Authors

  • Gulbahor Raxmatova
  • M Xudoyorova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.65482

Keywords:

hikmat tasavvuf oyat hadis pir murshid hol ma’naviy tarbiya fikriy tarbiya talmeh.

Abstract

Ushbu maqolada nafaqat o‘zbek, balki jahon adabiyotshunos olimlarining Ahmad Yassaviy hayoti va ijodiga oid tadqiqot natijalari o‘laroq keltirilgan bir qancha xulosalar bilan qisqacha tanishtirilgan.

background image

532

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2

AHMAD YASSAVIY HAYOTI VA IJODINING O‘RGANILISHI

Raxmatova Gulbahor

Navoiy davlat universiteti O‘zbek tili va adabiyoti mutaxassisligi1-bosqich magistranti.

M.Xudoyorova

Ilmiy rahbar: f.f.f.d, dotsent

https://doi.org/10.5281/zenodo.14864156

Annotatsiya.

Ushbu maqolada nafaqat o‘zbek, balki jahon adabiyotshunos olimlarining

Ahmad Yassaviy hayoti va ijodiga oid tadqiqot natijalari o‘laroq keltirilgan bir qancha xulosalar

bilan qisqacha tanishtirilgan.

Kalit so‘zlar:

hikmat, tasavvuf, oyat, hadis, pir, murshid, hol, ma’naviy tarbiya, fikriy

tarbiya, talmeh.

STUDY OF THE LIFE AND WORK OF AHMAD YASSAVI

Abstract.

This article briefly introduces a number of conclusions drawn as a result of

research on the life and work of Ahmad Yassavi by not only Uzbek but also world literary scholars.

Keywords:

wisdom, mysticism, verse, hadith, pir, murshid, status, spiritual education,

intellectual education, talmeh.

ИССЛЕДОВАНИЕ ЖИЗНИ И ДЕЯТЕЛЬНОСТИ АХМАДА ЯССАВИ

Аннотация.

В данной статье кратко излагается ряд выводов, сделанных на основе

исследований жизни и творчества Ахмада Яссави не только узбекскими, но и

зарубежными литературоведами.

Ключевые слова:

мудрость, суфизм, стих, хадис, пир, муршид, статус, духовное

образование, интеллектуальное образование, талме.

Nafs ila dunyoga dil bergan fosiqlar, siz bu kun,

Yassaviy xok poyidin aylab oling tummorlar.

Abdulla Oripov

Bugungi davr adabiyotshunosligida tasavvufiy adabiyotning o‘rganilish jarayonini kuzatar

ekanmiz, “Devoni hikmat” asari bilan nafaqat turkiy xalqlar, balki yana bir qancha dunyo xalqlari

adabiyotshunoslari qiziqqanlarini aniqlash mumkin. Olib borilgan tadqiqotlarning ko‘pchiligi

mutasavvif ijodkorning hayoti va ijodi bilan aloqador. Masalan, Yassaviyning tug‘ilgan yili haqida

aniq ma’lumotlar mavjud bo‘lmasa-da, uning Sayramda tug‘ilgani va yetti yoshida otasi Shayx

Ibrohimdan yetim qolganligi, qolaversa, ijodkor tug‘ilgan yerini “ul muborak Turkistondin” deya

ta’riflab o‘tgani kabi ma’lumotlarni manbalarda uchratishimiz mumkin. Shoir dastlabki tahsilni

mashhur turk mashoyihi Arslonbob qo‘lida olganligi haqidagi ma’lumotlar hikmatlariga tayanilib,

keltirilgan.


background image

533

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2

Yetti yoshda Arslon bobom izlab topdi,

Har sir ko‘rib parda birla bukib yopdi.

