Authors

  • Xamdam Matyakubov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.65273

Keywords:

Korxonaning belgilari nizom jamg`armasi nizom korxona ma`muriybuyruqbozlik tizimi tuzilmaviy bo`linmalar ishlab-chiqarish va texnika munosabatlarida korxona ijtimoiy munosabatlarda korxona tashkiliy-ququqiy munosabatlar va moliyaviy-iqtisodiy munosabatlarda korxona korxonaning o`ziga xos bo`lgan xususiyatlari xo`jalik assotsiatsiyasi korporatsiyalar sindikat trestlar xoldinglar tuzilma.

Abstract

Iqtisodiyotning jadal rivojlanishi va ishlab chiqarish kuchlarining o`sishi faoliyat yuritayotgan korxonalardan tashqari, yangi korxonalarni tashkil qilish va ishga tushirishga tayanadi. Bunday qadam iqtisodiy jihatdan maqbullikka, resurslar imkoniyati va korxona mahsulotlariga bo`lgan talabga asoslanadi. Biron-bir maqsulotning taqchilligi yoki umuman yo`q bo`lishi ham, yangi korxona yoki ishlab chiqarishni tashkil qilishga sabab bo`lishi mumkin. Yangi korxonani tashkil qilish quyidagi tashkiliy tamoyillar asosida amalga oshiriladi: − korxonani tashkil qilish fikrining paydo bo`lishi; − korxona muassislarini tanlash; − taklif qilinayotgan mahsulotga bozordagi talabni o`rganish; − korxona Nizom jamg`armasini tuzish uchun moliya manbalarini aniqlash; − korxonaning ta`sis hujjatlari va biznes-rejasini tayyorlash; − davlat ro`yxatidan o`tish; − muhr, shtamp va boshqa rekvizitlarni tayyorlash; − soliq idoralarida ro`yxatdan o`tish. Korxona qonun hujjatlarida belgilab qo`yilgan tartibda maxsus davlat organlarida ro`yxatga olingan kundan boshlab tashkil qilingan hisoblanadi va huquqiy shaxs maqomiga ega bo`ladi.

background image

2025 -Yil

13-Fevral

RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK

YONDASHUVLAR

Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi

191


KORXONALARNI TASHKIL ETISH VA UNING TURLARI

Matyakubov Xamdam Sa’dullayevich

Akademik faoliyatni boshqarish bo‘limi yetakchi mutaxassisi

email:

x.matyakubov@tmci.uz

https://doi.org/10.5281/zenodo.14853020

Annotatsiya.

Iqtisodiyotning jadal rivojlanishi va ishlab chiqarish kuchlarining o`sishi

faoliyat yuritayotgan korxonalardan tashqari, yangi korxonalarni tashkil qilish va ishga
tushirishga tayanadi. Bunday qadam iqtisodiy jihatdan maqbullikka, resurslar imkoniyati va
korxona mahsulotlariga bo`lgan talabga asoslanadi. Biron-bir maqsulotning taqchilligi yoki
umuman yo`q bo`lishi ham, yangi korxona yoki ishlab chiqarishni tashkil qilishga sabab bo`lishi
mumkin. Yangi korxonani tashkil qilish quyidagi tashkiliy tamoyillar asosida amalga oshiriladi:

− korxonani tashkil qilish fikrining paydo bo`lishi;
− korxona muassislarini tanlash;
− taklif qilinayotgan mahsulotga bozordagi talabni o`rganish;
− korxona Nizom jamg`armasini tuzish uchun moliya manbalarini aniqlash;
− korxonaning ta`sis hujjatlari va biznes-rejasini tayyorlash;
− davlat ro`yxatidan o`tish;
− muhr, shtamp va boshqa rekvizitlarni tayyorlash;
− soliq idoralarida ro`yxatdan o`tish.
Korxona qonun hujjatlarida belgilab qo`yilgan tartibda maxsus davlat organlarida

ro`yxatga olingan kundan boshlab tashkil qilingan hisoblanadi va huquqiy shaxs maqomiga ega
bo`ladi.

