ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
363
OTA TIMSOLIGA OID FRAZEOLOGIZM VA MAXSUS IFODALARNING
TAQQOSLANISHI
Sabirova Gulasal Babadjanovna
O’zDJTU Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi o’qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14865987
Annotatsiya.
Frazeologizmlar va maxsus ifodalarning ahamiyati: Frazeologizmlar tilning
boyligi va o’ziga xosligini namoyon etuvchi vositalar bo’lib, badiiy asarlarda obrazlilikni
oshiradi. Ushbu ifodalar muayyan madaniyat va jamiyatning o’ziga xos dunyoqarashini aks
ettiradi. “O’tkan kunlar” romanidagi frazeologizmlar. Abdulla Qodiriy o’z asarida xalqona
iboralar va frazeologik birikmalardan keng foydalanib, asarni yanada jonli va ta’sirli qilgan.
Yusufbek hoji va Hasanali obrazlari orqali ota-bola munosabatlari, do’stlik va madaniy hayotning
ko’rinishlari aks ettirilgan. [извлеченоотhttps://journal.buxdu,2019] Marcel Pagnolning “La
Gloire de mon Père” asarida Fransuz madaniyati va tilining o’ziga xosligini aks ettiruvchi
frazeologizmlar oila, tabiat va bolalik haqidagi tasvirlarda namoyon bo’ladi. Muallif xalqona
iboralardan foydalanib, oilaviy qadriyatlar va insoniy his-tuyg’ularni jonli ifoda qilib bergan.
Kalit so’zlar:
frazeologizm, ibora, timsol, madaniyat, shaxs, xalqona, adabiyot, yo’nalish,
ota obrazi.
COMPARISON OF PHRASEOLOGISMS AND SPECIAL EXPRESSIONS
RELATED TO THE IMAGE OF THE FATHER
Abstract:
The following directions for writing the article were covered: 1. The importance
of phraseology and special expressions: Phraseology is a tool that shows the richness and
uniqueness of the language and increases imagery in artistic works. These expressions reflect the
unique worldview of a certain culture and society. 2. Phraseologisms in the novel “The Past
Days”. Abdulla Qadiri widely used folk phrases and phraseological combinations in his work,
making the work more lively and impressive. Through the images of Yusufbek Haji and Hasanali,
father-child relations, friendship and cultural life are reflected. 3. In “La Gloire de mon Père”
by Marcel Pagnol, phraseology that reflects the uniqueness of French culture and language
appears in the images of family, nature and childhood. The author vividly expressed family values
and human feelings using folk phrases.
Key words:
phraseologism, phrase, symbol, culture, person, folk, literature, trend, father
figure.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
364
СОПОСТАВЛЕНИЕ ФРАЗЕОЛОГИЗМОВ И СПЕЦИАЛЬНЫХ
ВЫРАЖЕНИЙ, СВЯЗАННЫХ С ОБРАЗОМ ОТЦА
Аннотация.
Значение фразеологии и специальных выражений: Фразеология – это
инструмент, показывающий богатство и своеобразие языка, увеличивающий образность
в художественных произведениях. Эти выражения отражают уникальное мировоззрение
определенной культуры и общества. Фразеологизмы в романе “Прошлые дни”. Абдулла
Кадыри широко использовал в своем творчестве народные словосочетания и
фразеологические сочетания, делая произведение более живым и впечатляющим. Через
образы Юсуфбека Хаджи и Гасанали отражаются отношения отца и ребенка, дружба и
культурная жизнь. В “Славе моего отца” Марселя Паньоля фразеология, отражающая
своеобразие французской культуры и языка, предстает в образах семьи, природы и
детства. Автор ярко выразил семейные ценности и человеческие чувства, используя
народные фразы.
Ключевые слова:
фразеологизм, словосочетание, символ, культура, человек, народ,
литература, течение, фигура отца.
Mavzuni yoritishda qo’llanilgan tadqiqot metodlari:
1. Deskriptiv (tasviriy) metod: O’zbek va fransuz tilida ota timsoliga oid frazeologik birliklarni
to’plash va tasniflash. Ushbu birliklarning lug’aviy va ma’noviy jihatlarini izohlash. Milliy
madaniyat va mentalitetga xos jihatlarni aniqlash.
