Authors

  • Dilfuza Qodirova
  • Farrux Xakimboyev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.65470

Keywords:

Ichki sekretsiya anabolitik va katabolitik gormonlar distansion ta’sir periferik bezlar trop gormonlar giperfunksiya gipofunksiya miksedema shilliq shishlar tiroidit qalqonsimon bez saratoni gipotirioz giperterioz gipotirodizm.

Abstract

Ushbu maqolada ichki sekretsiya bezlari va ularning organizm faoliyatidagi ahamiyati, xususan, qalqonsimon bez va uning tuzilishi, faoliyatining buzilishi natijasida yuzaga keladigan kasalliklar hamda ularning diagnostikasi, profilaktikasi va davolash usullari yoritiladi. Qalqonsimon bezning asosiy kasalliklari, ularning etiologiyasi, patogenezi, klinik belgilari, zamonaviy diagnostika usullari hamda davolash yondashuvlari haqida batafsil ma’lumotlar keltirilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

342

ICHKI SEKRETSIYA BEZLARI. QALQONSIMON BEZ. QALQONSIMON BEZ

FAOLIYATINING BUZILISHI VA ZAMONAVIY TIBBIYOTDA DIAGNOSTIKA VA

DAVOLASH USULLARI

Qodirova Dilfuza Murodjon qizi

Namangan Davlat Universiteti Tibbiyot fakulteti Pediatriya ishi yo'nalishi talabasi.

E-mail:

dilfuzaqodirova991@gmail.com

Tel nomer: +998942771917

Xakimboyev Farrux Anapiya o’g’li

Namangan Davlat Universiteti Tibbiyot fakulteti Pediatriya ishi yo’nalishi talabasi.

E-mail:

xakimboyevfarrux@gmail.com

Tel nomer: +998942165600

https://doi.org/10.5281/zenodo.14865291

Annotatsiya.

Ushbu maqolada ichki sekretsiya bezlari va ularning organizm

faoliyatidagi ahamiyati, xususan, qalqonsimon bez va uning tuzilishi, faoliyatining buzilishi

natijasida yuzaga keladigan kasalliklar hamda ularning diagnostikasi, profilaktikasi va davolash

usullari yoritiladi. Qalqonsimon bezning asosiy kasalliklari, ularning etiologiyasi, patogenezi,

klinik belgilari, zamonaviy diagnostika usullari hamda davolash yondashuvlari haqida batafsil

ma’lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar:

Ichki sekretsiya,anabolitik va katabolitik gormonlar, distansion ta’sir,

periferik bezlar, trop gormonlar, giperfunksiya, gipofunksiya, miksedema, shilliq shishlar, tiroidit,

qalqonsimon bez saratoni, gipotirioz, giperterioz, gipotirodizm.

ENDOCRINE GLANDS. THYROID GLAND. THYROID DYSFUNCTION AND

METHODS OF DIAGNOSIS AND TREATMENT IN MODERN MEDICINE

Abstract.

This article describes endocrine glands and their importance in the

functioning of the div, in particular, diseases caused by the thyroid gland and its structure and

dysfunction, as well as their diagnosis, prevention and treatment methods. Detailed information

about the main diseases of the thyroid gland, their etiology, pathogenesis, clinical symptoms,

modern diagnostic methods and treatment approaches is given.

Key words:

Internal secretion, anabolic and catabolic hormones, distal effect,

peripheral glands, tropic hormones, hyperfunction, hypofunction, myxedema, mucous tumors,

thyroiditis, thyroid gland cancer, hypothyroidism, hyperthyroidism, hypothyroidism.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

343

ЭНДОКРИННЫЕ ЖЕЛЕЗЫ. ЩИТОВИДНАЯ ЖЕЛЕЗА. НАРУШЕНИЯ ФУНКЦИИ

ЩИТОВИДНОЙ ЖЕЛЕЗЫ И МЕТОДЫ ДИАГНОСТИКИ И ЛЕЧЕНИЯ В

СОВРЕМЕННОЙ МЕДИЦИНЕ

Аннотация.

