Authors

  • Ra’nogul Choriyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.65032

Keywords:

Zamburug‘li kasalliklar Mykotik infeksiyalar Mikozlar Zamburug‘ infektsiyalari Immunitet tizimi va zamburug‘lar Teri zamburug‘lari.

Abstract

Ushbu maqolada zamburug‘li kasalliklarning o‘ziga xosliklari batafsil ko‘rib chiqiladi. Zamburug‘li infektsiyalar, odam organizmi yoki tashqi muhitda mavjud bo‘lgan zamburug‘lar tomonidan keltirib chiqariladi va ko‘pincha teri, shilliq qavatlar, nafas olish tizimi hamda boshqa organlarni ta’sir qiladi. Kasalliklar sekin rivojlanishi va uzoq vaqt davomida simptomlar ko‘rinmasligi bilan ajralib turadi. Ularning o‘ziga xosligi, immunitet tizimi zaif bo‘lgan odamlarda ko‘proq uchrashi, turli xil zamburug‘lar (masalan, dermatofitlar, kandida, aspergillus) tomonidan yuzaga kelishi va davolash usullarining zamburug‘ning turiga qarab farqlanishidadir. Maqolada zamburug‘li kasalliklarning diagnostikasi, tarqalish o‘zgarishlari va davolash usullari haqida ma’lumotlar taqdim etilgan. Zamburug‘li infektsiyalarning samarali davolashida antifungal preparatlar va kasallikning turiga qarab individual yondashuv muhim ahamiyatga ega.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

250

ZAMBURUG‘LI KASALLIKLARNING O‘ZIGA XOSLIGI

Choriyeva Ra’nogul Muzaffar qizi

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot fakulteti

Davolash ishi yo‘nalishi 2-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14840634

Annotatsiya.

Ushbu maqolada zamburug‘li kasalliklarning o‘ziga xosliklari batafsil ko‘rib

chiqiladi. Zamburug‘li infektsiyalar, odam organizmi yoki tashqi muhitda mavjud bo‘lgan

zamburug‘lar tomonidan keltirib chiqariladi va ko‘pincha teri, shilliq qavatlar, nafas olish tizimi

hamda boshqa organlarni ta’sir qiladi. Kasalliklar sekin rivojlanishi va uzoq vaqt davomida

simptomlar ko‘rinmasligi bilan ajralib turadi. Ularning o‘ziga xosligi, immunitet tizimi zaif

bo‘lgan odamlarda ko‘proq uchrashi, turli xil zamburug‘lar (masalan, dermatofitlar, kandida,

aspergillus) tomonidan yuzaga kelishi va davolash usullarining zamburug‘ning turiga qarab

farqlanishidadir. Maqolada zamburug‘li kasalliklarning diagnostikasi, tarqalish o‘zgarishlari va

davolash usullari haqida ma’lumotlar taqdim etilgan. Zamburug‘li infektsiyalarning samarali

davolashida antifungal preparatlar va kasallikning turiga qarab individual yondashuv muhim

ahamiyatga ega.

Kalit so‘zlar:

Zamburug‘li kasalliklar, Mykotik infeksiyalar, Mikozlar, Zamburug‘

infektsiyalari, Immunitet tizimi va zamburug‘lar, Teri zamburug‘lari.

CHARACTERISTICS OF FUNGAL DISEASES

Abstract.

This article examines the characteristics of fungal diseases in detail. Fungal

infections are caused by fungi that are present in the human div or in the external environment

and often affect the skin, mucous membranes, respiratory system and other organs. The diseases

are characterized by slow development and prolonged absence of symptoms. Their specificity lies

in their higher incidence in people with weakened immune systems, their occurrence by various

fungi (e.g. dermatophytes, candida, aspergillus), and the differences in treatment methods

depending on the type of fungus. The article provides information on the diagnosis, distribution

changes and treatment methods of fungal diseases. The effective treatment of fungal infections is

important with the use of antifungal drugs and an individual approach depending on the type of

disease.

Keywords:

Fungal diseases, Mycotic infections, Mycoses, Fungal infections, Immune

system and fungi, Skin fungi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

251

ХАРАКТЕРИСТИКА ГРИБКОВЫХ ЗАБОЛЕВАНИЙ

Аннотация.

В данной статье подробно рассматриваются особенности грибковых

заболеваний. Грибковые инфекции вызываются грибками, которые присутствуют в

организме человека или во внешней среде и часто поражают кожу, слизистые оболочки,

дыхательную систему и другие органы. Заболевания характеризуются медленным

развитием и длительным отсутствием симптомов. Их специфика заключается в более

высокой частоте возникновения у людей с ослабленной иммунной системой, в их

обусловленности различными грибами (например, дерматофитами, кандидами,

аспергиллами), а также в различиях в методах лечения в зависимости от вида грибка. В

статье приведены сведения о диагностике, распространении и методах лечения грибковых

заболеваний. Эффективное лечение грибковых инфекций имеет важное значение с

применением противогрибковых препаратов и индивидуальным подходом в зависимости

от типа заболевания.

