ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
232
O.YOQUBOVNING “YAXSHILIK” HIKOYASIDA QO`LLANGAN FRAZEOLOGIK
BIRLIKLAR VA ULARNING LISONIY TAHLILI.
Fozilova Gulshoda
Buxoro psixologiya va xorijiy tillar institute I bosqich magistranti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14840358
Annotatsiya.
Ushbu maqolada buyuk ijodkor Odil Yoqubov hikoyalarida qo`llanilgan
frazeologik birliklarning qo`llanish uslubi va ularning hikoyadagi vazifalari korib chiqilgan.
Jumladan, hozirgi o`zbek adabiyoti hikoyalari va bugungi kun tilshunosligida iboralarning
qo`llanishi atroflicha tahlil qilindi.
Kalit so`zlar:
lingvistik, frazeologik birlik, ifoda plani, mazmun plani, tasnif, frazema,
ibora.
ФРАЗЕОЛОГИЧЕСКИЕ ЕДИНИЦЫ, ИСПОЛЬЗОВАННЫЕ В РАССКАЗЕ
О.ЯКУБОВА «ДОБРОТА» И ИХ ЛИНГВИСТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ.
Аннотация.
В данной статье рассмотрен способ употребления фразеологизмов,
использованных в рассказах великого творца Одила Якубова, и их функции в рассказе:
Проанализировано употребление выражений в современной узбекской литературе,
рассказах и лингвистике.
Ключевые слови:
лингвистика, фразеологизм, план выражения, план содержания,
классификация, фразема, фраза.
PHRASEOLOGICAL UNITS USED IN O.YAKUBOV'S STORY "KINDNESS" AND
THEIR LINGUISTIC ANALYSIS.
Abstract.
This article examines the way of using phraseological units used in the stories of
the great creator Odil Yakubov, and their functions in the story: The use of expressions in modern
Uzbek literature, stories and linguistics is analyzed.
Key words
: linguistics, phraseology, expression plan, classification, idioms, phrase.
Kirish.
Frazeologiya (gr. “phrasis” – ifoda va “logos” – ta`limot) degan ma`noni bildiradi.
Frazeologiya
bo`limida
iboralar
(turg`un
birikmalar,
frazeologik
birikmalar,
frazeologizmlar) o`rganiladi. Shu sababdan frazeologiya ikki ma`noda ishlatiladi:
1.
Tilning frazeologik tarkibini o`rganuvchi tilshunoslik sohasi,
2.
Shu tilning frazeologizmlar majmui.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
233
Frazeologiya leksikologiya bo`limining tarkibiy qismidir. Aytish mumkinki, ushbu
yo’nalish tilshunoslikning tez rivojlangan sohalaridan biri hisoblanadi. Rus va ingliz
tilshunosligida frazeologiya ancha ilgari o`rganila boshlangan bo`lsa, o`zbek tilshunosligida bu
soha o`tgan asrning 40-50-yillaridan sistemali ravishda o`rganila boshlangan. Bu davrda juda ko`p
tilshunos olimlar frazeologizmlar tadqiqiga bag`ishlab doktorlik dissertatsiyalarini yaratgan.
Bularga misol tariqasida Sh.Rahmatullaev (1969), G.A.Bayramov (1970), M.F.Chernov (1986)
kabilarni aytishimiz mumkin.
Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili (Literature review)
Mustaqillik yillaridan keyin
ham bu sohada juda ko`p ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, Sh.Rahmatullaevning 1992-yilda
nashr etilgan “O`zbek tilida fe`l frazemalarining bog`lashuvi” nomli monografiyasi ushbu sohada
yaratilgan dastlabki tadqiqot natijalaridan biri hisoblanadi. Bundan tashqari frazeologizmlar
mavzusidagi yana bir ilmiy ish Sh.A.Ganiyeva tomonidan 2017-yilda himoya qilingan bo`lib, u
“O`zbek frazeologizmlarining strukturasi (shakliy va mazmuniy modellashtirish)” deb nomlanadi.
Bu ilmiy ish frazeologizmlarning shakl va mazmun jihatidan alohida tartib bo`yicha
o`rganilganligi bilan ahamiyatlidir. [4, 45].
