan qaralganda muskullar ish faoliyatini jadal oʻzgaruvchan
sur`atda ishlashni talab etadi toʻp uchun kurash oʻyinchilardan bardamlikni, qat`iylikni,
ustuvorlilikni, oʻyinchilardan turli ko`rinishdagi aldamchi harakatlarni epchillik va zehnni
rivojlantiradi.
Futbol qadimda paydo boʻlgan boʻlib, yunonlar toʻp oʻyinini juda qadrlaganlar, hatto uni
gimnastlar maxsus maktablarining jismoniy mashqlar dasturiga kiritganlar.
Futbol inglizcha so`zdan olingan boʻlib, "fut"-"oyoq", "ball"-"toʻp" degan ma`noni
anglatadi. Shu nom yozilishi farqi bilan Ispaniya, Rossiya, Fransiya, Oʻzbekistonda saqlanib
qolgan. Nemislarda u "Fusbal", Vengerlarda "Labduragash", Amerikada "sokker" deyiladi.
Angliya zamonaviy futbolning asoschisi hisoblanadi. Futbol Angliya maktablari
burjuaziya vakillari uchun jismoniy tarbiya dasturlariga kiritildi. Angliyada ilk bor futbolni keyingi
rivojlanishini ta`minlash uchun oʻyin qoidalari aniqlangan.
248
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 2
1862-yili Angliyada oʻsha vaqtdanoq futbol muassasalari bor edi, umumlashtirilgan oʻyin
qoidalari 1863-yili futbol assotsiatsiyasini tuzilishi bilan bu qoidalari tasdiqlandi. Futbol bilan bir
qatorda futbol-regbi oʻyini ham shakllanib bordi.
Angliyadan futbol butun dunyoga tarqaldi. 1875-yildan boshlab futbol Gollandiyada,
keyinroq esa Daniyada va boshqa Markaziy Yevropa mamlakatlarida keng tarqaldi.
Futbol sohasi boʻyicha xalqaro aloqalar rivojlanib bordi. Bu aloqalarni 1872-yili Glazgoda
oʻtkazilgan Angliya va Shotlandiya jamoalari oʻrtasidagi musobaqalar boshlab berdi. Oʻyinlar avj
olishi bilan bir qatorda futbol qoidalari ham takomillashib bordi. 1882-yili davlatlar idoralari va
jamoat tashkilotlarining bir-biriga boʻysunadigan har bir bosqichida (instantsiya) yuqori oʻyin
sifatini oshirish maqsadida, hozirga qadar futbol qoidalariga oʻzgartirish kiritish haqida hukm
chiqaradigan xalqaro kengash tuzildi.
1872-yili Chelen koʻchma kubogi uchun musobaqasi oʻtkazildi. 1904-yili hozirda 150 dan
ortiq mamlakatlar a`zo boʻlgan xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) tuzildi. Shu bilan bir qatorda
1954-yili hozirda 34 mamlakat a`zo boʻlgan Yevropa futbol ittifoqi (UEFA) tuzildi. 1930-yildan
boshlab har 4 yilda milliy terma jamoalar uchun futbol boʻyicha jahon chempionati va 1968-yildan
beri futbol boʻyicha Yevropa chempionati oʻtkaziladi. 1900-yil futbol olimpia sport turiga kiritildi,
lekin faqat 1908-yili rasman tan olinib olimpia oʻyinlari dasturiga kiritildi. 1954-yili Osiyo futbol
Konfederatsiyasi (OFK) tuzildi va hozirda 44 dan ortiq mamlakat a`zodir.
UEFA rahbarligida keyingi kuboklar uchun oʻyinlar oʻtkaziladi: 1956-yil Yevropa
chempionlari kubogi, 1951-yil kubok sohiblari kubogi va 1971-yil UEFA kubogi uchun
musobaqalar avval bozor savdo-sotiq kubogi (yarmarka) nomi bilan oʻtkazilgan va bundan ham
mamlakatning eng kuchli federatsiya jamoalari ishtirok etgan, lekin yuqorida sanab oʻtilgan 2
kubok oʻyinlarida qatnashganlardan tashqari jamoalar qatnashish huquqiga ega boʻlgan.
1984-yildan boshlab, oʻsmir jamoalar uchun UEFA turniri oʻtkazilib kelinmoqda. Bundan
tashqari, 1977-yildan beri har 2 yilda FIFA doirasida yoshlar oʻrtasida jahon chempionati oʻtkazilib
kelinmoqda.
