ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
449
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARNING YOZMA NUTQ MALAKALARINI
OSHIRISH USULLARI
Abdurazakova Nurjamal Salımatdinovna
Ajiniyoz nomidagi NDPI stajor oqituvchisi.
Tel: 99-955-84-88
abdirazakovanurjamal@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.14869084
Annotatsiya.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning yozma nutq malakalarini oshirish usullari
va insho yozish, yozma ishda xatolarning belgilanishi haqida ma’lumotlar berilgan.
Kalit so‘zlar
: Insho, adabiy-badiiy, mantiqiy fikrlash, ijodiy faollik, bayon, jumla, yozma
savodxonlik, uslubiy xato, tinish belgilari, badiiy did.
METHODS FOR IMPROVING THE WRITTEN SPEECH SKILLS OF PRIMARY
SCHOOL STUDENTS
Abstract.
Information is provided on methods for improving the written speech skills of
primary school students and on writing essays and identifying errors in written work.
Keywords:
Essay, literary and artistic, logical thinking, creative activity, statement,
sentence, written literacy, stylistic error, punctuation marks, artistic taste.
МЕТОДЫ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ ПИСЬМЕННЫХ И УСТНЫХ НАВЫКОВ
УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНОЙ ШКОЛЫ
Аннотация.
Приведена информация о методах совершенствования письменных
навыков учащихся начальной школы, а также о том, как писать сочинения и выявлять
ошибки в письменных работах.
Ключевые слова:
Эссе, литературно-художественное, логическое мышление,
творческая деятельность, высказывание, предложение, письменная грамотность,
стилистическая ошибка, знаки препинания, художественный вкус.
Insho yozish boshlang‘ich ta’lim o‘quv faoliyatidagi murakkab masalalardan biridir. Bu
ish turi tayyorgarlik talab etadigan va o‘quvchini o‘z ustida ishlashga o‘rgatadigan ijodiy
jarayondan iborat. Insho yozish uchun ma’lum bir adabiy-badiiy material bilan tanishib chiqish,
uning mohiyatini anglash, ma’lumot va voqea-hodisalarni mazmunini chuqur o‘zlashtirish talab
etiladi. Bu borada o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalarning qayta ifodasi, shuningdek,
o‘quvchilarning shaxsiy taassurotlari bilan boyitilgan va ongida analiz-sintez qilingan shaklda
insho yuzaga keladi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
450
“Insho” so‘zi arab tilidan olingan bo‘lib, “tashkil etish; yaratish, qurish, barpo qilish; ijod,
bayon”
1
degan ma’nolarni bildiradi. Insho boshlang‘ich 1-sinfdan boshlab kichik og‘zaki axborot
va hayajonli hikoya qilish tarzida o‘tkaziladi hamda reja asosida aqliy faoliyat yuritishni taqozo
etadi. O‘quvchilarda insho yozish orqali ijodiy fikrlash, atrofni kuzatish, voqea-hodisalar
o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash, qiyoslash va shu asosda xulosa chiqarish ko‘nikmalari shakllanib
boradi. Yozma ishlarning bu turi fikrni tizimli va uzviylikda ifodalashga o‘rgatishi bilan
o‘quvchilarni ijodga unyaydi.
“Insho tushunchasining zamirida mavzu va hajmning cheklanganligi, o‘quvchining ana shu
cheklanganlik doirasidan chetga chiqmagan holda qo‘yilgan masalani ochib berishga asoslangan
mustaqil faoliyati yotadi. Inshoga material sifatida hayotdagi biror hodisa, badiiy asardagi
qandaydir epizod yoki boshqa biror kishining hayotidan lavha, biror joyga, biror tasvirga
munosabatni olish mumkin”
2
.