Tayanch iboralar:

Korxonaning belgilari, nizom jamg`armasi, nizom, korxona,

ma`muriybuyruqbozlik

tizimi,

tuzilmaviy

bo`linmalar,

ishlab-chiqarish

va

texnika

munosabatlarida korxona, ijtimoiy munosabatlarda korxona, tashkiliy-ququqiy munosabatlar va
moliyaviy-iqtisodiy munosabatlarda korxona, korxonaning o`ziga xos bo`lgan xususiyatlari,
xo`jalik assotsiatsiyasi, korporatsiyalar, sindikat, trestlar, xoldinglar, tuzilma.

Korxonalarni tashkil etish.

Ta`sis hujjatlarini tayyorlash korxonani tashkil etish va

keyingi faoliyat yuritish jarayonidagi muhim bosqichlaridan biri hisoblanadi. Ta`sis hujjatlari
faoliyat yurituvchi korxonalarning huquq va majburiyatlarini hamda sharoitlarini ifodalaydi.
Korxonalar faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarida ikki xil ta`sis hujjatlari belgilab
berilgan: korxona Nizomi; ta`sis shartnomasi.

Korxona Nizomi asosiy ta`sis hujjati bo`lib, unda korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli,

nomi va manzilgohi, Nizom jamg`armasining miqdori, daromadlarining tarkibi va taqsimlanish
tartibi hamda korxona fondlarini tashkil qilish tartibi, korxonani tugatish va qayta tashkil qilish
tartibi ko`rsatilishi shart. Boshqacha qilib aytganda, korxona Nizomi uning huquqiy maqomini,
huquq va majburiyatilarini belgilab beradi. Nizomda shuningdek, korxona faoliyat ko`rsatuvchi
soha va tarmoq, atrof-muhit va odamlar sog`lig`ini muqofaza qilish kafolati, boshqaruv shakli,
hisobga olish va hisobot tizimi ham aks ettirilishi lozim. Korxona to`g`ri va to`liq tayyorlangan
Nizom asosida mahalliy hokimiyat organlarida ro`yxatga olinadi, keyin esa o`z muhriga ega
bo`lish va bankda hisob raqami ochish huquqini qo`lga kiritadi. O`z muhri va hisob raqamiga ega
bo`lmagan korxona, huquqiy shaxs hisoblanmaydi va mustaqil korxonalar qatoriga kiritilmaydi.


background image

2025 -Yil

13-Fevral

RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK

YONDASHUVLAR

Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi

192


Ta`sis shartnomasi korxonaning tashkil qilinishi va yakka tarzda yoki hamkorlikdagi

faoliyatning boshlanishini tavsiflovchi hujjatdir. U shuningdek, tashkil etilayotgan korxonaning
Nizomini to`ldiruvchi hujjat ham hisoblanadi. Ta`sis shartnomasida korxonani tashkil qilish
tartibi, daromad va xarajatlarni qatnashchilar o`rtasida taqsimlash shartlari, korxona
tashkilotchilari (muassislar) tarkibidan chiqish shartlari belgilab qo`yiladi. Ta`sis shartnomasi
asosida ko`pincha kichik korxonalar va shu kabi sub`ektlar faoliyat yuritadi. Masalan,
korxonaning ta`sis shartnomasida boshqaruv faqat barcha ishtirokchilarning roziligi bilangina
emas, balki qaror ko`pchilik ovoz bilan qabul qilinishi mumkinligi ham belgilab qo`yilishi
mumkin. Biroq ta`sis shartnomasida ishtirokchilar ovozini aniqlashning boshqa tartibi ham
ko`rsatib o`tilishi mumkin.

Korxonalarning turlari.

Mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, korxona ishchilar soniga

qarab kichik yoki o’rta korxonalarga bo’linadi. Mulkchilikning barcha shakliga mansub
korxonalar ixtiyoriylik asosida faoliyatni muvofiqlashtirish, o’z huquqlarini himoya qilishni
ta’minlash, tegishli davlat idoralari va boshqa idoralarda, shuningdek, xalqaro tashkilotlarda
umumiy manfaatlarni idora etish maqsadida xo’jalik uyushmalariga: konsernlarga,
konsorsiumlarga hamda tarmoq tamoyillari, hududiy yoki boshqa tamoyillar asosida o’zga
birlashmalarga uyushishlari mumkin.