Sotsialistik mamlakatlarda 1945-yildan soʻng bu sport turi boʻyicha katta
muvoffaqiyatlarga erishishdi.
Futbol ommaviy jismoniy rivojlantirishning, kishilar salomatligini mustahkamlashning
eng ommabop vositasi hisoblanadi.
Mamlakatimizda millionlab kishilar ushbu sport turi bilan muntazam shug’ullanadilar.
Futbol chinakam atletik o’yin. U tezkorlik, chakkonlik, chidamlilik, kuchlilik, va
sakrovchanlikni rivojlantirishga yaqindan yordam beradi. Futbolchi o’yin paytida xaddan tashkari
ko’p ish bajaradi.Bu esa odamni funksional imkoniyatlarini oshiradi.Ma’naviy-irodaviy
xislatlarini tarbiyalashga yordam beradi.Charchok ortib borayetgan sharoitda ko’p va xilma xil
249
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 2
harakatlar qilish yuksak o’yin faoliyatini saklab turishuchun zarur bo’lgan irodaviy xislatlar
namoish etishni talab etadi.
Futbol o’yining negizida o’yinchilarni umumiy maksad g’alabaga intilish birlashtirib
turgan jamoalardan ikkitasining kurashi yotadi. G’alabani qo’lga kiritishga intilish futbolchilarni
jamoa bo’lib harakat qilishga bir-biriga uzaro yordam berishga urgatadi, tarbiyaviy ahamiyat kasb
etadi. Futbol o’yini vaqtida har bir o’yinchi o’zining shaxsiy imkoniyatlarini ko’rsatish
imkoniyatiga ega.
Futbol mashg’ulotlari va musoboqalarini ko’pincha iqlim va meteorologiya sharoiti keskin
uzgarib ketadigvn sharoitda qariyb bir yil buyi davom etgani uchun, bu o’yin jismoniy jixatdan
chinikishga ham organizmning qarshilik kursatish qobiliyati ortishi va adabtatsiya imkoniyatlari
kengayishiga ham yordam beradi.
Boshka sport turlaridagi mashg’ulotlarda ko’pincha futboldan qo’shimcha sport turi
sifatida foydalaniladi. Buning sababi shundaki,futbol spolrtchining jismoniy rivojlanishiga aloxida
ta’sir etadi, shuning uchun tanlangan sport ixtisosidan yaxshi tayyorgarlik kurishga yordam berishi
mumkin.
Texnik usullar bu futbol o’yinini vujudga keltirish vositasidir. Yuksak sport natijalariga
erishish uchun ko’p jixatdan ana shu xilma-xil vositalarni kanchalik tulik bo’lishiga, rakib jamoa
o’yinchilari qarshilik kursatayotgan, ko’pincha esa charchoq orta borayotgan sharoitda o’yin
faoliyatidagi turli xolatlarda ularni kanchalik moxirlik bilan,samarali qo’llanishga boglik.
O’yin taktikasi o’yinchilarni raqib ustidan galaba kozonishiga karatilgan individual va
jamoaviy harakatlarni tashqil qilishni, ya’ni jamoa futbolchilarini muayyan rejaga binoan aynan
shu, aniq raqib bilan muvvaffaqiyatli kurash olib borishga imkon beradigan birgalikdagi harakatlar
tushiniladi.
Taktikadagi asosiy vazifa xujum va himoya harakatlarini maksadga erishtira oladigan eng
qo’lay vosita, usul va formalarni belgilashdan iborat.
REFERENCES
1.
Nurimov R.I. Futbol. Darslik. T: 2005
2.
Xolmirzayev E.J., Nematov B.I., Xoʻjaniyozov B.I. Sport anjomlari va
3.
jihozlari - T., 2010.
4.
Imomxujayev A. Futbol - quvonchim, dardim, faxrim.- T., 1996.
5.
Sergeev G.M. Istoriya futbola v Uzbekistane. V sbornike nauchno`x trudov. Tashkent,
2001.
6.
Simakov V.I. Futbol. Prosto`e kombinatsii. M., FiS, 1987. Futbol. Pravila sorevnovaniy.
M., RFS, 1997.
250
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 2
7.
Nurimov R.I. Yosh futbolchilarni texnik va taktik tayyorlash. O`quv qo` llanma. - T.:
UzDJTI, 2005.
8.
Talipdjanov A.I. Yuqori malakali futbolchilar tayyorlashning zamonaviy tizimi. O‗quv
qo‗llanma. - T., 2012.