Frazeologik birliklarning xususiyatlarini tashqi shaklga qarab ham tasnif qilish mumkin.
Bu tasnifda ko`proq frazeologik iboralarning tarkibidagi so`zlar soniga e`tibor beriladi.
Ko`pgina tilshunoslar iboralar faqat ikki so`zdan iborat bo`lgan barqaror birikma, degan
fikrlarni bildiradilar. Ammo kuzatishlar shuni ko`rsatadiki, frazeologik iboralar ikki, uch va undan
ortiq so`zlardan iborat bo`lishi ham mumkin. Shuningdek, iboralarning quyidagi xususiyatlari ham
mavjud:
1.
Iboralar nutqqa tayyor holda olib kiriladi, iboralar tarkibidagi so`zlar orasida sintaktik
aloqa bo`lmaydi. Iboralar yaxlitligicha bir so`roqqa javob bo`ladi va butunligicha bir gap bo`lagi
vazifasida kelishi mumkin. Quyidagi gapda “damim ichimga tushib ketdi” iborasi butunligicha
kesim vazifasida kelgan: “Buvimning zardali ovozini eshitib,
damim ichimga tushib ketdi
.”
2.
Iboralar mazmuniy yaxlitlikka ega bo`lib, ko`pincha mazmunan bir leksema hisoblanadi.
Buni quyidagi ibora misolida ko`rishimiz mumkin: “ko`zini bo`yamoq” – aldamoq.
3.
Frazeologizmlar ko`chma ma`noda, obrazli ifodalarda qo`llaniladi hamda tarixiy qo`llanish
me`yorlariga, usullariga ega bo`lib, ularning ma`nosi muayyan nutq jarayonida oydinlashadi.
Masalan: “og`ziga talqon solmoq” iborasi tarixiy qo`llanish me`yoriga ega bo`lib,
jim turmoq,
sukut saqlamoq
ma`nolarini anglatib keladi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
234
4.
Frazeologizmlar tilda ekspressivlik, emotsionallik, obrazlilikni oshirish uchun xizmat
qiladi. Frazeologizmlar odatda insonning lisoniy ongidagi fikrni chiroyli dalillar bilan yoritadi va
xoh u tinglovchi bo`lsin, xoh u kitobxon bo`lsin lisoniy tafakkuriga oddiy jumlalardan ko`ra tez
muhrlanadi. Masalan, hikoyada “ruhi so`ngan” iborasi emotsionallikni oshirish uchun xizmat
qilgan bo`lib, “
ruhiy tushkunlikka tushgan”
degan ma`noni anglatadi.
Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology).
Frazeologizmlar odatda tilning ko`z
ilg`amas jihatlarini, rang-barangligini o`zida aks ettiradi.
Uning bu kabi xususiyatlarini oʼzbek olimlaridan Sh.Rahmatullaev, А.Isaev, K.Bozorboev,
А.Mamatov, B.Yoʼldoshev, U.Rashidova, Sh.Gʼanieva, Sh.Аlmamatova, B.Boltayeva kabilar
tadqiqotlar olib borishgan va sohaning tadqiq ko’lamini yoritib berishga muayyan darajada
muvaffaq bo’lishgan.
Bundan tashqari rus tilshunos olimlari ham bu sohada koʻp izlanishlar olib borishgan.
Frazeologiya tilshunoslikning mustaqil tarmogʻi sifatida 20-asrning 40-yillarida rus
tilshunosligida paydo boʻlgan. Uning dastlabki shakllanishiga rus olimlari A. A. Potebnya, I. I.
Sreznevskiy, A. A. Shaxmatov asarlarida asos solingan boʻlsa, barqaror (turgʻun) soʻz
birikmalarini alohida tilshunoslik boʻlimi — Frazeologiyada oʻrganish masalasi 20—40-
yillardagi oʻquv-metodik adabiyotlarda — Ye.D. Polivanov, S. Abakumov, L. A. Bulaxovskiy
asarlarida koʻtarib chiqilgan. V.Jukov frazeologizmlarning kategoriya va ma’nolarini aniqlagan.
