ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
373
TOPISHMOQLARDA BADIIY TASVIR VOSITALARI (METAFORA, ISTIORA)
(Fransuz topishmoqlari misolida)
Usmonova Nilufar Suvon qizi
O’zDJTU Roman-german filologiyasi fakulteti
Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi stajyor-o’qituvchisi, O’ZDJTU mustaqil tadqiqotchisi
usmonovanilufar313@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.14866053
Annotatsiya.
Metafora – bu badiiy tasvir vositasi bo’lib, unda biror narsa yoki tushuncha
boshqa bir narsa bilan bevosita qiyoslanadi va bu qiyoslash orqali obrazli ma’no yaratiladi.
Istiora esa — bu biror mavhum g’oyani yoki tushunchani ramziy obrazlar orqali tasvirlash usuli.
Topishmoqlarda metafora, ko’chim, istiora kabi badiiy tasvir vositalari juda keng
qo’llangan ammo nazariy jihatdan olimlar tomonidan chuqur o’rganilmagan mavzulardan biri
hisoblanadi. Hattoki ushbu xalq og’zaki janrining o’zi ham yetarlicha ilmiy jihatdan ochib
berilmagan.
Ushbu maqola avvalida topshmoq va ularda qo’llanilgan badiiy tasvir vositalari yuzasidan
ilmiy izlanishlar olib borgan fransuz va o’zbek olimlari haqida so’z yuritamiz.
Kalit so’zlar:
metafora, istiora, antitez, allegoriya, obrazlilik, badiiylik, tasvir.
ARTISTIC ILLUSTRATION MEANS IN RULES (METAPHORA,
ALLEGIANCE)
(On the example of French riddles)
Abstract.
Metaphor is an artistic expressive tool in which one thing or concept is directly
compared to another, creating a figurative meaning through this comparison. Allegory, on the
other hand, is a method of depicting an abstract idea or concept through symbolic images.
Metaphors, transference, and allegory are widely used artistic devices in riddles;
however, from a theoretical perspective, this topic has not been thoroughly studied by scholars. In
fact, this oral folk genre itself has not been sufficiently explored from a scientific standpoint.
At the beginning of this article, we will discuss French and Uzbek scholars who have
conducted research on riddles and the artistic devices used in them.
Keywords:
metaphor, allegory, antithesis, symbolism, imagery, artistry, expression.
ХУДОЖЕСТВЕННАЯ ИЛЛЮСТРАЦИЯ ОЗНАЧАЕТ ПРАВИЛА (МЕТАФОРА,
ВЕРНОСТЬ)
(На примере французских загадок)
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
374
Аннотация.
Метафора – это инструмент художественного изображения, при
котором одна вещь или понятие непосредственно сравнивается с другой вещью и
посредством этого сравнения создается переносный смысл. Метафора – это способ
описания абстрактной идеи или концепции посредством символических образов.
В загадках широко используются такие средства художественного изображения,
как метафора, сравнение, метафора, но теоретически они относятся к числу предметов,
глубоко не изученных учеными. Даже сам этот жанр фольклора недостаточно научно
раскрыт.
В начале статьи мы поговорим о французских и узбекских учёных, проводивших
научные исследования топшмаков и используемых в них средств художественного
изображения.
Ключевые слова:
метафора, аллегория, антитеза, аллегория, образность,
художественность, образ.
Ishning dolzarbligi:
Topishmoqlar xalq og‘zaki ijodi va tafakkurining muhim elementi
sifatida madaniyat va tildagi ma’naviy qadriyatlarni aks ettiradi. Ular nafaqat madaniy merosni
saqlash, balki inson tafakkurini rivojlantirish va yangi til vositalarini o‘rgatishda ham muhim o‘rin
tutadi.
-Ishda keltirilgan topishmoqlarda qo‘llanilgan badiiy tasvir vositalari xalqning madaniy, tarixiy
va estetik qadriyatlari namunalarini o‘rganish imkonini beradi.
-Topishmoqlardagi metafora va istioralar yosh avlod va til o’rganuvchilarining ijodiy va mantiqiy
fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.
-Fransuz tilida berilgan topishmoqlar tilning obrazlilik, badiiylik, leksik va semantik qirralarini
o‘rganishga imkon beradi.