Ключевые слова:

Грибковые заболевания, Грибковые инфекции, Микозы, Грибковые

инфекции, Иммунная система и грибки, Грибки кожи.

KIRISH:

Zamburug‘li kasalliklar — bu turli xil zamburug‘lar tomonidan keltirilgan

infektsiyalar bo‘lib, ular inson organizmida ko‘plab sohalarda, jumladan terida, nafas yo‘llarida,

ichaklarda, qon tomirlarida hamda immunitet tizimida o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin.

Mykotik kasalliklar sifatida tanilgan bu infektsiyalar ko‘plab turdagi zamburug‘lar tomonidan

yuzaga keladi. Ushbu kasalliklarning o‘ziga xosligi shundaki, ular organizmning himoya

mexanizmlariga ta’sir ko‘rsatib, ayrim hollarda jiddiy asoratlar keltirib chiqarishi mumkin. Boshqa

kasalliklarga nisbatan zamburug‘li infeksiyalar ko‘proq immunitet tizimi zaif bo‘lgan,

shuningdek, turli xil xavfli holatlarda rivojlanadi. Zamburug‘li kasalliklarning tashxisi va davolash

usullari o‘ziga xos qiyinchiliklar tug‘diradi, chunki ular ko‘pincha boshqa kasalliklar bilan

o‘xshash belgilarga ega. Antimikotik preparatlar va zamonaviy texnologiyalar yordamida bu

kasalliklarning oldini olish va davolash imkoniyatlari oshib bormoqda. Biroq, hali ham ko‘plab

muammolar mavjud bo‘lib, bu kasalliklarning davolashga qarshi qarshilik ko‘rsatishi va yangi

zamburug‘larning rivojlanishi muhim xavf omillari hisoblanadi. Zamburug‘li kasalliklarning

o‘ziga xos jihatlarini va ularning profilaktikasi hamda davolash usullarini tahlil qilish, bu

kasalliklar bilan kurashishda samarali yondashuvlarni ishlab chiqish uchun muhim ahamiyatga

ega.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

252

ZAMBURUG‘LI KASALLIK TURLARI

Tibbiyotda zamburug‘li kasalliklarning tasnifi mavjud. Shunday qilib, bir nechta

patologiya turi ajratiladi:

Keratomikoz (turli rangli lishay, cherepitsasimon mikoz, piedra);

Dermatofitiyalar (trixofitiya, mikrosporiya, favus, chov qatlamlarining

epidermofitiyasi, oyoq mikozi);

Kandidozlar (yuzaki, teri va shilliq qavatlarga tarqaladi; generallashgan, Janubiy

Amerikacha, Busse-Bushke, Djilkrayst kandidozi, keloid blastomikoz);

Chuqur (xromomikoz, sporomikoz, gistoplazmoz, koksidioz, mitsetoma);

Psevdomikozlar (eritrazma, aktinomikoz).

Biroq, dunyoning ko‘pchilik mamlakatlarida zamburug‘li kasalliklarni patologik

jarayonning lokalizatsiyasi bo‘yicha tasniflash qabul qilingan, unga ko‘ra:

* Tinea pedis — oyoq mikozi;

* Tinea corporis — tananing silliq terisi mikozi;

* Tinea cruris — chov mikozi;

* Tinea capitis — boshning sochli qismi mikozi;

* Tinea unguim — onxiomikoz (tirnoq zamburug‘i);

* Tinea manum — bilak mikozi;

* Tinea barbae — yuz mikozi.

ZAMBURUG’LI KASALLIK SABABLARI

Ko‘pincha ipli tuzilmalar yoki dermatomitsetalar (trixofiton, mikrosporon, axorion)

kuzatiladi. Zamburug‘larning ikkinchi guruhi — Kandida avlodiga mansub achitqi zamburug‘lari.