O‘quvchilarni insho yozishga tayyorlash uchun dastlab kichik va qiziqarli matnlarni qayta
hikoyalashni, keyinchalik rasmli bayon, kichik matnlarga asoslangan bayon va insholar rejasini
tuzish va matnlar yaratish ishlari izchil tarzda olib borilishi maqsadga muvofiq. Insho o‘quvchi va
o‘qituvchining birgalikdagi ijodiy ishidir. Mazkur jarayonda har ikki subyektning o‘z faoliyat
doirasi mavjud bo‘lib, insho uning amaliy mahsulidir. O‘qituvchi rahbarligi o‘quvchi faoliyatiga
jiddiy ta’sir qiladi. O‘quvchilar insho yozishda o‘z hayotiy tajribasi, bilimi, kitobxonlik darajasiga
tayanadi. O‘qiganlari orasidan insho mavzusiga doir ma’lumotlarni tanlaydi, zarur o‘rinlarda
ijodiy foydalanadi. Bu o‘z-o‘zidan shakllanmaydi, balki tizimli holda mashqlar orqali tarkib
toptiriladi.
O‘quvchilar insho yozishda, masalan, adabiy insholarda, mualliflarning yoki asar haqida
boshqalarning fikrlarini takrorlashadi. Buning sababi ular shaxsiy fikrini bildirishga
o‘rgatilmaganligi, asarning qaysi o‘rinlari ta’sir qilganini ajrata bilishi kabilarni ko‘rsatish
mumkin. Insho yozdirishdan avval o‘quvchilardan badiiy asarni qay darajada tushunganliklarini
aniqlab olish zarur. Buning uchun suhbatlar o‘tkazish, muhokamalar chog‘ida anglanmay qolgan
jihatlarga ijodiy yondashish muhim sanaladi.
Yozma ishda xatolarning belgilanishi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida yozma ishlarni
tekshirishda yo‘l qo‘yilgan xatolar tagiga chizish hamda daftar hoshiyasiga belgilar chiqarish yo‘li
bilan ko‘rsatiladi va hisobga olinadi. Xatolarni ko‘rsatish uchun:
1
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. И ҳарфи. – 221-б.
2
Nasrullayev E., Hazratqulov M. Insho – o‘quvchi shaxsini shakllantirishning muhim vositasi // Til va adabiyot
ta’limi. – Toshkent, 2020. – № 9. – B. 15-b.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
451
imlo xatosi ostiga ikki chiziq (–)
ortiqcha yozilgan harf (=)
so‘z xato yozilgan yoki jumlada sintaktik aloqa buzilgan bo‘lsa (_______)
tinish belgilardagi xato ostiga bir chiziq (–)
uslubiy xato ostiga to‘lqinli chiziq (~~~~~) chiziladi.
Daftar hoshiyasiga esa quyidagi shartli belgilar qo‘yiladi:
/ (shtrix) – imlo xatosini bildiradi;
V (ve) – tinish belgisidagi xatoni bildiradi;
W (dubl ve) – uslubiy xatoni bildiradi;
Z (zet) – abzatsni, ba’zan matndagi behuda bo‘sh qoldirilgan yoki noo‘rin band qilingan
satrlarni bildiradi
3
.
Yozma ishni tekshirishda chiroyli jumla, juda o‘rnida keltirilgan dalil ro‘parasidagi daftar
hoshiyasiga qavs ichida undov belgisi (!) qo‘yish bilan tahsin yoki maqtovni; no‘noq, tushunarsiz,
noto‘g‘ri jumlalar, noo‘rin dalillar ro‘parasidagi daftar hoshiyasiga qavs ichida so‘roq belgisi (?)
qo‘yish bilan e’tiroz yoki tushunarsizlikni bildirish mumkin. Ish tekshirib bo‘linganidan keyin
xatolar tasniflanib, ularning soni, masalan,
imloviy
–
2 ta, ishoraviy
–
- 3 ta, uslubiy
–
1 ta
kabi
ko‘rsatilishi mumkin.
Qo‘shimchalar va ularning turlari yuzasidan qiziqarli topshiriqlar berish orqali.
Masalan:
uy
cha
– yangi
cha
, ko‘pa
y
– ishla
y kabi.
Tinish belgilari – yozma nutq mohiyatini anglash vositasi ekanligini o‘quvchilar ongiga
singdirish orqali. Yozma nutqning asosiy shartlaridan biri tinish belgilarining ishlatilish o‘rnini
anglashdan iborat bo‘lib, o‘quvchi mustaqil tarzda buni yozma nutqda to‘g‘ri qo‘llay bilishi lozim.
