Authors

  • Sabina Axadova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.65203

Keywords:

o’quvchi nutq muloqot ta’lim jarayoni tarbiya motivatsiya bola nutqi kommunikativ leksika dialog tafakkur.

Abstract

Ushbu maqolada o’quvchilarda nutqni rivojlantirishda muloqotni shakllantirish usul va vositalari ilmiy jihatdan tahlil qilingan.

background image

450

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2

O’QUVCHILAR NUTQINI RIVOJLANTIRISHDA MULOQOTNI SHAKLLANTIRISH

USULLARI

Axadova Sabina Qo’shmurod qizi

Osiyo Xalqaro Universiteti 1-bosqich magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14848551

Annotatsiya.

Ushbu maqolada o’quvchilarda nutqni rivojlantirishda muloqotni

shakllantirish usul va vositalari ilmiy jihatdan tahlil qilingan.

Kalit so’zlar:

o’quvchi, nutq, muloqot, ta’lim jarayoni, tarbiya, motivatsiya, bola nutqi,

kommunikativ, leksika, dialog, tafakkur.

METHODS OF FORMING DIALOGUE IN DEVELOPING STUDENTS' SPEECH

Abstract.

This article scientifically analyzes the methods and means of forming dialogue

in developing students' speech.

Keywords:

student, speech, dialogue, educational process, upbringing, motivation, child's

speech, communicative, lexicon, dialogue, thinking.

МЕТОДЫ ФОРМИРОВАНИЯ ОБЩЕНИЯ В РАЗВИТИИ РЕЧИ УЧАЩИХСЯ

Аннотация.

В статье научно анализируются методы и средства формирования

диалога в развитии речи учащихся.

Ключевые слова:

ученик, речь, общение, образовательный процесс, воспитание,

мотивация, речь ребенка, коммуникативный, лексикон, диалог, мышление.

Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish – bu murakkab psixologik jarayon

bo‘lib, u faqat bolaning eshitgan nutqiga taqlid qilishidan iborat emas. Bu jarayon bolalarda

umuman muloqot faoliyatini rivojlantirish va birinchi navbatda, muloqotga ehtiyoj mavjudligi

bilan bog‘liqdir. Bolaning borliqning yangi tomonlariga yo‘naltirilganligi: amaliy faoliyatdan

olamni, so‘ngra odamlarni, ularning munosabatlarini o‘rganishga o‘tish yangi maqsadlarga xizmat

qiluvchi yangi muloqot vositalari zaruratini keltirib chiqaradi. Bola leksikasini kengaytirish, uning

o‘z kechinmalarini yanada keng va xilma-xil ifodalashni o‘zlashtirishi uchun imkoniyat yaratadi.

Nutqni zamonaviy va to‘laqonli rivojlantirish uchun atrofdagi odamlar bilan o‘zaro

hamkorlik bolaning muloqotga bo‘lgan ehtiyoji tarkibini boyitishi zarur. Bolalarning nutqni

egallab olishlarining sababi ularning muloqot faoliyatlarining asosini ehtiyoj-motivatsiya tashkil

qilishi, uning tarkibi o‘zgarganligidadir. Verbal bosqichda bolada sust nutq shakllanadi. Ushbu

bosqichga bo‘lgan davrning asosiy ahamiyati shundan iboratki, uning ichida navbatdagi bosqich

– faol nutq paydo bo‘lishi bosqichiga o‘tish uchun zarur bo‘lgan sharoit vujudga keladi.

Bolaning faol nutqni o‘zlashtirishining ikkinchi bosqichida uchta asosiy jihat ajralib

chiqadi: emotsional munosabatlar; birgalikda faoliyat (hamkorlik) davomidagi munosabatlar;


background image

451

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2

tovushli munosabatlar. Bolaning kattalar bilan muloqot qilishining ko‘rib chiqilayotgan har bir

jihati uning oldiga kattalar tomonidan qo‘yilayotgan va so‘zdan jamiyatda o‘zaro bir-birini

tushunish uchun shartli ravishda qabul qilingan vosita sifatida foydalanishni talab qilishdan iborat

bo‘lgan kommunikativ vazifani qabul qilishiga yordam beradi. Bundan tashqari, kommunikativ

omilning ko‘rib chiqilayotgan har bir jihati u yoki bu darajada va o‘z holicha bolalarning

kommunikativ vazifani hal etishlariga, ya’ni nutqdan foydalanishlariga yordam beradi.