В данной статье описаны железы внутренней секреции и их

значение в функционировании организма, в частности заболевания, вызванные

щитовидной железой, ее строение и дисфункция, а также методы их диагностики,

профилактики и лечения. Дана подробная информация об основных заболеваниях

щитовидной железы, их этиологии, патогенезе, клинической симптоматике, современных

методах диагностики и подходах к лечению.

Ключевые слова:

внутренняя секреция, анаболические и катаболические

гормоны, дистальный эффект, периферические железы, тропные гормоны, гиперфункция,

гипофункция, микседема, опухоли слизистых, тиреоидит, рак щитовидной железы,

гипотиреоз, гипертиреоз, гипотиреоз.

ENDOKRIN TIZIMI VA ULARNING FAOLIYATI.QALQONSIMON BEZ

Organizm hayot faoliyatining gumoral yo'l bilan idora etilishida eng muhim rolni

gormonlar o'ynaydi. Bu moddalar endokrin bezlar deb ataladigan ichki sekretsiya bezlarida

ishlanib chiqadi. Gormonlar ichki sekretsiya bezlarining hujayralarida hosil bo'lib, to‘g‘ridan-

to'g‘ri bezni ta’minlab turadigan tomirlardagi qonga o'tadi, butun organizmga tarqaladi va turli-

tuman organlarning faoliyatini kuchaytiradi yoki susaytiradi. Ba’zi gormonlar organizmning

rivojlanishi va o'sishiga, sistemalarining shakllanishiga ta'sir ko'rsatadi. Gormonlarning to'qima va

organlarga ko'rsatadigan ta’sir mexanizmi yetarlicha o'rganilgan emas. Gormonlar asosan

hujayralarda, ularning sitoplazmatik tuzilishlarida ro'y berib turadigan jarayonlarga ta’sir qiladi.

Gormonlarning bir xili hujayra membranasining o'tkazuvchanligini o'zgartirsa, boshqalari, aftidan,

hujayraning genetik apparatiga ta’sir ko'rsatib, fermentlar hosil bo'lishini idora etib boradi va shu

bilan muayyan biokimyoviy jarayonlami tezlashtiradi yoki susaytirib qo'yadi.Qanday yo'nalishda

ta’sir ko'rsatishiga qarab turli bezlarning gormonlarini ikki guruhga bo'lish mumkin: anabolik va

katabolik gormonlar.Birinchi guruh gormonlari (gipofizning somatotrop gormoni, qisman insulin)

anabolizmni, ya’ni moddalarning sintezi va depolanishini stimullaydi; ikkinchi guruh gormonlari

(tiroksin, adrenalin, qisman jinsiy gormonlar) katabolizmni kuchaytiradi, ya’ni organizmda

moddalar almashinuvi, energiya hosil qilish va sarflashni kuchaytiradi. Gormonlarning moddalar

almashinuviga turli yo'nalishda ta’sir ko'rsatishi ulaming oqsillar, yog'lar va uglevodlar sintezi


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

344

hamda parchalanishini ta ’minlovchi fermentativ faollikka tanlab-tanlab ta’sir qilishiga bog'liqdir.

Gormonlar qon tarkibi (suv, qand, elektrolitlar miqdori) ni doim bir xilda saqlashda ishtirok etadi

va shu bilan gomeostaz regulatorlari xossalarini namoyon qiladi. Gormonlar nihoyat darajada faol

moddalardir, chunki juda kichkina konsentratsiyada moddalar almashinuvi hamda

funksiyalarining sezilarli darajada o‘zgarishiga sabab bo'ladi. Chunonchi, adrenalin ajratib olingan

yurakda 7 -1 x 10-9 g/ml konsentratsiyada ta’sir ko'rsataveradi. Ko'pgina gormonlar hozir toza

holda olingan. Ular bir qadar murakkab tuzilishga ega bo'lgan organik birikmalardir. Molekulasi

nisbatan kichikroq bo'lgan gormonlar, masalan, adrenalin bilan tiroksin, tirozin degan

aminokislota unumlari bo'lib, turga xos xususiyatlari (spetsifikligi) yo'q va sintetik yo'l bilan

olingan. Oqsil tabiatiga ega bo'lgan boshqa gormonlar (insulin, o'sish gormoni, adrenokortikotrop

gormon) kimyoviy tuzilishi va fiziologik faolligi jihatidan har xil turdagi hayvonlarda o'z

