Authors

  • M.SH Nahanova.
  • I.A Abdulov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.65435

Keywords:

Bugʻdoyga gamma nurlarning taʼsiri mutatsiya oʻzgaruvchanlik mutant organizm.

Abstract

Ushbu tezisda Bugʻdoy urugʻlariga gamma nurlarining taʼsiri haqidagi maʼlumotlar adabiyotlar va maqolalardan, tajribalardan oʻrganildi.

background image


Fevral, 2025-Yil

83

BUG’DOY URUG’LARINING UNUVCHANLIGIGA GAMMA-NURLARINI TURLI

DOZALARDA TA’SIRI

Nahanova. M.SH

Abdulov. I.A

Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti.

Biologiya yo’nalishi.

abduuroq@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14862892

Annotatsiya. Ushbu tezisda Bugʻdoy urugʻlariga gamma nurlarining taʼsiri haqidagi

maʼlumotlar adabiyotlar va maqolalardan, tajribalardan oʻrganildi.

Kalit soʻzlar: Bugʻdoyga gamma nurlarning taʼsiri, mutatsiya, oʻzgaruvchanlik, mutant

organizm.

ВЛИЯНИЕ ГАММА-ИЗЛУЧЕНИЯ РАЗЛИЧНЫХ ДОЗ НА ВСХОЖЕСТЬ СЕМЯН

ПШЕНИЦЫ

Аннотация. В данном тезисе изучено влияние гамма-излучения на семена пшеницы

на основе данных из литературы, статей и экспериментов.

Ключевые слова: влияние гамма-излучения на пшеницу, мутация, изменчивость,

мутантный организм.

EFFECT OF GAMMA RADIATION AT DIFFERENT DOSES ON WHEAT SEED

GERMINATION

Abstract. This thesis examines the effects of gamma radiation on wheat seeds based on

information from literature, articles, and experimental studies.

Keywords: Effect of gamma radiation on wheat, mutation, variability, mutant organism.

KIRISH

Mutagenez o‘simlik genetikasi va seleksiyasida yangi, istiqbolli navlarni yaratishning

samarali usullaridan biri hisoblanadi. Gamma nurlarining ta’siri natijasida organizmlarning

genetik tuzilishi va fenotipik xususiyatlarida muhim o‘zgarishlar sodir bo‘lishi mumkin. Ushbu

tadqiqotda buğdoy (Triticum spp.) urug‘lariga gamma nurlarining ta’siri natijasida hosil

bo‘ladigan morfo-xo‘jalik belgilarining o‘zgaruvchanligi o‘rganildi.

Seleksiya ishlarining eng muhum vazifalaridan biri bosh materialni xilma-xilligini

kengaytirishdir. Bu jarayonda perspektiv uslublardan biri eksprimental mutagenezdir.


background image


Fevral, 2025-Yil

84

Mutatsiyalarni chaqirishnining samaradorligi turli omillarga asoslangan, masalan olingan

genotipi, mutagenlarning turi-fezik, kimyoviy va ularning dozalariga bog’liq bo’ladi.

Bizning tajribalarda bug’doyning ikki turi va har bir turning ikkita navi eksprementga

olinadi.

METODOLOGIYA VA ADABIYOTLAR

Material va usullar.

Tadqiqotda mahalliy va xorijiy navlarga mansub buğdoy urug‘lari gamma nurlarining turli

dozalari (5, 10, 15, 20, 25kr) bilan nurlantirildi. Urug‘lar o‘stirilgach, quyidagi belgilar tahlil

qilindi: O‘simliklarning o‘sish sur’ati va rivojlanishi. Poya uzunligi va barg shakllari. Boshoq

uzunligi va don hosildorligi.

Donlarning massasi va sifat ko‘rsatkichlari Tajriba natijalari dastlabki (M1) va keyingi

(M2) avlodlarda kuzatilib, o‘zgaruvchanlik darajasi statistik tahlil asosida baholandi. [1] Natijalar

va muhokama Tadqiqot natijalariga ko‘ra, gamma nurlari ta’sirida buğdoy o‘simliklarining

morfologik va xo‘jalik jihatdan muhim belgilarida sezilarli o‘zgarishlar kuzatildi: [2].

Bugʻdoyda mutatsiyalarning ahamiyati: Mutatsiyalar bugʻdoyning hosildorligi,

kasalliklarga chidamliligi, qurgʻoqchilik va sho‘rlanishga bardoshliligi, oziqaviy sifati, tashqi

morfologik xususiyatlar kabi xususiyatlarini o‘zgartirishda muhim rol o‘ynaydi.[3]

Mutatsiya chaqiruvchi omillar 1. Fizik mutagenlar: Gamma nurlari, rentgen nurlari,

ultrabinafsha

nurlanish.

2.

Kimyoviy

mutagenlar:

Etilmetansulfonat

(EMS),

metilnitrozomochevina (MNM), kaliy permanganat va boshqalar. 3.Biologik mutagenlar: Viruslar

va transpozon elementlar.[4]

NATIJALAR VA MUHOKAMA

5 kr doza ta’sirida o‘simliklarning o‘sish sur’ati va hosildorligi sezilarli darajada

o‘zgarmadi, lekin ayrim morfologik belgilar bo‘yicha biroz tafovutlar paydo bo‘ldi. 15kr doza

ta’sirida o‘simliklarning rivojlanishida o‘zgarishlar kuzatildi, jumladan, boshoq uzunligi va

donlarning massasi oshdi. 25kr doza ta’sirida esa o‘simliklarning o‘sish sur’ati pasaydi, ayrim

namunalarda rivojlanish anomaliyalari kuzatildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, gamma nurlarining

optimal dozalari seleksiya jarayonida foydali mutatsiyalarni yuzaga keltirish imkonini beradi.