Nutqni rivojlantirishning uchinchi bosqichida-uning materiyasi (leksika va grammatika)

bolaning muloqot vazifasini o‘zgartirgan holda kattalar bilan muloqotga bo‘lgan ehtiyojiga va

uning tarkibiga uzviy bog‘liq bo‘ladi. Bu bola nutqining yangi, yanada murakkab va keng

qamrovli jihatlarini o‘zlashtirishiga olib keladi. Bolaning ruhan shakllanishida nutqning hal

qiluvchi o‘rinni egallashi uning turli bosqichlarda rivojlanishiga yordam beruvchi shart-sharoitlar

va omillarning ahamiyatini yanada oshiradi.

Nutq rivojini harakatlantiruvchi kuchlar haqidagi masala ular shiddat bilan va to‘satdan

amalga oshirilishi tufayli ham alohida ahamiyat kasb etadi. Bolalar nutqini rivojlantirishni

rag‘batlantiruvchi yoki uni sekinlashtiruvchi kuchlarni aniqlash ushbu jarayonda aniq maqsadni

ko‘zlagan holda pedagogik sa’yharakatlarni uyushtirish kalitidir. «Haqiqatdan ham, til bilan

tafakkur bir-birisiz yashamaydi, - deb yozadi A. M. Borodich - Garchi til bilan tafakkur bir-birisiz

yashay olmasa ham ular o‘zida aynan bir hodisani ifodalamaydi. Tafakkur- obyektiv borliqning

intihosi, til esa- fikrni boshqa kishilarga yetqazish va mustahkamlash vositasi. So‘z bilan

tushuncha dialogik tarzda bir-birini taqozo etadi».

Ma’lumki, maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish faoliyatning har xil

turlarida amalga oshiriladi: tabiat obyektlari bilan tanishtirish mashg‘ulotlarida; savod o‘rgatishda;

o‘yin faoliyatida; ijtimoiy foydali mehnat jarayonida turli ishlarning bajarilishida.

Biroq

A.M.Borodich,

F.A.Soxin,

Y.I.Tixeyeva,

O.S.

Ushakova,

A.P.Usova,

A.P.Fedorenko va boshqa tadqiqotchilar ko‘rsatib o‘tganlaridek, nutqni rivojlantirish mahsus

rejalashtirilgan. Nutqni rivojlantirish dasturi ilmiy asoslarga qurilgan bo‘lib, u butun mazmuni

bilan bola shaxsini har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan. Nutqni rivojlantirish dasturi bola

faoliyatining o‘quv, o‘yin, mehnat va maishiy kabi shakllarida amalga oshadi. Jamoat tarbiyasi

sharoitida ta’lim - bola nutqini shakllantirishning yetakchi vositasi hisoblanadi.

Bolani maktabda muvaffaqiyatli ta’lim olishga tayyorlash uchun unga ona tilining barcha

boyliklarini egallab olish uchun tegishli shartsharoitlarni yaratish zarur. Bolalar bog‘chasining

asosiy vazifalaridan biri bolalarning o‘z xalqining badiiy tilini o‘zlashtirib olishlari natijasida

ularning to‘g‘ri og‘zaki nutqini shakllantirishdan iboratdir. Bu umumiy vazifa quyidagi maxsus

vazifalardan iborat: nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash, lug‘atni boyitish, mustahkamlash

va faollashtirish, nutqning grammatik to‘g‘riligini takomillashtirish, og‘zaki (dialogik) nutqni


background image

452

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2

shakllantirish, ravon nutqni rivojlantirish, badiiy so‘zga qiziqishni tarbiyalash, savod o‘rgatishga

tayyorlash, xushmuomalalik, salomlilik, bosiqlik) tarbiyalashni ko‘zda tutishi lozim.