2. Taqqoslash (komparativ) metodi: O’zbek tilidagi frazeologizmlar va fransuz tilidagi
ekvivalentlarini qiyoslash. Milliy madaniyatga xos bo’lgan o’ziga xos frazeologik birliklarni
aniqlash va umumiy xususiyatlarni tahlil qilish. Lingvokulturologik jihatdan bir-biriga mos yoki
farqli tomonlarni ko’rsatish.
Kontekstual tahlil: Frazeologik birliklarning ikkala manba asarda ishlatilishini tahlil qilish.
Ularning pragmatik vazifalarini va kommunikativ o’rni tahlil qilish.
Mavzuning dolzarbligi:
Frazeologizmlar va maxsus ifodalar tili har qanday xalqning
madaniyati, milliy dunyoqarashi va tarixiy tajribasi, hayot tarzini aks ettiradi. Ular milliy o’ziga
xoslikni saqlash va xalqlar o’ rtasida o’zaro muloqotni osonlashtirish uchun eng muhim
vositalardan biri hisoblanadi. Shu bilan birga, frazeologizmlar va maxsus ifodalar tilshunoslik,
tarjimashunoslik, hamda adabiyotshunoslik kabi sohalarda ilmiy izlanishlar olib borishda alohida
ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada Abdulla Qodiriyning “Otkan kunlar” hamda Marcel
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
365
Pagnolning “La gloire de mon père” asaridagi
Ota timsoliga oid frazeologizm va maxsus ifodalar
aniqlanadi hamda taqqoslanadi.
Ilmiy yangiligi:
- Tadqiqot jarayonida Ota timsoliga oid frazeologizm va maxsus
ifodalarning konnotativ, lingvokulturologik va pragmatik xususiyatlarini aniqlash bo’ yicha yangi
izlanish usullar ishlab chiqildi.
- Frazeologizmlarning tarjima jarayonidagi o’ ziga xos muammolari va ularning mantiqiy
ekvivalentlarini yaratish masalalari tahlil qilindi.
- Shu mavzu bo’ yicha maxsus ifodalarning o’rganilishi ko’pincha ilmiy-texnik tilni
rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu mavzuning chuqur o’ rganilishi nafaqat
nazariy bilimlarni boyitadi, balki amaliy sohalar uchun ham foydali bo’ladi.
Kirish:
Sharq uyg’onish davri vakillari, allomalarimiz dunyoga mashhur olim, ulamo
sifatida tarix zarvaraqlarini bezab turadi. Ular yashagan davr haqida o’rganishlar natijasida,
hamisha dunyoviy bilim zamirida diniy tarbiyaning chuqur o’rni va hamiyatini guvohi bo’lamiz.
Buni birgina asarlar ichidagi “ota” timsoli orqali ham yoritish mumkin. Shunday hikoyatlar borki,
ota yotgan uyning tomiga chiqish mumkin emasligi, otaga tik boqish, unga qarshi chiqish oqpadar
bo’lishlikka olib kelishi, ota qarg’ishini olish ikki dunyoda ham kamol topaolmaslik kabi
mazmunga ega. Ota nasihati o’laroq farzand kamolotga yetishi, ulug’ martabalarni egallashi, ikki
dunyo saodatiga erishishi mazmunini ifodalovchi, pandnoma ruhidagi kichik rivoyatlar ham
ko’plab uchraydi. Zero, “Ota rozi – Xudo rozi”. Ammo aynan “ota” timsoli keng mushohadada
yoritilgan, ya’ni bosh siymo darajasida olib chiqilgan asarlar nihoyatda kam, “ona” to’ g’ risidagi
hikoyalarimiz va qissalarimiz esa xotiramizga yod bo’lib ketgan. Doimo onalarimizni kuylaymiz,
ulug’laymiz. Albatta bu arzirli holat. Ammo ba’zi o’rinlarda ularni yonida tog’ bo’ lib turgan
padaribuzrukvorimiz ham bu alqovga loyiq, nazarimda. Bugungi maqolamiz aynan shu xususida.