xususiyatlariga egadir. Gormonlar to'qimalarda qiyosan tez parchalanib ketadi. Shu munosabat

bilan qonda gormonlarning yetarli miqdorda saqlanib turishi uchun tegishli bezdan ular beto'xtov

chiqib turishi zarur bo'ladi. Ko'pchilik gormonlar ularni ishlab chiqaradigan bezlardan bir qadar

olisdagi organlarga ta’sir ko'rsatadi (distansion ta’sir), bundan tashqari, to'qima gormonlari deb

ataladigan gormonlar ham bor (gistamin, serotonin, kininlar, prostaglandinlar), bular

to'qimalarning o'zida hosil bo'ladi va ulaming o'ziga ta’sir ko'rsatadi.Bosh miyada joylashgan

endokrin bez gipofizda hosil bo'ladigan va trop gormonlar deb ataladigan gormonlar bir qancha

ichki sekretsiya bezlariga idora etuvchi ta’sir ko'rsatadi. Trop gormonlar deb, qanday bo’lmasin

ma’lum bir bez sekretsiyasini kuchaytiradigan gormonlarga aytiladi. Masalan, gipofizda

qalqonsimon bez gormoni hosil bo’lishini kuchaytiradigan tireotrop gormon, buyrak usti bezlari

po'stlog'ining gormonal funksiyasini faollashtiradigan adrenokortikotrop gormon hosil bo'lib,

qonga chiqib turadi va hokazo. Gipofizda bu gormonlar gipotalamusdan gipofizga o‘tib turadigan

va rilizing omillar deb ataladigan alohida sekretlar ta’siri ostida hosil bo’lib turadi. Har bir ana

shunday sekret muayyan trop gormon hosil bo'lishini stimullab boradi. Endokrin bezlarning

funksional holati va gormonlar sekretsiyasi tegishli trop gormonlarning qanchalik ishlanib

chiqishiga va periferik gormonlarning qondagi miqdoriga ko‘p darajada bog’liqdir. Chunonchi,

qonda tiroksin yoki kortizon miqdorining kamayishi tegishlicha tireotrop va adrenokortikotrop

gormonlar ishlanib chiqishiga sabab bo'ladi. Aksincha, qonda periferik bezlar gormonlari

miqdorining kamayishi trop gormonlar ishlanib chiqishi susayishiga olib boradi. Shu tariqa,

gormonlarning ma’lum bir muvozanatda me’yoriy holda hosil bo'lib turishi ta’minlanadi, demak

organizmning bir qancha funksiyalari o'zgarmas holda saqlanib boriladi. Odamda gormonal


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

345

regulatsiyaning buzilishi og’ir kasalliklarga olib keladi. Endokrin kasalliklaming hammasi

pirovard natijada ichki sekretsiya bezlari funksiyasining kuchayishi yoki susayib qolishi

oqibatidir. Gormonlarning ortiqcha hosil bo'lshi u yoki bu endokrin bezlar giperfunksiyasi deb

belgilansa, yetarlicha hosil bo'lib turmasligi o‘sha bezlarning gipofunksiyasi deb yuritiladi. Ana

shunday o'zgarishlar ichki sekretsiya bezlarining patologik jarayonlardan birlamchi zararlanishi

natijasi bo'lishi yoki trop gormonlar, rilizing omillar sekretsiyasining kamchiliklariga, yo bo'lmasa

nerv sistemasining og'ir kasalliklariga aloqador bo'lishi mumkin. Ichki sekretsiya bezlari

yetishmovchiligida davo maqsadida odamga gormonlar berib turish o'rinbosar terapiya deb ataladi

va amaliyotda keng qo'llaniladi. Bezlar giperfunksiyasida ularning bir qismi olib tashlanadi yoki

gormonlar hosil bo'lishini susaytirib qo'yadigan moddalar ishlatiladi. Biroq, gormonoterapiya

endokrin kasalliklarning o'zidagina emas, balki boshqa ko'pgina kasalliklarga ham qo'llaniladi.