Bolani maktabda muvaffaqiyatli ta’lim olishga tayyorlash uchun unga ona tilining barcha

boyliklarini egallab olish uchun tegishli shartsharoitlarni yaratish zarur. Bolalar bog‘chasining

asosiy vazifalaridan biri bolalarning o‘z xalqining badiiy tilini o‘zlashtirib olishlari natijasida

ularning to‘g‘ri og‘zaki nutqini shakllantirishdan iboratdir. Bu umumiy vazifa quyidagi maxsus

vazifalardan iborat: nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash, lug‘atni boyitish, mustahkamlash

va faollashtirish, nutqning grammatik to‘g‘riligini takomillashtirish, og‘zaki (dialogik) nutqni

shakllantirish, ravon nutqni rivojlantirish, badiiy so‘zga qiziqishni tarbiyalash, savod o‘rgatishga

tayyorlash. Bolalar nutqini rivojlantirishni tegishli dastur asosida amalga oshirish zarur. Ushbu

dasturda atrof-olam haqidagi bilimlar doirasi va lug‘at hajmi, har bir yosh bosqichida bolalarda

shakllanishi lozim bo‘lgan nutqiy mahorat va ko‘nikmalar belgilangan bo‘lib, u shaxsning

muayyan sifatlarini (kirishimlilik, xushmuomalalik, salomlilik, bosiqlik) tarbiyalashni ko‘zda

tutishi lozim.

Ona tilini o‘qitish – bolalarning bilish qobiliyatini rejali, aniq maqsadni ko‘zlagan holda

rivojlantirish, ularning atrof-olam haqidagi eng oddiy bilimlarni va tegishli lug‘atni o‘zlashtirish,

nutqiy mahorat va ko‘nikmalarni shakllantirish jarayonidir. Maktabgacha yoshdagi bolalarni

o‘qitishning asosiy shakli – mashg‘ulotlardir. Shu bilan birga, mashg‘ulotlarni tashqil etishda eng

ma’qul natijalarga erishish uchun quyidagi talablarga rioya qilish zarur bo‘ladi: mashg‘ulotlarni

ularning maqsadi, mazmuni va o‘tqazilish muddatini hisobga olgan holla rejalashtirish;

bolalarning analitik-sintetik xarakterdagi nutqiy vazifalarni yechish mashg‘ulotlarida mustaqil

faoliyatlarini aniq belgilash, predmetlar o‘rtasida aloqalar o‘rnatish, o‘xshashliklarini ajratish;

tarbiyaviy xarakterdagi aniq masalalarni hal etish mashg‘ulot mazmuni, vaqti va o‘tkazish

metodini aniq belgilash; bolalarda nutqni shakllantirishga oid mashg‘ulotlarga qiziqish o‘yg‘otish;

rejalashtirilgan mashg‘ulotlar o‘rtasida izchillikka rioya qilish.

Xulosa qilib aytganda bolalar bog‘chasida pedagogik nutqni rivojlantirishning metodik

tamoyillari quyidagilardir: (aqliy va nutqiy rivojlanishning o‘zaro bog‘liqligi tamoyili; ( nutqni

yaxlit bir tuzilma sifatida rivojlantirish tamoyili; ( nutqiy rivojlanishning individual xususiyatlarini

hisobga olish tamoyili; ( bolalarning faol nutqiy amaliyotini ta’minlash tamoyili; ( nutqni

rivojlantirishga nisbatan muomalali va amaliy yondashuv tamoyili; ( muloqotning ijobiy va

emotsional muhitini ta’minlash tamoyili. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish – bu

murakkab psixologik jarayon bo‘lib, u faqat bola eshitgan nutqqa taqlid qilishidan iborat emas,

balki bu bolada muloqot faoliyatini rivojlantirish va muloqotga ehtiyoj mavjudligi bilan bog‘liqdir.


background image

453

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2

REFERENCES

1.

Dursunov S., Axtamova N. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish // Tashkent

Medical Academy Volume 4 | TMA Conference | 2023 Integration of Science, Education

and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions. –B.1040-1045.

2.

Toshtemirova S.Bolalar nutqining o’yin faoliyatdan foydalanishning asosiy xususiyatlari//

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021 ISSN: 2181-

1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International

Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1068-1073

Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 1068

www.ares.uz .

3.

Ashurova

O.

Matabgacha

yoshdagi

bolalarda

nutq

madaniyatini

shakllantirish//PEDAGOGS international research journal www.pedagoglar.uz 340

Volume-5, Issue-1, March-2022.

4.

Karimberganova G. Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutq leksikasini rivojlanishi //

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 1, ISSUE 7, 2023. OCTOBER ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN

2992-8869 179

5.

