2025 -Yil
13-Fevral
RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK
YONDASHUVLAR
Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi
301
TARBIYA FANINI O’QITISHDA MUOMMALI TA’LIM TEXNOLOGIYALARNI
QO’LLASH AHAMIYATI
G. A. Djanaliyeva
ТМС instituti “Pedagogika va psixologiya” kaferasi katta o‘qituvchisi
Ch. B.Mustafoyeva
ТМС instituti “Pedagogika va psixologiya” yo‘nalishi talabasi 3 kurs
https://doi.org/10.5281/zenodo.14854845
Annotatsiya.
Ushbu maqolada tarbiya fanini o‘qitishda muammoli ta’lim
texnologiyalarining ahamiyati keng ochib berilgan. Maqolada muammoli ta’lim, muammoli
ta’lim darajalari muammoli ta’limning afzallik va kamchiliklari yoritib berilgan.
Kalit so’zlar
: Muammo, muammoli ta’lim,
pedagogik muammo, munozara, laroyiha ishi,
simulyatsiyalar.
Hozirgi umumiy o‘rta ta’lim maktabdagi samarali o‘qitish texnologiyasi muammoli
ta’limdir. Uning vazifasi faol bilish jarayoniga undash va tafakkurda ilmiy-tadqiqot uslubini
shakllantirishdir. Muammoli ta’lim ijodiy faol shaxs tarbiyasi maqsadlariga mos keladi.
Muammoli ta’lim
–o‘quvchilarda ijodiy izlanish, kichik tadqiqotlarni amalga oshirish,
muayyan farazlarni ilgari surish, natijalarni asoslash, ma’lum xulosalarga kelish kabi ko‘nikma
va malakalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim. Bu turdagi ta’limning ilk g‘oyalari
amerikalik psixolog va pedagog J.Dyui (1859-1952 yy.) tomonidan asoslangan. U 1894 yilda
Chikagoda o‘qitish o‘quv rejasi bo‘yicha emas, balki o‘yin va mehnat asosida olib boriladigan
tajriba maktabini tashkil etgan.
Muammo
(yunon. “to‘siq”, “qiyinchilik”, arab. “jumboqli”, “sirli”, “tushunilishi qiyin”) –
hal qilinishi muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan masala. Mohiyatiga ko‘ra
muammo uni keltirib chiqargan sabablarni o‘rganish, uni hal etishda ahamiyatli, samarali bo‘lgan
yo‘l, metod va vositalarni izlash, ularning samarali ekanligini asoslovchi dalillarni to‘plash,
dalillarni yangicha, yangi tahlitda izohlash asosida hal qilinadi.
Pedagogika sohasida ko‘p holatlarda “muammo” tushunchasi tashkiliy- pedagogik,
psixologik, ta’limiy va tarbiyaviy masalalarni hal qilishda qo‘llaniladi. Soha nuqtai nazardan
pedagogik jarayonda quyidagi xarakterdagi muammolarga murojaat qilinadi:
-
didaktik xarakterdagi muammo;
-
amaliy xarakterdagi muammo;
-
ilmiy-sof ilmiy xarakter-metodik xarakterdagi muammodagi muammo;
Ma’lum bilimlar, noma’lum bilimlar va mavjud tajriba muammoning tarkibiy qismlari
sifatida namoyon bo‘ladi.
Pedagogik muammo
usuli noma’lum bo‘lgan pedagogik xarakterdagi masala–
hal
qilinishi zarur, biroq, hali yechish.
2025 -Yil
13-Fevral
RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK
YONDASHUVLAR
Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi
302
Ta’lim jarayonida muammoni qo‘yish bir necha sathda kechadi. Ular
Darajalar
Muammoni qo‘yish mohiyati
1-daraja
O‘qituvchi muammoni qo‘yadi va o‘quvchilarni uni hal qilishga
yo‘naltiradi
2-daraja
O‘qituvchi muammoli vaziyatni bayon qiladi va o‘quvchilarning o‘zlari
mustaqil ravishda muammoni shakllantiradi
3-daraja
O‘qituvchi muammoni qo‘rsatib bermaydi, balki unga o‘quvchilarni
ro‘para qiladi. O‘quvchilar muammoni anglagan holda uni o‘zlari
shakllantirib, muammoni yechish usullarini tahlil qiladi
Muammoli vaziyat metodi
–o‘quvchilarni muammoli vaziyatga to‘qnash kelishini
ta’minlash asosida uning sabab va oqibatlarini tahlil qilish, ularning yechimini topish bo‘yicha
ko‘nikmalarini shakllantirish va ularning bilish faoliyatini faollashtirishga asoslanadigan yo‘l.
