305
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING MILLIY IMIDJINI
BOSHQARISHDAGI RAHBARNING MENEJMENT QOBILIYATLARINI
TAKOMILLASHTIRISH ASOSLARI
Valiyeva Hamida Rovshan Qizi
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini
oshirish instituti mustaqil tadqiqotchisi.
Toshkent transport universiteti “Jismoniy tarbiya va sport kafedrasi” assistenti.
E-mail:
hamidavaliyeva0314@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.14838718
Annotatsiya.
Ushbu maqolada maktabgacha ta’limda milliy imidj tushunchasining roli va
ahamiyati, ta’lim tarbiya jarayonida milliy imidjning qanday shakllanishi, rivojlanishi va uning
ijtimoiy ahamiyati haqida batafsil yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
image, joriy imidj, maqbul imidj, korporativ imidj, ko‘p sonli imidj,
maktabgacha ta’lim tashkilotining imidji, imidj ob’ektlar, ijimoiy ta’sirchan shaxslar, pedagogik
jamoa a’zolari.
BASIS OF IMPROVING THE MANAGEMENT SKILLS OF A LEADER IN
MANAGING THE NATIONAL IMAGE OF A PRESCHOOL EDUCATIONAL
ORGANIZATION
Abstract.
This article discusses in detail the role and importance of the concept of national
image in preschool education, how the national image is formed, developed and its social
significance in the educational process.
Keywords:
image, current image, acceptable image, corporate image, multiple images,
image of a preschool educational organization, image objects, socially influential individuals,
members of the pedagogical team.
ОСНОВЫ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ УПРАВЛЕНЧЕСКИХ НАВЫКОВ
РУКОВОДИТЕЛЯ ПО УПРАВЛЕНИЮ НАЦИОНАЛЬНЫМ ИМИДЖЕМ
ДОШКОЛЬНОЙ ОБРАЗОВАТЕЛЬНОЙ ОРГАНИЗАЦИИ
Аннотация.
В статье подробно рассматриваются роль и значение концепции
национального имиджа в дошкольном образовании, как формируется и развивается
национальный имидж в образовательном процессе, его социальная значимость.
Ключевые слова:
имидж, актуальный имидж, приемлемый имидж, корпоративный
имидж, множественные имиджи, имидж дошкольной образовательной организации,
объекты имиджа, социально значимые личности, члены педагогического коллектива.
306
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2
Maktabgacha ta’lim tashkilotining milliy imidji tushunchasi, o‘z navbatida, jamiyatdagi
ta’limning boshlang’ich bo’limi sifatida o‘ziga xosligini, maqsad va vazifalarini, milliy
qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishdagi rolini ifodalaydi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining
milliy imidji nafaqat tarbiyalanuvchilarga ta’lim berishda, balki jamiyatda umumiy madaniy,
axloqiy va ma’naviy rivojlanishning poydevorini yaratishda ham muhim rol o‘ynaydi. Bu
jarayonlar, O‘zbekiston Respublikasining ta’lim tizimi va maktabgacha ta’lim sohasidagi qonuniy
asoslar bilan bevosita bog’liq bo‘lib hozirgi kunda maktabgacha ta’limni rivojlantirish, ta’limga
bo‘lgan yondashuvlarni yangilash va sifatini oshirish bo‘yicha ko‘plab huquqiy me’yorlar va
qonunlar qabul qilingan. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g’risida”gi va
“Maktabgacha ta’lim va tarbiya”
1
to‘g’risidagi Qonunlar va “O‘zbekiston Respublikasi
maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi
2
Prezident Qarorlarida va boshqa ko‘plab me’yoriy hujjatlarda o‘z aksini topgan. Ushbu hujjatlar,
maktabgacha ta’lim tashkilotlarining milliy imidjini shakllantirish va uning jamiyatda to‘g’ri
ifodalanganligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Maktabgacha ta’limning milliy qadriyatlarni
saqlash va rivojlantirishdagi roli, ayniqsa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risida”gi
3
Qarorida o‘z
aksini topgan bo‘ib, maktabgacha ta’limni modernizatsiya qilish bo‘yicha davlatning strategik
yo‘nalishlari bilan uyg’unlashgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi
4
va Bolalar huquqlari
to‘g’risidagi Konvensiya
5
kabi xalqaro huquqiy hujjatlar, bolalarning ta’lim olish huquqini
kafolatlaydi va ta’lim tizimini rivojlantirishda milliy imidjni shakllantirish zaruratini ta’minlaydi.
