Authors

  • D.N Marasulova
  • J.A. Bekova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.65311

Keywords:

texnologiyalar innovatsion yondashuvlar aqlli texnologiyalar rivojlanish sun’iy intellect individual.

Abstract

Bugungi kunda aqili texnologiyalar va innovatsion yondashuvlar raqamli dunyoning ajralmas qismiga aylanib turli sohalarda inqilobiy o’zgarishlarni keltirib chiqarmoqda. Ushbu maqolada ta’lim jarayoni samaradorligi va sifatini oshirishda axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning afzal va qulay imkoniyatlarni, shart-sharoitlarini yaratish va o’quv jarayonini multimediali elektron o’quv adabiyotlari, qo’llanmalar va metodik qo’llanmalar bilan ta’minlashni taqozo etilishi haqida yozilgan.

background image

2025 -Yil

13-Fevral

RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK

YONDASHUVLAR

Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi

259


INNOVATSION TADQIQOTLAR VA AQLLI TEXNOLOGIYALAR RAQAMLI

DUNYONING ERTASI

D.N.Marasulova

Texnologiya, menejment va kommunikatsiya instituti

“Pedagogika va psixologiya” kafedrasi

dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Bekova J.A.

Texnologiya, menejment va kommunikatsiya institute

Pedagogika yo’nalishi talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14854725

Annotatsiya.

Bugungi kunda aqili texnologiyalar va innovatsion yondashuvlar raqamli

dunyoning ajralmas qismiga aylanib turli sohalarda inqilobiy o’zgarishlarni keltirib
chiqarmoqda. Ushbu maqolada ta’lim jarayoni samaradorligi va sifatini oshirishda axborot
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning afzal va qulay imkoniyatlarni, shart-
sharoitlarini yaratish va o’quv jarayonini multimediali elektron o’quv adabiyotlari, qo’llanmalar
va metodik qo’llanmalar bilan ta’minlashni taqozo etilishi haqida yozilgan.

Kalit so`zlar:

texnologiyalar, innovatsion yondashuvlar, aqlli texnologiyalar, rivojlanish,

sun’iy intellect, individual.

Mamlakatimizda olib borilayotgan tub islohatlar, fan-texnika va texnologiyalarning

rivojlanishi hamda axborotlashgan jamiyatga o‘tish talablari ta’lim strategiyasini o‘zgarishiga olib
kelmoqda. Uzluksiz ta’lim olishning yangi shakllari, jumladan zamonaviy o’qitish
texnologiyalariga asoslangan tarmoqli, axborotli, masofaviy va innovatsion ta’lim texnologiyalari
vujudga keldi. Axborot-kommunikatsion texnologiyalarga asoslangan yangi ta’lim turlarining
paydo bo‘lishiga asosiy sabab, jamiyatning turli tabaqalariga mansub kishilarga bilim berish,
ularning malakasini muntazam oshirib borish va qayta tayyorlash vazifalarini muvaffaqiyatli hal
etishda, sobiq ta’lim tizimining yillar davomida shakllangan an’anaviy usul va vositalarining
imkoniyatlari chegaralanganligidadir. Bunday vaziyatda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
asosida uzluksiz ta’lim tizimini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Mashg’ulotlar jarayoni
samaradorligini oshirish hozirgi zamon pedagogikasining dolzarb masalasiga aylanib bormoqda.
Texnika, texnologiya va ishlab chiqarishning jadal sur’atlar bilan rivojlanib borishi ta’lim
olayotgan bolalar oldiga shu rivojlanishga mos bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlarini
taqozo qilmoqda. Bolalarga texnika va texnologiyalarning yangi yutuqlarini o‘zlashtirish
ko‘nikmalarini hosil qilish uchun ularni o‘qitish usullarini tubdan yangi pog‘onaga ko‘tarish
zarurati davr talabi bo‘lib qolmoqda. Bu muhim vazifani hal etishda kundalik turmushda jadal
sur’atlar bilan kirib kelayotgan zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsion texnologiyalar,
elektron ta’lim resurslaridan keng foydalanish muhim rol o‘ynashi muqarrardir.