Bihamdilloh, ko‘rdim dedi, izim o‘pdi,

Ul sababdin oltmish uchda kirdim yerga

Ahmad Yassaviy devoni turkiy adabiyotdagi bebaho manbalardan biri bo‘lib, unda nafaqat

islom dini haqida tushunchalar, tasavvufiy qarashlargina emas, balki o‘sha davrdagi turkiy xalqlar

hayot tarzlari va ijtimoiy tartiblari ham yoritib o‘tilgani alohida ahamiyat kasb etadi. Yassaviy

hikmatlaridagi aniqlik va tushunarlilik turkiy xalqlar orasida islomni anglash va ezguliklarga

ergashishga beqiyos hissa qo‘shgan.

1

Hikmatlar tahliliga kirishishdan avval “hikmat” atamasiga aniqlik kiritish zarurati

tug‘iladi. “Qur’onda yigirma marta, Payg‘ambar hadislarida esa undan ham ziyoda zikr etilgan

“hikmat” kalimasi payg‘ambarlik, hadis, sunnat, ilm-u amal qol-u holdagi aniqlik, adolat, fahm-u

farosat, aql-u idrok, fiqh, nozik ma’rifat, tafakkur, irfon, ilohiy nur, vara’, taqvo, toat, din, ruhiy

halovat, ilohiy ishorat, ladun ilmi va pand-u nasihat kabi ma’nolarni bildiradi”

2

.

Ahmad Yassaviy hikmatlari Islom dini tayangan ikki ustun: Qur’on oyatlari, ikkinchisi

Payg‘ambar a.s. sunnatlari bo‘lgan hadislardan oziqlangan. Shoir o‘z hikmatlarida bu ikki

manbaga asoslanib, imkon qadar oyat-u hadislar mazmunini tushuntirgan. Bu haqida shoirning

o‘zi shunday yozadi.

Mani hikmatlarim koni hadisdur,

Kishi bo‘y eltmasa bilgil xabisdur.

Mani hikmatlarim farmoni Subhon,

O‘qub uqsang hama ma’niyi Qur’on.

Tangri taolo so‘zin, Rasululloh sunnatin,

Inonmag‘an ummatin ummat demas Muhammad.

Ummat bo‘lsang g‘ariblarga tobe bo‘lg‘il,

Oyat, hadis har kim oytsa some bo‘lg‘il.”

Mustaqillik yillarida Ahmad Yassaviy hikmatlari manbalari haqidagi ilmiy tadqiqotlar

anchagina yaratilgan.

1

И.Ҳаққулов. Аҳмад Яссавий ҳикматлари. Тошкент, 6-б

2

Çantay, H.B.,Kur’an-I Hakım ve Meal-I Kerim, Istanbul 1959, I, 76, dipnot 231.


background image

534

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2

Bular orasida vatandoshlarimiz Ibrohim Haqqulov, Nodirxon Hasan hamda Ibrohim

Shaner, Navzat Oshiq, Mustafo Tahrali, Elxon Genj, Alfina Sibg‘atullina kabi xorij ilm fidoyilari

bir qancha o‘rganishlar olib borganlar. Xususan, doktor Ibrohim Shaner kuzatuvlari natijasi

o‘laroq quyidagilarni aytadi: “Hikmatlarda yigirma sakkizta oyatga talmeh keltirilgan.

Tadqiqotimizda ularning eng asosiylariga diqqatni qaratmoqchimiz:

Yunus, Yusuf va Ya’qub alayhissalomlar

Yunusdek daryo ichra baliq bo‘lsam,

Yusufdek quduq ichra vatan qilsam.

Ya’qubdek Yusuf uchun ko‘p yig‘lasam,

Bu ish birla yo Rab seni topgaymuman.

Yassaviy bu qit’ada quyidagi uch oyatga ishora qiladi:

1. “Keyin ani baliq yutdi va ul malomatg‘a mustaxiq erdi” (Saffot, 37/142).

2. “Dedi bir deguvchi alardin: “O‘ldirmanglar Yusufni va tashlanglar ani bir qorong‘u

quduqg‘a, toki olib ketsun ani qaysi bir yo‘lovchi , agar qilmoqchi bo‘lsangizlar buni” (Yusuf,

12/10).

