Authors

  • Olimjon G‘afurov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.65249

Keywords:

Tovar xo‘jaligi pul muomalasi pul aylanishi pul massasi narx naqd pul naqd pulsiz ijtimoiy mahsulot daromad bank kvari pul pul agregati.

Abstract

Ushbu maqolaning “Pul aylanmasi va uning tarkibi” mavzusida pulning iqtisodiyotdagi vazifasi hamda uning tarkibi va aylanish mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. Maqolada pul massasi va uning turlari (naqd pul, muomaladagi pul va bank operatsiyalari), shuningdek, pul muomalasining asosiy jarayonlari va uning iqtisodiy faoliyatga ta'siri kabi mavzular muhokama qilinadi. Bundan tashqari, u pul muomalasining tezligini, uning iqtisodiy kengayishga qo'shgan hissasini, inflyatsiya va deflyatsiya jarayonlariga ta'sirini va bu jarayonlar bilan bog'liq bo'lgan pul-kredit siyosatini o'rganadi. Shuningdek, maqolada pulning shakllanishi, undagi o‘zgarishlarning iqtisodiyotga ta’siri, jahon miqyosida pul tizimining evolyutsiyasi, pulning tuzilishi va uning iqtisodiy muvozanatni saqlashdagi ahamiyati yoritilgan. Maqolada global moliyaviy tizim tahlil qilinadi, iqtisodiy g'oyalar va foydali ko'rsatmalar taklif etiladi. Shuningdek, u pul muomalasi davlatlararo munosabatlar va jahon iqtisodiyotiga qanday ta'sir qilishini ko'rsatadi.

background image

2025 -Yil

13-Fevral

RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK

YONDASHUVLAR

Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi

139


PUL AYLANMASI VA UNING TARKIBI

G‘afurov Olimjon G‘olib o‘g‘li

Mirzo Ulug'bek nomidagi O‘zbekiston

Milliy universiteti Iqtisodiyot fakulteti

Moliya va kredit kafedrasi o‘qituvchisi

olimjon.gafurov.95@mail.ru

ORCID: https://orcid.org/0009-0005-9255-2092

Google schoolar link: https://scholar.google.com/citations?hl=ru&user=nZ8NcZUAAAAJ

Researchgate link:

https://www.researchgate.net/profile/Olimjon-Gafurov

https://doi.org/10.5281/zenodo.14849997

Annotatsiya.

Ushbu maqolaning “Pul aylanmasi va uning tarkibi” mavzusida pulning

iqtisodiyotdagi vazifasi hamda uning tarkibi va aylanish mexanizmlari ko‘rib chiqiladi.

Maqolada pul massasi va uning turlari (naqd pul, muomaladagi pul va bank

operatsiyalari), shuningdek, pul muomalasining asosiy jarayonlari va uning iqtisodiy faoliyatga
ta'siri kabi mavzular muhokama qilinadi. Bundan tashqari, u pul muomalasining tezligini, uning
iqtisodiy kengayishga qo'shgan hissasini, inflyatsiya va deflyatsiya jarayonlariga ta'sirini va bu
jarayonlar bilan bog'liq bo'lgan pul-kredit siyosatini o'rganadi. Shuningdek, maqolada pulning
shakllanishi, undagi o‘zgarishlarning iqtisodiyotga ta’siri, jahon miqyosida pul tizimining
evolyutsiyasi, pulning tuzilishi va uning iqtisodiy muvozanatni saqlashdagi ahamiyati yoritilgan.

Maqolada global moliyaviy tizim tahlil qilinadi, iqtisodiy g'oyalar va foydali ko'rsatmalar

taklif etiladi. Shuningdek, u pul muomalasi davlatlararo munosabatlar va jahon iqtisodiyotiga
qanday ta'sir qilishini ko'rsatadi.

Kalit so‘zlar:

Tovar xo‘jaligi, pul muomalasi, pul aylanishi, pul massasi, narx, naqd pul,

naqd pulsiz, ijtimoiy mahsulot, daromad, bank, kvari pul, pul agregati.

ДЕНЕЖНОЕ ОБРАЩЕНИЕ И ЕГО СОСТАВ

Аннотация.