Maktabgacha ta’lim tizimi bolalarga ta’lim berishda ularning o‘ziga xos etnik va madaniy
identifikatsiyasini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, bu, o‘z navbatida, jamiyatning axloqiy va
madaniy rivojlanishiga hissa qo‘shadi.
Shu bilan birga, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining milliy imidji, davlat tomonidan
taqdim etilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida amalga oshirilgan islohotlar bilan bevosita
bog’liqdir. Ta’lim tizimini raqamlashtirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha qabul qilingan
qonunlar va qarorlar, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida milliy imidjni yaratishda texnologiyalarni
integratsiya qilishga imkon beradi, bu esa bolalarning ijtimoiy va madaniy rivojlanishiga xizmat
qiladi.
1
Oʻzbekiston Respublikasining “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Qonuni 2019-yil 16-dekabr.
2
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim
tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-4312-son Qarori.
3
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 22.12.2020 yildagi 802-son
4
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -T.: Oʻzbekiston, 2023-yil.
5
Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya. BMT Bosh Assambleyasining 1989-yil
307
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2
Bizningcha maktabgacha ta’lim tashkilotining milliy imidji tushunchasi O‘zbekiston
Respublikasining huquqiy asoslari va ta’lim tizimining rivojlanish yo‘nalishlari bilan chambarchas
bog’liq bo‘lib, bu jamiyatdagi madaniy, axloqiy va ma’naviy qadriyatlarni saqlash va
rivojlantirishga xizmat qiladi.
Maktabgacha ta’limda milliy imidj tushunchasining roli va ahamiyatini tahlil qilishda,
ushbu sohaga oid bir qator ilmiy tadqiqotlar, yondashuvlar va ilmiy fikrlarga to‘xtalib o‘tish
muhimdir. Avvalo, milliy imidjning ta’lim tizimidagi o‘rni va uning jamiyatdagi ijtimoiy, madaniy
va axloqiy rivojlanishga ta’siri haqida mavjud ilmiy asarlar tahlil qilish shuningdek, milliy imidj
tushunchasining pedagogik jarayonda qo‘llanilishi va uning bolalar ta’limidagi roli haqidagi ilmiy
yondashuvlar ko‘rib chiqamiz.
Milliy imidjning ta’lim tizimida qanday shakllanishi, uning pedagogik va psixologik
asoslari haqida ilmiy tadqiqotlar olib borgan Respublikamiz olimlari, jumladan, Q.Nazarov,
K.A.Eshpulatov, N. Jo‘rayeva, Sh. Safaraliyeva, F. Jevkin va boshqalarning tadqiqotlari shuni
ko‘rsatadiki, milliy imidj nafaqat milliy identifikatsiyaning, balki jamiyatda ijtimoiy va madaniy
qadriyatlarning shakllanishi va rivojlanishining muhim omilidir. Tarbiyachilarning professional
tayyorgarligi va pedagogik metodlari, milliy imidjning o‘quvchilarga to‘g‘ri tarzda etkazilishiga
imkon yaratadi. Tadqiqotlar natijasida, milliy imidj bolalar ta’limida, ayniqsa, maktabgacha
yoshdagi bolalar uchun ijtimoiy va madaniy adaptatsiyaning poydevorini yaratishda muhim
ahamiyatga ega ekani ta’kidlanadi.
Imidj (inglizcha “image” – qiyofa, tasvir) tushunchasini Q.Nazarov quyidagicha
ta’riflaydi: “Imidj – odamlar ongida muayyan shaxs, tashkilot yoki boshqa ijtimoiy obyektga
nisbatan yuzaga keladigan, idrok etilayotgan obyekt haqidagi axborotni o‘zida
mujassamlashtirgan va ijtimoiy xulq-atvorga da’vat etadigan muayyan sintetik obraz.”
Muallifning fikriga ko‘ra, imidjning ikki turi mavjud: korporativ imidj (kompaniya, firma,
korxona, muassasa, siyosiy partiya, jamoat tashkiloti va hokazo imidji) va individual imidj
(siyosatchi, biznesmen, artist, rahbar, ijtimoiy harakat yetakchisi kabi alohida shaxslarning imidji).