Bugungi kunda o‘quvchilarning yozma nutqida uchraydigan kamchiliklarni ijobiy hal etish
uchun boshlang‘ich sinf o‘qituvchi, avvalo, boshqa o‘quv fanlari o‘qituvchilari bilan hamkorlikni
keng yo‘lga qo‘yishi lozim. Ikkinchidan, o‘quvchida o‘z ona tiliga, qolaversa, har bir so‘zga
nisbatan bo‘lgan hurmatni shakllantirish kerak. Uchinchidan, o‘quvchida kitobga bo‘lgan
qiziqishni oshirishga erishish darkor. To‘rtinchidan, ona tili ta’limiga oid qoidalarni o‘quvchiga
yodlatish yoki shunchaki o‘qib berish bilan cheklanmasdan, uning mohiyatini bola qalbiga, ongiga
muhrlay olish shart. Beshinchidan, aytmoqchi bo‘lgan fikrini aniq, ravon va lo‘nda ifoda qilish
ko‘nikmalarini shakllantirish kerak. Oltinchidan, har darsda o‘quvchining yoshiga ko‘ra hech
bo‘lmaganda ikkita so‘zni bo‘g‘inga bo‘lib yozishni mashq qildirish lozim.
3
Зуннунов А., Турдиев Б. Баёнлар тўплами. – Тошкент: Ўқитувчи, 1993. – 8-б.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
452
Yettinchidan, so‘z birikmalari yoki gaplar tuzdirish va ularni tahlil qilish orqali
o‘quvchilarning yozma savodxonligini oshirishga erishish maqsadga muvofiq.
Har qanday holda ham o‘quvchilarning nutqiy faoliyatini badiiy adabiyot vositasida
rivojlantirish asar tahlili bilan bog‘liq holdagina amalga oshiriladi. O‘qish savodxonligi
darslaridagi o‘quvchining nutqiy faoliyati undagi badiiy-estetik didning takomili uchun ham
asosiy omil bo’ladi. Badiiy-estetik didning takomili esa, o‘z navbatida, nutqiy faoliyat
mazmunining mukammallashib borishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunday o‘zaro ta’sir natijasida
ma’naviy-estetik tarbiya samaradorligi ortadi, o‘quvchilarning badiiy didi takomillashish bilan
birga o‘quvchilarning lug‘at zaxiralari ham uzluksiz va muntazam boyib boradi. Lug‘at boyligi va
badiiy did qo‘shilmasidan o‘quvchidagi ijodiy o‘ziga xoslik yuzaga kela boshlaydi, uning og‘zaki
va yozma nutqida badiiylik unsurlari sezilarli tarzda namoyon bo‘la boradi. O‘qish savodxonligi
darslari o‘quvchilarni badiiy nutq namunalari bilan tanishtiradi, shular vositasida ularning og‘zaki
va yozma nutqlarining rivoji uchun yo‘l ochadi.
Og‘zaki nutqni rivojlantirish ijtimoiy hamda metodik muammodir. Bugungi kunda og‘zaki
nutqni o‘stirish va rivojlantirish muammosi tobora ko‘proq ijtimoiy ahamiyat kasb etib bormoqda.
Zero, nutq inson ma’naviyatining ko‘zgusidir. Insondagi mustaqillik, ijodiylik, o‘z nuqtayi
nazarini himoya qila olish, undagi boy ma’naviy olam nutqi orqaligina namoyon bo‘ladi.