[Tursunov U., Muxtorov J., Rachmatullayev Sh.,1992]
Asosiy qism:
Frazeologizm, frazeologik birlik, frazema — ikki yoki undan ortiq soʻzdan
tashkil topgan, maʼnoviy jihatdan oʻzaro bogʻliq so’z birikmasi yoki gapga teng keladigan,
yaxlitligicha koʻchma maʼnoda qoʻllanadigan va boʻlinmaydigan, barqaror (turgʻun)
bogʻlanmalarning umumiy nomi. Frazeologizmlar, maʼno va muayyan leksik-grammatik tarkibli,
avvaldan tayyor material sifatida qo’llanadi, yaʼni frazeologizm tarkibidan biror qismni chiqarib
tashlash, tushirib qoldirish mumkin emas. [Rahmatullayev Sh.,1996]
Adabiy asardagi qahramonlar portreti ularni bir-biridan farqlash imkonini
beradi. Portret –
fransuzcha “portaire” so’z bo’lib, “tasvirlamoq” demakdir. Portret
qahramonlarning tashqi
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
366
jihatlari haqidagina emas, uning ichki olami-ma’naviy qiyofasi, fe’l-atvori haqida ham muayyan
tasavvur beradi. Ota timsolining adabiyotda tasvirlanishi, ularning farzandlari bilan bo’lgan
munosabatlari va hayotiy tajribalari orqali muhim ahamiyatga ega bo’lib, asarlar mazmuni va
mavzusini boyitadi. Bu timsollar orqali biz hayot yo’limizda onamiz qanchalik ahamiyatli bo’lsa,
otamiz ham shunchalik muhim ekanligini anglashimiz mumkin. Aksariyat badiiy asarlarda ona
obraziga ko’p urg’u beriladi, ko’p ulug’lanadi yoki ta’riflanadi.
Xalq og’zaki ijodi namunalari hisoblangan dostonlarda, turli xil maqollarda ham ota obrazi
tasvirlangan. Birgina uch og’ayni botirlar ertagidagi otaning o’g’illariga to’g’ri bo’ling bexavotir
bo’lasiz, maqtanchoq boʻlmang xijolat tortmaysiz, dangasalik qilmang baxtsiz bo’lmaysiz deb
qilgan nasihati o’zbek xalqining milliy o’zligini ko’rsatib turuvchi ko’zgudir. Hech kimga sir
emaski, jahon adabiyotida ham bu mavzuda yaratilgan asarlar mavjud. Misol uchun Fridrix
Shillerning “Qaroqchilar”, Turgenovning “Otalar va bolalar”, Onore de Balzakning “Gorio Ota”,
Marcel Pagnolning “La gloire de mon père” kabi asarlari shular jumlasidandir.
“Otabek mehmonlarni tanchaga o‘tquzib, fotihadan so‘ng Hasanalidan so‘radi: —
Tuzukmisiz, ota?
— Xudoga shukur, — dedi Hasanali, — boyag‘idan bir oz yengilladim. Mazmuni is tekkan
ekan.
— Ba’zi yumushlar buyursam...
— Buyuringiz, o‘g‘lim.
— Rahmat, ota, bo’lmasa bizga choy qaynatib bersangiz-chi.
— Xo‘b, begim.” [O’tkan kunlar,2005, b.2]
A. Qodiriyning “O’tkan kunlar “asaridan olinga mazkur dialogda “ota” timsoli hurmat va
izzatning oliy ko’rinishini aks ettiradi. “Tuzukmisiz, ota?” Bu so’zda “ota” so’zi hurmat
ma’nosida ishlatilgan. Otabekning Hasanalini “ota” deb atashi, shaxsiy munosabatlar doirasida
hurmat va izzatni ifodalaydi. Bu xalq tilida katta yoshdagilarga nisbatan ishlatiladigan hurmat
ko’rsatishning keng tarqalgan shaklidir.