Статья посвящена теме «Денежное обращение и его состав», в

которой анализируется роль денег в экономике, процессы их обращения и состав. В статье
рассматриваются такие вопросы, как основные механизмы денежного обращения, его
влияние на экономическую деятельность, денежная масса и ее виды (наличные деньги,
деньги в обращении и банковские). Также анализируется скорость денежного обращения
и ее роль в экономическом росте, ее влияние на процессы инфляции и дефляции, а также
изменения в денежно-кредитной политике, связанные с этими процессами. В статье
также обсуждается состав денег и его значение в сбалансировании экономики,
экономические последствия создания денег и изменения в них, а также развитие денежных
систем во всем мире. В статье приводятся экономические теории, практические советы
и анализ мировой финансовой системы, а также освещается влияние денежного
обращения на межгосударственные отношения и международную экономику.

Ключевые слова:

Товарное хозяйство, денежное обращение, денежное обращение,

денежная масса, цена, наличные, безналичные, общественный продукт, доход, банк,
карьерные деньги, денежная совокупность.

MONEY CIRCULATION AND ITS COMPOSITION

Abstract.

This article is devoted to the topic "Money circulation and its composition",

which analyzes the role of money in the economy, its circulation processes and composition. The


background image

2025 -Yil

13-Fevral

RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK

YONDASHUVLAR

Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi

140


article considers issues such as the main mechanisms of money circulation, its impact on economic
activity, the money supply and its types (cash, money in circulation and banking). It also analyzes
the speed of money circulation and its role in economic growth, its impact on inflation and
deflation processes, and changes in monetary policy related to these processes. The article also
discusses the composition of money and its importance in balancing the economy, the economic
consequences of money creation and changes in it, and the development of monetary systems
worldwide.The article provides economic theories, practical advice and analysis of the global
financial system, and also highlights the influence of money circulation on interstate relations and
the international economy.

Keywords:

Commodity economy, money circulation, money circulation, money supply,

price, cash, non-cash, social product, income, bank, currency, monetary aggregate.

“UZONIA” (Uzbek Overnight Index Average) indeksini hisoblash va e'lon qilish

metodologiyasi, O‘zbekiston Respublikasining banklararo pul bozori faoliyatini yaxshilash va
tahlil qilish maqsadida ishlab chiqilgan. Ushbu metodologiya, tijorat banklari o‘rtasida amalga
oshiriladigan o‘rta muddatli va o‘vernayt depozit operatsiyalari bo‘yicha foiz stavkalarini
aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

“UZONIA” indeksining asosiy maqsadi, tijorat banklari o‘rtasida amalga oshirilgan

o‘vernayt depozit operatsiyalarining o‘rta foiz stavkalarini hisoblash orqali, kredit, likvidlik va
boshqa xatarlarni minimal darajaga tushirishdir. Bunda, har bir operatsiya bo‘yicha foiz stavkasi
va umumiy operatsiyalar hajmi hisobga olinadi, va indeksning o‘zgarmas xususiyatlari bilan
umumiy natijalar chiqadi.

Metodologiyaning muhim jihatlaridan biri, indeksning o‘rta hisoblangan qiymatlarini e'lon

qilish tartibi va bu qiymatlarning bank ish kunlari bo‘yicha muntazam yangilanishidir.

Shuningdek, metodologiya o‘zgarishlar va qo‘shimchalar kiritish uchun tayyor bo‘lishi

zarur, chunki bozordagi o‘zgarishlarni to‘g‘ri aks ettirish uchun metodologiyani doimiy ravishda
yangilash muhimdir.

Shu bilan birga, “UZONIA”ni hisoblash va e'lon qilishda ehtiyotkorlik, aniq

metodologiyalar va ishonchli manbalarni ta'minlash talab etiladi. Barcha o‘zgartirishlar, tijorat
banklari ishtirokida muhokama qilinib, Markaziy bankning tegishli qarorlari asosida amalga
oshiriladi. Bu, moliyaviy tizimning barqarorligini ta'minlashga va bozor ishtirokchilariga aniq va
o‘z vaqtida axborot taqdim etishga imkon beradi.

Shu tarzda, “UZONIA” indeksi nafaqat tijorat banklari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi,

balki umumiy iqtisodiyot va moliya tizimi uchun ham muhim iqtisodiy ko‘rsatkich bo‘lib xizmat
qiladi

1

.

2024 yilda O'zbekistonga xalqaro pul o'tkazmalari hajmi sezilarli darajada o'sdi, bunda

asosiy omil sifatida O'zbekiston mehnat migratsiyasi sohasidagi rivojlanish va iqtisodiy
faollikning oshishi ko'rsatilgan. O'zbekistonning eng yirik hamkor mamlakati bo'lgan Rossiyada
mehnat migratsiyasiga aloqador ish haqlari 35 foizga oshgan, bu esa O'zbekistonga yuborilgan pul
o'tkazmalarining ko'payishiga olib kelgan. Shu bilan birga, mehnat migratsiyasi oqimining
rivojlanishiga yordam berish uchun O'zbekiston tomonidan amalga oshirilgan tashqi migratsiya

1

https://cbu.uz

- O‘zbekiston Respublikasi markaziy banki.


background image

2025 -Yil

13-Fevral

RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK

YONDASHUVLAR

Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi

141


siyosati ham o'z samaradorligini ko'rsatdi, chunki rasmiy, xavfsiz va tashkilotlangan tarzda
ishlashga yuborilgan fuqarolar soni keskin oshdi.

