Authors

  • Q.U. Asadov
  • B.R. Shukrulloyev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.65351

Keywords:

amaliy matematika iqtisodiy masalalar modellashtirish optimallashtirish ehtimollar nazariyasi ta’lim texnologiyasi.

Abstract

Mazkur ishda TMC instituti talabalariga “Amaliy matematika” fanini o‘qitishda iqtisodiy masalalarning qo‘llanilishi bo‘yicha ma’lumotlar tahlili keltirilgan. Ushbu fanda iqtisodiy masalalarning matematik modellari, ularning o‘quv jarayonida tatbiq etilishi va uni ta’lim samaradorligiga ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, iqtisodiy masalalarning matematik yondashuvlar orqali hal etilishi talabalar mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga qanday yordam berishi muhokama qilinadi.

background image

2025 -Yil

13-Fevral

RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK

YONDASHUVLAR

Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi

305


AMALIY MATEMATIKA FANINI O'QITISHDA IQTISODIY MASALALARNING

QO‘LLANILISHI

Q.U. Asadov

TMC instituti, +998977745678,

quvonchbekurinovichasadov@gmail.com

B.R. Shukrulloyev

TMC instituti, +998945363693,

b.shukrulloyev@tmci.uz

https://doi.org/10.5281/zenodo.14854858

Annotatsiya.

Mazkur ishda TMC instituti talabalariga “Amaliy matematika” fanini

o‘qitishda iqtisodiy masalalarning qo‘llanilishi bo‘yicha ma’lumotlar tahlili keltirilgan. Ushbu
fanda iqtisodiy masalalarning matematik modellari, ularning o‘quv jarayonida tatbiq etilishi va
uni ta’lim samaradorligiga ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, iqtisodiy masalalarning matematik
yondashuvlar orqali hal etilishi talabalar mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga qanday
yordam berishi muhokama qilinadi.

Kalit so‘zlar:

amaliy matematika, iqtisodiy masalalar, modellashtirish, optimallashtirish,

ehtimollar nazariyasi, ta’lim texnologiyasi.

Kirish.

Zamonaviy ta’lim tizimida, ayniqsa iqtisodiyot yo‘nalishlarida “Amaliy matematika”

muhim fanlardan biri hisoblanadi. Bu fan o‘quvchilarga real hayotdagi masalalarni tahlil qilish
hamda ularni hal etish ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradi. Shu jumladan, bu fanni
o‘qitishda ushbu fan o‘qituvchilariga ham bu masala ancha jiddiy masalalardan biri hisoblanadi.

Ayniqsa, matematikada iqtisodiy masalalarning qo‘llanilishi o‘quvchilarning ham

iqtisodiy ham matematik tushunchalarni chuqurroq anglashiga va analitik tafakkurini
rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu esa o‘z navbatida fan o‘qituvchilariga ham o‘tilayotgan
mavzularni tushuntirishda ancha as qotishi mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari, ushbu fanni o‘rganishda iqtisodiy masalalarni qo‘llashni aynan real

mavjud masalalardan kelib chiqib hal qilish, hamda yechimlarni hosil qilishda zamonaviy
texnologiyalardan foydalangan holda natijalarni turli ko’rinishda olish, ularni tahlil qilish yanada
mavzularni to‘laroq mustahkamlash imkonini beradi.

Ushbu ishda “Amaliy matematika” kursida iqtisodiy masalalarni qanday tatbiq etish

mumkinligi, ularning ta’lim jarayonidagi roli va samaradorligi yoritiladi.

Iqtisodiy masalalarning “Amaliy matematika” fanidagi o‘rni

Ushbu “Amaliy matematika” fani nomidan kelib chiqadigan bo‘lsak hamma matematik

masalalarni qandaydir iqtisodiy yoki xayotiy masala bilan bog‘lash mumkin. Matematika
masalalari bu hayotiy masalalardan kelib chiqqanligini hisobga olsak, endi matematikani
o‘rganishda buni inobatga olish lozim bo‘ladi.

Matematik masalalar va ularning yechimlarini mos ravishda quyidagi iqtisodiy masalalar

va ularning yechimlariga tadbiqini ko’rishimiz mumkin:

1.

Statistika va ehtimollar nazariyasi

: Iqtisodiy bozorlar, talab va taklif tahlillari,

regressiya modellarini qo‘llash orqali bozor tendensiyalarini bashorat qilish kabi turli masalalarda.
Misol uchun, biron bir kompaniya o‘z mahsulotlariga bo‘lgan talabni aniqlash uchun statistik
ma’lumotlardan foydalanadi va regressiya modeli yordamida kelgusi yil uchun oldindan
tayyorgarlik (prognoz) qiladi.


background image

2025 -Yil

13-Fevral

RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK

YONDASHUVLAR

Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi

306


2.