Ikkala holda ham tashqi va ichki imidj mavjud. Tashkilotning tashqi imidji – bu uni
qurshagan muhitda, mazkur tashkilotning mijozlari, iste’molchilari, raqiblari, hokimiyat organlari,
OAV, jamoatchilik ongida u haqda shakllanadigan obraz va tasavvur. Individning tashqi imidji,
o‘z navbatida, verbal, vizual, axloqiy, estetik ifoda usullari va xulq-atvorning har xil shakllaridan
tarkib topadi. Bu imidjga bevosita yoki bilvosita aloqaga kirishadigan odamlar esa imidjning
subyekti hisoblanadi
6
.
6
Q.Nazarovning va boshqalar “Ma’naviyat asosiy tushunchalar lug’ati” Toshkent- 2021.
308
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2
Imidj masalasida funksional yondashuvni qo‘llagan ingliz olimi F. Jevkinz imidjning turli
turlarini taklif qiladi. Uning fikriga ko‘ra, imidjning quyidagi turlari mavjud: Ko‘zgusimon imidj
– bu shaxsning o‘ziga nisbatan tasavvurlari va o‘zini idrok etishi asosida shakllanadigan imidjdir.
Bu imidj shaxsning o‘ziga bo‘lgan qarashlari, ichki tasavvurlari va o‘zini qanday ko‘rishi bilan
bog‘liq bo‘ladi.
Joriy imidj – bu tashqi ko‘rinish, boshqalar tomonidan qabul qilingan, biz haqimizdagi
tasavvurlarni aks ettiruvchi imidjdir. Boshqalar bizni qanday ko‘rsa, bizni qanday idrok etsa, bu
imidjni yaratadi.
Maqbul imidj – bu shaxsning o‘zining ideal holatiga intilishi, maqsadlari va kelajakdagi
ko‘rinishini aks ettiruvchi imidjdir. Bu imidj shaxsning o‘ziga bo‘lgan intilishlari va o‘zini qanday
ko‘rishni xohlayotgani bilan bog‘liq.
Korporativ imidj – bu tashkilotning faqat ayrim bo‘linmalari yoki ish natijalari emas, balki
umuman tashkilotning umumiy tasavvuri va qiyofasidir. Tashkilotning o‘ziga xos xususiyatlari va
jamoatchilikdagi obro‘si bu imidjni tashkil etadi.
Ko‘p sonli imidj – bu yagona korporatsiya o‘rnida bir nechta mustaqil tuzilmalar mavjud
bo‘lib, ular o‘zaro aloqada bo‘lgan holda shakllanadigan imidjdir. Bu holatda, korporatsiyaning
bir nechta bo‘linmalari yoki alohida tuzilmalari o‘zlariga xos imidjga ega bo‘ladi, biroq ular
umumiy maqsadga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
F. Jevkinz tomonidan taklif qilingan bu imidj turlari har biri o‘zining ijtimoiy, psixologik
va madaniy xususiyatlariga asoslangan bo‘lib, shaxs va tashkilotlarning atrof-muhitda qanday
qabul qilinishi va qanday tasavvur qilinishi bilan bog‘liqdir.
Maktabgacha ta’lim tashkilotining milliy imidjini yaratishda milliy qadriyatlar va
madaniyatni targ‘ib qilishning pedagogik metodologiyasi bilan bog’liq tadqiqotlar olib brogan
N.Sh.Abdullayeva, D.Zuparova kabi tadqiqotchilarning ishlariga alohida e’tibor qaratadigan
bo‘lsak, pedagogik metodlarni qo‘llashda zamonaviy metodlarni bolalar yoshining xususiyatlariga
mos ravishda qo’llanilishi orqali milliy imidjni ta’lim jarayoniga kiritish zarurligini ta’kidlaydilar.
Bu jarayon, tarbiyachilarning metodlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, milliy
qadriyatlarning ifodalanishi bolalar ta’limida muhim ahamiyatga ega. Ilmiy izlanishlarda, milliy
qadriyatlarning bolalar shaxsiyatining shakllanishida va ijtimoiy moslashuvda qanday ta’sir
ko‘rsatishi o‘rganiladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotining imidji, shu tarzda, bolalarga milliy
qadriyatlarni o‘rgatishda, ularning ijtimoiy va madaniy moslashuvini ta’minlashda muhim rol
o‘ynaydi.