Revmatik artritlar, kollagen kasalliklari, bronxial astma, o'pka sili, yarali kolitlar, ba’zi ko'z

kasalliklari va boshqalar singari kasalliklarda yurak usti bezlari po'stlog'ining gormonlari

glukokortikoidlar ayniqsa, ko'p ishlatiladigan bo'lib qoldi. Glukokortikoidlar bilan bir qatorda,

masalan, odam birdan tinka-madori qurib qolgan mahallarda, xronik infeksiyalarda, jarohatlar

yaxshi bitmay turgan va boshqa hollarda qilinadigan kompleks davoda organizmdagi oqsillar

sintezini stimullovchi anabolik steroidlar deb atalmish moddalar ham keng qo'llaniladi. Shunday

qilib, gormonlar endokrin bezlariga aloqasi bo'lmagan ko'pgina kasalliklarga davo qilishda

ishlatiladigan bo'ldi va bundan ham kengroq ishlatiladigan bo'ladi, chunki organizmdagi har

qanday kasallik ichki sekretsiya bezlarining funksional holatiga bir qadar ta’sir

ko'rsatadi.Qalqonsimon bez kekirdakning oldi tomonida joylashgan bo‘lib, kapalak shaklida

bo’lgan endokrin bezidir.U ikkita yon qismlardan va bo'yinchasidan iborat.Qalqonsimon bez

tiroksin (T4),triyodtironin (T3) garmonlarini hamda kalsiy almashinuvini tartibga soluvchi

kalsitonin garmonini ajratadi Bu bez juda ko'plab qon tomirlari va limfatik tomirlar bilan

ta'minlangan.Qalqonsimon bez garmonlarining vazifalari:metabolizmni tartibga soladi,energiya

almashinuvini ta’minlaydi,markaziy asab tizimi va yurak-qon tomir tizimi faoliyatiga ta’sir

ko’rsatadi hamda o’sish va rivojlanishda muhim rol o’ynaydi. Qalqonsimon bez qon tomirlaridan

1 daqiqada ushbu bezning massiga nisbatan 3-5 marta ortiq qon oqib o'tadi. Qalqonsimon bezning

yirik hujayralari kolloid moddalar bilan to'la follikulalar hosil qiladi. Bu moddalar tarkibiga yod

bilan aminokislotalar birikmasi shaklidagi bez tomonidan ishlab chiqilgan gormonlar kiradi.Yangi

tug'ilgan bolalarda bezning massasi 1 g ga yaqin bo'lsa, 5-10 yoshlarda - 10 g, 12-15 yoshlarda

bezning massasi sezilarli darajada ortib voyaga yetgan odamlarnikiga deyarli yetib qoladi - 25-35


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

346

g. Qalqonsimon bezning gormoni-tiroksin 65% gacha yod saqlaydi, Tiroksin -organizmdagi

moddalar almashinuvining juda kuchli stimulatori hisoblanadi: u oqsillar, yog'lar va uglevodlar

almashinuvini tezlashtiradi. mitoxondriyalardagi oksidlanish jarayonlarini faollashtiradi va bu esa

energiya almashinuvining tezlashishiga olib keladi. Ayniqsa, homilaning rivojlanishida

to'qimalarning o'sishi va tabaqalanish jarayonlarida gormonning roli juda muhimdir. Qalqonsimon

bezning gormonlari markaziy asab tizimiga stimullovchi ta’sir ko‘rsatadi. Bu bez gormonlarining

qonga yetarlicha tushmasligi yoki bo'lmasligi aqliy rivojlanishni keskin to'xtashini ko'rsatadi.

Qalqonsimon bezning me'yoridan ortiq funksiyasi (giperfunksiyasi) bilan bog'liq bo'lgan kasallik.

Bu kasalliklar uchun xarakterli belgi bo'lib, qalqonsimon bezning kattalashishi (zob), ko‘zni

tashqari tomonga chiqib ketguday ko‘rinishi (ko'z olmachalari o'z orbitasidan chiqadi), moddalar

almashinuvi ortadi va bu belgi jiddiy darajada oriqlab ketish bilan ko'rinishi hisoblanadi.