“Rahmat, ota, bo’lmasa bizga choy qaynatib bersangiz-chi.” Otabekning bu gapida “ota”
so’zi Hasanalining yoshi va maqomini e’tirof etish bilan birga, unga bo’lgan minnatdorchilikni
ham bildiradi. Bu yerda ota so’zi nafaqat biologik ma’noda, balki mehr va tarbiyaga bog’liq timsol
sifatida ishlatiladi.
Frazeologik jihatdan tahlil qiladigan bo’lsak: “Ota” so’zi, avvalo, hurmat ma’nosini
bildiradi va xalq og’zaki ijodida ma’naviy rahnamo, donishmand shaxs timsolida ishlatiladi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
367
Ushbu muloqotda Hasanalining “Buyuringiz, o’g’lim” degan javobi o’zaro izzat-ikromni yanada
kuchaytiradi. [Muallifdan]
Navbatdagi misolga o’tsak: “Otabek, Hasanalining maqsadig’a tushunolmay maj-hul unga
nazar tashladi: — Sizmi? — deb kulimsiradi. — Otam bo’lmasangiz ham meni otaliq muhabbati
bilan suygan sodiq va mehribon bir kishimsiz — ya’ni ma’naviy otam.” [O’tkan kunlar,2005, b.12]
Ushbu frazeologik birlikning mohiyati - “Ma’naviy ota” iborasi biologik bog’liqlikka
asoslanmagan, balki insonning hayotida yo’l-yo’riq ko’rsatadigan, mehr va tarbiya beradigan
shaxsni anglatadi. Bu ibora o’zbek xalq og’zaki ijodida keng qo’llanilib, katta yoshdagi tajribali
insonlarga nisbatan qo’llaniladigan hurmat belgisi hisoblanadi. Mazmuniy tahliliga kelsak -
Otabekning “Otam bo’lmasangiz ham” deya boshlashi Hasanalining biologik ota emasligini
ta’kidlasa-da, keyingi jumladagi “otaliq muhabbati bilan suygansiz” iborasi orqali Hasanalining
Otabek hayotidagi ma’naviy rahbar, mehribon inson ekanligini ko’rsatadi. Bu yerda “ma’naviy
otalik” tushunchasi asarning ahloqiy, ma’naviy qadriyatlariga asoslangan holda, insonlar
o’rtasidagi mehr-muhabbat va hurmatni tasvirlaydi.
Frazeologik ma’nosi – “Ma’naviy ota” – doimo yordam beruvchi, mehribon, hayotda yo‘l
ko‘rsatuvchi rahnamo degan ma’noni anglatadi. Bu so’z o’zbek xalqining oqsoqollarga, tajribali
shaxslarga bo’lgan hurmatini ham aks ettiradi.
Ushbu ibora Otabekning Hasanaliga bo’lgan minnatdorligi va hurmatini ifodalaydi. [ Muallifdan]
Yana bir misol: “Qutidor qizini kuzatdi:
— Tuzikmisan, qizim?
— Yo’q, otajon, boshim hamon og’rib turadir.
Qutidor qizining peshonasini ushladi: — Ey-ha, Kumush, hali issig‘ing bor, — dedi.” [O’tkan
kunlar,2005, b.14]
“Otajon” – bu so’z otaga nisbatan hurmat va mehr-muhabbat ifodalovchi qo’shimcha
bo’lib, u yaqinlik va samimiyatni ko’rsatadi. “Ota” so’ziga “jon” so’zining qo’shilishi uni yanada
iliq va mehrli qiladi. Bu xalq og’zaki ijodida ota timsoliga bo’lgan chuqur hurmat va ehtiromni
ifodalaydi. Kumushning otasini “otajon” deb chaqirishi oiladagi iliq munosabat va mehrga
asoslangan munosabatlarni ko’rsatadi. Bu, ayniqsa, ota va farzand o’rtasidagi yaqinlikni
tasvirlashda qo’llaniladi. Ushbu jumlada ota va qiz o’rtasidagi mehr-muhabbat va g’amxo’rlik
aloqasi frazeologik birliklar orqali ifodalangan: “Otajon” – hurmat va mehrning eng yuksak shakli.