V.Vinogradov esa iboralarni leksik qatlam sifatida ma’no guruhlariga ko‘ra tasniflaydi. Ingliz
tilshunosi Smirnitskiy esa frazeologiyaning alohida tilshunoslik sohasi ekanligi tarafdori boʻlgan.
Tahlil va natijalar (Analysis and results).
Frazeologik birliklarni tadqiq qilishda har
bir frazemaning ifoda va mazmun planlariga e’tibor qaratish joiz. Chunonchi, frazemaning ifoda
plani deganda uning leksik tarkibi, birikma yoki gapga tenglik konstruksiyasi nazarda tutiladi.
Masalan:
ichidan pishgan – birikmaga teng, atrofida girgitton bo`lmoq – gapga teng.
Frazemaning mazmun plani esa uning nimanidir nomlashi, ifodalanishi va mazmunan
anglatishidir.
Quyida Odil Yoqubovning “Yaxshilik” hikoyasi misolida frazeologizmlarning mazmun
plani va ifoda plani jihatidan lisoniy tahlilini o`rganib chiqamiz. XX asr o`zbek adabiyotida Odil
Yoqubov o`z nasriy asarlarida puxta fikr va g`oyalarni syujetga o`ragan holda kitobxonga
yetkazish mahorati bilan ajralib turadi. Odil Yoqubov hikoya qahramonlarining ichki his-tuyg`u,
kechinmalarini ifodalashda frazeologizmlardan oqilona foydalangan.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
235
Hikoyada urush davrida o`zbek xalqining front va front ortida boshidan kechirgan
qiyinchiliklari, insonlarning his-tuyg`ulari va mashaqqatli hayotlari bayon etilgan.
Hikoyada bir qator iboralar keltirilgan bo`lib, ularni birma-bir tahlil qilish frazeologizm
haqidagi nazariyalarni asoslash imkonini beradi. Hikoyada “yon bosmoq” iborasi mavjud bo`lib,
ifoda plani jihatdan birikmaga teng. Mazmun plani jihatidan tarafini olmoq, homiylik qilmoq kabi
ma`nolarni anglatadi. Hikoyada quyidagicha ma`no ifodalangan: “Tog`angiz ketganida meni birov
xafa qilsa yon bosasizmi menga?” [3, 77].
Endi keyingi iboraga e`tiborimizni qaratamiz: “
Boshi osmonga yetmoq
” ifoda plani
jihatidan gapga teng bo`lib, mazmun jihatidan g`oyat xursand bo`lmoq ma`nosini anglatadi.
Hikoyada quyidagi mazmunni anglatadi: “Kelinoyimning yashnab ketgan chehrasini, sevinchdan
chaqnagan tim qora ko`zlarini ko`rganimda boshim osmonga yetdi”
[3, 79].
“Ko`ngli cho`kib qolgan” bu ibora ifoda plani jihatdan gapga teng bo`lib, mazmun
jihatidan juda xafa, umidsizlikka tushgan ma`nosini ifodalab kelmoqda. Hikoyada quyidagicha
keltirilgan: “Hamqishloq yigitning xatlariga qaramay, gospitaldan dom-darak bo`lmagach, ko`ngli
cho`kib qoldi” [3,80].
Yozuvchining oddiy “xafa bo`ldi” so`zini qo`llashdan chekinib, iborani
keltirishi uning badiiy mahoratini ko`rsatib turibdi.