Metodning mohiyati aniq vaziyatni tahlil qilish, baholash va uning yechimi yuzasidan qaror
qabul qilishdan iborat. Ta’lim jarayonida muammoli vaziyat metodi qo‘llanilganda
o‘quvchilarning faoliyatlari quyidagi tizim asosida tashkil etiladi.
Asosiy bosqichlar
Muammoli vaziyatni yaratish
Vaziyatni tahlil qilish asosida
muammoni qo‘yish
Farazlarni ilgari surish
Yechimni tekshirish
Muammoli vaziyat
Yechimning usul va vositalarini
tanlash
Yangi muammolarni
bashoratlash
Loyihaning taqdimoti
va xulosasi
Axborotlarni izlash
Xarakatlarni rejalashtirish
Muammo
Maxsulot yechim
2025 -Yil
13-Fevral
RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK
YONDASHUVLAR
Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi
303
Muammoli vaziyat metodiga asoslangan o‘quvchilar faoliyati
“Muammoli vaziyat” metodi uchun tanlangan muammoning murakkabligi o‘quvchilarning
bilim darajalariga mos kelishi kerak. Ular qo‘yilgan muammoning yechimini topishga qodir
bo‘lishlari kerak, aks holda yechimni topa olmagach, ta’lim oluvchilarning qiziqishlari so‘nishiga,
o‘zlariga bo‘lgan ishonchlarining yo‘qolishiga olib keladi. “Muammoli vaziyat” metodi
qo‘llanilganda o‘quvchilar mustaqil fikr yuritishni, muammoning sabab va oqibatlarini tahlil
qilishni, uning yechimini topishni o‘rganadi.
“Muammoli vaziyat” metodining tuzilmasi quyidagicha:
-muammoli vaziyat tavsifini keltirish:
-
o‘quvchilarga kichik guruhlarga bo‘lish;
-
guruhlar tomonidan muammoli vaziyatning kelib chiqish sabablarining aniqlanishi:
-
guruhlarning muammoli vaziyatning oqibatlari to‘g‘risida fikr yuritishi;
-
guruhlar tomonidan muammoli vaziyat yechimi borasidagi variantlarning asoslanishi;
-
variantlar orasidan to‘g‘ri yechimning tanlanishi;
-
guruh tomonidan yechimning bayon etilishi;
-
o‘quvchilarning mustaqil ravishda muammoni qo‘yishlari.
Muammoli vaziyat metodining afzalliklari:
-talabalarda mustaqil fikrlash qobiliyatlarini shakllantiradi;
-talabalar muamoning sabab, oqibat va yechimlarini topishni o‘rgatadi;
-talabalarning bilim va qobiliyatlarini baholash uchun yaxshi imkoniyat yaratiladi;
-talabalar fikrlar va natijalarni tahlil qilishni o‘rganadi.
Muammoli vaziyat metodi kamchiliklari:
-ta’lim oluvchilarda yuqori motivatsiya talab etiladi;
-
qo‘yilgan muammo talabalarning bilim darajasiga mos kelishi kerak;
-
ko‘p vaqt talab etiladi.
Tarbiya fanini o‘qitish jarayonida muammoli ta’lim metodi turli shakllarda amalga
oshirilishi mumkin:
-
Simulyatsiyalar: Real hayot ssenariylariga asoslangan vazifalar orqali o‘quvchilar
muammo yechimi topadilar.
- Munozaralar: Mavzu bilan bog‘liq muxokama olib borish orqali o‘quvchilar o‘z
fikrlarini bayon etish imkoniga ega bo‘ladilar.
- Loyiha ishi: O‘quvchilar muayyan loyihani bajarar ekan, ular amaliy tajribani olgan
holda bilimlarni amalda qo‘llaydilar.
Tarbiya fanini o‘qitish jarayonida muammoli ta’lim metodlaridan foydalanish nafaqat
nazariy bilishlarni oshirishga, balki yoshlarning ijodkorligi va mustaqil fikrlovchi shaxs sifatida
shakllanishiga va rivojlantirishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu metodlarni samarali qo‘llash
orqali biz zamonaviy yoshlarning raqobatbardoshlik qobiliyatlarini oshirishimizga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
2025 -Yil
13-Fevral
RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK
YONDASHUVLAR
Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi
304
1.
G.B.Saidnazarova “Tarbiya fanini o‘qitish metodikasi”.O‘quv qo‘llanma. Buxoro. 2024
“ Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik” o‘quv-uslubiy majmua.