“Hali issig’ing bor” – ota farzandining sog’lig’iga befarq emasligini bildiruvchi xalqona ifoda.
Ushbu matn frazeologik jihatdan ota va qiz o’rtasidagi mehrga asoslangan munosabatni, ota
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
368
timsolining oila boshlig’i sifatida g’amxo’r va mehribon ekanini ko’rsatadi. Bu iboralar milliy
qadriyatlarni aks ettiruvchi tildagi boy ifodaviy vositalardan biridir. [Muallifdan]
Navbatdagi tahlil: - “Hasanali boshdan-oyoq bekni kuzatdi, otaliq muhab-bati bilan
bekning orqasini siladi va yoshli ko’zlari bilan duo qilib unga ruxsat berdi.” [O’tkan kunlar,2005,
b.31]
“Otaliq muhabbati” – Otaning mehr-muhabbati ma'nosida metaforik ifoda bo’lib, bekka otaning
mehribonligi, g’amxo’rligi bilan qarashni bildiradi. “Orqasini siladi” – Frazeologik ma’no
beruvchi ibora bo’lib, maqtash, qo’llab-quvvatlash yoki tasalli berishni anglatadi. “Duo qilib
ruxsat berdi” – “Duo qilish” o’zida ezgu tilaklar tilashni bildiruvchi frazeologik birikmadir. Bu
yerdagi “ruxsat berdi” bilan birikib, yaxshilik tilab yo’l ochib berish ifodasini hosil qiladi.
“Otabek mag’lub bir boqish bilan bu so’zni aytkuchi otasig’a qaradi va yalinchoq bir
ohangda javob berdi:” [O’tkan kunlar,2005, b.140]
“Otkan kunlar” asaridagi ushbu parcha otaning timsolini tahlil qilishda quyidagi frazeologik
iboralar yordamida xarakterlanadi: “Mag’lub bir boqish bilan” - Ushbu ibora otaning nisbatan
kuchli, qat’iyatli va hokimiyatga ega shaxs ekanligini ko’rsatadi. Bolaning mag’lub boqishi uning
otaga bo’lgan hurmati va itoatkorligini ifodalaydi. Ota oilada muhim va rahbarlik mavqeiga ega
ekanligi anglashiladi. “Yalinchoq bir ohang” - Bu ibora ota obrazining ta’sirchanligini, uning
bolasi qalbidagi o’rni va tasirini anglatadi. Ota bolani bir qarashda ham o’ziga bo’ysundira
oladigan shaxs sifatida tasvirlanadi. Umuman olganda, ota obrazi bu parchada oila boshlig’i,
qat’iyatli va hurmatga sazovor inson sifatida gavdalanadi. Uning timsolida kuch, nazorat va mehr
uyg’unlashgani seziladi, bu esa frazeologik tarzda namoyon bo’ladi.
“Choy tugalgan edi. Otabek fotiha o’qub, o’rnidan qo’zg’almoqchi bo’ldi.
— Turma! Yusufbek hoji tarafidan berilgan amirona buyrug’ Otabekni qaytadan o’lturib qolishga
majbur etdi va otasig’a «nima xizmatingiz bor?” degandek qilib qaradi.” [O’tkan kunlar,2005,
b.161]
“O’tkan kunlar” romanida Yusufbek hoji obrazida ota timsoli mustahkam iroda, mas’uliyat, va
oilaviy qadriyatlarni saqlovchi shaxs sifatida tasvirlangan. Ushbu parchada Yusufbek hoji
Otabekka nisbatan “amirona buyruq” berayotgani uning oiladagi rahnamolik rolini ifodalaydi.
