Authors

  • Madina Ziyamova
  • Dilafruz Xudayberganova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.65412

Keywords:

Maktabgacha ta’lim tashkiloti Sogʻliqni Saqlash Vazirligi (SSV) alohida ehtiyoji boʻlgan bolalar inklyuziv ta’lim tarbiya bolalar salomatligi tibbiy koʻrik maxsus pedagog difektolog logoped surdopedagog tiflopedagog tyutor rivojlanish oilada moddiy ehtiyojlar qoplami.

Abstract

ushbu maqola alohida ta’limga ehtiyoji bor boʻlgan maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlari tamonidan inklyuziv ta’lim-tarbiya bilan qamrab olish ishlarini tashkillashtirishni samarali amalga oshirish haqida.

background image

2025 -Yil

13-Fevral

RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK

YONDASHUVLAR

Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi

389


ALOHIDA TA’LIMGA EHTIYOJI BOʻLGAN BOLALARNI MAKTABGACHA

TA’LIM TASHKILOTLARIDA INKLYUZIV TA’LIM BILAN QAMRAB OLISH

ISHLARINI TASHKILLASHTIRISH

Ziyamova Madina Jaxongir qizi

TMC instituti «Pedagogika va psixologiya» kafedra oʻqituvchisi

Xudayberganova Dilafruz Abidovna

Ilmiy rahbar: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti dotsenti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14855108

Anatatsiya.

ushbu maqola alohida ta’limga ehtiyoji bor boʻlgan maktabgacha yoshdagi

bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlari tamonidan inklyuziv ta’lim-tarbiya bilan qamrab olish
ishlarini tashkillashtirishni samarali amalga oshirish haqida.

Kalit soʻzlar:

Maktabgacha ta’lim tashkiloti, Sogʻliqni Saqlash Vazirligi (SSV), alohida

ehtiyoji boʻlgan bolalar, inklyuziv ta’lim, tarbiya, bolalar salomatligi, tibbiy koʻrik, maxsus
pedagog, difektolog, logoped, surdopedagog, tiflopedagog, tyutor, rivojlanish, oilada moddiy
ehtiyojlar qoplami.

Bugungi kunda yurtimizda mustaqil taraqqiyotning rivojlanishi yoʻlida koʻplab yangi

islohotlar amalga oshirilmoqda. Bunda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Miromonovich
tamonidan mamlakatimiz farovonligi uchun olib borayotgan say-harakatlari davlatimizni sanoatini
rivojlantirish bilan birgalikda yurtimizni farovon va dunyo bilan integratsiyalashgan hududga
aylanishiga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga mamlakatimizdagi jamiyki sohalariga, xususan,
davlatimiz iqtisodiyotiga, ijtimoiy sohalariga, sogʻliqni saqlash sohasiga, savodhonlikga katta
e’tibor qaratilmoqda. Yuqoridagi ta’kidlab otilgan sohalar qatorida maktabgacha ta’lim sohasi
ham jadal rivojlanish bosqichidadir.

Barchamizga ma’lum-ki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahklamasining 2021-yilning

20-may kunida tasdiqlangan 320-sonli O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim sohalariga,
shu jumladan “Maktabgacha ta’lim va tarbiya toʻgʻrisida” gi qaroriga oʻzgartirishlar va
qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisidagi qarori asosida bolalarni maktabgacha ta’lim bilan bosqichma-
bosqich to‘liq qamrab olish ishlari olib borilmoqda. Taʼlim toʻgʻrisidagi qonunning yangi tahririga
2021-yilning 19-may kuni Oliy Majlis ilk bor inklyuziv, ya’ni uygʻunlashgan taʼlim tushunchasi
kiritgan. Ushbu qonun 2020-yilning 13-oktabridagi «Alohida ta’limga ehtiyojlari boʻlgan
bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi
PQ-4860-son qarorga muvofiq ishlab chiqilgan. Oʻzbekiston nogironlar assotsiatsiyasi
mutaxassislar bilan birga qonun loyihasining inklyuziv taʼlim tamoyillariga muvofiqligi boʻyicha
qiyosiy tahlil ishlari oʻtkazilgan va ushbu qonunning 20-moddadasida har tamonlama nuqsonlari,
xususan jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) va ruhiy tamonlama nuqsonlari alohida ta’limga ehtiyoji
boʻlgan bolalar uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlarida va maktablarda inklyuziv taʼlimni
tashkil etish boʻyicha qator chora-tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan belgilab qoʻyilgan. Bu qonun albatta-ki alohida ta’limga ehtiyoji boʻlgan, ya’ni
salomatligida jismoniy, sezgi organlarida va yengil ruhiy, hamda aqliy nuqsoni boʻlgan va
“Nogironligi bor shaxs” sifatida e’tirof etiluvchi bolalarning har tamonlama sogʻlom bolalar bilan
teng huquqga ega ekanligini himoya qiluvchi hujjat sifatida ham qoʻllaniladi desak mubolagʻa