Optimallashtirish masalalari

: Ishlab chiqarish jarayonlari, resurslardan samarali

foydalanish, foyda maksimalizatsiyasi yoki xarajatlarni minimallashtirish masalalarida. Masalan,
zavodning ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish yoki ko‘proq foyda olish uchun, chiziqli
dasturlash masalalarining minimallashtirish (maksimallashtirish) usulidan foydalaniladi.

3.

Differensial va integral tenglamalar

: Bank foizlari, investitsiya daromadlari,

inflyatsiya darajasini hisoblash va tahlil qilish masalalarida. Deylik, bank kreditlari bo‘yicha foiz
hisoblashda differensial tenglamalar qo‘llanadi.

4.

Chiziqli algebra va matritsalar

: Firma va kompaniyalarning moliyaviy hisob-

kitoblari, zahiralar boshqaruvi va balans tahlillari masalalarida. Aytaylik, firma o‘zining ta’minot
zanjirini optimallashtirish uchun matritsalar yordamida logistika xarajatlarini kamaytiradi va
boshqalar.

Xuddi shunday ushbu masalalarni aksincha, ya’ni teskari tomondan qarab turib ham

qo‘yilgan masalalarni hal qilish mumkin. Bu iqtisodiy masaladan kelib chiqib matematik
masalalarga yondoshgan holda qo‘yilgan masalani yechishni beradi. Yoki ularning
kombinatsiyalarini bir biri bilan bog‘lagan holda berilgan masalani hal qilish mumkinligini
anglatadi. Chunki aslini olganda bu iqtisodiy masalalar ham matematik masalalar ham bir biri
bilan uzviy bog‘liq hisoblanadi.

“Amaliy matematika” fanini o‘quv jarayonida iqtisodiy masalalarni tatbiq qilish

usullari

“Amaliy matematika” fanini o‘quv jarayonida iqtisodiy masalalarni tatbiq qilishni quyidagi

usullaridan faydalansak bo‘ladi:

Kontekstga asoslangan yondashuv

: O‘quvchilarni real iqtisodiy muammolar

asosida o‘rgatish va ularni real hayotiy vaziyatlarga tatbiq etish.

Matematik modellashtirish

: O‘quvchilarga iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish

va yechim topish ko‘nikmalarini o‘rgatish.

Loyiha va guruh ishlari

: Talabalarga iqtisodiy masalalarni tahlil qilish va ularga

yechim topish bo‘yicha guruhda ishlash imkonini berish.

Texnologiyalardan foydalanish

: Kompyuter dasturlaridan (MATLAB, Excel,

Python) foydalanish orqali iqtisodiy masalalarni tahlil qilish.

Ushbulardan hosil qilinishi lozim bo’lgan asosiy talab bu talabalarda ushbu fan

mavzulariga doir ko’nikmalarni, umuman olganda fan to‘g‘risida tushunchalarni shakllantirishdan
iborat.

Iqtisodiy masalalarni o‘qitishda duch kelinadigan muammolar

“Amaliy matematika” darslarida iqtisodiy masalalarni qo‘llab dars o‘tishda quyidagi eng

asosiy qiyinchilik yoki muammolar mavjud:

Talabalarning iqtisodiy bilimlarining yetishmovchiligi

: Talabalar iqtisodiy

tushunchalarni yaxshi tushunmasa, masalalarni hal qilish qiyinlashadi.

Dasturiy vositalardan foydalanish qiyinchiliklari

: Ba’zi talabalar iqtisodiy

masalalarni yechishda dasturiy vositalarni qo‘llashda qiyinchiliklarga duch kelishadi.

Ushbu duch kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni amaliy ravishda hal qilish mumkin.

Ammo ushbu muammolarga e’tibor berilmasa, natijada yana boshqa muammolarni keltirib chiqish
ehtimoli mavjud. Shu nuqtai nazardan imkon qadar ushbu muammolarga e’tibor berish va ularni


background image

2025 -Yil

13-Fevral

RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK

YONDASHUVLAR

Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi

307


imkon adar hal qilish lozim bo‘ladi. Shundagina ushbu fanni o‘rgatuvchisi ham va o’rganuvchisi
ham sezilarli yaxshi natijalarga erishishi mumkin bo‘ladi.

Xulosa va tavsiyalar

“Amaliy matematika” fanini o‘qitishda iqtisodiy masalalarning qo‘llanilishi talabalarning

real hayotda duch keladigan muammolarni tushunishiga va yechim topishiga yordam beradi.