Ko'pchilik hollarda pulsning soni 1 daqiqada 180-200 martagacha yetadi. Bemorlar qiziqqon,

bezovta bo'ladi, ular juda tez charchaydigan, uyquning buzilishi kuzatiladi, bolalar yig'loqi bo'lib

qoladi. Bazedov kasalligi hozirgi vaqtda samarali davolash yo'llari va tartibiga ega.Qalqonsimon

bezi gormonlari yetishmaganda (gipofunksiyasida) organizmdagi moddalar almashinuvining

mo'tadil darajasini ta'min etilmasligiga va oqsil to'qimalarining zichlik holatini buzilishiga olib

keladi. To'qimalar juda bo'shashib ketadi, shilimshiqli bo'lib miksedema yoki shilliq shishlar

kasalligi rivojlanadi. Bu vaqtda odam holsizlanadigan bo'lib qoladi, ishtaha yo'qoladi. tana harorati

pasayadi, to'qimalarning g'ovaklashishi, umumiy shish, muskullarning shalvirashi, sochlarni

yomon o'sishi bilan ko'rinuvchi terining shishi unga xarakterli bo'lgan ko'rinishni

beradi.Bolalarning yoshlik davridagi qolqonsimon bez funksiyasining yetarlicha bo'lmasligi

kretinizmga olib keladi. Bu vaqtda bola o'sishdan qoladi va tana proporsiyasi buziladi, jinsiy

yetilish orqaga suriladi, aqliy rivojlanishdan ortda qoladi. Qalqonsimon bez gipofunksiyasida

gipotireoz deb ataladigan kasallik paydo bo'ladi. Qalqonsimon bez yoshlik paytidan

gipofunksiyaga uchrasa yoki hayvonlarda olib tashlanadigan bo'lsa, bu hol organizmning

jismoniy, jinsiy va ruhiy jihatdan rivojlanishi kechikib qolishiga olib keladi. Bolalik davridagi

gipotireozning klinik belgilari shunday xususiyatlarga ega bo‘ladiki, bular kretinizmda hammadan

barala ko'rinadi. O'sish orqada qolib, aqliy qobiliyatlar pasayib ketadi. Tana proporsiyalari o'zgarib

qoladi (qo'l-oyoqlar kalta, bosh katta bo'ldi), jinsiy rivojlanish kechikadi. Ko'pchilik bolalarda

qorin kattalashib ketadi, ular «o'rdakka o'xshab» g'alati yuradi, tishlari kechroq chiqadi, nutqi va

intellekti kechroq rivojlanadi. Miksedemaga xos o'zgarishlar ham bo'ladi. Qalqonsimon bezning

gipofunksiyasini ertaroq aniqlash va unga mos holda davolash jiddiy darajadagi ijobiy samara


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

347

beradi.Qalqonsimon bezning funksiyasini buzilishi genetik o'zgarishlar natijasida yuzaga kelsa,

ayrim hududlarda qalqonsimon bez gormonlarini sintezlanishi uchun zarur bo'lgan yodning

yetishmasligi tufayli yuzaga kelishi mumkin. Bunday holatlar, odatda, baland tog'li hududlarda

hamda suv, tuproq va o‘simliklarda yod yetishmaydigan kulrang tuproqli serdaraxtli joylarda

uchrayli. Bunday joylarda yashovchi odamlarda qalqonsimon bez o'lchami jihatidan kattalashib

ketsada, odatda, uning funksiyasi juda past bo'ladi. Bu esa endemik zob deb yuritiladi. Endemik

kasallik deb, ma'lum joyda va u yerda yashovchi odamlarda doimiy ravishda kuzatiladigan

kasalliklarga aytiladi. Non, choy va tuzlarga yodni qo'shilishi juda yaxshi samara beradi. Har 100

g tuzga 1 g dan kaliy yodidan qo'shish organizmning yodga bo'lgan talabini qondiradi.

QALQONSIMON BEZ KASALLIKLARINI ZAMONAVIY TIBBIYOTDA

DIAGNOSTIKASI VA DAVOLASH USULLARI

Gipotiroidizm

-

qalqonsimon bez garmonlari yetishmovchiligi natijasida yuzaga keladigan

holat bo’lib, autoimmun tiroidit,yod yetishmovchiligi,radiatsiya ta’siri va qalqonsimon bezning

jarrohlik yo’li bilan olib tashlanishi sabab bo’ladi.