Frazeologik jihatdan tahlil qilganda, Yusufbek hoji aytayotgan “Turma!” so’zi qat’iy buyruqni,
ya’ni “to’xtash” yoki “joyidan qimirlashga ruxsat yo’qligini” anglatadi. Bu so’z orqali ota o’z
obro’sini va farzand ustidan nazoratni saqlab qolishga intiladi. Shuningdek, Otabekning “nima
xizmatingiz bor?” degandek qarashi ham ota va o‘g‘il o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va muloqotning
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
369
ifodasidir. Bu frazeologik munosabatlar ota timsolining oiladagi an’anaviy rahbar va tarbiyachi
sifatida namoyon bo’lishini ko’rsatadi.
Yusufbek hoji obrazi bu yerda ota rolidagi qat’iyat va o’g’ilni nazorat qilish orqali oilaviy
intizomni ta’minlashga qaratilganligini ifodalaydi. Jumla frazeologik jihatdan boy bo’lib, o’zida
o’zbek milliy an’analari, mehr-oqibat va o’zaro hurmatni aks ettiradi. [Muallifdan]
“Sizni gunohkor qilishga va gunohingizni kechishka manim haqqim yo’q, dada. Lekin
gunohsiz bo’laturib, ham yana muvahaza ostig’a tushkanim uchun o’zimni mudofaa qilishga
majburman...” [O’tkan kunlar,2005, b.161]
Ushbu parcha “O’tkan kunlar” romanida ota va o’g’il o’rtasidagi murakkab, lekin hurmatga
asoslangan munosabatni ko’rsatadi. Yusufbek hoji ota sifatida nafaqat oilaning boshlig’i, balki
farzandlarining axloqiy va ruhiy holatini nazorat qiluvchi shaxs sifatida tasvirlangan. Frazeologik
jihatdan tahlil qilganda: “Gunohkor qilish” va “gunoh kechish” iboralari ota timsolining diniy-
axloqiy mohiyatini ochib beradi. Bu yerda ota-ona farzandlari oldida ma’naviy mas’uliyatni his
qiluvchi shaxs sifatida tasvirlanadi. Farzand tomonidan bildirilgan “Sizni gunohkor qilishga va
gunohingizni kechishka manim haqqim yo’q” jumlasi ota timsoliga bo’lgan hurmatni ko’rsatadi.
“Muvahaza ostig’a tushkanim” iborasi ota va o’g’il o’rtasidagi munosabatlarda paydo bo’lgan
noaniqlik yoki noto’g’ri tushunchani anglatadi. Bu holat Yusufbek hojining ota sifatidagi qat’iyati
va o’g’lining o’zini himoya qilish zaruratini aks ettiradi. Ushbu parcha ota timsolining nafaqat
oiladagi boshqaruvchi va tarbiyachi, balki insoniy va diniy mas’uliyatlarni o’zida mujassam etgan
murakkab obraz ekanligini ko’rsatadi. Frazeologik jihatdan ota va o’g’il o’rtasidagi munosabat
hurmat, mas’uliyat va haqiqatni izlash orqali tasvirlanadi.
Aslida, Hasanali Otabekga ota, nainki, ota hatto unga qarindoshlik aloqasi ham
Yo’q bir uy xizmatchisi hisoblanar edi. Yusufbek hoji, aql va zakovatli, xalqparvar inson. Uni har
bir gap-so’zidan ma’no olish mumkin bo’lgan, ziyoli va bilimli obraz. Yusufbek hojining gaplarida
donolik va ko’pni ko’rgan inson sifatida ishlatilgan iboralar. Hasanali obrazida esa samimiylik va
do’stona muloqotdan kelib chiqqan xalqona ifodalar. [Muallifdan]
Otabek ham o’z navbatida otasiga tik boqqan farzand emas. Buni quyidagi suhbat orqali
ham bilib olish mumkin.