K.A. Eshpulatovning fikriga ko‘ra, yoshlarda milliy qadriyatlar tushunchasini
rivojlantirishda forumlar, tanlovlar va dasturlar tashkil etish muhim ahamiyatga ega. U, o‘zbek
millati qadriyatlari va an’alarini aks ettiruvchi muzeylar, kutubxonalar va madaniyat markazlarini
309
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2
tashkil etish va rekonstruksiya qilish zarurligini ta’kidlaydi. Shuningdek, jamiyatning barcha
qatlamlarini, ayniqsa yoshlar va ota-onalarni bu jarayonga jalb qilish kerakligini ta’kidlab, “Milliy
qadriyatlar maktabi" interaktiv portalini yaratishni taklif qiladi. Bu portalga ta'lim jarayonida
qadriyatlarni va ularning ma'nolarini aks ettiruvchi materiallar, video darslar, ertaklar va boshqa
didaktik resurslar kiritilishi zarur.
Olimling fikricha, tarbiyachilarning pedagogik metodlari va ularning faoliyati milliy
qadriyatlarni yosh bolalar ongiga singdirishdagi asosiy vosita hisoblanadi. U, interaktiv
mashg‘ulotlar orqali bu qadriyatlarni samarali tarzda ta'lim jarayoniga kiritish zarurligini
ko‘rsatadi. Bundan tashqari, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ota-onalar bilan muntazam
ravishda forumlar va chatlar orqali muloqot o‘rnatish, ularni qadriyatlar haqida bilgilantirish va
pedagoglar bilan fikr almashish imkoniyatini yaratish muhimligini ta’kidlaydi.
Shuningdek, K.A. Eshpulatov ma’naviyatning bugungi kunda har qachongidan ham
ahamiyatli ekanligini va jamiyatdagi barcha tizim rahbarlari, xodimlari, shu jumladan pedagoglar,
ma’naviyatni rivojlantirish yo‘lida faollik ko‘rsatishlari kerakligini ta’kidlaydi. Moddiyat va
ma’naviyatni teng ko‘rish va ularni ongimizda, qalbimizda mustahkamlash zarurligini urg‘ulaydi.
7
Maktabgacha ta’lim tashkilotining imidjini shakllantirish nafaqat bilim beruvchi
muassasalar, balki jamiyatda madaniy, axloqiy va ma'naviy qadriyatlarni shakllantiruvchi
poydevor hisoblanadi. Milliy qadriyatlarni ta'lim jarayoniga singdirish va ularga asoslangan
pedagogik metodologiyalarni qo‘llash ta'lim maktabgacha ta’lim tashkiloti imidjini zamonaviy,
jozibali va qadriyatlar bilan boyitilgan tarzda shakllantirishga xizmat qiladi.
Ta’lim jarayonida milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish va ularni ta’lim resurslari orqali bolalar
ongiga singdirish, maktabgacha ta'lim tashkilotining imidjini nafaqat zamonaviy ta’lim muassasasi
sifatida, balki milliy an’ana va qadriyatlarni saqlovchi va rivojlantiruvchi muassasa sifatida ham
mustahkamlaydi. Bu jarayon maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarining faoliyati va
metodologiyasining yuqori darajada bo‘lishini talab qiladi. Chunki tarbiyachilar bolalarga milliy
qadriyatlarni singdirishda asosiy vosita hisoblanadi.
Shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘tkaziladigan tanlovlar, festivallar,
onlayn ma’ruzalar va boshqa tadbirlar, tashkilotning ijtimoiy imidjini oshirib, jamiyat bilan o‘zaro
aloqalarni mustahkamlaydi. Bu esa, ta’lim tashkilotining jamiyatdagi o‘rni va e’tiborini yanada
kuchaytiradi.
N. Jo‘rayeva va Sh. Safaraliyevaning datadqiqotlarida "imidj" yoki "obraz" atamasi
psixikamizda aks ettirilgan ob’ektlarning ko‘rinadigan va ko‘rinmas xususiyatlarining birlashmasi
7
K.A.Eshpulatov, Sh.N. Qosimova / “Improving the National System Focused on Spiritual and General Human
Values” EXCELLENCIA: INTERNATIONAL MULTI-DISCIPLINARY JOURNAL OF EDUCATION. Volume
02, Issue 05, 2024 ISSN (E): 2994-9521.
310
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2
sifatida ta’riflanadi. Bu atama ob’ektning tashqi ko‘rinishi bilan birga, uning ideal va ichki
xususiyatlarini ham o‘z ichiga oladi. Ta’lim menejmentida esa, imidj yaratish muhim vosita
sifatida, ta’lim tashkilotlarining, pedagoglari va rahbarlarning o‘ziga xos tasvirlarini
shakllantirishda katta rol o‘ynaydi. Ta’lim tashkilotining imidji uning sifatini, pedagogik
faoliyatini va jamiyatdagi obro‘sini ta’sirchan tarzda aks ettiradi
8
.