Diagnostikasi:

Qon taxlili-TSH(tirotropin),T3 va T4 darajasini aniqlash.Ultratovush

teskshiruvi (UZT)-bezning hajmi va tuzilishini aniqlash.Autoantitellar testi-hashimoto tiroiditi

diagnostikasi.

Davolash:

Garmon yetishmovchiligini kompensatsiya qilish uchun preparatlar buyiriladi.

Giperterioz-

qalqonsimon bezning ortiqcha garmon ishlab chiqarishi natijasida

rivojlanadigan kasallik bo’lib, Graves-Bazedov kasalligi,qalqonsimon bez adenomalari,yod

preparatlarining haddan tashqari iste’mol qilish sabab bo’ladi.

Diagnostikasi:

Qon taxlili-TSH(tirotropin),T3,T4. Radioaktiv yod testi. UZT va biopsiya

tekshiruvi-bezning tuzilishi va hajmini aniqlash.

Davolash:

Dor-darmonlar-Tireostatik preparatlar. Radioaktiv yod bilan davolash.

Jarrohlik-og’ir holatlarda qalqonsimon bezning bir qismi olib tashlanadi.

Endemik buqoq-

qalqonsimon bezning yod defisiti tufayli kattalashishi bo’lib, yod

tanqisligi va noto’g’ri ovqatlanish sabab bo’ladi.

Diagnostikasi:

Qon taxlili-TSH(tirotropin),T3,T4.

UZT-qalqonsimon bez hajmini

aniqlash.

Biopsiya-bezdan namuna (gumonli holatda).

Davolash:

Yod qo’shimchalari.

Zarur holatda jarohlik amaliyoti.

Qalqonsimon bez saratoni

-

hujayralarni nazoratsiz va ortiqcha ko’payishi natijasida hosil

bo’ladigan patologik jarayon hosilasi bo’lib, radiatsiya va genetik moyillik sabab bo’ladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

348

Diagnostika:

UZT-qalqonsimon bez tuzilishi va hajmini aniqlash.

Biopsiya-tugunlarning

tabiatini (yaxshi va yomon) aniqlash.

Kompyuter tomografiy (KT) va MRT-o’smaning tarqalishi

va metastazlarni aniqlash.

Davolash:

Jarrohlik-qalqonsimon bezning to’liq yoki qisman olib tashlanishi

(tiroidektomiya).

Radiaktiv yod terapiya-operatsiyadan keyin qolgan bez to’qimalarini va

metastazlarini yo’q qilish uchun qo’llaniladi.

Tashqi nurlanish terapiyasi-rivojlangan holatlarda

yoki radioaktiv yodga javob bermaydigan o’smalarda qo’llaniladi.

Maqsadli terapiya-saraton

hujayralaridagi o’ziga xos mutatsiyalarga qaratilgan dorilar

XULOSA

Endokrin tizimining organizmda nihoyatda katta ahamiyatga ega. Endokrin bezlar

tomonidan ishlab chiqariladigan garmonlar,ya’ni biologik aktiv moddalar organizmning gumoral

yo’l bilan boshqarilishini taminlaydi,xususan,qalqonsimon bez organizm uchun nihoyatda muhim

bo‘lib, uning gormonlari metabolizm, yurak-qon tomir tizimi va asab tizimi faoliyatida hal

qiluvchi rol o‘ynaydi. Qalqonsimon bez kasalliklari turli xil sabablarga ko‘ra yuzaga kelishi

mumkin, ularga yod tanqisligi, autoimmun jarayonlar va genetik omillar kiradi. Kasalliklarning

oldini olish uchun yod yetishmovchiligini bartaraf etish, to‘g‘ri ovqatlanish va muntazam tibbiy

tekshiruvdan o‘tish muhim ahamiyatga ega. Qalqonsimon bez faoliyati buzilishi bilan boradigan

turli xil kasaliklar, ularning diagnostikasi va davolash usullari haqida batafsil ma’lumotlar

keltirildi. Erta tashxislash va to‘g‘ri davolash orqali ushbu kasalliklarning asoratlarini kamaytirish

hamda oldini olish mumkin.

REFERENCES

1.

G‘aniyev A.T. To‘xtasinov Q.U. "Odam fiziologiyasi". Toshkent: O‘zbekiston Milliy

Universiteti nashriyoti, 2019

2.