Boshlang‘ich sinflarda ona tili darslarida o‘quvchilarning ijodiy fikrlash, fikr mahsulini
og‘zaki va yozma shakllarda nutq sharoitiga moslab to‘g‘ri, ravon ifodalashga doir bilim,
ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish, talaffuz, intonatsion, imlo va punktuatsion savodxonlikka
erishish ona tili va o‘quv savodxonligi o‘quv fanlarining asosiy maqsadlaridan sanaladi. Lekin
metodik adabiyotlarida to‘g‘ri ta’kidlanganidek, bolalar nutqida to‘xtab-to‘xtab gapirish, gapni
intonatsion jihatdan uyushtira olmaslik, yaxlit bir matn hosil qila bilmaslik, intonatsion
monotonlik kabi kamchiliklar kuzatiladi. Didaktik olim R. Ibragimovning ta’kidlashicha, mustaqil
va alohida (yakka) vazifalar uchun mashqlar tanlashga qat’iy bir qolipga tushib qolgan
yondashuvni ham ta’lim amaliyotidagi jiddiy xato hisoblanadi. “Mustaqil ish – o‘quvchilarning
bilish faoliyatini faollashtiruvchi vositadir. Chunki u o‘quvchilarda ta`lim jarayonida mustahkam
va ongli bilim olish, mahorat va malakaning shakllanishi, o‘zlashtirilgan bilimlardan foydalanish,
o‘zga sharoitlarda egallangan malakani qo‘llash, bilim orttirish qobilyatlari (kuzatuvchanlik,
harakatchanlik, mantiqiy fikrlash, ijodiy faollik va hokazo )ni rivojlantirish, aqliy va jismoniy
mehnat madaniyatiga ko‘nikish, kelgusida mustaqil bilim olish bilan samarali shug`ullanishni
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
453
taqozo qiladi”
4
. Ma’lum bo‘ladiki, qo‘shimcha vaqt talab etmasdan grammatik materialni
o`zlashtirish munosabati bilan nutqiy xatolarni bartaraf etish o‘quvchilar nutq madaniyatini
oshiribgina qolmay, ularga grammatik materialni chuqurroq o‘zlashtirishga yordam beradi,
o‘rganilayotgan grammatik birliklarning nutqdagi, odamlar orasidagi jonli muloqotdagi rolini
anglashga olib keladi.
Metodist I.Rahimovaning ta’kidlashicha, “Boshlang‘ich sinflar adabiy ta’limi – o‘qish
darslarida badiiy asarlar ustida ishlash o‘rta va yuqori sinflarga nisbatan farq qiladi. Ma’lumki,
boshlang‘ich sinflarning o‘qish darslarida o‘quvchilarga kitobxonlik madaniyati asoslari
o‘rgatiladi. Ularda to‘g‘ri, ifodali va tushunib o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirishga birinchi
darajali e’tibor qaratiladi. Bu bosqich adabiy ta’limi o‘quvchilarda estetik didni, boy va ta’sirchan
hissiyotni, nozik tuyg‘ularni qaror toptirishda muhim o‘rin tutadi. Bu davrdagi adabiy ta'lim
o‘quvchilarda hissiy ta’sirchanlik, tasavvur va sezimlar boyligi, ijodiy fantaziya, nutq ravonligi,
o‘qish texnikasi, kitobxonlik odati singari sifatlar shakllanishiga ham yo‘naltiriladi”
5
.
O‘rganilgan bir yoki bir necha badiiy asarlar (ular bir muallifning asarlari bo‘lishi ham
mumkin) o‘zaro muloqotlar uchun tabiiy va qulay sharoitni yuzaga keltiradi. Bundan foydalanib
o‘quvchilar nutqida tegishli so‘zlar, frazeologik ifodalar, obrazlar mohiyatiga aloqador bo‘lgan
tushuncha va so‘zlarni faollashtirish imkoni tug‘iladi. Bunda dastlab, o‘qituvchi dars oldiga
qo‘yilgan maqsadni bayon etadi. Keyingi bosqich ifodali o‘qishdan iborat. Ifodali o‘qishga
musobaqa tusini berish mumkin. Sinfda eng yaxshi ifodali o‘quvchilar tanlovi tashkil etiladi.
Ifodali o‘qish, albatta, muhokama qilinishi kerak. Buni har bir yoki bir necha o‘quvchilarning
ifodali o‘qishlaridan keyin uyushtirish mumkin. Muhokamaga imkoni boricha barcha
o‘quvchilarni jalb etish lozim. Tengdoshlarning yutuq va kamchiliklariga shaxsiy munosabat
bildirish asosida ularning og‘zaki tarzda so‘zlashlari uchun imkon tug‘iladi.