Shu bilan birga, O'zbekistonning valyuta tizimini tartibga solish jarayoni davom etmoqda,

bunda Markaziy Bankning roli muhimdir. Bank xalqaro valyuta operatsiyalarini tartibga solish,
shu jumladan, xususiy sektor va davlat tashkilotlari o'rtasidagi valyuta operatsiyalarini nazorat
qilishda qat'iy talablar qo'yish orqali iqtisodiy barqarorlikni ta'minlashga xizmat qilmoqda. Ushbu
chora-tadbirlar O'zbekistonning iqtisodiy tizimining mustahkamlanishiga va valyuta siyosatining
yaxshilanishiga yordam beradi.

2024 yilning 9 oyida joriy operatsiyalar hisobi taqchilligi o‘tgan yilning mos davriga

nisbatan 17 foizga qisqarib, 3,4 milliard dollar yoki YaIMga nisbatan 4,3 foizni tashkil qildi.

Bunga savdo balansi manfiy saldosi o‘sish sur'atining o‘tgan yildagi bilan solishtirganda

pastroq shakllanishi bilan birga mamlakatga xalqaro pul o‘tkazmalari hajmining sezilarli darajada
ko‘payishi ta'sir ko‘rsatdi.

Jumladan, joriy yilning 9 oyi davomida xalqaro bozorlarda xomashyo narxlarining

o‘zgarishi hamda norzidentlarga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmining ko‘payishi natijasida, eksport
hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4 foizga o‘sib, 19,1 milliard dollarni tashkil qildi.

Mazkur davrda import hajmi o‘tgan yilga nisbatan pastroq sur‘atlarda o‘sib (5,5 foiz), 31,4

milliard dollarga yetdi. Bu mamlakatda investitsiyaviy faollik va ichki iste'mol talabi yuqori
darajada saqlanib qolishi sharoitida xorijdan energoresurslar, mashina va uskuna, oziq-ovqat
mahsulotlari keltirilishiga qaramasdan, 2023 yilda ayrim turdagi tovarlarning bir martalik yirik
importi hisobiga yuqori baza shakllanganligi bilan izohlanadi.

Natijada, 2024 yilning 9 oyida savdo balansining manfiy saldosi o‘tgan yilning mos

davriga nisbatan 8 foizga ko‘payib, 12,4 milliard dollarni tashkil qildi.

O‘z navbatida, birlamchi va ikkilamchi daromadlar balansi musbat saldo bilan shakllanib,

mos ravishda 973 million dollar va 8 milliard dollarni tashkil etgan holda savdo balansining
taqchilligini qisman qopladi.

Mehnat migratsiyasi geografiyasining diversifikatsiyasi hamda mehnat muhojirlarining

ishlaydi an'anaviy mamlakatlarda ish haqi miqdorining ko‘payishi birlamchi va ikkilamchi
daromadlar komponentlari bo‘yicha tushumlarning shakllanishini rag'batlantirgan bo‘lsa,
norzidentlarning investitsiya daromadlari oshishi xarajatlarni ko‘paytiruvchi omillardan bo‘ldi.

Joriy operatsiyalar hisobi taqchilligi moliyaviy hisob bo‘yicha kapital tushumlar, xususan,

to‘g‘ridan-to‘g‘ri, portfel investitsiyalar va boshqa manbalar jalb qilinishi hisobi bilan
moliyalashtirildi.

Jumladan, 2024 yilning 9 oyi davomida mamlakatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy

investitsiyalarning sof kirib kelishi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7 foizga o‘sib, qariyb 1,9
milliard dollarni tashkil etdi.

Portfel investitsiyalarining sof jalb qilinishi 1,7 milliard dollarni tashkil qilib, asosan

xalqaro obligatsiyalar bilan bog‘liq operatsiyalar hisobi bilan shakllandi.

Yuoqridagi tarkibiy omillar hisobi bilan 2024 yilning 9 oyi yakuni bo‘yicha moliyaviy

hisob manfiy saldosi 3,9 milliard dollarni tashkil etdi.