Qurbonova M. Bekpo’latova T. Bolalarda og’zaki nutqni rivojlantirishda o’yin va

o’yinchoqlarning o’rni / www.scientificprogress.uz «SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific

Journal ISSN: 2181-1601 // Volume: 1, ISSUE: 5

6.

Sharipova S.S. O‘QUVCHILARNING YOZMA NUTQINI O‘STIRISHDA YOZMA

ISHLARNING O‘RNI // PEDAGOG RESPUBLIKA ILMIY JURNALI 7 – TOM 12 – SON

/ 2024-yil.

7.

Asror o’g’li A. A. PRINCE OF AFGHANISTAN ISAK KHAN ORIENTALIST DN IN

THE INTERPRETATION OF LOGOPHET //Web of Semantics: Journal of

Interdisciplinary Science. – 2024. – Т. 2. – №. 5. – С. 82-85.

8.

Akhmadjon A. HISTORY OF BUKHARA-AFGAN RELATIONS IN THE PROCESS OF

INCLUSION INTO THE RUSSIAN CUSTOMS SYSTEM //International Journal of

Philosophical Studies and Social Sciences. – 2023. – Т. 3. – №. 3. – С. 39-46.

9.

Asror o‘g‘li A. A. et al. BUXORO VOHASIDAGI VARDONZE QO ‘RG ‘ONINING

ANTIK VA O ‘RTA ASRLAR DAVRI TARIXI //ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И

ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ. – 2024. – Т. 45. – №. 5. – С. 84-87.

10.

Asror o’g’li A. A., Farruxbek N. FARG‘ONA VODIYSIDAGI ILK SHAHARSOZLIK

MADANIYAT

(CHUST

MISOLIDA)

//ОБРАЗОВАНИЕ

НАУКА

И

ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ. – 2024. – Т. 45. – №. 5. – С. 88-91.


background image

454

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2

11.

Botirjon O’g’li N. S., Asror o‘g‘li A. A. UMARXON XUKMRONLIGI DAVRIDA

QO’QON XONLIGINING HARBIY SALOHIYATI //JOURNAL OF EDUCATION,

ETHICS AND VALUE. – 2024. – Т. 3. – №. 5. – С. 374-377.

12.

Zoir o‘g‘li R. Z., Asror o‘g‘li A. A. QADIMGI XORAZM: O‘ZBEK

DAVLATCHILIGINING ILK BOSQICHIDA //JOURNAL OF EDUCATION, ETHICS

AND VALUE. – 2024. – Т. 3. – №. 5. – С. 378-382.

13.

Akhmadjon A. HISTORY OF BUKHARA-AFGAN RELATIONS IN THE PROCESS OF

INCLUSION INTO THE RUSSIAN CUSTOMS SYSTEM //International Journal of

Philosophical Studies and Social Sciences. – 2023. – Т. 3. – №. 3. – С. 39-46.

14.

Toshpo’latova, S. (2025). FOROBIYNING DIDAKTIK QARASHLARI ASOSIDA

O’QUVCHILARNI TARIX FANIGA QIZIQTIRISH METODIKASI.

Modern Science and

Research

,

4

(1), 177-186.

15.

Toshpo‘latova, S., Gadayeva, M., & Sadullayev, U. (2024). SHARQ ALLOMALARINING

DIDAKTIK QARASHLARI.

Modern Science and Research

,

3

(12), 985-993.

16.

Gadayeva, M., Toshpolatova, S., & Sadullayev, U. (2024). TARIX FANLARINI

OQITISHDA MUZEYLARNING ORNI.

Modern Science and Research

,

3

(12), 994-1003.

17.

Sadullayev, U., Gadayeva, M., & Toshpo‘latova, S. (2024). MAHALLA–QADRIYATLAR

BESHIGI.

Modern Science and Research

,

3

(12), 1228-1238.

18.

Toshpo'latova

Shaxnoza

Shuhratovna.

(2024).

ILK

UYG'ONISH

DAVRI

NAMOYONDALARNING DIDAKTIK QARASHLARI ASOSIDA O'QUVCHILARNI

TARIX FANIGA QIZIQTIRIS METODIKASI.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14520996

19.

Toshpo’latova,

S.

(2024).

TARIX

FANINI

O’QITISHDA

SAMARALI

METODLAR.

Modern Science and Research

,

3

(11), 774-782.

