Authors

  • Aminakhon Xushmamatova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.65376

Keywords:

konsept frezema metafora sinekdoxa “head” lingvoculturologiya.

Abstract

Ushbu maqola lingvokulturologiya, leksikologiya, kognitiv tilshunoslik, stilistika va pragmatika sohalariga oid bo`lib, unda asosan “bosh” “head” konseptining ingliz va o`zbek frazeologik birliklaridagi o`rni, semantic tahlili, uni talabalar yozma nutqini oshirishdagi yordami haqida ma`lumotlar yoritilgan.

background image

2025 -Yil

13-Fevral

RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK

YONDASHUVLAR

Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi

331


INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA «HEAD/BOSH» KONSEPTI ISHTIROKIDAGI

FREZEMALARNI O‘RGATISH ORQALI YOZMA NUTQNI O‘STIRISH

Xushmamatova Aminakhon Rustam qizi

Texnologiya, menejment, kommunikatsiya instituti,

Tillar va ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi, o`qituvchi

xushmatova.amina@tmci.uz

https://doi.org/10.5281/zenodo.14854940

Annotatsiya.

Ushbu maqola lingvokulturologiya, leksikologiya, kognitiv tilshunoslik,

stilistika va pragmatika sohalariga oid bo`lib, unda asosan “bosh” “head” konseptining ingliz va
o`zbek frazeologik birliklaridagi o`rni, semantic tahlili, uni talabalar yozma nutqini oshirishdagi
yordami haqida ma`lumotlar yoritilgan.

Kalit so`zlar:

konsept, frezema, metafora, sinekdoxa, “head”, lingvoculturologiya.

Frazemalar tildagi ko‘chma ma’no ifodalash orqali yaxlitlangan birliklar hisoblanadi.

Ko‘chma ma’nolar matefora, metonomiya, sinekdoxa va boshqa stilistik vositalar yordamida yuzaga
keladi.

Ingliz va o‘zbek tillari leksikasi so‘zlarning ko‘p ma’noligi bilan ajralib turadi. Bunda ma’no

ko‘chish hodisasining o‘rni katta. Kundalik hayotimizda ko‘p ma’noli so‘zlar atrofimizni o‘rab
to‘rgan tabiat, narsa va hodisalarni ifodalab, matnni, nutqimizni rang-baranglashtiradi, ularga jonli
tus beradi. Masalan, odam, odam tanasining barcha a’zolari juda ko‘p ko‘chma ma’nolarda ishlatiladi.
Har ikkala tilda ham «bosh» so‘zi bilan bog‘liq yuzlab iboralarga duch kelishi mumkin. Maslan,
o‘zbek tilida boshim aylandi, boshimga keldi, boshimda yong‘oq chaqdi, bexuda gaplar bilan
boshimni og‘ritdi, boshini yo‘qotib qo‘ydi. Odam tana a’zolaridan, ayniqsa, «bosh» ishtirokidagi
iboralar solmoqlidir. «O‘zbek tilining izohli lug‘ati»da «bosh» so‘zi qatnashadigan 60 dan ortiq
iborani kuzatish mumkin.

Ingliz tilida: my head swims

– Boshim aylandi; it came to my head – Miyamga keldi; he hit

the nail on my head – boshimga yong‘oq chaqdi; he caused me a headache by nonsense – u behuda
gaplar bilan boshimni og‘ritdi; he lost his head – u boshini yo‘qotib qo‘ydi.

