2025 -Yil
13-Fevral
RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK
YONDASHUVLAR
Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi
247
TURKISTON MA‘RIFATPARVARLARINING G‘OYALARIDA XOTIN-QIZLAR
MASALASI (XIX-ASR OXIRI, XX-ASR-BOSHLARIDA
Bayzakova Gavhar Bazarbayevna
Texnologiya, menejment va kommunikatsiya instituti
“Tillar va ijtimoiy-gumanitar fanlar” o‘qituvchi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14854702
Annotatsiya.
Ushbu maqolada Turkiston ma‘rifatparvarlarining g‘oyalarida xotin-qizlar
masalasi (XIX-asr oxiri, XX-asr-boshlarida). Turkistondagi ma'rifatparvarlar xotin-qizlar
masalasiga katta ahamiyat berib, ularning ta'lim olishlari va ijtimoiy hayotga faol qatnashish
huquq hamda erkinliklarini kengaytirish himoya qilish bo’yicha o’z g’oyalarini ilgari surganlar.
Kalit so’zlar:
Turkiston, ma'rifatparvarlar, xotin-qizlar masalasi, , ta'lim olish, ijtimoiy
o'zgarishlar, ayollar huquqlari, erkinlik masalasi, XIX asr oxiri XX asr boshlari xotin-qizlar
ijtimoiy sohadagi roli, ilm-fan, madaniyat-ma’rifat.
Kirish.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida Gasprinskiy va Behbudiy kabi jadidchilik harakati
vakillari, xotin-qizlarning ta’lim olishiga, ularning jamiyatdagi roli va huquqlarini
mustahkamlashga oid zamonaviy g'oyalarni ilgari surdilar. Ma’rifatparvarlarning fikriga ko'ra,
xotin-qizlarni faqat uy ishlari bilan cheklab qo'yish emas, balki ularga ta'lim berish va ilm-fan
sohasida rivojlanish imkoniyatlari yaratish zarur edi. Bu davrda xotin-qizlar jamiyatda yangi o'rin
egallab, siyosiy va ijtimoiy hayotga faol qatnasha boshladilar. Ma'rifatparvarlarning g'oyalari
Turkiston jamiyatida muhim o'zgarishlarga sabab bo'lib, xotin-qizlarning huquqlari va erkinliklari
kengayishiga olib keldi.
Turkiston ma'rifatparvarlarining g'oyalarida xotin-qizlar masalasi XIX asr oxiri va XX asr
boshlarida o'zgarib borgan, bu davrda turli ijtimoiy, madaniy va siyosiy rivojlanishlar, shuningdek,
ilm-fan va madaniyatdagi yangiliklar, gender masalalariga ham o'z ta'sirini ko'rsatgan.
Turkistonning bu davrdagi ma'rifatparvarligi, asosan, ijtimoiy adolat, bilim olish va milliy
taraqqiyot yo'lida amalga oshirilgan.
Turkiston ma’rifatparvarlarining yana bir yirik namoyandasi Dilshod Barnoning shogirdi
Anbar Otindir. Uning axloqiy qarashlari lirik-falsafiy she’rlarida va “Qarolar falsafasi” risolasida
o’z aksini topgan. Anbar Otin ham inson axloqiy darajasini aql, ilm-ma’rifat bilan bog’laydi va
ijtimoiy taraqqiyotga aqliy hamda axloqiy yuksaklik orqali erishish mumkin, degan aqidaga amal
qiladi. Uning asarlarida axloqsizlik botqog’iga botib borayotgan jamiyatga nafratni, shariat va
tariqat namoyandalari aynib ketganligi, boylardan insof ko’tarilganligi haqidagi fikrlar mardona
ilgari suriladi. “Muqimiyga”, “Mingboshi kal Omil hajvi”, “Olimjon hoji ta’rifi” kabi she’rlarida
ana shu yo’nalishni ko’rish mumkin. Tanqidiy-badiiy shakldagi bu yo’nalish “Qarolar falsafasi”
risolasida falsafiy-tahliliy shakl kasb etadi.
Xotin-qizlar ta'limi va huquqlari: XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkiston
ma'rifatparvarlari, jumladan, ko'plab musulmon mutafakkirlar va ijodkorlar, xotin-qizlarning
ta'lim olishiga katta e'tibor qaratdilar. Buning eng asosiy sabablaridan biri, urf-odatlar va diniy
nuqtai nazardan xotin-qizlar faqatgina uy ishlari bilan cheklanishi va ta'limdan mahrum bo'lishi
edi. Ammo bu davrda turli ma'rifatparvarlar, jumladan, Ismoil Gasprinskiy (Gasprinskiy
jadidchilik harakati asoschisi) va Mahmudxo'ja Behbudi, xotin-qizlarni ta'lim olishga chaqirdilar.
2025 -Yil
13-Fevral
RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK
YONDASHUVLAR
Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi
248
Ular o'zlarining g'oyalari orqali xotin-qizlarning ma'naviy va ilmiy rivojlanishiga, shuningdek,
ularning jamiyatdagi o'rnini mustahkamlashga intildilar.
Jadidchilik harakati namayondalardan biri Ismoil Gasprinskiy jadidchilik g’oyalarini
jamiyat hayotida keng yoritishga o’z xissasini qo’shibgina qolmay, u xotin-qizlarga nisbatan
zamonaviy fikrni ilgari surdi. Gasprinskiy ayollarni faqat uy ishlari bilan emas, balki ularga ilm-
fan, madaniyat va ta'lim orqali o'zlarini rivojlantirish imkoniyatini berishni maqsad qilgan. U,
shuningdek, ayollarga teng huquqlar berish kerakligi haqida ta’kidlab o’tadi.