background image

2025 -Yil

13-Fevral

RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK

YONDASHUVLAR

Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi

390


qilmaydi. Sababi, inklyuziv ta’lim-bu alohida ta’lim-tarbiyaviy ehtiyoji boʻlgan bolalar bilan
sogʻlom bolalar uchun birgalikdagi teng taʼlim-tarbiya olish imkoniyatini yaratadi.

Hozirgi kunda UNICEF Oʻzbekiston Respublikasining taʼlim-tarbiya tizimiga inklyuziv

taʼlimni kiritish va uni faollashtirish boʻyicha samarali say-harakatlar bilan shugʻullanmoqda.
Inklyuziv taʼlimning vazifasi bolalarning bilim olish va boshqa qobiliyatlaridan va salomatlik
borasidagi holatidan tashqari barchaga sifatli va toʻliq taʼlim-tarbiya bilan taminlashdir. Shu
jumladan, inklyuzivlik tamoyili imkoniyatlari cheklangan bolalarning ta’lim-tarbiya olish
jarayonining samarasi, hamda har tamonlama rivojlanishiga, jamiatda ijtimoiylashuv
jarayonlarining osonlik bilan kechishiga erishish uchun avvalo bolalar oilaviy muhitda yashashlari
muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga bolalar oʻz tengdoshlari bilan birga oddiy davlat yoki
xususiy maktablarda tarbiyalanishlari va bilim olishlari bolalarni har tamonlama rivojlantirish va
huquqlarini himoya qilish maqsadlariga muvofiqdir. Inklyuziv taʼlim tizimi nogiron bolaning oʻz
yashash hududida joylashgan maktabgacha ta’lim tashkilotida va maktablarda taʼlim olishda,
tengdoshlari kabi turli qobiliyatlarini, iste’dodlarini rivojlantirishda, jamiatda ijtimoiylashishda
qiynalayotgan boʻlsa, savotxonlikni oʻrganish uchun maxsus yordam olishi, hamda hayotda
orttirilgan nuqsonlar tufayli darslardan qolgan bolalarga esa maktabga qaytish uchun kerakli
yordam taqdim etilishini kafolatlaydi.

2020–2025 yillarga rejalashtirilgan хalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish

konsepsiyasida alohida ta’limga ehtiyojlari boʻlgan bolalarga koʻrsatiladigan ta’lim хizmatlari
faoliyati sifatini yanada yaхshilash boʻyicha quyidagi vazifalar belgilangan:

alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalar ta’lim oladigan ta’lim muassasalari

binolariga qoʻyiladigan talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash;

alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalar oʻqitiladigan ta’lim muassasalarini zarur

adabiyotlar, metodik qoʻllanmalar, turli kasblarga oʻqitish uchun uskuna va jihozlar bilan
ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni oʻqitish uchun inklyuziv ta’lim tizimini

tashkil etish, umumta’lim muassasalarini maхsus moslamalar (koʻtarish qurilmasi, pandus, tutqich
va boshqalar), shuningdek tegishli kadrlar (maхsus pedagog, bolalarni ruhiy-pedagogik kuzatish
boʻyicha mutaхassislar) bilan ta’minlash;

alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning moslashishi va integratsiyasi uchun

maktab-internatlarni bosqichma-bosqich maхsus jihozlar bilan ta’minlash va boshqalar.

Ta’lim toʻgʻrisidagi qonun bilan birgalikda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, alohida

ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga inklyuziv ta’limni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom
tasdiqlandi. Unda quyidagilar keltirilgan:

inklyuziv ta’limning maqsadi va vazifalari;

alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlarida
inklyuziv ta’lim va boshlangʻich tayanch korreksion sinflar faoliyatini yoʻlga qoʻyish
hamda oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish tartibi;

bolalarni inklyuziv ta’lim guruhlariga va boshlangʻich tayanch korreksion sinflarga
qabul qilish tartibi;

inklyuziv ta’lim guruhlari va boshlangʻich tayanch korreksion sinflarda ta’lim
sifatini nazorat qilish va boshqarish chora-tadbirlari.