N. Jo‘rayevaning ta’kidlashicha “rasmiy imidj haqida gapirganda, davlatning ichki va
tashqi tasvirlari o‘rtasidagi farqni aniqlash zarur. Davlatning ichki tasviri uning fuqarolari
tomonidan qanday qabul qilinayotgan bo‘lsa, tashqi tasviri jahon hamjamiyatida qanday
ko‘rinishga ega ekanligi bilan bog’liqdir”.
Maktabgacha ta’lim tizimi uchun bu masala ayniqsa ahamiyatlidir, chunki
tarbiyalanuvchilar va ularning ota-onalari uchun ta’lim tashkilotining ichki ko‘rinishi (ta’lim
jarayonining sifati, muhit, rahbarlik va pedagoglarning sifati) tashqi imidjini yaratadi. Tashqi imidj
esa, maktabgacha ta’lim tashkilotining obro‘si va reytingiga ta’sir etadi, bu esa kelajakdagi
tarbiyalanuvchilar va ular bilan ishlovchi pedagog xodimlarning tanloviga bevosita ta’sir
ko‘rsatadi.
Yuqoridagi tahlillardan kelib chiqib, quyidagi mualliflik ta’rifini belgiladik.
Maktabgacha
ta’lim tashkilotining imidji
- maktabgacha ta’lim tashkilotining umumiy qiyofasini tashkil qilib
tashkilotning moliyaviy holati, pedagoglarining malakasi, rahbarlarning shaxsiy fazilatlari, ta’lim
metodikalari, jamiyat oldidagi ijtimoiy mas’uliyati va axloqiy faoliyatiga asoslanadi. Maktabgacha
ta’lim tashkilotining ijtimoiy mas’uliyatni qabul qilishi, pedagog xodimlarga g’amxo‘rlik qilishi,
hamda axloqiy me’yorlarga rioya qilishi uning imidjini mustahkamlaydi va jamoatchilik bilan
ijobiy munosabatlarni o‘rnatadi.
Biz, imidj yaratish jarayoni ta’lim menejmentining asosiy vazifalaridan biridir deb
xisoblaymiz. Bu faoliyat ta’lim tashkilotining esda qolarli va o‘ziga xos qiyofasini yaratishga
qaratilgan bo‘lib, tarbiyalanuvchilar va ularning ota-onalariga yaxshi taassurot qoldirish uchun,
maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘zining imidjini samarali boshqarishi kerak. Bu jarayon ta‘lim
tizimining barcha qismlarini (pedagoglar, rahbarlar, xodimlar va boshqalar) birlashtirgan holda,
aniq va o‘ziga xos tasvirni yaratishga xizmat qiladi.
Ta’lim menejmentida imidjni yaratish faqatgina tashqi ko‘rinishni boshqarish bilan
cheklanmaydi, balki uning sifatini, tizimdagi ijtimoiy va axloqiy mas‘uliyatni, pedagoglar va
tarbiyalanuvchilarga bo‘lgan munosabatni ham aks ettiradi. Maktabgacha ta’lim tashkilotining
imidjini takomillashtirish orqali, uning obro‘sini oshirish va jamiyatda o‘z o‘rnini yanada
mustahkamlash mumkin bo‘ladi.
8
Jo’rayeva Nilufar., Safaraliyeva Shahrizoda Sanjar qizi / Imidj kommunikatsiya // Uzbek Scholar Journal // Volume-
28, May – 2024. B-39.
311
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2
Biz, maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun imidj yaratish ob’ektlarini tahliliy yondoshuv
asosida metodologik jihatdan o‘rganib chiqdik.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining imidji, ularning jamiyatdagi o‘rni va obro‘si
shakllanishida bir qator muhim omillar va shaxslar bevosita ta’sir qiladi. Biz bu omillarni “imidj
yaratish ob’yektlari” deb atadik va ular maktabgacha ta’lim tashkilotining jamiyatdagi kayfiyatiga,
uning pedagogik sifatiga, hamda ota-onalar bilan o‘zaro munosabatlariga qarab farq qiladi. Ushbu
obyektlarni tahlil qilish, maktabgacha ta’lim tashkilotlari muvaffaqiyatining asosiy omillarini
anglash va ularga e’tibor qaratishda yordam beradi(1.1. 1-rasm).