Mahmudxo'ja Behbudiy g’oyalarida xotin-qizlar masalasi: Behbudiy, jadidchilik
harakatining muhim vakili sifatida, xotin-qizlarning jamiyatdagi o'rnini mustahkamlash, ta'lim
olish va huquqlarini kengaytirish tarafdori edi. U, shuningdek, xotin-qizlar uchun alohida
maktablar ochish, ularning ilm olish imkoniyatlarini kengaytirish haqida yozgan.
Xotin-qizlarning jamiyatdagi o’rni: Turkiston ma'rifatparvarlari ta’limotida xotin-
qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotga o’rnini belgilab berish muhimligini ta'kidlashgan. Shu nuqtaia
nazardan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, o’sha davrda xotin-qizlar jamiyatda erkin fikr yuritish
va o'z huquqlarini himoya qilish uchun kurash olib borishlari uchun o’z xissalarini qo’shgan.
Jadidchilik harakati faqatgina ta'limni rivojlantirish emas, balki xotin-qizlarning ijtimoiy
hayotdagi roli, huquqlari va tenglik masalasiga ham katta e'tibor qaratdi. Bu harakatning ildizlari,
ayniqsa, Turkistondagi mahalliy musulmon jamiyatlarida xotin-qizlarning hayotidagi katta
o'zgarishlarga sabab bo'ldi. Jadidlar oila va jamiyatda oʻqimishli ayolning oʻrni mavqeyi oʻzgacha
ekanligini tushuntirishga harakat qilganlar. Bu haqida manbalardan quyidagalarni bilish mumkin:
“...xotinlarni oʻqitmoq va ularning oqillarini jilo bermak va erlari birla yaxshi muomalalar qilmoq
va bolalarini tarbiya qilmoqni yaxshi bilmaklari xususida taʼlim albatta zarurdir”. Toshkentdagi
Eshonxoʻja Xonxoʻjayev yangi usul maktabida 3 ta qiz, Sobirjon Rahimovning maktabida 15 ta
qiz oʻqigan, Chunonchi 1911-yilga oid arxiv ma’lumotiga ko‘ra, qizlar 11 yillik maktabni
tugatganidan keyin 10–15 yoshlarida tikishni o‘rgangan
(O‘zbekiston Milliy arxivi, fond I-47
jamg‘arma, 1-ro‘yxat, 1149-ish, 39–49-varaqlar)
. Qoʻqon shahrining Gʻalchasoy mahallasida
Muhammadjon Xoliqiy 1913 yilda dastlab “usuli jadid”, keyin esa qizlar maktabini ham tashkil
qilgan. Unda singlisi Soliyaxon Abduxolik qizi oʻquvchilarga saboq bergan. Abdulla Avloniy
maktabida ham qizlar oʻgʻil bolalar bilan yonma-yon oʻtirib, tahsil olgan. Tavalloning “Qarindosh
va hamshaharlarimiz mazluma qizlar tilidan” sheʼrida qizlar ulardan “halokatdan”, “malomatdan”
qutqarishni oʻqiitishni, erk va hurlik berishni soʻraydilar. Hattoki, kelajakda oila, tenglik va
saodatli, muhabbatli va sadoqatli turmush masalasini oʻrtaga qoʻyadilar.
Jadidchilikning ta'limda inqilobiy yangiliklari xotin-qizlarning ilm olish imkoniyatlarini
kengaytirgan bo'lsa, ularning jamiyatdagi roli va o'rnini yanada kuchaytirdi.
Xulosa qilib aytganda, XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkiston ma'rifatparvarlarining
xotin-qizlar masalasiga nisbatan g'oyalari, ularning ta'lim olish huquqlari va jamiyatdagi o'rnini
mustahkamlashga qaratilgan. Bu davrda xotin-qizlar haqidagi g'oyalar ko'plab ijtimoiy o'zgarishlar
va yangi fikrlarning yuzaga kelishiga sabab bo'ldi, natijada ular jamiyatning faol a'zolariga
aylandilar. Hozirgi kunda mamalakatimizda olib borilayotgan islohotlar ya’ni xotin-qizlar huquq
va erkinligiga alohida ahamiyat qaratilmoqda masalan O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasining 58-moddasida Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar.
2025 -Yil
13-Fevral
RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK
YONDASHUVLAR
Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi
249
Davlat xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, shuningdek
jamiyat va davlat hayotining boshqa sohalarida teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlaydi. Aynan
ushbu islohotlar jadid ma‘rifatparvarlarimizning islaklarning ro’yobi desak mubolag’a bo’lmaydi
Adabiyotlar ro’yxati:
1.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son.
2.
Mirziyoyev Sh.M. Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari, T.4.-T.: “O’zbekiston”
NMIU, 2020.-B.456.
3.
Yoqutxon Xonqulova Turkiston jadidlarining xotin-qizlar tengligi to‘g‘risidagi qarashlari
ilmiy maqola
4.
https://oyina.uz/uz/article/1889
5.
Абдивоҳидов С. А. Жадидчилик ҳаракатининг ижтимоий-сиёсий жиҳатлари ва
ҳозирги замон. Ф.ф.б.д. (PhD). Cамарканд. 2022