background image

2025 -Yil

13-Fevral

RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK

YONDASHUVLAR

Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi

391


Yuqorida qayd etilganlar asosida bugungi kunda koʻplab maktabgacha ta’lim

tashkilotlarida guruhlar inklyuziv ta’lim tizimiga oʻtkazilmoqda va bu dunyo miqyosidagi dolzarb
mavzulardan biridir. Alohida ta’limga ehtiyoji boʻlgan bolalar sogʻlom bolalar orasiga
qoʻshilmoqda va tengdoshlari bilan teng huquqga ega ekanliklarini his qilmoqdalar. Lekin ming
afsuski inklyuziv ta’lim mohiyatini tushunmagan koʻplab ota-onalar oʻz farzandlarini
salomatligida nuqsoni boʻlgan bolalar bilan birgalikda ta’lim-tarbiya olishlarini inkor etmoqdalar,
hamda ularning fikricha inklyuziv ta’lim farzandlarining ta’lim-tarbiyasiga salbiy ta’sir koʻrsatishi
mumkun. Shu kabi tanqidiy fikrlarga barham berish uchun biz “inklyuziya” atamasini va uning
mohiyatini aholiga tushuntirish chorasini koʻrishimiz maqsadga muvofiqdir. Agar aholiga ushbu
inklyuziv ta’lim toʻgʻrisida yetarlicha va toʻgʻri ma’lumot yetkazib bera olsak, biz bolalar
salomatligini muhofaza qilishga ilk qadamni qoʻygan boʻlamiz. Buni esa turli yoʻllar bilan amalga
oshirish mumkin. Masalan, hozirgi texnika taraqqiyoti asrida yurtimizdagi aholining deyarli
barchasi uyali aloqa apparatidan, shu bilan birga internetdan ham foydalanib kelmoqda, biz ham
shunga koʻra inklyuziv ta’lim toʻgʻrisida avvalo internet sahifalarida toʻgʻri va tushunarli
ma’lumot berishimiz lozim. Kerak boʻlsa Maktabgacha va umumiy oʻrta ta’lim vazirligi
tamonidan «sms» koʻrinishida habarnoma tarqatish darkor. Turli multimediya vositalari orqali
alohida ehtiyojga ega boʻlgan bolalarga nisbatan insonparvarlik tuygʻusini uygʻotuvchi video-
roliklar tayyorlab, hozirgi kunda ommaviy dolzarbligi ortib borayotgan telekanallar orqali aholiga
taqdim etsak nur ustiga a’lo nur boʻladi. Sababi, statistic ma’lumotlarga tayanib shuni aytish
lozim-ki, bugungi taraqqiyot davrida insonlarga ogʻzaki yoki koʻrgazmali materiallar boʻlmish
brashuralardan koʻra, televizor, uyali aloqa apparatlari orqali taqdim etilgan ma’lumotlar
insonlarda toʻgʻri tushuncha hosil qilishi va ma’naviy-ma’daniy ta’siri darajasi yuqoriroq.

Aholi oʻrtasida targʻibot ishlari olib borilishi bilan birga, inklyuziv ta’limni olib borish

tizimini ham koʻrib chiqish lozim. Bugungi kunda har bir alohida ehtiyojga ega bola uchun maxsus
tyutorlar yollanmoqda. Tyutorlar albatta alohida ehtiyoji boʻlgan bolalarning tibbiy xulosasidan
kelib chiqib tanlanishi muhim ahamiyatga ega. Misol uchun nutqida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun
tyutor logoped-difektolog boʻlishi, zaif koʻruvchilar uchun esa tiflopedagog tyutorlik vazifasini
bajarishi kerak. Shu bilan birgalikga maktablarda sinf oʻqituvchisi va maktabgacha ta’lim
tashkilotlarida tarbiyachilarni maxsus pedagogikaning barcha sohalari boʻyicha malakalarini
oshirish, hamda sogʻligʻida nuqsoni bor bolalarga ta’lim va tarbiya metodologiyasi boʻyicha
yetarlicha bilim va koʻnikmalari bilan ta’minlasak, biz pedagog va tyutor oʻrtasida hamkorlikni
yanada mustahkamlagan boʻlamiz. Buning uchun esa maxsus inklyuziv ta’lim tizimini
takomillashtirish doirasida “Malaka oshirish markazi”ni tashkil qilish birinchi koʻrib chiqilishi
kerak boʻlgan masalalardan biridir. Agar pedagog va tarbiyachi bolaning nuqsoniga mos keladigan
oʻquv-tarbiya metodlaridan habardor boʻlmasa, natija ham boʻlmasligi aniq. Agar oʻqituvchi,
tarbiyachi ushbu maxsus pedagogic metodlarni oʻqib, oʻrganganidan soʻng alohida ta’limga
ehtiyoji bor bola bilan shugʻullansa, bu birinchi navbatda ta’lim-tarbiyaviy jarayonga toʻgʻri
yondashuv boʻladi. buning natijasi ham pedagogning kompitentligidan kelib chiqgan holda yuqori
boʻlishi barchamizga ayondir. Aynan toʻgʻri yondashuv bilan bola sogʻligʻining tiklanishi koʻzda
tutilgan maqsadlardan biri hisoblanadi.