3. “Va yuz o‘girdi alardin va dedi: “Ey afsus Yusufg‘a!” Va oqardi ikki ko‘zi g‘mdin va ul

g‘mdin to‘lg‘on erdi” (Yusuf, 12/48).

3

Shuningdek yana bir professor Mustafo Tahrali o‘zlarining “Ahmad Yassaviy “Devoni

hikmat”ida diniy-tasavvufiy asoslar” nomli maqolasida mazkur fikrlarni aytib o‘tadilar:

“Hikmatlardagi shariat, tariqat, ma’rifat, haqiqat tushunchalari diniy-tasavvufiy bilimlarga

shomil to‘rt muhim istilohdir. Bu istilohlar ifodalagan ma’nolarni “pir o‘laroq etagidan tutib”,

“murshid” huzurida ma’naviy va fikriy tarbiya – sayrru sulukdan o‘tib, fe’lan “hol”ga erishgan

kishi, nazariy-aqliy ilmlardan farqli bo‘lgan “ilohiy ilm va hikmat” deya talqin etish mumkin:

Po‘sti imon shariatdur mag‘zi tariq,

Tariq kirgan Haqdin ulush oldi, do‘stlar.

Tariqatdir bu yo‘l otin bilsa darvesh,

Ma’rifatni matoidin olsa darvesh.

O‘zga yo‘llar bodi havo sonsa darvesh,

Haqiqatni maydonida er ul bo‘lur.”

4

Xoja Ahmad Yassaviyning hikmatlari tatar adabiyotiga ham sezilarli hissa qo‘shganligini

Alfina Sibg‘atullina maqolalaridan birida keltirib o‘tadilar:

3

И.Ҳаққулов, Н.Ҳасан, А.Бектош. Хожа Аҳмад Яссавий ҳаёти, ижоди ва анъаналари. Тошкент, 2001, 202-203

б

4

И.Ҳаққулов, Н.Ҳасан, А.Бектош. Хожа Аҳмад Яссавий ҳаёти, ижоди ва анъаналари. Тошкент, 2001, 226-б


background image

535

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2

“Tatar xalqining ming yillik adabiyot gulshanida yetishgan “so‘filik mevalari” turkiy

tasavvuf deb nomlangan ulkan va hosildor bir daraxtning samarasi bo‘lib, uning bunyodkori esa

avliyo Xoja Ahmad Yassaviy.

Tatar adabiyotining eng go‘zal namunasi bo‘lgan “Qissai Yusuf” asari bitilgan bir paytda

(XIII asr) Ahmad Yassaviy va uning xalifasi Sulaymon Boqirg‘oniy- Hakim Otaning adabiyot

maktabi bu atrofda quvvat topib ulgurgan edi. “Qissai Yusuf”ning muallifi Qul Ali, shubhasiz, bu

mutasavviflarning fikriy g‘oyasi va asarlari bilan tanish bo‘lgan, ulardan ijodiy ta’sirlangandir.”

5

Ahmad Yassaviy devoni tadqiqi davomida bir qancha jihatlarni o‘rganib, tahlilga tortgan

boshqa bir qardosh ilm fidoyisi Elxon Genj o‘zining mulohazalaridan birida quyidagi muhim

ma’lumotni aytganlar:

“Yassaviy turkiy she’riyatga birinchi bo‘lib ishq, vahdat va muhabbat sharobi, mast

bo‘lmoq, vujud shahri, ishq dardi, ishq maqomi, ishq da’vosi, nafs, ishq do‘koni, alast majlisi,

mosivo, o‘lim va dunyoning foniyligi, ishqsizlar, tajalli, samo‘ va raqs fazilati, basirat, g‘ariblik

kabi tasavvufiy atamalarni olib kirdi. U o‘z fikr-qarashlarini ilgari surish bilan bir qatorda o‘sha

davr ijtimoiy muammolarini ham tanqid qiladi.”