Karimov N.K., Nazarov R.A. "Endokrin tizim fiziologiyasi". Toshkent: Tibbiyot

nashriyoti, 2021.

3.

Sog‘liqni saqlash vazirligi. "Odam fiziologiyasi va kasalliklar". Toshkent: Tibbiyot

akademiyasi nashriyoti, 2020.

4.

Rashidova Z.I. "Endokrin tizim kasalliklari: Diagnostika va davolash usullari". Toshkent:

Ilm Ziyo nashriyoti, 2021.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

349

5.

Sherwood, L. "Odam fiziologiyasi: Hujayradan tizimlarga" (O‘zbekcha tarjima). Toshkent:

Fan va Texnologiya, 2018.6. Abdukarimov A.A., Rasulov F.A. "Endokrin kasalliklarning

klinik fiziologiyasi". Toshkent: Davolash nashriyoti, 2022.

6.

Guyton A.C., Hall J.E. Textbook of Medical Physiology. 14-nashr. Elsevier, 2021

7.

Ganong W.F. Review of Medical Physiology. McGraw-Hill Education, 2019.

8.

Berne R.M., Levy M.N. Physiology. Mosby, 2000.

9.

Ланг Г.Ф. Физиология человека. М.: Медицина, 2015.

10.

Федосеев П.С. Основы физиологии. М.: ГЭОТАР-Медиа, 2012.

11.

Alyaviya O.T “Fiziologiya” Yangi asr avlodi nashiryoti.2006, Navro’z

nashiyoti.2019,Toshkent.2022

12.

Gabriel Bilich, Yelena “Anatoniya va Fiziologiya” Eksmo nashiryoti.2017

13.

E.S.Bagdasarova, V.B.Rasulova “Fiziologiya odam anatomiyasi asoslari” Toshkent

Tibbiyot akademiyasi.2019

14.

A.E.Eshonqulov, Sh.M.Ahmedov “Odam anatomiyasi va Fiziologiyasi” 2010.

15.

D.A.Mamatqulov “Odam anatomiyasi va Fiziologiyasi”/ 2021.

References

G‘aniyev A.T. To‘xtasinov Q.U. "Odam fiziologiyasi". Toshkent: O‘zbekiston Milliy Universiteti nashriyoti, 2019

Karimov N.K., Nazarov R.A. "Endokrin tizim fiziologiyasi". Toshkent: Tibbiyot nashriyoti, 2021.

Sog‘liqni saqlash vazirligi. "Odam fiziologiyasi va kasalliklar". Toshkent: Tibbiyot akademiyasi nashriyoti, 2020.

Rashidova Z.I. "Endokrin tizim kasalliklari: Diagnostika va davolash usullari". Toshkent: Ilm Ziyo nashriyoti, 2021.

Sherwood, L. "Odam fiziologiyasi: Hujayradan tizimlarga" (O‘zbekcha tarjima). Toshkent: Fan va Texnologiya, 2018.6. Abdukarimov A.A., Rasulov F.A. "Endokrin kasalliklarning klinik fiziologiyasi". Toshkent: Davolash nashriyoti, 2022.

Guyton A.C., Hall J.E. Textbook of Medical Physiology. 14-nashr. Elsevier, 2021

Ganong W.F. Review of Medical Physiology. McGraw-Hill Education, 2019.

Berne R.M., Levy M.N. Physiology. Mosby, 2000.

Ланг Г.Ф. Физиология человека. М.: Медицина, 2015.

Федосеев П.С. Основы физиологии. М.: ГЭОТАР-Медиа, 2012.

Alyaviya O.T “Fiziologiya” Yangi asr avlodi nashiryoti.2006, Navro’z nashiyoti.2019,Toshkent.2022

Gabriel Bilich, Yelena “Anatoniya va Fiziologiya” Eksmo nashiryoti.2017

E.S.Bagdasarova, V.B.Rasulova “Fiziologiya odam anatomiyasi asoslari” Toshkent Tibbiyot akademiyasi.2019

A.E.Eshonqulov, Sh.M.Ahmedov “Odam anatomiyasi va Fiziologiyasi” 2010.

D.A.Mamatqulov “Odam anatomiyasi va Fiziologiyasi”/ 2021.