Xulosa qilib aytganda, yurtimizda ta’lim-tarbiyani yanada takomillashtirish maqsadida

turli yechimdagi chora-tadbirlar olib borilmoqda. Shu qatori inklyuziv ta’limni tashkil qilish
masalalari ham koʻrib chiqilmoqda. Lekin yetarli darajada e’tiborni qaratish kerakligini ham


background image

2025 -Yil

13-Fevral

RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK

YONDASHUVLAR

Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi

392


ta’kidlash joiz. Sogʻlom avlod yurtimiz kelajagi boʻlganidek, sogʻligʻida nuqsoni boʻlgan bolalar
ham kelajakda oʻz oʻrniga ega boʻlishi, jamiyatda ijtimoiylashuvi ham yurtimizni kelajagiga ta’sir
qilmay qolmaydi. Aynan shu alohida ehtiyojga ega boʻlgan bolalar kelajakda yurtimiz bayrogʻini
yanada choʻqqiga koʻtarishi mumkinligini ham tafakkur qilishimiz kerak. Ular ham sogʻlom
tengdoshlari kabi ta’lim-tarbiya olish huquqiga egadurlar. Shuning uchun ham biz inklyuziv
ta’limni toʻgʻri tashkil etib, samarali faoliyat yuritilishini ta’minlashimiz bizning vatanimiz,
hamda bolalar kelajagi oldidagi burchlarimizdan biridir. Hamyurtlarimizdan ham shuni soʻragan
boʻlardik-ki, ushbu alohida ta’limga ehtiyoji boʻlgan bolalarga nisbatan insonparvarlik va mehr-
shavqat kabi his-tuygʻular bilan yondashgan holda inklyuziv ta’limni toʻgʻri qabul qilsinlar va uni
tashkiliy masalalarida oʻz fikr-mulohazalarini bildirishlari inklyuziv ta’limni samarali faoliyati
uchun faqat va faqat foydali boʻladi. Shu qatorida maktablarda oʻqituvchi, hamda maktabgacha
ta’lim tashkilotlarida tarbiyachilarni maxsus pedagogik bilimlarini oshirish, ularga hozirgi kunda
koʻplab mamlakatlarda inklyuziv ta’limda qoʻllanilayotgan usul va uslublardan, turli interaktiv va
innovatsion metodlardan toʻgʻri foydalanish malaka va koʻnikmalarini oʻrgatish, yollanayotgan
tyutorlar bilan oʻzaro hamkorliklarini mustahkamlaydi va bu avvalo bolaning rivojlanishiga juda
katta ta’sir qiluvchi omillar sirasiga kiradi. Buning uchun esa albatta “maxsus pedagogik malaka
oshirish markazi” tashkil etilishi va u yerda inkyuziv ta’limni rivojlantirishga qaratilgan
tadqiqotlar olib borilishigina tizimni toʻgʻri va samarali faoliyatga undagan holda yoʻlga qoʻyilishi
zarur. Shundagina biz toʻgʻri yoʻlda boʻlamiz va shundagina bolalarni har tamonlama
rivojlanishini va jamiyatimizda ijtimoiylashuvini ta’minlagan boʻlamiz!

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati

1.

F.R.Qodirova, Sh.Q.Toshpoʻlatova, N.M.Kayumova, M.N.A’zamova, «Maktabgacha
pedagogika», T:-2019

2.

L.Mo‘minova, M.Ayupova, D.Nurkeldieva, X.Kalbaeva, «Maxsus pedagogika» 2-
nashr, T:-2016

3.

D.A.Xudayberganova, M.J.Ziyamova, monografiya «Xizmatlar sohasini boshqarish:
maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim xizmatlarini samarali tashkil etish
xususiyatlari», T:-2023

4.

https://lex.uz/docs/-5013007

References

F.R.Qodirova, Sh.Q.Toshpoʻlatova, N.M.Kayumova, M.N.A’zamova, «Maktabgacha pedagogika», T:-2019

L.Mo‘minova, M.Ayupova, D.Nurkeldieva, X.Kalbaeva, «Maxsus pedagogika» 2-nashr, T:-2016

D.A.Xudayberganova, M.J.Ziyamova, monografiya «Xizmatlar sohasini boshqarish: maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim xizmatlarini samarali tashkil etish xususiyatlari», T:-2023