Korxona o’z nizomiga muvofiq boshqariladi. Korxona boshqaruv tuzilmasi, shakli

va uslublarini mustaqil aniqlaydi, shtatlarini belgilaydi.

Mulkdor yoki xo’jalikni yuritish huquqi sub’ekti korxonani bevosita yoxud u vakolat

bergan idoralar orqali boshqaradi. Ular bu huquqlarni korxona kengashiga yoki korxona nizomida
ko’zda tutilgan hamda mulkdor va mehnat jamoasi manfaatlarini idora etadigan boshqa idoraga
topshirishi mumkin.

Korxona rahbarini yollash (tayinlash, saylash) va bo’shatish korxona mol-mulki egasining

huquqi bo’lib, bu huquqni u bevosita, shuningdek, o’zi vakolat bergan idoralar yoki korxona
kengashi orqali amalga oshiradi.

Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasida korxonalarning quyidagi turlari faoliyat

ko’rsatmoqda:

Xususiy korxona. O’zbekiston Respublikasining “Xususiy korxona to’g’risida”gi

Qonuniga ko’ra: “Mulkdor yagona jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan va boshqariladigan
tijoratchi tashkilot xususiy korxona” deb e’tirof etiladi. Xususiy korxona tadbirkorlik
sub’ektlarining tashkiliy-huquqiy shakli hisoblanadi. Xususiy korxonaning tashkiliy tuzilmasi
quyidagicha bo’lishi mumkin. Xususiy korxona mulkdori korxonani rahbar sifatida yakka
boshqaradi.

Aksiyadorlik jamiyati.

O’zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va

aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi qonuniga ko’ra:

“Nizom jamg’armasi jamiyatning aksiyadorlarga nisbatan majburiyatlarini tasdiqlovchi

muayyan

miqdordagi

aksiyalarga

taqsimlangan

xo’jalik

yurituvchi

sub’ekt aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi”.

Aksiyadorlik jamiyatlari ochiq va yopiq aksiyadorlik jamiyatlari turida bo’lishi mumkin.
Qatnashchilari o’zlariga tegishli aksiyalarini o’zga aksiyadorlar roziligisiz boshqa

shaxslarga berishi mumkin bo’lgan aksiyadorlik jamiyatlari ochiq aksiyadorlik jamiyati deb
hisoblanadi.


background image

2025 -Yil

13-Fevral

RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK

YONDASHUVLAR

Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi

193


Aksiyalari faqat o’z muassislari yoki oldindan belgilangan doiradagi shaxslar orasida

taqsimlanadigan

aksiyadorlik

jamiyati yopiq

aksiyadorlik

jamiyati deb

hisoblanadi.

Kompaniya (fransuzcha “compagnie” so’zidan)—iqtisodiy faoliyat ishlab chiqarish, savdo,
vositachilik, moliya, sug’urta va boshqalar) olib borish uchun uyushgan yuridik va jismoniy
shaxslar, tadbirkorlar birlashmasidir. Kompaniya deyilganda birlashmalar, shirkatlar, xo’jalik
jamiyatlari, firmalar, korporatsiyalar, ya’ni turli tashkiliy-huquqiy shakllarga ega bo’lgan
korxonalar tushuniladi.

Konsern (“sopserp” — “ishtirok”, “manfaat” so’zidan) manfaatlar, shartnomalar, kapital,

hamkorliqdagi faoliyatda ishtirok umumiyligi asosida birlashgan korxonalarning yirik
birlashmasidir.

Korporatsiya (lotincha “compagnie” — “birlashma”, “hamjamiyat” so’zidan) biron-bir

faoliyat uchun uyushgan aksiyadorlar jamiyati. Hozir bozor iqtisodiyoti rivojlangan
mamlakatlarda xo’jalikning barcha tarmoqlarida asosiy mavqega ega.

Firma (ital’yancha “firma” — “imzo” so’zidan) korxona, kompaniya va tijorat

tashkilotlarining umumiy nomi. Xodimlar soni, mulk shakli, huquqiy holat va boshqalarga ko’ra
xilma-xil firmalar mavjud. Firmalarda band bo’lgandar soni 2-3 kishidan 20-30 mingtagacha
bo’lishi mumkin.