-O’g’lim, hali san eshitdingmi, yo`qmi haytovur, biz saning ustingdan bir ish qilib
qo’ydiq…Otabek ma’lumki, ularning “qilib qo`ygan yoki qilmoqchi bo’lgan ishlarini”, albatta,
bilar edi. Shundoq ham bo`lsa, bilmaganga solindi:
-Aqllik kishilarning o’g’ullari ustidan qilg`anishlari, albatta noma’qul bo’lmas, -
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
370
dedi. Endi Otabek o’rnida zamonaviy o’g’il va ota timsolini bir ko’z oldingizga
keltiribko’ringchi…? [G. Qayumova,2022]
Marcel Pagnolning “La Gloire de mon père” asarida ota obrazi markaziy o’rinda turadi va
muallif o’z otasiga bo’lgan hurmatini, mehrini, shuningdek, bolalik davridagi otasining qadr-
qimmatini tasvirlash uchun bir qator badiiy vositalardan, jumladan, frazeologizmlardan
foydalanadi. 1. “Le maître de tout savoir” (Hammasini biluvchi ustoz). [“La Gloire de mon
Père”,1957, p.18] Muallif otasini idealizatsiya qilib, uni bolaligidagi eng bilimli inson sifatida
tasvirlaydi. Bu frazeologizm otaning bilimdonligi va donishmandligini ifodalash uchun
ishlatilgan. Muallifning otasi nafaqat maktab o‘qituvchisi sifatida, balki o‘g‘li uchun har bir
sohada javob topadigan haqiqiy bilim manbai sifatida ko‘rsatiladi. Bu farzand uchun otaning
ilhomlantiruvchi va o‘rnak bo‘luvchi rolini ochib beradi.
2. “Un héros invincible” (Yengilmas qahramon). Ota o’g’ilning bolalik tasavvuri uchun yengilmas
qahramon sifatida tasvirlanadi. Bu tasvirda bolaning idealist nigohi va otaga bo‘lgan cheksiz
hurmatini his qilish mumkin. Ota obraziga nisbatan bu ibora orqali bolalikdagi beg‘uborlik va
otaga cheksiz ishonch yoritiladi. Bu, ayniqsa, otasining ov paytidagi muvaffaqiyati tasvirlangan
sahnalarda kuchliroq namoyon bo‘ladi. [“La Gloire de mon Père”,1957, p.54]
3. “L’arbre protecteur” (Himoya qiluvchi daraxt). Ota o‘z oilasi uchun boshpana va xavfsizlik
ramzi sifatida tasvirlanadi. Bu frazeologik obraz otaning oiladagi asosiy tayanch roli, uning
mas'uliyati va mehribonligini ifodalaydi. [“La Gloire de mon Père”,1957, p.60]
4. “Le porteur de fierté” (Faxr olib keluvchi inson). [“La Gloire de mon Père”,1957, p.62] Asarda
otaning muvaffaqiyatlari va uning oilasiga olib kelgan faxri muallif tomonidan qadrlanadi. O‘g‘il
otaning muvaffaqiyatlarini o‘zining shaxsiy yutug‘idek his qiladi, bu esa oilaviy aloqalarning
kuchli ekanligini ko‘rsatadi. Asarda otaning obraziga oid frazeologizmlar bolalik xotiralari orqali
idealizatsiya qilingan. Bu Pagnolning o‘z otasiga bo‘lgan mehrini chuqur anglashimizga yordam
beradi. Aniq sahifa raqamlarini keltirish uchun siz foydalanayotgan kitob nashrining bet tartibini
yoki elektron formatini bilish zarur. Shu ma’lumotni taqdim etsangiz, aniqroq yordam beraman !
Yuqoridagi ikki asarda qo’llanilgan frazeologizmlarning o‘xshashligi va farqlari :
O‘xshashliklar : Ikkala asarda ham frazeologizmlar obrazlarni, ularning xarakterlarini yanada
chuqurroq ochib beradi. Jamiyatning madaniy hayotini aks ettiradi. Farqlar : “O‘tkan kunlar”da
o‘zbek tiliga xos xalqona ifodalar ko‘proq milliy ruhni aks ettiradi. “La Gloire de mon Père”da
fransuzcha ifodalar mahalliy madaniyat va urf-odatlarni ko‘rsatadi.