Shu sababli, ta’lim jarayonida iqtisodiy masalalarni keng joriy qilish, interaktiv usullardan

foydalanish, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash va o‘quv dasturlarini yanada moslashtirish
lozim.

“Amaliy matematika” fanini o‘rganishda iqtisodiy masalalarni tadbiqi ushbu fanni

o‘rgatishda ham fan o‘qituvchilariga mavzularni samarali tushuntirish vosita hisoblanib, bundan
har bir fan o‘qituvchilari foydalanishi maqsadga muvofiq hisoblanar ekan.

Kelajakda “Amaliy matematika” va iqtisodiyot fanlari o‘rtasidagi integratsiyani yanada

rivojlantirish va bu jarayonda innovatsion yondashuvlarni qo‘llash muhim vazifa hisoblanadi.


Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Anderson, D. R., Sweeney, D. J., & Williams, T. A. (2016).

Statistics for Business and

Economics.

Cengage Learning.

2.

Asadov Q.U. Hisob (matematika) fanini o’rganishda online tizimlarning imkoniyatlari.
Journal “Management and Future Technologies (MFT)”, Tashkent, April 2024., V. 1., No.
1., P. 136-142.

3.

Асадов К.У., Холбоев И.А. WEB технологии в организации учебного процесса на
примере курса «Численные методы и программирование» / ВЫСШАЯ ШКОЛА
(Научно-практический журнал). 2017. N 11. P. 83-84.

4.

Аликулов Ё.К., Усмонов А.Х., Асадов К.У. Виды, формы и методы организации
научноисследовательской

работы

студентов.

Материалы

конференции

Информатика: проблемы, методология, технологии-2016. 2016. P. 40-44.

5.

ШЕРДOР А., Шукруллoев Б. Mнoгoфактoрный экoнomетрический анализ в
рынoчнoй экoнomикеmнoгoфактoрный экoнomетрический анализ в рынoчнoй
экoнomике //Science and Society. – 2024. – Т. 1. – №. 7. – С. 19-26.

6.

Bektosh S., Misliddin M. Using Python in the analysis of econometric models //Innovations
in exact science. – 2024. – Т. 1. – №. 2. – С. 19-27.

7.

Shoxista A., Shaxnoza A. EMPOWERING THE FUTURE: THE ROLE OF DIGITAL
TECHNOLOGIES IN SUPPORTING BUSINESS AMONG YOUNG PEOPLE //Galaxy
International Interdisciplinary Research Journal. – 2024. – Т. 12. – №. 1. – С. 23-32

8.

Sherdor A., Bektosh S. Optimization of the supply chain in uzbekistan: transportation and
distribution of goods using the simplex method //Science and Society. – 2024. – Т. 1. – №.
7. – С. 1-6.



References

Anderson, D. R., Sweeney, D. J., & Williams, T. A. (2016). Statistics for Business and Economics. Cengage Learning.

Asadov Q.U. Hisob (matematika) fanini o’rganishda online tizimlarning imkoniyatlari. Journal “Management and Future Technologies (MFT)”, Tashkent, April 2024., V. 1., No. 1., P. 136-142.

Асадов К.У., Холбоев И.А. WEB технологии в организации учебного процесса на примере курса «Численные методы и программирование» / ВЫСШАЯ ШКОЛА (Научно-практический журнал). 2017. N 11. P. 83-84.

Аликулов Ё.К., Усмонов А.Х., Асадов К.У. Виды, формы и методы организации научноисследовательской работы студентов. Материалы конференции Информатика: проблемы, методология, технологии-2016. 2016. P. 40-44.

ШЕРДOР А., Шукруллoев Б. Mнoгoфактoрный экoнomетрический анализ в рынoчнoй экoнomикеmнoгoфактoрный экoнomетрический анализ в рынoчнoй экoнomике //Science and Society. – 2024. – Т. 1. – №. 7. – С. 19-26.

Bektosh S., Misliddin M. Using Python in the analysis of econometric models //Innovations in exact science. – 2024. – Т. 1. – №. 2. – С. 19-27.

Shoxista A., Shaxnoza A. EMPOWERING THE FUTURE: THE ROLE OF DIGITAL TECHNOLOGIES IN SUPPORTING BUSINESS AMONG YOUNG PEOPLE //Galaxy International Interdisciplinary Research Journal. – 2024. – Т. 12. – №. 1. – С. 23-32

Sherdor A., Bektosh S. Optimization of the supply chain in uzbekistan: transportation and distribution of goods using the simplex method //Science and Society. – 2024. – Т. 1. – №. 7. – С. 1-6.