«O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘atida» 93 shunday ibora mavjud

1

. Agar lug‘atda

keltirilgan «bosh» so‘zi ishtiroqidagi variantlarni ham hisobga oladigan bo‘lsak, ularning soni 150
taga yetadi. I.R.Galperinning ikki tomlik «Bolshoy anglo-russkiy slovar»ning (Moskva 1979) 1
tom 637-641 betlarida va «Webster’s College Dictionary» (New York) ning 615-645 betlarida
«bosh» «head» ning 200 ga yaqin kuchma ma’nolari bor. Xo‘sh, nega «bosh» so‘zi ishtirokidagi
iboralar har ikkala tilda ham miqdori ko‘p? Ushbu savolga javobni «bosh» tushunchasining butun-
nom va bo‘lak-nom sifatidagi mohiyatidan qidirish lozim. Ma’lumki,

«bo‘sh» butunnom va

bo‘laknom sifatida ajratilishi mumkin. Falsafada butun va bo‘lak ayrim hollarda bir-birini to‘la
almashtira olishi xususiyatiga egaligi haqidagi qarashlar keng tarqalgan. Biz so‘z atayotgan holda
ham «bosh» odam butunligining bo‘lagi va o‘zi alohida bir butunlik bo‘la oladi. Shuning uchun
«bosh» ba’zan o‘z bo‘lagi o‘rnida ham ishlatilishi mumkin. Bunda butunni bo‘lak bilan va bo‘lakni
butun bilan ifodalash, ya’ni sinekdoha orqali ma’no ko‘chishi yuzaga keladi. Chunonchi,

«boshida

yong‘oq chaqmoq», «boshidan o‘tkazmoq», «boshi g‘ovlab ketdi», «bosh qotirmoq

» kabi iboralarda

bosh- «tananing bo‘ynidan yuqori (odamda) yoki oldingi (hayvonlarda)» qismi, «kalla» ma’nosini

1

«Ўзбек тили изоҳли луғати» 1961 й. 136-138 бетлар


background image

2025 -Yil

13-Fevral

RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK

YONDASHUVLAR

Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi

332


emas, balki birinchi iboralarda «tepa» qolganlarida esa «miya» kabilarni ifodalagan. Masalan,

«boshiga tushgan», «boshdan kechirilgan», «bosh og‘ritmoq» (odam ta’na a’zosi ma’nosida) «bosh
bilan kirib ketmoq».

Shuni qayd qilish kerakki, «bosh» so‘zi har ikkala tilda ham iboralarda:

«aql» - wisehead,
head – miya – wooden head,
odam – crowned heads,
rahbar – Head man, head waiter, the head of the angry,
the head of the family,
the head of the department,
rahbarning joyi – head – quarters.
Biror narsaning boshi, yuqori qismi:

head of a pin,

head of a hammer,

shaxs yoki hayvon soni:

a dinner at 20 a head,

ten heads of cattle,

inqirozga uchramoq – to bring matters to a head, suyuqlik ustidagi ko‘pik – the head on beer,

sabzavotlar,

masalan,

bir bosh uzum – a head of grapes, bir

bosh karam – a

head of

cabbage

kabi

ma’nolarda ishlatiladi.

«Bosh» so‘zining o‘zbek va ingliz tillarida ko‘chma ma’nolarda ishlatilishini ko‘ramiz.

O‘zbek tilida

Ingliz tilida

Miya ma’nosida

Boshi qotdi
Boshi shishdi
Boshi g‘ovladi

To lose one’s head, To cause a
headache


Odam ma’nosida

Bosh bola,
Bosh qo‘ymoq,
Bosh qo‘shmoq,
Boshi chiqmaydi,
Boshiga chiqmoq

A woden head, A hat head,
A wise head, A head man

Aql ma’nosida

Boshi yaxshi ishlaydi,
Bosh bilan ishl a ydi ,
Uning boshi yo‘q,
Do‘st boshga boqar
Dushman oyoqqa