Quyidagi iboralarda ham ushbu xususiyatlarni ko`rishimiz mumkin: “atrofida girgitton
bo`lmoq” iborasi ifoda plani jihatidan gapga teng bo`lib, mazmun jihatidan odam atrofida
mehribonlik bilan parvona bo`lmoq ma`nosini anglatib kelgan: “U xuddi olis va notanish joyga
tushib qolgan kiyik bolasiga o`xshar, atrofida girgitton bo`lgan qarindosh-urug`lar bilan, hatto
buvim bilan ham ko`p yozilib gaplashavermas, aksariyat bog`ni yolg`iz kezar, ko`zlarini olis-
olislarga tikib, uzoq o`yga cho`mar edi” [3, 78]. Mazkur gapda Odil Yoqubovning ta`sirchanlikni
oshirish, mazmunni chiroyli tasvirlash mahoratini yaqqol ko`rishimiz mumkin. Matndagi “o`yga
cho`mdi” iborasi ifoda plani jihatdan birikmaga teng bo`lib, mazmunan chuqur fikrlash holatini
anglatib kelgan. Shuni ta’kidlash joizki, hikoyada juda ko`p holatda bir gap tarkibida ikki va undan
ortiq iboralar keltirilganini kuzatishimiz mumkin. Bu ham yozuvchining badiiy mahoratini
belgilab beradi. Hikoyada yana bir ibora juda chiroyli keltirilgan:
“Mehribon buvim bilan kelinoyimning ko`z yoshlarini aritgin, boshlariga tushgan g`am-
g`ussadan soqit qil ularni, e mehribon bobo!” [3, 81]. Bu parchada “boshiga g`am-g`ussa tushgan”
iborasi ifoda plani jihatdan gapga teng bo`lib, mazmun plani jihatidan tashvishi bor insonga
nisbatan qo`llanilgan. Mazkur iboralar o`zbek tili frazelogizmlarining izohli lug`atida keltirilgan
bo`lib, ularning mazmun plani badiiy matn orqali ifodalanadi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
236
Tahlillar shundan dalolat beradiki, Odil Yoqubov hikoyalarida biror frazeologik birlikni
qo`llar ekan, albatta, u orqali muayyan qahramonning ichki dunyosi, xarakterini aniqroq ochib
berishga harakat qiladi. Iboralarni qo`llash orqali asarning o`quvchiga yanada aniqroq va
ta`sirchan, mazmunli bo`lishini ta`minlaydi. Yozuvchi hikoyada frazeologizmlarni qo`llash orqali
tilimizning naqadar boyligini yoritib bergan.
Xulosa va takliflar (Conclusion/Recommendations).
Frazeologizmlar nafaqat tilimizni
boyituvchi vosita, balki badiiy asarlarning o`qishliligini, ta`sirchanliligini oshirishga xizmat
qiluvchi unsur ham hisoblanadi. Frazeologizmlar har bir tilning va o’sha til madaniyatining eng
muhim va boy jabhasi hisoblanadi. Shuning uchun ma`lum bir tilning frzaeologizmlarini o`rganar
ekanmiz, bir xalqning madaniyatini, milliy an`analari va tarixini ham o`rganish imkoni tug’iladi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, frazeologik birliklarni o’rganish tilshunoslik ravnaqiga hissa
qo’shish bilan bir qatorda, til va madaniyat, til va xalq, til va adabiyot mushtarakligiga ham
muayyan darajada ta’sir qiladi.
REFERENCES
1.
Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G., Qurbonova M., Yunusova Z., Abuzalova M.
Hozirgi o`zbek adabiy tili. – Toshkent, 2009. 129-131- betlar.
2.
Rahmatullaev Sh. O`zbek tilining izohli frazeologik lug`ati. – T: O`qituvchi, 1978. 5-bet
3.
Karimov B, Abdiyev H. XX asr o`zbek hikoyasi antologiyasi. – T: O`zbekiston milliy
ensiklopediyasi, 2011. 6-83-betlar
4.
G`aniyeva Sh.A. O`zbek frazeologizmlarining strukturasi (shakliy va mazmuniy
modellashtirish): Filol. fan nomzodi (PhD) diss. avtoreferat. – Toshkent, 2017. 50-bet.
5.
В.Виногадов. Грамматика русского языка. 1952-1954 йй.
6.
Jukov A.V. Фразэологичэская преходность в русском языке. Л.: ЛГПИ им. А.И.Герцена,
1984. –C. 25-31.
7.
Раҳматуллаев Ш. Лексема ва фразема маъносини компонент таҳлилнинг баъзи
натижалари // Ўзбек тили ва аджабиёти. 1986. № 3. – Б. 19-20;
8.
Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тилида феъл фраземаларнинг боғлашуви. –Тошкент:
“Университет”, 1992. – Б. 125
9.
Vafoyeva M.Y. O`zbek tilida frazeologik sinonimlar va ularning struktural-semantik tahlili.
– Toshkent, 2009. 127-bet. Dis-378/2010.