20.

Тошполатова, Ш. (2024). THE PRESENT IRANIANS.

Журнал универсальных научных

исследований

,

2

(5), 453-462.

21.

Toshpo’latova, S. (2024). BUXORODAGI SAROYLAR.

Modern Science and

Research

,

3

(5), 522-529.

22.

Toshpo’latova, S. (2024). O’RTA ASRLARDA OILA PEDAGOGIKASIGA OID

FIKRLAR.

Modern Science and Research

,

3

(12), 353-361.

23.

Toshpo’latova, S., & Xudoyqulov, S. (2024). History And Ethnology Of Olot

District.

Modern Science And Research

,

3

(5), 148-151.

24.

Toshpo’latova, S., & Jo’rayeva, M. (2024). HISTORY AND ARCHITECTURAL

MONUMENTS OF JONDOR DISTRICT.

Modern Science and Research

,

3

(2), 447-450.


background image

455

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2

25.

Qizi, R. S. S., Shukhratovna, T. S., & Karamatovna, M. A. (2024). Implementation of

Education and Protection of Children's Rights in the age of Technology.

SPAST

Reports

,

1

(7).

26.

Shuhratovna, T. S. (2024). Linguistic Anthropology.

European Journal Of Innovation In

Nonformal Education

,

4

(3), 432-437.

27.

Toshpo‘latova, S. S., & Naimov, I. N. (2023). MS ANDREYEV–O’RTA OSIYO

XALQLARI ETNOGRAFIYASINING YIRIK OLIMI.

Innovations in Technology and

Science Education

,

2

(8), 1214-1222.

28.

Toshpo’latova, S., & Tursuntoshova, S. (2024). Khoja Abdulkholiq Gijduvani.

Modern

Science and Research

,

3

(2), 87-93.

29.

Toshpo’latova, S. (2024). Ethnolinguistics Of Ethnologies Of Bukhara.

Modern Science and

Research

,

3

(2), 1004-1011.

30.

Toshpo’latova, S. (2024). Ethnolinguistics.

Modern Science and Research

,

3

(2), 500-507.

References

Dursunov S., Axtamova N. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish // Tashkent Medical Academy Volume 4 | TMA Conference | 2023 Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions. –B.1040-1045.

Toshtemirova S.Bolalar nutqining o’yin faoliyatdan foydalanishning asosiy xususiyatlari// Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1068-1073 Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 1068 www.ares.uz .

Ashurova O. Matabgacha yoshdagi bolalarda nutq madaniyatini shakllantirish//PEDAGOGS international research journal www.pedagoglar.uz 340 Volume-5, Issue-1, March-2022.

Karimberganova G. Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutq leksikasini rivojlanishi // “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 1, ISSUE 7, 2023. OCTOBER ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869 179

Qurbonova M. Bekpo’latova T. Bolalarda og’zaki nutqni rivojlantirishda o’yin va o’yinchoqlarning o’rni / www.scientificprogress.uz «SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 // Volume: 1, ISSUE: 5

Sharipova S.S. O‘QUVCHILARNING YOZMA NUTQINI O‘STIRISHDA YOZMA ISHLARNING O‘RNI // PEDAGOG RESPUBLIKA ILMIY JURNALI 7 – TOM 12 – SON / 2024-yil.

Asror o’g’li A. A. PRINCE OF AFGHANISTAN ISAK KHAN ORIENTALIST DN IN THE INTERPRETATION OF LOGOPHET //Web of Semantics: Journal of Interdisciplinary Science. – 2024. – Т. 2. – №. 5. – С. 82-85.

Akhmadjon A. HISTORY OF BUKHARA-AFGAN RELATIONS IN THE PROCESS OF INCLUSION INTO THE RUSSIAN CUSTOMS SYSTEM //International Journal of Philosophical Studies and Social Sciences. – 2023. – Т. 3. – №. 3. – С. 39-46.

Asror o‘g‘li A. A. et al. BUXORO VOHASIDAGI VARDONZE QO ‘RG ‘ONINING ANTIK VA O ‘RTA ASRLAR DAVRI TARIXI //ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ. – 2024. – Т. 45. – №. 5. – С. 84-87.

Asror o’g’li A. A., Farruxbek N. FARG‘ONA VODIYSIDAGI ILK SHAHARSOZLIK MADANIYAT (CHUST MISOLIDA) //ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ. – 2024. – Т. 45. – №. 5. – С. 88-91.