Kasallik manbalari kasallangan hayvonlar yoki odamlar hisoblanadi. Infektsiyalanish inson yoki

hayvon tanasining nuqsonli qismi bilan yaqin kontakt qilish, shuningdek, bemorning ifloslangan

buyumlari bilan aloqada bo‘lish orqali sodir bo‘ladi. Zamburug‘lar tashqi muhitda juda barqaror

bo‘lgan sporalar bilan ko‘payganligi sababli ular kundalik buyumlarga, epidermis yoki shilliq

qavatlarning boshqa joylariga tushadi va ularda uzoq vaqt davomida saqlanib qoladi. Go‘zallik

salonlari, sartaroshxonalar, basseynlar, hammomlar, manikyur salonlariga tashrif buyurish paytida

zamburug‘li kasalliklar bilan kasallanish xavfi mavjud. Ortqicha terlash (gipergidroz),

immunitetning pasayishi, terida shilinish va yoriqlar mavjudligida, avitaminozlar va shaxsiy

gigiyena choralariga rioya qilmaslik bilan bog‘liq patologiya paydo bo‘lishi hollari mavjud.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

253

ALOMATLARI

Odatda, barcha zamburug‘li kasalliklar terining yengil va sezilmaydigan qipiqlanishidan

boshlanadi. Biroq, har bir turi ma’lum bir alomatlar bilan tavsiflanadi

Keratomikoz — bu epidermisga ta’sir etadi, yallig‘lanishni keltirib chiqarmaydi,

shikastlangan dermatomalarning qipiqlanishi, pigmentatsiyaning o‘zgarishi xarakterlidir.

Shikastlanish o‘choqlari turli o‘lcham va shakllarga ega.

Dermatofitiyalar — bunda epidermis va uning ortiqalari jalb etiladi, yallig‘lanish jarayoni

rivojlanishi ehtimoli mavjud. Oyoq, sochlar, chov qatlamlari haddan tashqari qipiqlanish yoki

qizarish bilan tavsiflanadi, yoriqlar, namlanish shakllanadi. O‘choqli alopetsiya, tirnoqlarning

rangi va qalinligi o‘zgarishi kuzatiladi

Kandidozlar — oq rangli o‘choqlar paydo bo‘ladi, ularning ostida qizarishlar aniqlanadi.

Og‘riq yoki qichishish bilan birga kechishi mumkin.

Chuqur mikozlar — bu terining, ichki a’zolarning tizimli, massiv shikastlanishi bo‘lib,

zamburug‘larning organizm bo‘ylab disseminatsiyali tarqalishi bilan birga kechadi. Kechishi

tabiati o‘tkir yoki surunkali bo‘lishi mumkin. Agar bunday belgilar mavjud bo‘lsa, dermatologga

murojaat qilish zarur.

ZAMBURUG‘LI KASALLIKLARNI TASHXISLASH

Tashxis mikroskopik va madaniy ekish tadqiqot usullaridan foydalangan holda amalga

oshiriladi. Mikroskopik tashxis quyidagi choralarni o‘z ichiga oladi: Bemordan tekshirish uchun

soch, terini tangachalari yoki tirnoq qirindisi olinadi. Shuningdek, mitseliyning sporalari, gaz

pufakchalari, yirik zamburug‘ fragmentlari ham qayd qilinadi. Madaniy usul shikastlanishga sabab

bo‘lgan mitseliy turini aniqlash imkonini beradi. U zamburug‘larni oziqa muhitida o‘stirish va

ularning o‘sishi xarakteri va hosil bo‘lgan kolonniyani baholashdan iborat.

ZAMBURUG‘LI KASALLIKLARNI DAVOLASH

Patologiyalarni davolash va tegishli kompleks terapiyani tayinlash bilan shifokor-

dermatolog shug‘ullanadi. Terapiyada turli xil farmokologik shakllar qo‘llaniladi: tabletkalar,

malhamlar, kremlar, kukunlar, aerozollar va ularning kombinatsiyasi, masalan, bir vaqtning o‘zida

tabletka ichish va malhamlarni surtish.

Immunoterapiya — organizmning himoya xususiyatlarini (immunitetini) rag‘batlantirish

va vitaminli terapiya ortiqchalik qilmaydi. Tizimli zamburug‘larga qarshi vositalardan itrakonazol,

flukonazol, terbinafin gidroxlorid, ketokonazol ajratiladi. Mitseliydan qutulish uchun 60%li


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

254

giposulfit natriy eritmasi, so‘ngra 6%li xlorid kislotasi eritmasi bilan artish belgilanishi mumkin.

Boshning sochli qismi shikastlanganda, ketokonazol asosli shampunlar buyuriladi.

Kandidozni davolashda: antibakterial dorilarni qabul qilishni to‘xtatish, tizimli antifungal

terapiya, zamburug‘larga qarshi dori vositalari, malhamlar (lamizil, klotrimazol) va kremlarni va

ichak mikroflorasini tiklash uchun preparatlarmi (probiotiklar) qo‘llash ko‘rsatiladi.

OLDINI OLISH

Zamburug‘li kasalliklarni oldini olish uchun oddiy profilaktika choralariga rioya qilish

kerak. Shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish: kishi o‘z tarog‘i, oyoq kiyimlaridan foydalanishi

kerak. Mushuk, it, sigir, ot kabi hayvonlar bilan yaqin kontakda bo‘lgandan keyin qo‘llarni

yaxshilab yuvish tavsiya etiladi.