Ilmiy yangiligi:
Metafora va istioralar yordamida fransuz va o’zbek tilidagi
topishmoqlarni tahlil qilish xalq ijodiyotida ramzlar tizimini o‘rganish uchun yangi ilmiy
yo‘nalishlarni ochadi.
Fransuz tilidagi topishmoqlarni o‘zbek tilida stilistik va badiiy jihatdan tahlil qilinganligi
bu mavzuga doir tadqiqotlar bazasiga yangi ma’lumotlarni qo‘shadi.
Fransuz va o‘zbek topishmoqlaridagi badiiy tasvir vositalarini qiyoslash orqali ikki
xalqning madaniy va lingvistik xususiyatlarini aniqlash ilmiy yangilik bo‘ladi.
Ishning tadqiqot metodlari:
Topishmoqlarda badiiy tasvir vositalarini yoritish:
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
375
1. Metafora (métaphore): Metafora – biror narsani boshqa narsaga o‘xshatib, yashirin
tarzda qiyoslash. Fransuz topishmoqlarida metaforalar keng qo‘llanilib, ular murakkab hodisalarni
oddiy tasvirlarda ifodalashda yordam beradi.
Exemple: Qu’est-ce qui ne peut pas parler mais il répond quand on lui parle ?
Réponse: Un écho.
2. Istiora (allégorie): Istiora – tushunchani simvolik yoki ramziy ma’noda tasvirlashdir. Bu
vosita topishmoqlarni she’riy va badiiy qiladi.
Masalan: “Il ne fait pas de bruit en se levant mais réveille tout le monde” – quyoshning chiqishi
inson uyg‘onishiga o‘xshatib ifodalangan.
3. Simvolizm (symbolisme): Ayrim topishmoqlardagi elementlar (ranglar, qavatlar,
shakllar) ramziy ma’nolar orqali yoritiladi
Kirish:
Metafora – bu badiiy tasvir vositasi bo’lib, unda biror narsa yoki tushuncha boshqa
bir narsa bilan bevosita qiyoslanadi va bu qiyoslash orqali obrazli ma’no yaratiladi. Istiora esa —
bu biror mavhum g’oyani yoki tushunchani ramziy obrazlar orqali tasvirlash usuli hisoblanadi.
Topishmoqlarda metafora -ko’chim, istiora, allegoriya kabi badiiy tasvir vositalari juda
keng qo’llangan ammo nazariy jihatdan olimlar tomonidan chuqur o’rganilmagan mavzulardan
biri hisoblanadi. Hattoki ushbu xalq og’zaki janrining o’zi ham yetarlicha ilmiy jihatdan ochib
berilmagan.
Ushbu maqola avvalida topshmoq va ularda qo’llanilgan badiiy tasvir vositalari yuzasidan
ilmiy izlanishlar olib borgan fransuz va o’zbek olimlari haqida so’z yuritamiz.
Asosiy qism:
Metafora – muayyan bir narsa yoki hodisaning tashqi ko’rinishi jihatidan
boshqa bir narsaga o’xshashligi asosida ma’no ko’chish turi hisoblanib, u topishmoqlarda
tasvirdagi obrazlilikni ta’minlashga xizmat qiladi. Metaforada qiyoslanayotgan narsalar o’rtasida
o’xshashlik mavjud bo’lsada , lekin bu o’xshashlik to’g’ridan-to’g’ri aytilmaydi, balki ma’lum bir
so’z yoki ibora orqali ramziy ma’noda yashirin ifodalanadi. [Qobuljonova G.,2006]
Fransiyaning eng mashhur folklorshunos va etnograf olimi Paul Sébillot XIX asr oxiri va
XX asr boshida ijod qilgan va fransuz xalq og’zaki ijodining turli janrlarini, jumladan
topishmoqlarini to’plagan va tadqiq qilgan. 1904–1906-yillar davomida yozilgan “Le Folklore de
France” asarida Sébillot fransuz xalq topishmoqlari, maqollari, afsonalari va boshqa xalq og’zaki
ijodi haqida batafsil ma’lumot bergan. U xalq topishmoqlarining madaniy va ijtimoiy ahamiyatini
tahlil qilib, ularni turli mintaqalar va davrlar bo’yicha to’plagan.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
376
Yana bir mashhur fransuz etnografi va folklorshunosi Arnold van Gennep xalq rituallari va
og’zaki ijodini, turli xalqlar folkloridagi ramzlar va rituallarni o’rganib, topishmoqlarning ijtimoiy
va diniy funksiyalarini tahlil qilgan. 1937-yilda yozilgan “Manuel de folklore français
contemporain” asarida fransuz folklorining turli shakllarini, shu jumladan topishmoqlarni,
afsonalarni va rituallarni jamlagan. Bu asar xalq ijodining turli ko’rinishlari, ularning ijtimoiy
ahamiyati va tarixiy rivojlanishiga bag’ishlangan.
Fransuz olimlari ham xalq og’zaki ijodini, jumladan topishmoqlarni o’rganish jarayonida
metafora va istioraning qo’llanilishi yuzasidan chuqur ilmiy tadqiqotlar olib borganlar. Ular xalq
madaniyati, mifologiya va lingvistikani tahlil qilish orqali badiiy tasvirlar va ramzlarning til va
madaniyatdagi o’rnini o’rganishgan.
Masalan 1908–2009 yillarda yashab ijod qilgan fransuz antropologi va strukturalisti
Claude Lévi-Strauss xalq madaniyati, jumladan xalq og’zaki ijodidagi ramzlar, metafora va
istioralarni o’rganishga katta e’tibor qaratgan. U topishmoqlardagi badiiy ifodalarni inson
tafakkuri va madaniy o’zgarishlar bilan bog’lagan.
Fransuz olimi Jean-Jaques Lecercle 1997-yilda yozgan “Philosophie des jeux de langage”-
“Til o’yinlari falsafasi” asarida topishmoqlar, so’z o’yinlari va boshqotirmalarda metafora va
boshqa nutq shakllarining so’z o’yinli muloqoti shakllarida qanday qilib noaniqlik va yashirin
ma’nolarni yaratishini tahlil qilgan. [Philosophie des jeux de langage,1997]
Yana bir semiotik olim Denis Bertrandning 2015-yilda yozilgan “L’énigme et la
métaphore”-“Jumboq va metafora” asari o’ziga xos xususiyatga ega.Ushbu asarda jumboq va
metafora o’rtasidagi munosabatni tahlil qilib, bu ikki shaklning yashirish va topish jarayonidagi
o’yin shakli haqida ta’kidlab o’tgan. Uning tadqiqotlari to’g’ridan-to’g’ri topishmoqlarni
metaforik boshqotirma sifatida o’rganish bilan bog’liq.
Alain Boissinot esa “La rhétorique et l’allégorie”-“Ritorika va allegoriya” asarida
allegoriyani muhim tushuncha sifatida o’rgangan.Ushbu asarini 1992-yilda yozgan. U allegorik
topishmoqlarning tez-tez uchraydigan xususiyati bo’lgan ko’p ma’no darajasiga ega hikoyalarni
yaratish uchun allegoriyalar qanday ishlashini tahlil qilgan.
Topishmoqlar o’zining yaratilish davriga ko’ra ikki xil bo’ladi: 1. An’anaviy topishmoqlar
- bu topishmoqlar zamirida xalqning tarixi, qadriyatlari aks etadi.
2. Zamonaviy topishmoqlar - bunda kundalik turmushdagi o’zgarishlar, fan va texnika yutuqlari
o’z aksini topadi. [Husainova Z. So’ngso’z // Topishmoqlar,1981]. Topishmoqlarning o’ziga
xosligi shundaki, ularning aksariyati o’xshatish san’ati asosiga qurilgan. Buning sababi
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
377
topishmoqlarda ikki yoki undan ortiq tushunchani farqli jihatlarini qiyoslash, taqqoslash orqali
jumboqlangan predmetni topishga ishora beriladi. Odatda qiyoslashning ikki turi farqlanadi, bunda
qiyoslashning maqsadidan kelib chiqiladi. 1.Agar ikki predmet yoki tushuncha ular o’rtasidagi
farqni ko’rsatish maqsadida qiyoslangan bo’lsa, sof qiyosiy tuzilma shakllanadi. 2. Mubolag’a
yo’li bilan yaratilgan topishmoqlar ham anchagina bo’lib, ularda ma’no ko’chish hodisasi
bo’rttirish orqali sodir bo’ladi.
[ Lazutin S.G. ,1981]
Ex: J’ai plein de dents mais je ne peux pas mordre. (Un peigne)
[
Menda tishlarim ko’p lekin men tishlamayman. (Taroq)
[
O’zbek topishmoqlari. Uzbekskiye zagadki,1991]
Topishmoq metafora hamda ko’chimlarga boy. Topishmoqning javobini topish uchun
“kosa” tagidagi “nimkosa”, yaʼni metaforani to’g’ri anglay olish kerak. Topishmoqlardagi
metafora narsa va predmetlarni o’zaro qiyolash asosida paydo bo’ladi. Bu qiyoslashda, albatta,
tashqi va ichki o’xshashliklar hisobga olinadi. Kundalik hayotda ishlatiladigan metaforalar,
asosan, nominativ xususiyatga ega bo’ladi. [Qobuljonova G.,2006]
Ex: Je peux voyager autour du monde tout en restant dans mon coin. Qui suis-je ?
Réponse: Un
timbre. [
Date : 27/12/23 Auteur : animyjob]
O’z joyimda turib butun dunyoni sayohat qilishim mumkin. (Marka)
Badiiyat namunasiga aylangan stilistik-poetik metaforalar esa obrazlilikni yuzaga keltirib,
badiiy til imkoniyatlarini kengaytiradi. Tilga, formulalarga topishmoq aytuvchining ijodiy
yondashuvi jarayonida yangidan-yangi metaforalar yuzaga keladi. Bunday metaforalar tilning
lug’at qatlamini boyitadi, obrazlar tizimini mustahkamlaydi.
Ta’kidlash lozimki, metaforaning yana bir asosiy xususiyatlaridan biri, unda ikki narsa bir-
biri bilan qiyoslanadi, lekin qiyoslashning o’zi ochiqchasiga ko’rsatilmaydi. Aksincha, bir narsa
boshqa bir narsa sifatida ko’rsatiladi.
[ Abdullayev J.X. ,1993] Quyida metaforaning oddiy turlariga misollar keltirdik:
1. “Hayot – bu sahna” - “La vie est une scène ”
Bu metaforada hayot bir sahna sifatida tasvirlangan. Hayot va sahna o’rtasidagi o’xshashlik
shundaki, insonlar hayotda ham sahnadagi kabi rollar o’ynaydi, lekin bu qiyoslash bevosita
aytilmaydi, balki yashirin ramziy ma’noda beriladi.
2. “Uning yuragi tosh” - “Son cœur est de pierre”
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
378
Bu yerda insonning hissizligi toshga qiyoslangan, lekin ochiqdan-ochiq “u hissiz”
deyilmaydi, balki tosh so’zi orqali bu holat obrazli ifodalanadi.
3. “Vaqt – bu oltin” – “Le temps est d’or”
Vaqtning qadrli ekanligi oltin bilan qiyoslanadi, lekin bu qiyoslash bevosita emas, balki
ramziy ma’noda ifodalangan.
- Ko’chim (Metafora). Ko’chim — bir narsa yoki hodisani boshqa narsa bilan bevosita
qiyoslash orqali tasvirlashdir. Metafora orqali bir narsa ikkinchi bir narsa sifatida tasvirlanadi va
bu tasvir orqali yashirin ma’no beriladi.
Ex: J’ai des villes, mais pas de maisons. J’ai des montagnes, mais pas de pierres. J’ai de
l’eau, mais pas de poissons.
Réponse : Une carte.
[
Date : 27/12/23 Auteur : animyjob]
Menda shaharlar bor lekin uylar yo’q,tog’lar bor lekin toshlar yo’q, suv bor lekin baliqlar
yo’q. Javob: Xarita [
O’zbek topishmoqlari. Uzbekskiye zagadki,1991]
Bu ko’chim orqali amalga oshirilgan obrazli qiyoslashdir.
- Istiora (Allegoriya). Istiora bir narsa orqali boshqa bir fikr, tushuncha yoki voqelikni yashirin
ma’noda tasvirlashdir. Istiorada biror narsa to’liq boshqa bir narsa shaklida ko’rsatiladi va unga
chuqur ma’no yuklanadi. Allegoriya asosan ma’naviy yoki falsafiy tushunchalarni berishda
qo’llaniladi
Ex:32 demoiselles toutes de blanc vêtues, assises sur des bancs rouges dans un cage.
Réponse: La bouche et les dents
[ce comment-economiser.fr/devinettes-faciles.html]
Bu istiora usuli orqali yanada chuqurroq ma’nolar ifodalanadi.
3. Metafora va Istioraning o’zaro uzviy bog’liqligi: Ba’zi hollarda topishmoqlarda ko’chim va
istiora
birgalikda
ishlatiladi,
bu
esa
yanada
kuchli
badiiy
tasvir
yaratadi.
[Qobuljonova G.,2006]
Ex: Qu’est-ce qui est toujours devant toi, mais que tu ne peux jamais voir ?
Réponse : L'avenir. [
Date : 27/12/23 Auteur : animyjob]
U nimadir doim sendan oldinda, lekin sen uni hechqachon ko’rolmaysan. Kelajak.
Metaforalar muammoni to’g’ri tushunish uchun ma’no qatlamlarini aniqlashni talab qiladi.
Quyida shunday topishmoqlardan ba’zi misollar:
Ex: Je ne peux pas marcher mais j’ai pourtant un dos et quatre pieds.
Réponse: la chaise [ce comment-economiser.fr/devinettes-faciles.html]
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
379
Meni tanam va oyoqlari bor shunga qaramay men yurolmayman. (Stul)
Ex:“Je suis toujours dans le ciel, mais je ne suis pas un oiseau.Je n’ai pas les yeux mais je peux
pleurer. Qui suis-je?” Réponse: le nuage
[ce comment-economiser.fr/devinettes-faciles.html]
Men doim osmondaman, lekin qush emasman. Menda ko’zlarim yo’q lekin yig’lashim
mumkin. Bulut.
Metafora: Bu osmondagi narsani tasvirlash uchun qushga o’xshatadi, lekin boshqa ma’no
anglatadi.
Bu misollar fransuz topishmoqlaridagi ko’p ma’noli ifodalardan bir nechtasi, bu orqali
ko’pincha mavhum tushunchalarni anglash uchun metaforalar qo’llanadi.
Metafora fikrni yanada kuchliroq va obrazliroq ifodalash imkonini beradi. Odatda, u
narsalarni yangi va kutilmagan tarzda tushunishga yordam beradi va o’xshashliklar orqali
chuqurroq ma’nolarni yetkazib beradi.
Istiora (allegoriya) —
bu badiiy san’at turi biror narsa yoki tushunchani boshqa bir obraz
orqali ramziy tarzda ifodalash usulidir. Istiorada narsa yoki hodisa bevosita aytilmaydi, balki
o’rniga boshqa bir ramziy obraz ishlatiladi va shu obraz orqali asosiy ma’no ifodalanadi.
Istioraning maqsadi — mavhum tushunchalarni, falsafiy g’oyalarni, axloqiy darslarni yoki hayotiy
tajribalarni aniqroq va ta’sirchanroq qilib ko’rsatish.
Istioraning xususiyatlari: 1. Ramziylik: Istiora orqali berilgan obraz yoki voqea chuqur ma’noni
anglatadi. Ramziy obraz yordamida muallif ko’pincha axloqiy yoki falsafiy g’oyalarni yetkazadi.
2. Ko’p qatlamlilik: Istiorada har bir ramziy narsa, obraz, voqea o’z ma’nosidan tashqari,
chuqurroq yashirin ma’noni ham anglatadi.
3. Universal mavzular : Istiora asosan sevgi, o’lim, adolat, ezgulik va yovuzlik kabi universal
mavzularda ishlatiladi.
Istiora - axloqiy, falsafiy yoki ijtimoiy ma’nolarni bilvosita, ammo chuqur va ta’sirli tarzda
yetkazadi. Istioraning ochiq ma’no bilan bir qatorda yashirin va ramziy ma’nolar ham mavjud
bo’lib, ular chuqurroq o’ylashga undaydi.
Fransuz tilidagi topishmoqlarda istiora (allegoriya) san’ati juda keng tarqalgan va u orqali
biror narsa yoki tushuncha ramziy ma’noda beriladi. Istiora, ya’ni allegoriya, biror tushunchani
to’liq boshqa bir obraz yoki voqea orqali ifodalashga asoslanadi. Topishmoqlarda istiora san’ati
yordamida predmet yoki hodisalar bilvosita va yashirin tasvirlanadi, bu esa topishmoqlarni yanada
murakkab va qiziqarli bo’lishini imkonini beradi. Istioraning asosiy vazifasi — mavhum
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
380
tushunchalarni ko’rinadigan yoki tanish narsalar bilan qiyoslash va shu orqali obrazli tafakkur
uyg’otish. [ Qobulova U.S.,2007]
Quyida fransuz tilidagi topishmoqlar misolida istiora san’ati qanday qo’llanilishini ko’rib
chiqamiz.
1. Même si je porte des lunettes je ne peux pas voir, qui suis-je ?
Réponse: Le nez.
[
Garchi o’zim ko’zoynak taqsam ham, men ko’rolmayman. Javob: Burun
[Topishmoqlar. O’zbek xalq ijodi,1981]
Topishmoq she’riy yoki nasriy shaklda bo’lmasa ham, uning qiziqish uyg’otuvchi
xususiyatlari bor. U sodda, qisqa va ommabop tilda yozilgan. Gapda metaforik ma’no bor, ya’ni
“ko’zoynak” va “ko’rish” haqidagi an’anaviy tushunchalardan foydalanib, fikrni yashirincha ifoda
etadi. Ushbu topishmoqning asosiy elementi – antonimlar va kutilmagan javob orqali mantiqiy
muammo yaratish. “Ko’zoynak taqish” – odatda ko’rish imkonini yaxshilash uchun ishlatiladi.
Lekin bu yerda “men”ning aslida ko’rish qobiliyatiga ega bo’lmasligi (masalan, hayvon yoki
jonsiz buyum bo’lishi) topishmoqning javobini kutilmagan qiladi. Topishmoq yumoristik va
o’ylantiruvchi bo’lib, ijodiy mantiq talab qiladi.
2.
Ex: Je suis un trésor que l’on ne voit pas, mais que l’on garde en soi toute sa vie.
Réponse:
Le Savoir [
Men hech kimga ko’rinmaydigan, lekin butun umr davomida ichimizda saqlanadigan xazinaman.
Javob: Bilim
Bu topishmoqda bilim yashirincha xazina sifatida tasvirlangan. Xazina odatda moddiy narsa
bo’lib, ko’rinadi, lekin bu yerda bilimning qadrli ekani va uni ko’rib bo’lmasligi allegorik tarzda
tushuntirilgan. Bu istioraning yorqin misoli, chunki xazina faqat bilim ramzi sifatida ishlatilgan.
4. L’amour (Muhabbat)
Ex:
Je suis une flamme qui brûle sans jamais s’éteindre, je rends les cœurs légers mais parfois je
les brise.
[ce comment-economiser.fr/devinettes-faciles.html]
-Men hech qachon so’nmaydigan olovman, qalblarga yengillik baxsh etaman, lekin ba’zida ularni
sindirib qo’yishim ham mumkin.
Bu topishmoqda muhabbat allegorik tarzda olov obrazida ifodalangan. Muhabbatning
kuchi va ta’siri olovning yondiruvchi xususiyati bilan qiyoslangan. Bu yerda to’g’ridan-to’g’ri
“muhabbat” haqida gapirilmaydi, balki uning ramziy ko’rinishi olov orqali tushuntiriladi. Bu ham
istiora usuliga kiradi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
381
5. La Conscience (Vijdon)
Exemple:
Je suis une voix intérieure que personne ne peut entendre,mais je guide les hommes à
chaque pas. Qui suis-je ?[
-Men ichki ovozman, hech kim meni eshitolmaydi, lekin har qadamda insonlarni boshaqrib
turaman. Men kimman?
Bu yerda vijdon yashirincha ichki ovoz sifatida tasvirlangan. Vijdonning insonni ichdan
boshqarishi va ko’rinmasligi allegorik tarzda ichki ovoz orqali berilgan. Bu ham istioraning yaxshi
misolidir, chunki vijdon ichki ovoz bilan qiyoslanib, allegoriya yordamida yashirin ma’noga ega
bo’lgan obraz yaratilgan.
6. Exemple:
Je suis une malle où on enferme des sentiments, mais je ne suis jamais fermée
à clé. Réponse:
Le cœur[ce comment-economiser.fr/devinettes-faciles.html]
Men his-tuyg’ular saqlanadigan sandiqman , lekin hech qachon kalit bilan qulflanmayman. Men
kimman? Javob: Qalb
Bu topishmoqda yurak sandiqqa qiyoslangan. Yurak his-tuyg’ularni o’zida saqlaydi, lekin
u “ochiq” bo’lib qoladi. Bu yerda yurak va sandiq o’rtasidagi o’xshashlik ko’chma ma’noda
tushuntirilgan, bu esa metaforaning asosiy belgisidir.
7. Ex:
“Je me perds dès que l’on me nomme. Qui suis-je?” Réponse: Le silence
[ce comment-economiser.fr/devinettes-faciles.html]
-Meni nomimni aytishingiz bilanoq men yo’qolaman. Men kimman?
Javob:Sukut
Istiora: Sukut — bu metaforik “o’lish” yoki yo‘qolish holati, chunki uni nomlaganda yoki
gapirganingizda sukut buziladi.
8. Ex
:
Dans une maison verte, il y a une maison jaune. Dans la maison jaune, il y a une
maison brune. Dans la maison brune, il ya une maison blanche. Dans la maison blanche, il y a un
coeur tout blanc. Qui est-ce ? Réponse:La noix
-Yashil uycha ichida sariq uycha bor.Sariq uy ichida qo’ng’ir rangli uycha bor. Qo’ng’ir uycha
ichida oppoq uy bor.Oq uy ichida oppoq yurak bor.Bu nima?
Javob: Yong’oq.
[
Topishmoqlar. O’zbek xalq ijodi,1981]
Ushbu topishmoq tasviriy-mantiqiy janrga tegishli bo‘lib, unda narsalarning ko‘rinishi va
ichki tuzilishi turli ranglar va tasvirlar orqali tasvirlangan.“Uylar” va ranglar vositasida
yong‘oqning tuzilishi poetik va jonli tarzda tasvirlangan. Bunda har bir “uy” yong‘oqning tashqi
po‘stlog‘i, ichki qatlamlari va yadrosini ifodalaydi. “Cœur tout blanc” (oq yurak) iborasi
yong‘oqning ichki mag‘zini yumshoq va hayotning markazi sifatida ko‘rsatadi.Gaplarning
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
382
takrorlanishi va ritmi musiqiy ohang beradi. Bu uslub topishmoqni esda qolarli qiladi.Til sodda,
ammo topishmoqni yechish uchun mantiqiy fikrlash va tasavvur talab qilinadi. Ranglar va “uylar”
yong‘oqning tuzilishini nozik va badiiy tarzda ochib beradi:
Maison verte (yashil uy) – yong‘oqning tashqi po‘stlog‘i.
Maison jaune (sariq uy) – po‘stlog‘ining ostidagi qattiq qobiq.
Maison brune (jigarrang uy) – qattiq qobiqning ichidagi yupqa pardasi.
Maison blanche (oq uy) – yong‘oqning o‘zagi.
Cœur tout blanc (oq yurak) – yong‘oq mag‘zi. [Umida Qobulova,2005]
Exemple:
Il ne fait pas de bruit en se levant mais réveille tout le monde .
Réponse: Le soleil
[ce comment-economiser.fr/devinettes-faciles.html]
1.
Turayotganda shovqin qilmaydi lekin hammani uyg’otadi. Javob: quyosh
Ushbu topishmoq tasviriy va metaforik janrga mansub. Unda hayotning oddiy va hammaga tanish
bo‘lgan hodisasi – quyoshning chiqishi – qiziqarli tarzda ifodalanadi.Personifikatsiya
(insoniylashtirish): Quyosh “ko‘tarilayotganda” insondek harakat qilyapti, xuddi u
uyg‘onayotgandek tasvirlangan. Bu uslub quyoshga jonlilik va yaqinlik hissini beradi. Quyoshning
chiqishi odatda sekin va shovqinsiz bo‘ladi, lekin u hamma tirik mavjudotlarni uyg‘otadi yoki
harakatga keltiradi. Topishmoq orqali quyoshning tabiatdagi markaziy roli va hayotni uyg‘otuvchi
kuch sifatida qabul qilinishi ko‘rsatilgan. Gapning ohangdorligi va ritmi tinglovchining e’tiborini
tortadi. Bu unga musiqiylik va yumshoqlik bag‘ishlaydi. Kundalik hayot bilan bog‘liq bo‘lgani
sababli, bu topishmoq barcha yoshdagi va har xil bilim darajasidagi odamlar uchun qiziqarli va
tushunarli. [O’zimizning tahlil]
Tahlil va natijalar:
Fransuz topishmoqlaridagi badiiy tasvir vositalarining tahlili xalqning
ijodkorlik qobiliyatini va tilda badiiylikni aks ettiradi. Metafora va istiora kabi vositalar
topishmoqlarni nafaqat qiziqarli, balki ma’naviy-estetik jihatdan boy qiladi. Bu tadqiqot fransuz
va o‘zbek madaniyatlarini solishtirishda yangi ilmiy yondashuvlarni taqdim etadi.
Fransuz tilidagi topishmoqlarda metafora orqali narsalar ramziy shaklda tasvirlanib,
javobni topish qiyoslash va obrazlarni anglash orqali amalga oshiriladi.Topishmoqlarda badiiy
tasvir vositalari — ko’chim (metafora) va istiora (allegoriya) — juda muhim rol o’ynaydi, chunki
ular orqali topishmoqlarda yashirin ma’nolar va ramziy obrazlar ifodalanadi. Bu vositalar mantiqiy
va badiiy tafakkur orqali javob topishga undaydi. Topishmoqlarda o’xshatish, sifatlash,
mubolag’a, kichraytirish, metafora, jonlantirish kabi badiiy tasvir vositalari keng foydalaniladi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
383
XULOSA:
Fransuz topishmoqlarida ko’chim (metafora) va istiora (allegoriya) obrazli
tafakkur vositasi sifatida ishlatiladi. Metafora orqali narsalar bir-biriga qiyoslanib, ramziy obrazlar
yaratiladi, istiora esa yanada chuqur va falsafiy ma’nolarni yashirish uchun qo’llaniladi. Bu badiiy
tasvir vositalari topishmoqlarning ma’no darajasini oshiradi va mantiqiy tafakkurni rivojlantiradi.
Topishmoqlarda metafora va istiora ko’pincha ramziy ma’nolar orqali beriladi va bu orqali biror
narsa yoki hodisa haqida yashirin ma’lumotlar tasvirlanadi. Metafora biror narsani boshqa narsa
bilan qiyoslab, o’sha narsa haqida bilvosita gapirish usulidir. Shu yo’sinda metafora orqali o’ziga
xos obrazlar yaratilib, mantiqiy yechim topilishi kerak.Metafora topishmoqlarda tushunchalarni
yashirish va ularni noan’anaviy yo’l bilan tasvirlashda muhim rol o’ynaydi. Topishmoqda yashirin
ma’no ko’pincha majoziy shaklda keltiriladi. Jumboqni yechmoqchi bo’lgan kishi unda keltirilgan
ko’chma belgilarini xayolida mantiqan solishtiradi va uni hayotdagi belgilarga to’g’ri kelishiga
qarab javobni topadi.
REFERENCES
1.
Abdullayev J.X. O’zbek topishmoqlarining leksik-semantik xususiyatlari. Filol. fanlari
nomzodi diss… avtoref. – Toshkent, 1993;
2.
Husainova Z. So’ngso’z // Topishmoqlar. Ko’p tomlik. – Toshkent: Adabiyot va sanʼat,
1981. – B.337 – 338.
3.
Lazutin S.G. Poetika russkogo folklora. – M.: Viʼsshaya shkola, 1981.– S.52.
4.
Qobulova U.S. Metaforik matnda integral va difrensemalar munosabati (O’zbek
topishmoqlari misolida). Filol. fanlari nomzodi diss… avtoref. – Toshkent, 2007;
5.
Qobuljonova G. Metaforalarning sistemaviy-lisoniy talqini (O’zbek xalq topishmoqlari
misolida). Filol. fanlari nomzodi diss… avtoref. – Toshkent, 2006; 6. Philosophie des jeux
de langage , Jean Jancques Lecercle,1997
6.
Topishmoqlar. O’zbek xalq ijodi. Ko’p tomlik. – Toshkent: Adabiyot va saʼnat, 1981;
7.
Umida Qobulova. Topishmoqlarning struktur tahlili /O‘zbek tili va adabiyoti/, 2005, 4-son.
8.
O’zbek topishmoqlari. Uzbekskiye zagadki / Tuzuvchi, tarjima, so’zboshi va izohlar
muallifi M.Abdurahimov. – Toshkent: O’qituvchi, 1991;
9.
ce comment-economiser.fr/devinettes-faciles.html
10.
Date : 27/12/23 Auteur : animyjob
11.