Hisobot davrida xalqaro zahira aktivlarining xorijiy valyutadagi qismi 678 million dollarga

qisqarishi kuzatildi. Birqana, oltin jahon narxining yuqori sur‘atlar bilan o‘sishi natijasida xalqaro


background image

2025 -Yil

13-Fevral

RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK

YONDASHUVLAR

Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi

142


zahiralar qolig‘i joriy yil boshiga nisbatan qariyb 6,6 milliard dollarla ko‘payib, 2024 yilning 1
oktyabr holatiga 41,1 milliard dollarni tashkil etdi.

2024 yilning 9 oyi yakuniga ko‘ra, to‘lov balansi aks etgan amaliyotlar va nooperatsiyaviy

o‘zgarishlar ta'sirida O‘zbekistonning sof xalqaro investitsiyaviy mavqei joriy yil boshiga nisbatan
29 foizga mustahkamlanib, 2024 yil 1 oktyabr holatiga 16,3 milliard dollarni tashkil etdi

2

.

Bunda, rezidentlarning chet el valyutasidagi aktivlari hajmi 10,8 milliard dollarni (joriy

yilning boshiga nisbatan o‘sish 13 foiz) oshgan bo‘lsa, tashqi majburiyatlari hajmi 7,1 milliard
dollarni (o‘sish 10 foiz) ko‘paydi.

Hisobot davri yakuniga ko‘ra, umumiy tashqi qarz hajmi 60,2 milliard dollarni tashkil qilib,

shundan davlat tashqi qarzi hajmi qariyb 32,5 milliard dollar hamda korporativ tashqi qarz hajmi
27,7 milliard dollariga teng bo‘ldi.

Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasining to‘lov balansi, xalqaro investitsiyaviy

mavqei va tashqi qarz ko‘rsatkichlarini shakllantirish doirasidagi hamkorlik uchun tegishli
vazirlik, idora va boshqa tashkilotlarga o‘z minnatdorligini bildiradi hamda keyingi samarali
hamkorlikka umid qilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi to‘lov balansining 2025 yil uchun asosiy va muqobil

ssenariylarda dastlabki prognoz ko‘rsatkichlari shakllantirildi. Bunda joriy va keyingi yillardagi
mamlakatimiz va uning asosiy savdo hamkorlaridagi iqtisodiy faollik darajasi, xalqaro moliya va
tovar-xomashyo bozorlari kon'yunkturasi, mehnat va kapital migratsiyasi, tashqi savdo va
logistika sohalaridagi o‘zgarishlar dinamikasi bo‘yicha ekspertlarning kutilma va baholashlari
inobatga olindi.

Kelgusi yilda O‘zbekistonning asosiy savdo hamkorlari iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlarining

biroz sekinlashishi prognoz qilinmoqda. Xususan, Xalqaro valyuta jamg‘armasiga ko‘ra, 2025
yilda Xitoy iqtisodiyoti 4,5 foizga (2024 y. 4,8%), Rossiya 1,3 foizga (2024 y. 3,6%), Turkiya 2,7
foizga (2024 y. 3,6%) va Qozog‘iston 4,6 foizga (2024 y)

3

.

Nelson-Siegel parametrik modelidan foydalangan holda, davlat qimmatli qog'ozlari

daromadliligini aniq va samarali baholash jarayoni tavsiflangan:

1. Davlat qimmatli qog'ozlari daromadliligini hisoblashda Nelson-Siegel modeli

qo'llaniladi. Ushbu modelda β0,t, β1,t, β2,t o'zgaruvchilar va λ doimiy parametrlar mavjud bo'lib,
ular qimmatli qog'ozlar daromadliligini tavsiflaydi. Model parametrlarining baholanishi statistika
yordamida amalga oshiriladi.

2. Modelda kunlik intervalda parametrlarni hisoblash jarayoni optimallashtirilgan. Bunda

s1, s2, sN intervaldagi parametrlar va ular orasidagi o'zgarishlarni hisoblashda stochastic modellar
qo'llaniladi.

3. O'zgaruvchan parametrlar va ularning statistik tahlili orqali, davlat qimmatli

qog'ozlarining daromadliligini tahlil qilish mumkin. Bunda qimmatli qog'ozlarning qiymatlari va
diskont stavkalari yordamida daromadli model yaratish, shuningdek, natijalarni haqiqiy
ma'lumotlarga moslashtirish uchun o'lchov xatoligini hisoblash muhim rol o'ynaydi.