Tahlil va natijalar :
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
371
1. Frazeologik birliklarning tahlili : O‘zbek tilida ota timsoli mehr, donolik va oilaviy hurmatni,
qadriyatlarni ifodalaydi. Boshqa tillarda ota timsoli ma’naviy va ijtimoiy yetakchilikni aks
ettirishda farqlanadi, madaniyatga xos farqlar bilan talqin qilinadi
2. Milliy va madaniy xususiyatlar : O‘zbekcha frazeologizmlar oilaviy qadriyatlarni yuksak
darajada ifodalaydi, boshqa madaniyatlarda esa bu timsol xilma-xil konnotatsiyaga ega. Bunda ota
oilaning bosh suyanchi sifatida ko‘rsatiladi, boshqa tillarda bu timsol ijtimoiy va ma’naviy
jihatlarni ham ifodalaydi.
3. Maxsus ifodalarning o‘rni : Ilmiy va tarixiy kontekstda ota timsoli ko‘pincha rahbarlik yoki
katta tajribani anglatadi (masalan, “millat otasi”).
4. Tarjima va ekvivalent tanlash : O‘zbek tilidagi frazeologizmlar tarjima qilinayotganda so‘zma-
so‘z emas, balki madaniy mazmun va kontekstni hisobga olgan holda ekvivalent tanlanishi zarur.
Frazeologizmlar so‘zma-so‘z tarjimada ma’nosini yo‘qotishi mumkin, ekvivalent topishda
madaniy kontekst hisobga olinadi.
Xulosa :
Ota timsoliga oid frazeologizmlar va maxsus ifodalar xalq madaniyati, qadriyatlari
va mentalitetini chuqur anglash imkonini beradi. Ularning qiyosiy tahlili lingvokulturologiya va
tarjimashunoslik uchun muhim bo‘lib, xalqaro madaniy almashuvga xizmat qiladi. Ota timsoliga
oid frazeologizmlar xalqning madaniy merosi va til xususiyatlarini o‘rganishda muhim bo‘lib,
ularning tarjima va lingvokulturologik tadqiqoti dolzarbdir. Ota timsolining adabiyotda
tasvirlanishi, ularning farzandlari bilan bo‘lgan munosabatlari va hayotiy tajribalari orqali muhim
ahamiyatga ega bo‘lib, asarlar mazmuni va mavzusini boyitadi. Bu timsollar orqali biz hayot
yo‘limizda onamiz qanchalik ahamiyatli bo‘lsa, otamiz ham shunchalik muhim ekanligini
anglashimiz mumkin. Frazeologizmlar o‘quvchini muayyan asar dunyosiga yanada chuqurroq
olib kiradi. Abdulla Qodiriy va Marcel Pagnol asarlari frazeologik boylikni qiyosiy o‘rganishda
muhim manbalardir. Har bir asar o‘z milliy va madaniy xususiyatlarini frazeologizmlar orqali
yuksak darajada ifodalagan.
Foydalanilgan adabiyotlar :
1.Abdulla Qodiriy, O’tkan kunlar,2005
www.ziyouz.com
kutubxonasi
2.G. Qayumova, “Badiiy adabiyotda ota timsoli” 2022.
3.Marcel Pagnol, La gloire de mon père, 1957
4.Rahmatullayev Sh., Oʻzbekfrazeologiyasiningbaʼzi masalalari, T., 1996 ;
5.Reformatskiy A. A., Vvedeniye v yazikovedeniye, M, 1998.
6.Tursunov U., Muxtorov J., Rachmatullayev Sh., Hozirgi oʻzbek adabiy tili [3nashr], T., 1992;
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
372
7. To‘ychiboyev B, Hasanov B. O‘zbek dialektologiyasi. A. Qodiriy nomidagi “Xalq merosi”
nashriyoti. Toshkent ., 2004 yil.
8.Vinogradov V. V., Osnovnie ponyatiya russkoy frazeologii kak lingvisticheskoy dissiplini, v
yego kn.: Izbr. trudi, t. 3, M., 1977;
9.Ўтканкунлар
романида
оқил
оталар
образи
талқини.
Центр
научных
публикаций(buxdu.Uz),32(32).извлеченоотhttps://journal.buxdu.uz/index.php/journals_buxdu/
article/view/9470.,2019