6

“O‘z davri farzandi sifatida islom dinini ko‘rsatmalari va islomiy aqidalarga tayangan.”.

Shoir hikmatlaridan birida bunday satrlarni o‘qiymiz:

Xushlamoydurlar olimlar bizni oyg‘on turkini,

Oriflardain eshitsang, ochar ko‘ngil mulkini.

Oyat, hadis, ma’nosi turki bo‘lsa muvofiq,

Ma’nisiga yetganlar, yerga qo‘yar bo‘rkini.

7

Tadqiqotlarni kuzatish asosida quyidagi tasnifni keltirish mumkin:

1.

Vatandoshimiz Ibrohim Haqqulov Yassaviyning nafaqat ijodi balki hayoti bilan ham

qiziqib izlanishlar olib borganlar;

2.

Xorijlik olimlarning tadqiqotlariga to‘xtalar ekanmiz Ibrohim Shanerning “Yassaviy

hikmatlarining manbai o‘laroq oyatlar xususida” nomli maqolasida oyatlardan keltirilgan

iqtiboslar hamda foydalanilgan talmehlarning hikmatlarga bergan o‘zgacha ta’siri va jilosi haqida

to‘xtaladi;

3.

Ilohiyot fanlari nomzodi Navzat Oshiq “Yassaviy hikmatlari manbaini tashkil etuvchi

hadislar va sunnat madaniyatining hikmatlarga ta’siri” mavzusidagi maqolasi orqali “hikmat”

atamasiga alohida to‘xtalib tahlil qilgan;

5

И.Ҳаққулов, Н.Ҳасан, А.Бектош. Хожа Аҳмад Яссавий ҳаёти, ижоди ва анъаналари. Тошкент, 2001, 242-б

6

И.Ҳаққулов, Н.Ҳасан, А.Бектош. Хожа Аҳмад Яссавий ҳаёти, ижоди ва анъаналари. Тошкент, 2001, 239-б

7

И.Ҳаққулов. Аҳмад Яссавий ҳикматлари. Тошкент, 6-б


background image

536

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2

4.

Professor Mustafo Tahrali ham o‘z maqolalaridan birida Yassaviy hikmatlarida diniy-

tasavvufiy asoslarni o‘rganar ekan, to‘rt muhim omil sanalmish shariat, tariqat, ma’rifat va haqiqat

tushunchalarini ham nazardan chetda qoldirmagan;

5.

Elxon Genjning olib borgan o‘rganish natijalaridan biri sifatida Yassaviyning turkiy

she’riyatga olib kirgan tasavvufiy tushunchalarini aytish mumkin;

6.

Xoja Ahmad Yassaviy tatar adabiy olamiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatganini va hattoki

alohida o‘rin kasb etishini Alfina Sibg‘atullinaning ilmiy tadqiqlari natijasi o‘laroq ko‘rishimiz

mumkin.

REFERENCES

1.

И.Ҳаққулов. Аҳмад Яссавий ҳикматлари. Тошкент, 1991.

2.

И.Ҳаққулов, Н.Ҳасан, А.Бектош. Хожа Аҳмад Яссавий ҳаёти, ижоди ва анъаналари.

Тошкент, 2001.

3.

Ф.Ашрафхўжаев, М.Хўжаев, З.Жўраев. Хожа Аҳмад Яссавий ва Яссавийлар тарихи.

Тошкент, 2021.

References

И.Ҳаққулов. Аҳмад Яссавий ҳикматлари. Тошкент, 1991.

И.Ҳаққулов, Н.Ҳасан, А.Бектош. Хожа Аҳмад Яссавий ҳаёти, ижоди ва анъаналари. Тошкент, 2001.

Ф.Ашрафхўжаев, М.Хўжаев, З.Жўраев. Хожа Аҳмад Яссавий ва Яссавийлар тарихи. Тошкент, 2021.