2025 -Yil
13-Fevral
RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK
YONDASHUVLAR
Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi
365
BOLALARNI OʻQITISHDA ROBOTDAN FOYDALANISH
L.Ismailova
Samarqand davlat universiteti dasturiy injiniring yoʻnalishi talabasi
lismailova316@gmail.com@gmail.com
L.Gulyamova
Samarqand davlat universiteti dasturiy injiniring yoʻnalishi talabasi
nozilaistamova@gmail.com@gmail.com
I.Karimov
Samarqand davlat universiteti dasturiy injiniring kafedrasi assistenti
islom.k1995@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.14855054
Annotatsiya.
Ushbu maqolada bolalar uchun moʻljallangan ovozli robotning interaktiv
taʼlim jarayonidagi ahamiyati va uning texnologik konsepsiyasi taqdim qilinadi. Tavsiya
etilayotgan robot displeysiz boʻlib, ovoz orqali ishlaydi. U bolalar bilan muloqot qilib, ularning
lingvistik va ijtimoiy koʻnikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Robotning asosiy funksiyalari
jumlasiga raqsga tushish, gapni qaytarish, sheʼr, qoʻshiq va ertak aytish kiradi. Bundan tashqari,
maqolada robotning emotsional javob berish va raqsga tushishga moslangan ovozli chiqish
imkoniyatlaridan iboratdir.
Kalit soʻzlar:
Sunʼiy intellekt, taʼlim texnologiyalari, interaktiv oʻyinlar, bolalar roboti,
nutq texnologiyalari.
Bugungi kunda taʼlim jarayonida texnologiyalarning roli tobora ortib bormoqda. Xususan,
bolalar uchun moʻljallangan ovozli robotlar taʼlim jarayonini yanada interaktiv va qiziqarli
qilishga xizmat qilmoqda. Robotlar jamiyatimizning ajralmas qismiga aylanib, taʼlim
texnologiyasi sifatida foydalanishda katta imkoniyatlar yaratmoqda [1]. Ushbu imkoniyatlardan
foydalanilgan holda milliy bolalar bilan muloqot qiluvchi, ular uchun qoʻshiq, sheʼr va ertak
aytuvchi robotlarni yaratish hozirgi kunda pedagogik va texnologik jihatdan ahamiyati yuqoridir.
Robotning taʼlimdagi ahamiyati quyidagilardan iboratdir:
1.
Til va muloqot koʻnikmalarini rivojlantirish – robot bolalarni interaktiv muloqotga
jalb qiladi va ularga yangi soʻzlarni oʻrganishga yordam beradi.
2.
Ijodiy fikrlashni rivojlantirish – sheʼr va ertak aytish orqali bolalarda tasavvur qilish
qobiliyatini kuchaytiradi.
3.
Hissiy rivojlanish – emotsional javob berish orqali bolalar oʻz his-tuygʻularini
tushunish va boshqarishni oʻrganadilar.
4.
Jismoniy harakatni ragʻbatlantirish – raqsga tushish funksiyasi bolalarni faol
harakat qilishga undaydi.
Bolalar uchun moʻljallangan robot quyidagi funksiyalarni yaratish konsepsiya sifatida
olingan:
Gapni qaytarish – bola tomonidan aytilgan soʻzlarni oʻziga xos uslubda takrorlaydi
va interaktiv muloqot yaratadi.
Sheʼr, qoʻshiq va ertak aytish – robot bolalar uchun turli xil matnlarni talaffuz qilib,
ularning tinglash va eslab qolish qobiliyatini oshiradi.
2025 -Yil
13-Fevral
RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK
YONDASHUVLAR
Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi
366
Raqsga tushish va ovozli chiqish moslashuvi – musiqa tinglanayotgan vaqtda robot
raqsga tushishi bilan birga, muhitga mos tarzda ovoz chiqaradi. Masalan, tezkor musiqa
chalinayotgan boʻlsa, robot "Qani, doʻstlar, birga raqs tushamiz!" deb chaqiradi.
Emotsional javob berish – robot bolalarning kayfiyatiga qarab ularga javob
qaytaradi. Masalan, bola xafa ohangda gapirsa, robot "Sizni kimdir xafa qildimi? Keling, qoʻshiq
aytib, kayfiyatingizni koʻtaramiz!" deb dalda beradi.
Robotning Texnologik Imkoniyatlari
Displeysiz ishlash – butunlay ovoz orqali muloqot qiladi.
Nutqni qayta ishlash – sunʼiy intellekt asosida bolalar nutqini taniydi va javob
beradi.
Harakat sensorlari – musiqa yoki ovozga mos ravishda raqs harakatlari bajaradi.
Emotsional aniqlash tizimi – bolaning ovozidagi hissiy holatni taniydi va shunga
mos javob beradi.
Bolalar uchun moʻljallangan ovozli robot taʼlim jarayonida muhim oʻrin tutishi mumkin.
U bolaning muloqot koʻnikmalarini rivojlantiradi, ijodiy fikrlashga yordam beradi va hissiy
rivojlanishiga hissa qoʻshadi. Shuningdek, robotning raqsga tushish va ovozli chiqishni
moslashtirish funksiyalari taʼlim jarayonini yanada qiziqarli va samarali qiladi. Kelajakda ushbu
texnologiyani yanada rivojlantirish va turli yosh toifalari uchun moslashtirish ustida izlanishlar
olib borilmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
1.
Omar M., Catherine J., Suleman Sh., Abdullah al M., Jian-Jie D. “A review of the
applicability of robots in education” Technology for Education and Learning, 2013
2.
Каримов И. К., Кобилов С. С. Технология синтеза речи и его применение в
образовании и обучении// Материалы Международной научно-практической конф.
по искусственный интеллект и цифровые образовательные технологии: практика,
опыт, проблемы и перспективы. – 2024. – Самарканд, СамГУ. — С. 253-255.
