09-02-2025
295-299
301
42
FARG‘ONA VILOYATI TARIXIY YODGORLIKLARINING AHOLI MA’NAVIY HAYOTIDAGI O‘RNI (MARG‘ILON MISOLIDA)
Mazkur maqolada Farg‘ona viloyati, xususan, Marg‘ilon shahridagi tarixiy yodgorliklarning aholi ma’naviy hayotidagi o‘rni tahlil qilinadi. Marg‘ilondagi Xo‘ja Mag‘iz maqbarasi, Said Ahmad Xo‘ja madrasasi kabi muhim tarixiy obidalar milliy merosni saqlash, diniy-ma’naviy tarbiyani shakllantirish va tarixiy xotirani mustahkamlashda muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, maqolada ushbu yodgorliklarning hunarmandchilik va sayyohlik rivojiga qo‘shayotgan hissasi yoritiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, Marg‘ilondagi tarixiy yodgorliklar nafaqat o‘tmishning guvohlari, balki yosh avlodni tarbiyalash va mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirish vositasi hamdir.