4. Amaldagi o'lchovlar va modelda yuzaga keladigan xatoliklarni minimallashtirish uchun

parametrlarni kaliybratsiya qilish va o'lchov xatoligini baholash algoritmlari kiritilgan. Bu
xatoliklar qiymatlari va parametrlarning o'zgarishiga ta'sir ko'rsatadi.

2

www.nes.ru-Rossiya iqtisodiy maktabi rasmiy sayti.

3

www.stat.uz- O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi.


background image

2025 -Yil

13-Fevral

RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK

YONDASHUVLAR

Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi

143


5. Modelni kaliybratsiya qilish jarayoni parametrlarning statistik baholarini amalga

oshirish, shuningdek, real ma'lumotlarga mos keladigan natijalarni olishni ta'minlash uchun
ko'plab usullardan foydalanishni talab qiladi.

6. Maqolada modelga integratsiya qilingan ko'plab boshqa metodlar ham mavjud.
Masalan, qiymatli qog'ozlarning bozor turiga, sprediga va hajmiga qarab, ularning

ma'lumotlarga ta'siri va o'lchov xatoligi tartibga solinadi

4

.

Natijada, ushbu metodologiya orqali davlat qimmatli qog'ozlari daromadliligini aniq va

samarali hisoblash mumkin, bu esa iqtisodiy tahlillar va investitsiya qarorlarini qabul qilishda
foydali bo'lishi mumkin.

2024 yilning yanvar-sentyabr oylarida O'zbekiston iqtisodiyotida naqd pul muomalasi

sezilarli o'zgarishlar kuzatildi. Yil boshiga nisbatan muomaladagi naqd pullar 16 foizga oshdi, bu
esa aholining daromadlari va xarid qobiliyatining oshishi.

bilan bog'liq. Umumiy pul tushumlari 605 trln. so'mni tashkil etib, 2023 yilga nisbatan 27

foizga o'sdi. Bu o'zgarishlarning asosiy omili, terminallar orqali tushumlar ulushining ortishi va
banklarga tushumlarning ko'payishi bo'ldi.

Banklar orqali naqd pul aylanmasi 727 trln. so'mni tashkil etib, o'tgan yilga nisbatan 23

foizga oshdi. Bank kartalari orqali kelib tushgan mablag'lar va ularni naqdlashtirish jarayonlari
ham o'sish tendensiyasini ko'rsatdi. Shu bilan birga, Markaziy bank muomaladagi naqd pullar
hajmini zarur darajada ushlab turish uchun o'z choralarini ko'rdi, muomalaga 8 trln. so'm qo'shildi
va naqd pullarning pul massasidagi ulushi 20,7 foizni tashkil 1etdi.

Shunday qilib, 2024 yilning birinchi to'qqiz oyi mobaynida iqtisodiy faollikning oshishi,

aholining xarid qobiliyatining ko'tarilishi va banklar orqali naqd pul aylanmasining o'sishi
kuzatildi, bu esa iqtisodiyotni barqarorlashtirishda muhim rol o'ynadi.

Xulosa

Xulosa qilib aytganda, pulning miqdori iqtisodiyotning muomala mablag‘lari va to‘lov

mablag‘lariga bo‘lgan haqiqiy ehtiyojlariga mos kelganda, pul umumiy ekvivalent sifatida o‘z
rolini to‘liq bajaradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori
qanday aniqlanadi? Muomala uchun kerak bo‘lgan pul miqdori, muomalada bo‘lgan tovarlar
umumiy bahosining pul aylanishi tezligiga bo‘lingan summasi orqali belgilanadi. Pul muomalasini
tartibga solish davlatning asosiy iqtisodiy vazifalaridan biridir. Muomalada bo‘lgan tovarlar
massasi kattaroq bo‘lsa, muomala uchun ko‘proq pul kerak bo‘ladi. Aksincha, pulning aylanishi
tezroq bo‘lsa, muomala uchun kamroq pul talab qilinadi.


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

1.

https://cbu.uz- O‘zbekiston Respublikasi markaziy banki.

2.

www.nes.ru- Rossiya iqtisodiy maktabi rasmiy sayti.

3.

www.stat.uz- O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi.

4.

www.tfi.uz- Toshkent moliya institute rasmiy sayti.

4

www.tfi.uz- Toshkent moliya institute rasmiy sayti.

References

https://cbu.uz- O‘zbekiston Respublikasi markaziy banki.

www.nes.ru- Rossiya iqtisodiy maktabi rasmiy sayti.

www.stat.uz- O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi.

www.tfi.uz- Toshkent moliya institute rasmiy sayti.