Botirjon O’g’li N. S., Asror o‘g‘li A. A. UMARXON XUKMRONLIGI DAVRIDA QO’QON XONLIGINING HARBIY SALOHIYATI //JOURNAL OF EDUCATION, ETHICS AND VALUE. – 2024. – Т. 3. – №. 5. – С. 374-377.

Zoir o‘g‘li R. Z., Asror o‘g‘li A. A. QADIMGI XORAZM: O‘ZBEK DAVLATCHILIGINING ILK BOSQICHIDA //JOURNAL OF EDUCATION, ETHICS AND VALUE. – 2024. – Т. 3. – №. 5. – С. 378-382.

Akhmadjon A. HISTORY OF BUKHARA-AFGAN RELATIONS IN THE PROCESS OF INCLUSION INTO THE RUSSIAN CUSTOMS SYSTEM //International Journal of Philosophical Studies and Social Sciences. – 2023. – Т. 3. – №. 3. – С. 39-46.

Toshpo’latova, S. (2025). FOROBIYNING DIDAKTIK QARASHLARI ASOSIDA O’QUVCHILARNI TARIX FANIGA QIZIQTIRISH METODIKASI. Modern Science and Research, 4(1), 177-186.

Toshpo‘latova, S., Gadayeva, M., & Sadullayev, U. (2024). SHARQ ALLOMALARINING DIDAKTIK QARASHLARI. Modern Science and Research, 3(12), 985-993.

Gadayeva, M., Toshpolatova, S., & Sadullayev, U. (2024). TARIX FANLARINI OQITISHDA MUZEYLARNING ORNI. Modern Science and Research, 3(12), 994-1003.

Sadullayev, U., Gadayeva, M., & Toshpo‘latova, S. (2024). MAHALLA–QADRIYATLAR BESHIGI. Modern Science and Research, 3(12), 1228-1238.

Toshpo'latova Shaxnoza Shuhratovna. (2024). ILK UYG'ONISH DAVRI NAMOYONDALARNING DIDAKTIK QARASHLARI ASOSIDA O'QUVCHILARNI TARIX FANIGA QIZIQTIRIS METODIKASI. https://doi.org/10.5281/zenodo.14520996

Toshpo’latova, S. (2024). TARIX FANINI O’QITISHDA SAMARALI METODLAR. Modern Science and Research, 3(11), 774-782.

Тошполатова, Ш. (2024). THE PRESENT IRANIANS. Журнал универсальных научных исследований, 2(5), 453-462.

Toshpo’latova, S. (2024). BUXORODAGI SAROYLAR. Modern Science and Research, 3(5), 522-529.

Toshpo’latova, S. (2024). O’RTA ASRLARDA OILA PEDAGOGIKASIGA OID FIKRLAR. Modern Science and Research, 3(12), 353-361.

Toshpo’latova, S., & Xudoyqulov, S. (2024). History And Ethnology Of Olot District. Modern Science And Research, 3(5), 148-151.

Toshpo’latova, S., & Jo’rayeva, M. (2024). HISTORY AND ARCHITECTURAL MONUMENTS OF JONDOR DISTRICT. Modern Science and Research, 3(2), 447-450.

Qizi, R. S. S., Shukhratovna, T. S., & Karamatovna, M. A. (2024). Implementation of Education and Protection of Children's Rights in the age of Technology. SPAST Reports, 1(7).

Shuhratovna, T. S. (2024). Linguistic Anthropology. European Journal Of Innovation In Nonformal Education, 4(3), 432-437.

Toshpo‘latova, S. S., & Naimov, I. N. (2023). MS ANDREYEV–O’RTA OSIYO XALQLARI ETNOGRAFIYASINING YIRIK OLIMI. Innovations in Technology and Science Education, 2(8), 1214-1222.

Toshpo’latova, S., & Tursuntoshova, S. (2024). Khoja Abdulkholiq Gijduvani. Modern Science and Research, 3(2), 87-93.

Toshpo’latova, S. (2024). Ethnolinguistics Of Ethnologies Of Bukhara. Modern Science and Research, 3(2), 1004-1011.

Toshpo’latova, S. (2024). Ethnolinguistics. Modern Science and Research, 3(2), 500-507.