Hozirgi kunda sinovdan o‘tgan maxsus axborot vositalari: kompyuter texnikalari, audio va

video vositalari qatoriga kelib qo‘shilgan elektron ta’lim resurslari, virtual stendlar, animatsiyali
dasturlar vositasida dars mashg‘ulotlarini olib borish bolalar tomonidan mashg‘ulotlarini
o‘zlashtirishlariga samarali natijalar berib borishi tayindir. Elektron ta’lim resurslari yordamida
Mashg’ulotlarni

tashkil etish jarayoni, bunda bolalarning olayotgan bilimlarini nafaqat eshitish,

balki ko‘rish sezgilari orqali ham qabul qilishlari va tushunchalarning g‘oya va mazmunini chuqur


background image

2025 -Yil

13-Fevral

RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK

YONDASHUVLAR

Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi

260


anglab etishlariga samarali yordam beradi. Qator mualliflar tomonidan turli elektron o‘qitish
vositalari yordamida mavzularning yoritilishini joriy etib borilayotganligi, bunda bolalarning
bilim saviyalarining oshib borayotganligini bevosita ishonch hosil qilish mumkinki, bu usullarning
yanada takomillashtirilishi, yuqori pog‘onaga olib chiqish kabi zaruratlar oldindan ko‘rib, shu
yo‘sinda ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil etish har bir rahbar hamda pedagogning dolzab
vazifasi bo‘lishi talab etiladi.

Elektron ta’lim vositalaridan foydalanishda quyidagilarga alohida e’tibor qaratish kerak

bo‘ladi:

− o‘quv materiallarga qo‘yiladigan uslubiy talabalarni ishlab chiqish;
− animatsion dasturlardan foydalanish davomiyligini 25–30 minutdan oshirmaslik;
− namoyish etilayotgan mavzuga doir tushunchalar pedagog va bolalar tomonidan ikki

tomonlama aloqa tarzida muhokama etib borilishi;

− namoyish etilib borilayotgan lavhalarning bola tomonidan mustaqil ravishda o’zlashtirib,

yangi tushunchalarni shakllantirib borishiga erishish;

− ta’lim berish natijalarini baholash me’zonlarini aniqlash.
Ma’lumki, o‘quv jarayonida qo‘llaniladigan pedagogik va informatsion texnologiyalar bir

necha turlarga bo‘linib, ulardan eng muhimi — kompyuter texnikasi vositalari yordamida
o‘qitishdir.

Hozirgi vaqtda ta`lim jarayonini axborotlashtirishda asosiy diqqat, samarali multimediali

ta’limiy resurslarni ishlab chiqarishga qaratilmoqda. Xalqaro tajribalarga tayangan holda
tekstografik elektron mahsulotlar o’rniga interaktiv, multimedia manbalariga boy elektron resurs
qo`llanilmoqda. Mashg’ulotlarda qo`llaniladigan elektron darsliklarning interaktivligi,
multimediya manbalariga boyligiga asosiy e`tiborni qaratish lozim. Axborotlashtirish orqali ta`lim
samarasi va sifatini oshirish uchun esa yangi darsliklar bir qancha innovatsion sifatlarga ega
bo`lishi kerak. Shuning uchun elektron axborot resursi sifatini tahlil qilish muhim ahamiyatga ega.
Har qanday ta`lim manbasi kabi elektron axborot resursini ham sifatlar majmuasidan kelib chiqqan
holda baholash lozim. Bunda baholashni an`anaviy va innovatsion turlarga bo`lish muhimdir:

- Davlat ta`lim standartlari, ta`limning namunaviy va ishchi dasturlariga mos kelishi;
- Taqdim etilayotgan ma`lumotlar ilmiy asoslanganligi;
- Yagona metodikaga mos kelishi (“osondan qiyinga qarab borishi”, materiallarni taqdim

etishda ketma-ketlikka rioya etilishi);

- Dalillarga oid xatolar, axloq qoidalariga xilof, etikaga to`g`ri kelmaydigan tarkibiy

qismlarga ega bo`lmasligi talab qilinadi.

Shuni qayd qilish lozimki, kitob faqat axborot olishni ta’minlaydi, multimediali elektron

axborot resursi esa olinayotgan axborotning tasavvur orqali xotirada saqlanishi bilan farq qiladi.
Hozirgi kunda insonning kun bo`yi qabul qiladigan axborotlari shunchalik ko`pki, ularning
hammasini esda saqlab qolish juda mushkul. Shu sababli, axborotni tasavvur qilgan holda qabul
qilish xotirada saqlanishini osonlashtiradi. Multimediali elektron axborot resursi esa inson
xotirasiga axborotlarni yaxshi eslab qolinuvchi vizual ko`rinishda uzatadi. Multimediali elektron
axborot resurslarini tayyorlashda, ulardan foydalanish davomiyligini hisobga olish zarur.

Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etmasdan ta’lim tizimini

taraqqiy ettirib bo’lmaydi. Bu borada zamonaviy ta’lim tizimi axborot-kommunikatsiya


background image

2025 -Yil

13-Fevral

RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK

YONDASHUVLAR

Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi

261


texnologiyalarini, bolalarning faoliyatining muhim vositasi sifatida qo’llash bo’yicha vazifalarni
ilgari surmoqda.

Innovatsion yondashuvlar va tadqiqotlar yangi texnologiyalarni yaratish va mavjudlarini

takomillashtirishga qaratilgan masalan ta`lim sohasida raqamli va innovatsion texnologiyalarning
qo’lanilishi o’quv jarayonini interaktiv va samarali qilishga yordam bermoqda. Shu bilan birga
ilm-fan va ta’limda innovatsion yondashuvlar yangi pedagogika usullari joriy etish orqali ta’lim
sifatini oshirishga xizmat qilmoqda. Aqlli texnologiyalar inson hayotini osonlashtirish uchun va
samaradorlikni oshirishga qaratilgan. Ma’salan sun’iy intellect tibbiyotda kasaliklarni erta
aniqlash ta’limda individual yondashuv joriy etishda va sanoatda ishlab chiqarish jarayonilarini
optimallashtirishda qo’llanilmoqda. Internet of Things – texnologiyalar esa aqlli uylar transport
tizimlari va sanoat jarayonlarini boshqarishda muhim rol o’ynamoqda. Aqlli texnologiyalar,
albatta, ta’limga ham o’z ta’sirini ko’rsatdi va ko’rsatmoqda. Oldinlari faqatgina yashil yoki
jigarang doskalar bilan kifoyalangan bo’lsak hozirda electron doskalar yoki markerli doskalardan
foydalanmoqdamiz bu ham interaktiv texnologiya va bu o’quvchillarni bilimga qiziqishni oshiradi.

Muxtasar qilib aytganda, xorijiy rivojlangan davlatlarning tajribalari hamda natijalariga

tayangan holda, ta’lim sohasini elektron resurslar bilan ta’minlash, elektron o‘quv adabiyotlaridan,
onlayn platformalardan foydalanish. Ta’lim jarayonida bolalar uchun maxsus ta’lim dasturlari,
elektron portfoliolarni yaratish, virtual sayoxatlar, interaktiv doskalardan foydalanish dolzarb va
ahamiyatli masalalarda biri bo’lib qolmoqda. Birgina elektron adabiyotlarni yo’lga qo’yish orqali
turli sohadagi xodimlarni bilimlarini mustaxkamlash va yangi bilimlarga ega bo’lishini
ta’minlashimiz mumkin. Imkoniyati cheklangan va jamiyatimizning turli pog’onasidagi insonlar
uchun onlayn plotformalarning joriy qilinishi katta ahamiyatga ega. Demak, ta’lim tizimiga
raqamli texnologiyalarni joriy qilishimiz muhim ahamiyatga ega ekanligini inobatga oladigan
bo’lsak, bu imkoniyatdan keng foydalanishimiz va bunday elektron plotformalarning joriy
qilinishida o’z hissamizni qo’shishimiz darkor. Raqamli dunyoning ertasi aqlli texnologiyalar va
innovatsion yondashuvlarning rivojlanishiga bog`liq. Kelajakda bu texnologiyalar hayotimizning
har bir jabhasiga yanada chuqur kirib borishi va inson faoliyatini o’zgartirishi kutilmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Sharopova Z.F. Ta’lim texnologiyalari. — Toshkent: Navro`z nashiriyoti, 2019.

2.

Boltaboyev. S. O’zbek bolalar adabiyotini o’rganishda texnologik yondashuv. O`zbekiston
til va madaniyat jurnali, 2023.

3.

Mannopov S. & Eshmetov I.D. Ilm- fan va ta’limdagi innovatsion yondashuvlar
muammolar taklif va yechimlar. 20-sonli Respublika ilmiy-onlayn konferensiyasi
materiallari. 2022.


References

Sharopova Z.F. Ta’lim texnologiyalari. — Toshkent: Navro`z nashiriyoti, 2019.

Boltaboyev. S. O’zbek bolalar adabiyotini o’rganishda texnologik yondashuv. O`zbekiston til va madaniyat jurnali, 2023.

Mannopov S. & Eshmetov I.D. Ilm- fan va ta’limdagi innovatsion yondashuvlar muammolar taklif va yechimlar. 20-sonli Respublika ilmiy-onlayn konferensiyasi materiallari. 2022.