Turlar: Qattiq bug’doy Triticum durumL navlari, Makuz-3 va Krupinka. Yumshoq

bug’doy Triticum aestevumL navlari, Aleksiyevich va Vassa.

Mutagen omil gamma nurlarning dozalari 5,10,15,20,25 kr. Nurlantirish quvvati 15r/s da

urug’larni nurlantirdik. Kantrol sifatida nurlanmagan urug’lar olindi. O’zFA yadro-fezika

unversitetutida nurlangan urug’larni labaratoriya sharoitida Petri idishlarida namlangan feltir


background image


Fevral, 2025-Yil

85

qog’ozlarining ustiga undirildi. 22-23℃ da o’stirdik. Urug’larning unib chiqishini ko’zatdik.

Urug’larning unib chiqishi 7 kun o’tgach hisoblandi.

Natejalar: Qattiq bug’doyning Makuz-3 navida 5,10 kr dozada urug’larning unuvchanligi

biroz ko’tarildi, 97-98 foizgacha oshdi. Kontrolda 95 foiz edi. 15,20,25 kr dozada urug’larning

unuvchanligi nisbatan pasaydi. 25 kr dozada 82 foizgacha kamaydi. Qattiq bug’doyning ikkinchi

Krupinka navida unuvchanligi gamma nurlarining dozalari ko’payishi natejasida unib chiqish foizi

93 foizdan 78 foizgacha kamaydi. Yumshoq bug’doy Aleksiyevch navida urug’larning unib

chiqishi dozalarga mos ravishda 94 foizdan 70 foizgacha pasaydi. Ikkinchi navi Vassada 5 kr

eksprementning variantida unuvchanlik biroz 5 foizga ko’tarildi. 10,25 kr da unuvchanligi 80

foizgacha kamaydi.[1 jadval]. Umumman olganda qattiq bug’doyning urug’larini unib chiqiahiga

nisbattan yumshoq bug’doy urug’larining unib chiqishiga nisbattan chidamliligi yuqori ekanligi

ko’zatildi.

XULOSA

Buğdoy urug‘lariga gamma nurlarining ta’siri natijasida morfo-xo‘jalik belgilarining

sezilarli darajada o‘zgarishi kuzatildi. O‘rta darajadagi gamma nurlanish (20kr) seleksiya uchun

istiqbolli o‘zgarishlarni yuzaga keltirishi mumkinligi aniqlandi. Ushbu tadqiqot natijalari o‘simlik

genetikasi va seleksiya sohasida yangi navlar yaratishda foydalanish uchun muhim ahamiyatga

ega. Tavsiyalar Gamma nurlarining ta’siri uzoq muddatli seleksiya jarayonlarida qo‘llanilishi

lozim. Turli agroiqlim sharoitlariga moslashgan yangi navlarni yaratish uchun gamma

nurlanishning optimal dozalarini aniqlash bo‘yicha qo‘shimcha tadqiqotlar o‘tkazish zarur.

Olingan mutatsiyalarni genetik tahlil qilish va sifat ko‘rsatkichlarini baholash tavsiya etiladi.

REFERENCES

1.

Bug‘doy tizimlarini o‘rganish. Agro ilm jurnali. 2020. №4 24-25 b.

2.

Toshkentboyeva, F. (2022). Oziqlantirish meʼyori va usulining kuzgi yumshoq bugʻdoy

navlari urugʻlik va ekinboplik sifatlariga taʼsiri. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi

vazirligi

Qishloq

xoʻjaligida

bilim

va

innovatsiyalar

milliy

markazi.

3.Isabekov, R. (2023). Yangi bugʻdoy navlarining urugʻini laboratoriya sharoitida issiqqa,

qurgʻoqchilikka va shoʻrga chidamliligini aniqlash. Academic Research in Educational

Sciences, 4(6), 347–357.

3.

"Mutatsion seleksiya va uning qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati" Muallif: O‘zbekiston

Respublikasi Fanlar akademiyasi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti

olimlari Manba: O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi jurnali, 2023-yil, 2-son, 45-52-betlar


background image


Fevral, 2025-Yil

86

1-jadval

Bug’doy navlari urug’larining gamma nurlari tasirida unib chiqishi.

Ob’ektlar

Qattiq bug’doy-Triticum durumL

Yumshbug’doy-Triticum aestivumL

Navlar

Navlar

Makuz-3

Krupinka

Aleksiyevich

Vassa

ekilgan

ungan

ekilgan

ungan

ekilgan

ungan

ekilgan

ungan

kon

100

95

100

90

100

94

100

87

5kr

100

97

100

93

100

81

100

92

10kr

100

98

100

88

100

83

100

85

15kr

100

90

100

87

100

78

100

86

20kr

100

91

100

85

100

75

100

83

25kr

100

82

100

78

100

72

100

80

References

Bug‘doy tizimlarini o‘rganish. Agro ilm jurnali. 2020. №4 24-25 b

Toshkentboyeva, F. (2022). Oziqlantirish meʼyori va usulining kuzgi yumshoq bugʻdoy navlari urugʻlik va ekinboplik sifatlariga taʼsiri. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi.

3.Isabekov, R. (2023). Yangi bugʻdoy navlarining urugʻini laboratoriya sharoitida issiqqa, qurgʻoqchilikka va shoʻrga chidamliligini aniqlash. Academic Research in Educational Sciences, 4(6), 347–357.

"Mutatsion seleksiya va uning qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati" Muallif: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti olimlari Manba: O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi jurnali, 2023-yil, 2-son, 45-52-betlar