1.1.
1-rasm. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida imidj yaratish ob’yektlari.
Pedagogik jamoa a’zolari
: pedagogik shaxslar maktabgacha ta’lim tashkilotining asosiy
faoliyatini amalga oshiradigan va uning imidjini bevosita shakllantiradigan shaxslar hisoblanadi.
Tarbiyachilar va pedagogik jamoa a’zolarining kasbiy mahorati, pedagogik
yondoshuvlarining samaradorligi, va ularning bolalar bilan ishlashdagi muomala madaniyati
tashkilotning jamiyatdagi obro‘sini belgilaydi. Masalan, bolalar uchun sifatli ta’limni ta’minlash,
ularning rivojlanishini rag’batlantirish va psixologik muhitni yaratish orqali pedagogik shaxslar
maktabgacha ta’lim tashkilotining reytingini oshirishga yordam beradi. Shu bilan birga,
pedagoglarning ijtimoiy mas’uliyati, bolalar bilan muomala qilishda ehtiyotkorlik va ularning
farovonligini ta’minlashga qaratilgan harakatlari, tashkilotning ijobiy qiyofasini mustahkamlashda
muhim ahamiyatga ega.
OTA-ONALAR
PEDAGOGIK JAMOA
A’ZOLARI
IJIMOIY TA’SIRCHAN
SHAXSLAR
312
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2
Ota-onalar bilan hamkorlik:
ota – onalar va ularni o‘rnini bosuvchi shaxslar maktabgacha
ta’lim tarbiya jarayonida bevosita ishtirok etuvchi va ta’lim tashkilotining imidjiga ta’sir
ko‘rsatadigan asosiy obyektlardan biridir. Samarali tarzda ota-onalar bilan hamkorlik olib boorish,
bolalar uchun yaxshi ta’lim tarbiya muhitini yaratishda muhim rol o‘ynaydi. Ota-onalar bilan
samarali aloqalar, ularning pedagogik jarayonga bo‘lgan ishonch va ishtirokini oshirish,
tashkilotning obro‘sini yanada mustahkamlashga yordam beradi. Bu, ayniqsa, ota-onalarning fikr-
mulohazalarini inobatga olish, ularning ehtiyojlarini qondirish, va ta’limda yuzaga keladigan
muammolarni birgalikda hal qilishda o‘zini namoyon qiladi. Bunday hamkorlik, ta’lim sifatini
oshiradi va maktabgacha ta’lim tshkilotining jamiyatdagi imidjini yaxshilaydi.
Ijimoiy ta’sirchan shaxslar:
maktabgacha ta’lim tashkilotlarining imidjiga ijtimoiy
ta’sirchan shaxslar ham ta’sir ko’rsatadi. Bu guruhga siyosatchilar, mahalliy liderlar, ommaviy
axborot vositalarining vakillari va boshqa jamiyatdagi faol shaxslar kiradi. Ijtimoiy ta’sirchan
shaxslar, maktabgacha ta’lim tizimining rivojlanishiga yordam berish yoki tashkilot haqidagi
fikrlarni shakllantirishda bevosita ta’sir o‘rnatadilar. Ularning fikrlari va tavsiyalari jamiyatda
maktabgacha ta’lim tashkilotining obro‘sini oshiradi yoki kamaytiradi. Shu sababli, ijtimoiy
ta’sirchan shaxslar bilan aloqalar va ularning ta’lim tashkilotiga nisbatan pozitif munosabatlarini
shakllantirish tashkilot uchun muhim ahamiyatga ega.
REFERENCES
1.
Oʻzbekiston Respublikasining “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Qonuni 2019-yil
16-dekabr.
2.
Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya. BMT Bosh Assambleyasining 1989-yil.
3.
Q.Nazarovning va boshqalar “Ma’naviyat asosiy tushunchalar lug’ati” Toshkent- 2021.
4.
K.A.Eshpulatov, Sh.N. Qosimova / “Improving the National System Focused on Spiritual and
General Human Values” excellencia: international multi-disciplinary journal of education.
Volume 02, Issue 05, 2024 b-3.
5.
Jo’rayeva Nilufar., Safaraliyeva Shahrizoda Sanjar qizi / Imidj kommunikatsiya // Uzbek
Scholar Journal // Volume- 28, May – 2024. b-39.