To be out of one’s head




Rahbar ma’nosida

Suvboshi,
Bosh agronom,
Boshliq,
Askarboshi,
Oila boshi, Ish boshi


Headman,
Head of department,
Head master

Rahbarning joyi

Universitetning bosh
binosi

Headquarters,
Head department
Head of the Army


background image

2025 -Yil

13-Fevral

RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK

YONDASHUVLAR

Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi

333


Biror narsaning
oldingi qismi

Poyezdning boshi

Head of process,
Head of a ship

Biror narsaning
boshi yuqori qismi

Suvning boshi,
Yo‘lning boshi,
Xatboshi,
Boshi o‘tgan

Head of a pin,
Head of a page
Head of a hammer
Headline

Shaxs yoki hayvon
soni

Kishi boshiga, Jonboshiga,
O‘n bosh qoramol,
Besh bosh qo‘y

A dinner a $20 ahead
Ten heads of cattle

Inqirozga
uchramoq

Boshini y e di
Boshiga y e tdi

To bring matters to a head

Sabzavot
nomlari bilan

Bir bosh uzum,
Bir bosh karam

A head of grape,
s A head of cabbage

Leksemalashgan
frazemalar

Boshimga uramanmi?
Boshiqorong‘i xotin,
Bir

yoqadan

bosh

chiqarib,
Boshi ko‘kka y e tdi

To give one’s head for the washing,
To keep one’s head above water,
To make head against
To show one’s head


«Bosh» so‘zi har ikkala tilda snekdoxa yo‘li bilan ko‘chma ma’noda, ya’ni butun o‘rnida

qism, qism o‘rnida butunni ifodalash uchun ishlatiladi. Yuqoridagi misollardan «bosh» so‘zining
ingliz va o‘zbek tillarida har xil ko`chma ma’nolarda ishlatilishini ko‘ramiz. Ingliz tilini xorijiy til
sifatida o`rganayotgan talabalarning yozma hamda og`zaki nutqini rivojlantirishda ham frazeologik
birliklarning o`rni beqiyos. Bu talabalarning yozma nutqida turli frazeologik birliklardan foydalanish
ularning nutqini va matnni go`zal va ta`sirchan bo`lishini ta`minlaydi, nutqni yanada boyitadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Arutyunova N.D. Metafora I disskurs. // Teoriya metaforы.– M., 1990.

2.

Azizova F.S. Milliy-madaniy xususiyatlarga ega iboralarni o‘rgatish muammolari // Ilmiy
munozara: muammo, yechim va yutuq: Resp. ilmiy-amaliy konf. material. – Toshkent,
2016. – B. 135-136.

3.

AzizovaF.S. Ingliz tilidagi frazeologizmlarni o‘rgatishda zamonaviy pedagogic
texnologiyalardan foydalanish // Nofilologik oliy o‘quv yurtlarida xorijiy tillarni
o‘qitishning nazariy va amaliy jihatlari: Resp. ilmiy-amaliykonf. material. 1-qism. –
Toshkent, 2016. – B. 106-108.

4.

Isoqov U., Sobirov V. Inglizcha-o‘zbekcha lug‘at. Toshkent «Yangi asr avlodi» 2004 y.

5.

«Webster’s College Dictionary» (New York, Kandom House, 2018

References

Arutyunova N.D. Metafora I disskurs. // Teoriya metaforы.– M., 1990.

Azizova F.S. Milliy-madaniy xususiyatlarga ega iboralarni o‘rgatish muammolari // Ilmiy munozara: muammo, yechim va yutuq: Resp. ilmiy-amaliy konf. material. – Toshkent, 2016. – B. 135-136.

AzizovaF.S. Ingliz tilidagi frazeologizmlarni o‘rgatishda zamonaviy pedagogic texnologiyalardan foydalanish // Nofilologik oliy o‘quv yurtlarida xorijiy tillarni o‘qitishning nazariy va amaliy jihatlari: Resp. ilmiy-amaliykonf. material. 1-qism. – Toshkent, 2016. – B. 106-108.

Isoqov U., Sobirov V. Inglizcha-o‘zbekcha lug‘at. Toshkent «Yangi asr avlodi» 2004 y.

«Webster’s College Dictionary» (New York, Kandom House, 2018