Darsga odatda rasmlar, illyustratsiyalar, jadvallar ham olib kiriladi. Ular ustida ham
muhokama va munozaralar tashkil etiladi. Ayniqsa, ijodkor shaxsiyatining rasmdagi ifodasi ustida
qizg‘in bahslar yuzaga keladi. Albatta, ifodali o‘qish darslarining yakuni o‘qituvchining
zimmasida qoladi: u har bir o‘quvchining yutuq va kamchiliklarini ko‘rsatadi, o‘quvchilar yo‘l
qo‘ygan kamchiliklarni yo‘l-yo‘lakay ham, alohida holda ham ko‘rsatib, uning sababini izohlab,
natijasini tushuntirib beradi.
4
Ибрагимов Р. Бошланғич синф ўқувчиларининг билиш фаолиятини шакллантиришнинг дидактик
асослари. Пед. фан. док. ... дисс. автореф. – Тошкент, 2005. – 21-б.
5
Раҳимова И.Р. Бошланғич синфлар ўқиш дарсларида муаммоли таълимдан фойдаланишнинг назарий-
амалий хусусиятлари. Пед. фан. фалс. (PhD) ... дисс. – Тошкент, 2020.
– 14-б.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
454
Nasriy asarlar ustida ishlanganda ham mana shu izchillikka rioya etiladi. Faqat unda epik
asar tabiatidan kelib chiqadigan o‘ziga xosliklarga alohida e’tibor qaratiladi. Bunda nasriy asar
yoki uning tanlab olingan fragmentini qayta hikoyalash qo‘shilishi mumkin. Qayta hikoyalashda
qator o‘ziga xos talablar qo‘yiladi. Bular: voqealar bayonidagi izchillik, ularning o‘zaro
bog‘lanishi, ifodaning aniqligi, ta’sirchanlik, asar matnida mavjud bo‘lgan so‘z va ifodalardan,
tavsif, qahramonlar tasviri, unda qo‘llangan tasvir vositalari, so‘z o‘yinlaridan foydalana olish
malakasi hisobga olinadi.
Ish tajribalarida muallif bilan suhbat, muallif yoki adabiy qahramonga maktublar,
qahramon bilan yuzma-yuz suhbat kabi shakllar ham mavjud. Adabiy mavzularga oid
mulohazalarni turli ko‘rinish va janrlarda ifodalashga o‘rgatishning shakl va usullari bular bilan
chegaralanmaydi. O‘quvchilarni nutqiy hamda estetik jihatdan rivojlantirish o‘qituvchining
ijodkorligiga, topqirligiga, har bir vaziyatdan foydalana olish mahoratiga bog‘liq.
O‘quvchilarning
nutq madaniyatini o‘stirishda boshlang‘icha sinflarda
o‘tkaziladigan yozma ishlar asosiy rol o‘ynaydi va u turli shakllarda o‘tkaziladi. I –IV
sinflardagi bayon va insho ta’limiy xarakterga ega bo‘lib, o‘qituvchi rahbarligida
o‘tkaziladi. Bu sinflarda o‘quvchilar mazmuni o‘zlashtirilgan ertak, hikoyalar bo‘yicha
bayon, hayotiy tajribalari va rasmlar asosida kichik hajmda insho yozadilar.
Xulosa qilganda, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mustaqil, ijodiy va mantiqiy
fikrlash qobiliyatini o‘stirish o‘qituvchidan ancha izlanishni talab qiladi.
REFERENCES
1.
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. И ҳарфи. – 221-б.
2.
Nasrullayev E., Hazratqulov M. Insho – o‘quvchi shaxsini shakllantirishning muhim vositasi
// Til va adabiyot ta’limi. – Toshkent, 2020. – № 9. – B. 15-b.
3.
Зуннунов А., Турдиев Б. Баёнлар тўплами. – Тошкент: Ўқитувчи, 1993. – 8-б.
4.
Ибрагимов
Р.
Бошланғич
синф
ўқувчиларининг
билиш
фаолиятини
шакллантиришнинг дидактик асослари. Пед. фан. док. ... дисс. автореф. – Тошкент,
2005. – 21-б.
5.
Раҳимова И.Р. Бошланғич синфлар ўқиш дарсларида муаммоли таълимдан
фойдаланишнинг назарий-амалий хусусиятлари. Пед. фан. фалс. (PhD) ... дисс. –
Тошкент, 2020. – 14-б.