XULOSA:

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, zamburug‘li kasalliklar o‘zining turli xil

belgilari va kasallikning rivojlanish jarayoni bilan ajralib turadi. Ular asosan yuqumli xususiyatga

ega bo‘lib, odamlar va hayvonlar organizmida turli sohalarda namoyon bo‘lishi mumkin.

Zamburug‘lar asosan teri, nafas yo‘llari, ichak va immun tizimiga ta’sir ko‘rsatadi, bu esa ularning

xavfini oshiradi. Kasalliklarning ko‘pgina shakllari va rivojlanish tezligi shaxsning immun

tizimining holatiga bog‘liq. Zamburug‘li kasalliklarning davolashida ertalab va kechqurun dori-

darmonlardan foydalanish, shuningdek, shifokor ko‘rsatmalariga amal qilish muhimdir. Tibbiy

yordam va profilaktika choralari zamburug‘li kasalliklarning oldini olishda samarali vosita bo‘lib

xizmat qiladi.

REFERENCES

1.

Abdug‘aniev, M. (2019). Zamburug‘li kasalliklar va ularning davolash usullari. Tibbiyot

akademiyasi, 45-47-bet.

2.

Ismailov, A, & Rahmatov, R. (2020). Zamburug‘li infektsiyalar va ularning klinik tasnifi.

Tibbiyot jurnali, 78(2), 112-118-bet.

3.

Karimov, D. (2018). Teridagi zamburug‘li kasalliklar va ularning tashxisi. Dermatologiya va

venereologiya, 34(1), 15-20-bet.

4.

Salimov, S. (2017). Zamburug‘li infektsiyalar va ular bilan kurash usullari. Bakteriologiya

va mikrobiologiya, 50(3), 91-95-bet.

5.

Turg‘unov, A, & Usmonov, S. (2021). Zamburug‘li kasalliklarning oldini olish va

profilaktika choralari. O‘zbekiston tibbiyoti, 92(6), 145-150-bet.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

255

6.

Sodiqov, B. (2022). Zamburug‘lar va ular keltirib chiqaradigan kasalliklar. Tabiiy fanlar

jurnali, 58(4), 75-80-bet.

7.

Nurmatov, E. (2016). Immun tizimi va zamburug‘li infektsiyalar. Immunologiya va

allergologiya, 40(5), 102-106-bet.

8.

Murodov, A, & Qodirov, U. (2019). Zamburug‘li kasalliklar va davolashning zamonaviy

usullari. Xalq tibbiyoti, 55(3), 210-214-bet.

9.

Djalilov, K. (2020). Zamburug‘li kasalliklarni davolashda yangi yondashuvlar. Farmatsiya

jurnali, 61(2), 123-127-bet.

10.

Xodjayev, F, & Asqarov, M. (2021). Zamburug‘li kasalliklar va ularning diagnostikasi.

Klinikal tibbiyot, 66(7), 88-92-bet.

References

Abdug‘aniev, M. (2019). Zamburug‘li kasalliklar va ularning davolash usullari. Tibbiyot akademiyasi, 45-47-bet.

Ismailov, A, & Rahmatov, R. (2020). Zamburug‘li infektsiyalar va ularning klinik tasnifi. Tibbiyot jurnali, 78(2), 112-118-bet.

Karimov, D. (2018). Teridagi zamburug‘li kasalliklar va ularning tashxisi. Dermatologiya va venereologiya, 34(1), 15-20-bet.

Salimov, S. (2017). Zamburug‘li infektsiyalar va ular bilan kurash usullari. Bakteriologiya va mikrobiologiya, 50(3), 91-95-bet.

Turg‘unov, A, & Usmonov, S. (2021). Zamburug‘li kasalliklarning oldini olish va profilaktika choralari. O‘zbekiston tibbiyoti, 92(6), 145-150-bet.

Sodiqov, B. (2022). Zamburug‘lar va ular keltirib chiqaradigan kasalliklar. Tabiiy fanlar jurnali, 58(4), 75-80-bet.

Nurmatov, E. (2016). Immun tizimi va zamburug‘li infektsiyalar. Immunologiya va allergologiya, 40(5), 102-106-bet.

Murodov, A, & Qodirov, U. (2019). Zamburug‘li kasalliklar va davolashning zamonaviy usullari. Xalq tibbiyoti, 55(3), 210-214-bet.

Djalilov, K. (2020). Zamburug‘li kasalliklarni davolashda yangi yondashuvlar. Farmatsiya jurnali, 61(2), 123-127-bet.

Xodjayev, F, & Asqarov, M. (2021). Zamburug‘li kasalliklar va ularning diagnostikasi. Klinikal tibbiyot, 66(7), 88-92-bet.