Xolding (inglizcha “holding”-“egalik” so’zidan) asosiy faoliyati korxonalar aksiyalarini

o’z tasarrufiga olish orqali ularning ishini nazorat qilish va boshqarishdan iborat
bo’lgan kompaniya, bosh korxona. Xolding tarkibida asosiy korxona yoki sho’’ba korxona, yoxud
bir necha sho’’ba korxonalar mavjud bo’ladi.

Korxona personali.

Korxona personali — yuridik shaxs hisoblangan korxona

ma’muriyati (ish beruvchi) bilan ishga yollangan xodimlar o’rtasidagi mehnat munosabatlarini
shartnoma

asosida

muvofikdashtirib

turadigan

jismoniy

shaxslardir.

Zamonaviy korxona tarkibi quyidagichadir:

mulkdorlar(aksiyadorlar);

boshqaruvchilar (menejerlar);

korxona personali (jismoniy shaxslar).

Mulkdorlar (aksiyadorlar) — bir kishi yoki aksiyalarning tegishli qismiga ega guruh

bo’lishi mumkin. Ularning asosiy maqsadi foyda (dividend) olishdan iborat. Mulkdorlar korxonani
o’zi mustaqil boshqarishi yoki boshqarish huquqini yollagan boshqaruvchi, (menejer)ga berishi
mumkin.

Boshqaruvchilar (menejerlar) — ular kompaniya, uning tarkibiy bo’linmasiga rahbarlik

qiladilar. Boshqaruvchi (menejer)ning (maqomi unga mulkdor tomonidan berilgan maqomga
bog’liqdir.

Menejerlar yuqori, o’rta va quyi bo’g’in rahbarlari toifalariga gbo’linadi.

Yuqori bo’g’in boshqaruvchisi (Tor management) — bu toifa rahbarlariga kompaniya va firmalar
prezidentlari, boshqa ijrochi direktorlar, ularning o’rinbosarlari, boshqaruv organlari a’zolari
kiradi.

O’rta bo’g’in rahbarlari — (Middle management) korxona mustaqil boshqarma va

bo’limlari rahbarlari hisoblanadi.

Quyi bo’g’in rahbarlari (Loves management) — guruhlar, brigada rahbarlari, ustalardan

iboratdir.


background image

2025 -Yil

13-Fevral

RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK

YONDASHUVLAR

Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi

194


Korxona personali (jismoniy shaxslar) — o’z navbatida, ishchilar, muhandis-texnik

xodimlar va xizmat ko’rsatuvchi xodimlarga bo’linadi.

Ishchilar malakali, yarim malakali, malakasiz ishchilarga bo’linadi. Korxona personali

texnologik jarayondagi ishtirokiga muvofiq:

asosiy (ishlab chiqarish bilan band bo’lgan) ishchilar;
yordamchi (bevosita ishlab chiqarishda band bo’lmagan) ishchilargabo’linadi.
Korxona personali mehnat faoliyati muddatiga binoan doimiy, vaktincha, mavsumiy

xodimlarga ajratiladi.

Korxona personali murakkab, o’zaro bog’liq tuzilmaga ega.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

E.X.Maxmudov, M.Yu.Isakov Korxona iqtisodiyoti O`quv qo`llanma Toshkent– 2006

2.

O‘zbekiston Respublikasi “Xususiy korxonalar to‘g‘risida”gi qonuni. 2003- yil 11-dekabr
(o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan birga).

3.

O‘zbekiston Respublikasining “Tadbikorlik faoliyati erkinligining kafolatlari
to‘g‘risida”gi qonuni. 2000-yil 25-may (o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan).

4.

https://azkurs.org/

5.

https://znanio.ru/media/

References

E.X.Maxmudov, M.Yu.Isakov Korxona iqtisodiyoti O`quv qo`llanma Toshkent– 2006

O‘zbekiston Respublikasi “Xususiy korxonalar to‘g‘risida”gi qonuni. 2003- yil 11-dekabr (o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan birga).

O‘zbekiston Respublikasining “Tadbikorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni. 2000-yil 25-may (o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan).