Authors

  • Orziboni Yusupova
  • Mohidil Temirova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.65475

Keywords:

olmoshli birikmalar ilmiy uslub umumlashtiruvchi bo‘lak ajratilgan bo‘lak bog‘lovchi vosita.

Abstract

Ushbu maqolada shu maqsadda, shuning uchun, shu bois, shu sababli, shuning natijasida, shu tarzda, shu tariqa, shunday qilib, shu ma’noda, shu bilan birga, shu jumladan, buning uchun, bundan tashqari, bizga ma’lumki kabi olmoshli birikmalarning ilmiy matnlarda qo‘llanilishi o‘rganilgan. Bu birikmalarning qisqalik va mantiqiy izchillikni ta’minlash, fikrni boshlash yoki ta’kidlab ko‘rsatish, jumla, abzas va mikromatnlarni bog‘lash kabi bir qancha vazifalari ilmiy matnga xos misollar asosida tadqiq etilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

384

OLMOSHLI BIRIKMALARNING ILMIY USLUBDA QO‘LLANILISHGA DOIR

AYRIM MULOHAZALAR

Yusupova Orziboni Sunnatovna

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti

filologiya fanlari nomzodi, dotsent

Temirova Mohidil Komilovna

2-kurs magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14866124

Annotatsiya.

Ushbu maqolada shu maqsadda, shuning uchun, shu bois, shu sababli,

shuning natijasida, shu tarzda, shu tariqa, shunday qilib, shu ma’noda, shu bilan birga, shu

jumladan, buning uchun, bundan tashqari, bizga ma’lumki kabi olmoshli birikmalarning ilmiy

matnlarda qo‘llanilishi o‘rganilgan. Bu birikmalarning qisqalik va mantiqiy izchillikni

ta’minlash, fikrni boshlash yoki ta’kidlab ko‘rsatish, jumla, abzas va mikromatnlarni bog‘lash

kabi bir qancha vazifalari ilmiy matnga xos misollar asosida tadqiq etilgan.

Kalit so‘zlar:

olmoshli birikmalar, ilmiy uslub, umumlashtiruvchi bo‘lak, ajratilgan bo‘lak,

bog‘lovchi vosita.

SOME CONSIDERATIONS ON THE USE OF PRONOUN COMPOUNDS IN

SCIENTIFIC STYLE

Abstract.

This article studies the use of pronominal combinations such as for this purpose,

therefore, that's why, hence, as a result, in this way, thus, anyway, in this sense, at the same time,

including, for this, in addition, as we know, in scientific texts. Several functions of these

combinations, such as ensuring brevity and logical consistency, initiating or emphasizing a

thought, connecting sentences, paragraphs and microtexts, are studied based on examples specific

to scientific texts.

Keywords:

pronoun combinations, scientific style, generalizing fragment, isolated fragment,

connecting means.

НЕКОТОРЫЕ СООБРАЖЕНИЯ ПО НАУЧНОМУ ИСПОЛЬЗОВАНИЮ

МЕСТОИМЕНИЙ

Аннотация.

В этой статье, с целью, следовательно, поэтому, следовательно, в

результате, таким образом, таким образом, таким образом, в этом смысле, более того,

в том числе, для того, более того, насколько нам известно изучено употребление

местоименных сочетаний в научных текстах. Некоторые функции этих соединений,


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

385

такие как обеспечение краткости и логической последовательности, начало или

подчеркивание идеи, соединение предложений, абзацев и микротекстов, были изучены на

основе примеров, характерных для научных текстов.

Ключевые слова:

местоименные соединения, научный метод, обобщающее

предложение, отдельное предложение, соединительный аппарат.

Til birliklarining fan sohasida, ilmiy bayon jarayonida ishlatilishi ilmiy uslubning

shakllanishiga asos bo‘lgan. Tabiat va jamiyatdagi faktlarni, narsa-hodisalarni bayon qilish,

ularning voqe bo‘lish sabablari va o‘zaro munosabatlarini o‘rganish va izohlash bu uslubning

mazmunini tashkil etadi. Monografiya, risola, darslik, o‘quv qo‘llanma, uslubiy qo‘llanma, dastur,

maʼruza matnlari, ilmiy maqolalar, taqriz kabilar ilmiy uslubda yoziladi. Ilmiy matnlar ko‘pgina

adabiyotlarda ikkiga: ilmiy va ilmiy-ommabop matnlarga bo‘lib o‘rganiladi. Keng omma uchun

mo‘ljallanganlik, tushunarli uslubda yozishga intilish ilmiy-ommabop matnlarni muayyan bir fan

sohasi doirasida chegaralangan va faqat shu soha mutaxassislariga daxldor bo‘lgan ilmiy

matnlardan farqlovchi belgilar bo‘lib hisoblanadi [Karimov, 2010: 31]. Azim Hojiyev esa bu uslub

turlarini yanada aniqlashtirib quyidagi turlarga ajratadi: “Ilmiy uslub. Funksional uslubning bu turi

terminologik va mavhum leksikaning, murakkab sintaktik tuzilmalarning qo‘llanishi, so‘zlarning

asosan konkret, to‘g‘ri ma’noda qo‘llanishi, maxsus iboralarga egaligi va sh.k. bilan ajralib turadi.

Ilmiy uslub o‘z ichida quyidagi mayda uslublarga bo‘linadi: ilmiy-texnik uslub, ilmiy-ish uslubi,

ilmiy-ommabop uslub, ilmiy-publitsistik uslub” [Hojiyev, 2002: 54]. Ilmiy uslubda fikr ifodalash

usuli boshqacha bo‘lib, voqelikni, narsa va hodisani mantiqiy fikrlash, mushohada yuritish,

muhokama qilish va isbotlash orqali izchil bayon etiladi. Bu uslubning o‘ziga xos xususiyatlarini

monografik tarzda o‘rgangan olim M.Mukarramov aniqlik, obyektivlik, logik izchillik, neytrallik,

qisqalik va to‘liqlik kabi omillar ilmiy uslubning o‘ziga xos xususiyatlari ekanini taʼkidlaydi

[Mukarramov, 1984: 17]. Ana shu xususiyatlardan ayrimlari, ya’ni qisqalik va mantiqiy izchillikni

ta’minlash uchun olmosh so‘z turkumi, olmosh ishtirokida hosil qilingan birikmalar katta o‘rin

tutadi. Quyidagi ilmiy-ommabop hisoblangan darsliklardan olingan misollarda olmoshli

birikmalar bir gap o‘rnida kelib, qisqalikni ta’minlash vazifasini bajarmoqda:

Mikroskopik

texnikaning taraqqiy etishi 1950-yillarda mitoz va meyoz jarayonida xromosomalarning rolini

o‘rganish imkoniyati yaratdi va shundan keyin molekulyar biologiya faniga asos solindi

.

(Maxmudova Z. “Hujayra biologiyasi”, 15);

Ma‘lumki, qoraqat va zirklarda fellogen va undan

hosil bo‘lgan periderma poya po‘stlog‘ining ancha ichkarisida hosil bo‘ladi. Bunday hollarda


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

386

yasmiqchalar to‘g‘ridan to‘g‘ri fellogen hujayralaridan ajralib chiqadi

(Islomov B., Hasanov M.

“Botanika”, 65).

Quyida, yuqorida, bu o‘rinda, shu o‘rinda kabi so‘z va birikmalar

ilmiy bayonda mantiqiy

izchillikni ta’minlash uchun qo‘llaniladi:

Yuqoridagilardan shunday xulosaga kelish mumkinki,

xromosoma ikki xil funksional holatda, ya’ni ishchi to‘liq dekondensatsiya holatida bo‘ladi

(Maxmudova Z. “Hujayra biologiyasi”, 127).

Olmoshli birikmalardan

shu singari, shu kabi

birikmalar uyushiq bo‘laklarni

umumlashtiruvchi bo‘lak (so‘z) vazifasini bajaradi:

Bu to‘qimalar organlarni shamol, qor va shu

singari boshqa tashqi omil ta‘sirlaridan saqlaydi

(Islomov B., Hasanov M. “Botanika”, 74).

Ilmiy matnlarda

shuning uchun, shu bois, shu sababli, shuning natijasida buning uchun,

shu tarzda, shu tariqa

birikmalari o‘zidan oldingi voqea, hodisa sababini yoritish, izohlash,

umumlashtirish uchun qo‘llaniladi hamda gaplarni bir-biriga bog‘laydi:

Ko‘pchilik hujayralarni

oddiy ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham hujayrani o‘rganish mikroskopning

taraqqiy etishi bilan bog‘liqdir.

(Maxmudova Z. “Hujayra biologiyasi”, 5);

O‘simlik hayot

manbai, shu bois tabiatdagi barcha tirik mavjudotlarni o‘simliklar olamisiz tasavvur etish qiyin

(Islomov B., Hasanov M. “Botanika”, 4).

Buning uchun

birikmasi o‘zidan oldingi gapdagi voqea-

hodisani qay tarzda yuz berishi sababini yoritishda bog‘lovchi bo‘lib keladi:

Bu o‘simliklardan

oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish botaniklardan ularni har tomonlama mukammal

o‘rganishni talab etadi. Buning uchun o‘simliklarning qanday taksonomik birliklardan tashkil

topganligini, hayoti, rivojlanishi, tashqi va ichki tuzilishi, tarqalishi, o‘sish sharoiti, turli

omillarning ularga ta‘siri hamda o‘tmishini (paleontologiya) chuqur o‘rganish zarur

.

Fikrni tugatish, xuloslash maqsadida

shunday qilib, shunday xulosaga kelish mumkinki

birikmasi ilmiy matnlarda faol qo‘llaniladi:

Shunday qilib,

DNKdagi nukleotid ketma-ketligi nusxa

sifatida RNKga ko‘chiriladi, ya’ni berilgan DNKda joylashgan axborot to‘liq RNKga ko‘chiriladi

(Maxmudova Z. “Hujayra biologiyasi”, 59);

Shunday xulosaga kelish mumkinki

,

hujayra – bu ko‘p

hujayrali organizmlarning yashash birligidir

(Maxmudova Z.V. “Hujayra biologiyasi”, 36).

Shu bilan

birikmasi

shunday qilib

birikmasi kabi fikrni yakunlash, xulosalash uchun

qo‘llaniladi:

Shu bilan yadroning bo‘linishi ham tamom bo‘lib, ikkinchisi, ya‘ni hujayraning

bo‘linishi boshlanadi

(Islomov B., Hasanov M. “Botanika”, 36).

Bundan tashqari

birikmasi berilayotgan ma’lumotga qo‘shimcha ma’lumotni berish uchun

qo‘llaniladi:

Birlamchi po‘st juda yupqa bo‘lib, u, asosan, pektinli moddalardan tuzilgan. Bundan


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

387

tashqari uning tarkibida 10-12% ga yaqin sellyuloza, gemitsellyuloza va suv bo‘ladi

(Islomov B.,

Hasanov M. “Botanika”, 47).

Shu jumladan

birikmasi ilmiy matnlarda ajratilgan bo‘lak tarkibida keladi va asosiy so‘zni

ajratib (murtak xaltasining hamma yadrolari, shu jumladan tuxum hujayra), ta’kidlab ko‘rsatadi:

Keyinchalik ana shunday megasporadan hosil bo‘lgan murtak xaltasining hamma yadrolari, shu

jumladan tuxum hujayra ham diploid xromosomli bo‘ladi

(Islomov B., Hasanov M. “Botanika”,

158).

O‘zlik olmoshi ishtirok etgan

o‘z vazifasi, o‘z kuzatishlari, o‘ziga xos, o‘z navbatida, o‘z

ichiga oladi

kabi birikmalarning ilmiy, ilmiy-ommabop matnlarda faolligi kuzatildi:

Barg

plastinkasidagi mayda o‘tkazuvchi boylamlar parallel joylashgan kattaroq o‘tkazuvchi

boylamlarga birlashadi. Ular esa o‘z navbatida barg bandiga o‘tadi, keyinchalik barg bandidan

poyadagi ksilema va floema qismlarga o‘tib ildizning uchigacha yetib boradi

(Islomov B.,

Hasanov M. “Botanika”, 76).

Ilmiy uslubning taqriz janri asosan ilmiy manbaning yutuq va kamchiliklari nimadan iborat

ekanligini baholaydi. Taqriz M.Mukarramov ta’kidlaganidek [Mukarramov, 1984: 27],

monografiya, ilmiy maqola, dissertatsiyalarga yoziladi (bundan tashqari, darslik, o‘quv

qo‘llanmalarga ham taqriz yozilishi mumkin), u bir kishi yoki bir necha kishilar tomonidan

yozilishi mumkin. Taqriz janrida dastlab taqriz berilayotgan ilmiy manbaning ahamiyati

asoslanadi va

bizga ma’lumki,

shu bois, shu ma’noda, shu sababli, shu maqsadda, shu jihatdan,

shu nuqtayi nazardan, shu o‘rinda, shuni inobatga olgan holda, bundan tashqari

kabi olmoshli

birikmalar qo‘llaniladi. Masalan, “Tilshunoslik nazariyasi” faniga doir fan dasturiga yozilgan

taqriz matnida qo‘llanilgan birikmalar fikrimizni yaqqol tasdiqlaydi:

Bizga ma’lumki,

“Tilshunoslik nazariyasi” fani til haqidagi mustaqil va aniq fan bo‘lib, tilning kelib chiqishi,

tarixiy taraqqiyot jarayonlari, qonuniyatlarini ilmiy asosda o‘rganadi.

Bundan tashqari

bu fan

tilshunoslik fanida qo‘llaniladigan terminlar, tushunchalar tizimi bilan bizni tanishtiradi. Tilning

boshqa hodisalar ichida tutgan o‘rni, tilning tuzilishi, umuman til haqidagi fanning asosiy

tushunchalarini o‘rganadi.

Shu jihatdan

filologiya ta’limida bu fanni yaxshi o‘zlashtirish talab

qilinadi.

Ayrim hollarda bir uslubga xos til birliklari ikkinchi bir uslubda qo‘llanilishi mumkin. Bu

holat olmoshlar va olmosh tarkibli birikmalarning uslublararo qo‘llanilishida ham kuzatiladi.

Xususan, ilmiy uslubda keng qo‘llaniladigan

bizga ma’lumki,

shu bois, shu ma’noda, shu sababli,

shu maqsadda, shu jihatdan, shu nuqtayi nazardan, shu o‘rinda, shuni inobatga olgan holda,


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

388

bundan tashqari

kabi birikmalar badiiy uslubda yozuvchining maqsadini ifodalash uchun vosita

bo‘ladi. Masalan, Said Ahmad ushbu birikmalardan “Chekilmasin” hajviyasida unumli

foydalangan va hajviya nomida ham taqriz so‘zi bo‘lib, “sahna asariga taqriz” sifatida shakllangan

bu hikoyada ilmiy uslubga xos til birliklarining badiiy uslubda qo‘llanganini ko‘rish mumkin.

Yozuvchi bu usul orqali o‘z fikrini qoniqarli darajada kitobxonga yetkaza olgan. Said Ahmad

g‘oya jigatdan juda bo‘sh, saviyasiz, tomoshabinga hech qanday ma’naviy ozuqa bermaydigan

sahna asarlarini asar haqida taqriz yozish usuli bilan hajv qiladi, hajv yo‘li bilan tanqid qiladi.

Ma’lumki, taqriz janrida dastlab taqriz berilayotgan ilmiy manbaning ahamiyati asoslanadi va

shu

bois, shu ma’noda, shu sababli, shu nuqtayi nazardan

kabi olmoshli birikmalar faol qo‘llaniladi.

Bu hikoyani ham yozuvchi shunday boshlaydi:

Mazmunning birlamchiligi va hokazolar haqida,

ayniqsa, uning yetakchiligidan qo‘llanish haqida gapirish shu kunda, ayniqsa, ma’qul va

maqbuldir. Mana shu nuqtayi nazardan qaraganda, shu kunlarda teatrimiz sahnasida tomoshabin

olqishiga sazovor bo‘layotgan dramaturg Polvoniyning yangi “Chekilmasin” asari, ayniqsa,

xarakterlidir

(Said Ahmad. Tanlangan asarlar. II jild, 99). Asarning yutuqlari taqrizchi-muallif

tomonidan sanalib (aslida bu ytuqlarni “yutuq” deb bo‘lmaydi), so‘ng uning kamchiliklari aytiladi.

Undan avval kirish gap sifatida yuqoridagi abzas keltirilgan. Ushbu abzasni avvalgi va keyingi

abzasga bog‘lovchi vosita sifatida

shunga qaramay

birikmasi qo‘llanilgan:

Avtorning bu asari,

albatta, bunday iliq-issiq gaplarga shubhasiz sazovordir. Lekin, shunga qaramay, asar ma’lum

darajada juz’iy nuqsonlardan ham xoli emasligini aytmay o‘tolmaymiz

(Said Ahmad. Tanlangan

asarlar. II jild, 99).

Xullas, ko‘rsatish va o‘zlik olmoshi bilan shakllangan birikmalar ilmiy uslubda fikrni

boshlash, ajratib ko‘rsatish yoki asoslashda, jumlalar, abzas va mikromatnlarni bog‘lashda keng

qo‘llaniladi.

REFERENCES

1.

Каримов С. Ўзбек тили функционал стилистикаси. – Самарқанд: СамДУ нашри,

2010.

2.

Maxmudova Z.V. Hujayra biologiyasi. Darslik. – Samarqand: SamDU nashri, 2020.

3.

Islomov B., Hasanov M. Botanika. Darslik. – Samarqand: SamDU nashriyoti, 2020.

4.

Мукаррамов М. Ҳозирги ўзбек адабий тилининг илмий стили. –Тошкент: Фан,

1984. –Б.17.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

389

5.

Said Ahmad. Tanlangan asarlar. II jild. Hajviyalar. Pyesalar. –Toshkent: Sharq, 2000.

www.ziyouz.com

kutubxonasi.

6.

Юсупова О. Ўзбек тилида олмошларнинг функционал-стилистик хусусиятлари.

– Самарқанд: СамДУ нашри, 2017. –140 б.

7.

Юсупова, О. С. (2011). Ўзбек тилида олмошларнинг функционал-стилистик

хусусиятлари: Филол. фанл. номз.... дисс. автореф.

8.

Юсупова, О. С. (2011). Вопросы прономинализации, конкретизации и

актуализации в местоимениях.

Вестник Челябинского государственного

университета

, (13), 154-158.

9.

Ҳожиев А. Тилшунослик терминларининг изоҳли луғати. –Тошкент: ЎзМЭ, 2002.

–Б.54.

References

Каримов С. Ўзбек тили функционал стилистикаси. – Самарқанд: СамДУ нашри, 2010.

Maxmudova Z.V. Hujayra biologiyasi. Darslik. – Samarqand: SamDU nashri, 2020.

Islomov B., Hasanov M. Botanika. Darslik. – Samarqand: SamDU nashriyoti, 2020.

Мукаррамов М. Ҳозирги ўзбек адабий тилининг илмий стили. –Тошкент: Фан, 1984. –Б.17.

Said Ahmad. Tanlangan asarlar. II jild. Hajviyalar. Pyesalar. –Toshkent: Sharq, 2000. www.ziyouz.com kutubxonasi.

Юсупова О. Ўзбек тилида олмошларнинг функционал-стилистик хусусиятлари. – Самарқанд: СамДУ нашри, 2017. –140 б.

Юсупова, О. С. (2011). Ўзбек тилида олмошларнинг функционал-стилистик хусусиятлари: Филол. фанл. номз.... дисс. автореф.

Юсупова, О. С. (2011). Вопросы прономинализации, конкретизации и актуализации в местоимениях. Вестник Челябинского государственного университета, (13), 154-158.

Ҳожиев А. Тилшунослик терминларининг изоҳли луғати. –Тошкент: ЎзМЭ, 2002. –Б.54.