ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
492
VOYAGA YETMAGANLAR JINOYATCHILIGI VA UNING OLDINI OLISH
OMILLARI
Tileuov Erkinbay Muratbaevich
Nukus davlat pedagogika instituti
Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi mudiri
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
https://doi.org/10.5281/zenodo.14869303
Annotatsiya.
Mazkur maqolada voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi va uning oldini olish
omillari, ularning shaxsiy xarakteridagi o‘ziga xos xususiyatlari, voyaga yetmaganlar o‘rtasida
jinoyatlar va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida mamlakatimizda olib borilayotgan ishlar,
voyaga yetmaganlar o‘rtasida solir etilgan jinoyatlar haqida statisitik ma’lumotlar, voyaga
yetmagan huquqbuzarlarning shaxsining kriminolik tavsifi haqida xorijiy huquqshunoslarning
qarashlari tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar:
voyaga yetmaganlar, kriminologik tavsif, statatistika, huquqbuzarlik, jinoyat
kodeksi, siyosat, huquq, qonun.
JUVENILE CRIMINALITY AND ITS PREVENTIVE FACTORS
Abstarct.
This article analyzes the factors of juvenile delinquency and its prevention, the
specific characteristics of their personal character, the work carried out in our country to prevent
crimes and offenses among minors, statistical data on crimes committed among minors, the views
of foreign jurists on the criminal description of the personality of juvenile offenders.
Key words:
minors, criminological description, statistics, offense, criminal code, policy,
law, law.
ПРЕСТУПНОСТЬ НЕСОВЕРШЕННОЛЕТНИХ И ФАКТОРЫ ЕЕ
ПРОФИЛАКТИКИ
Аннотация.
В
статье
анализируются
факторы
преступности
несовершеннолетних и ее профилактики, особенности их личностного характера, работа,
проводимая в нашей стране по профилактике преступлений и правонарушений среди
несовершеннолетних, статистические данные о преступлениях, совершаемых среди
несовершеннолетних, взгляды зарубежных юристов на криминальную характеристику
личности несовершеннолетних правонарушителей.
Ключевые слова:
несовершеннолетние, криминологическая характеристика,
статистика, правонарушение, уголовный кодекс, политика, закон, закон.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
493
Kirish.
Bugungi
kunda
voyaga
yetmaganlar
o‘rtasida
jinoyatchilik
va
huquqbuzarliklarning o‘sib borishi jamiyatimizning turli qatlamlarini tashvishga solmoqda. Shu
sababli mamlakatimizda voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning sodir
etilishi holatlarini barvaqt oldini olish bo‘yicha samarali tizim yo‘lga qo‘yildi. Xususan,
mustaqilligimiz qo‘lga kiritilganidan 3 oy o‘tmasdan, ya’ni 1991 yil 20 noyabrda “O‘zbekiston
Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. 2016
yilga kelib “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonun yangi
tahrirda qabul qilindi. Bundan tashqari, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Voyaga
yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi,
“Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi
qonunlar qabul qilindi, qator xalqaro hujjatlar ratifikatsiya qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh
Assambleyasining 75-sessiyasidagi umumsiyosiy munozaralarida ham yoshlar mavzusiga alohida
to‘xtalishi masalaning dolzarbligidan dalolat beradi. Jumaladan, Prezidentimiz Shavkat
Mirziyoyev mazkur muaammoga alohida e’tibor berib prezidentiligining dastlabki yillarida
quyidagicha fikrni ta’kidlagan: "Barcha hududlarda, har mahalla va oilada ma’naviy muhitni
yaxshilash maqsadida uyma-uy yurish va bunga keng jamoatchilik jalb etish yuzasidan yangi ish
uslublari joriy etilganiga qaramay, hali kutilgan natijalarga to‘liq erishilgani yo‘q.
Masalan, Farg‘ona viloyatida voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilik o‘sgan. Umuman, o‘tgan
7 oy mobaynida viloyatda voyaga yetmaganlar tomonidan 129 jinoyat sodir etilgan. Viloyatning
10 shahri va tumanida voyaga yetmagan bolalarni uyda yashirincha diniy o‘qitish holatlari
aniqlangan. [1]. Prezidentimizning mazkur nutqi tasdig‘i o‘larok, yoshlar, jumladan voyaga
yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish bo‘yicha
ta’sirchan mexanizmlarni ishlab chiqish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi “O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025 yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi. Ushbu say-harakatlar oqibatida
voyaga yetmaganlar o‘rtasida sodir etilayotagan huquqbuzarliklar va jinoyatlarning soni sezirarli
darajada kamayganini ko‘rishimiz mumkin. Xususan, statistik ma’lumotlarga ko‘ra,
respublikamizda voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni 2018 yilda 938 tani,
2019 yilda 739 tani, 2020 yilning birinchi yarmida 338 tani tashkil etgan[2].
Voyaga yetmagan jinoyatchilarning shaxsiy xususiyatlarini o‘rganishda ularning jinsi,
yoshi, ijtimoiy bandligini muhim ahamiyatga ega. Sababi ushbu xususiyatlarni bilish orqali voyaga
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
494
yetmaganlar orasida aynan qaysi toifadagilar huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘ladi va voyaga
yetmaganlar tomonidan huquqbuzarliklarni sodir etilishiga nimalar sababchi bo‘ladi kabi
savollarga javob topgan holda voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir
etilishini oldini olish mumkin.
Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi — bu ijtimoiy muammolardan biri bo‘lib, yosh
avlodning jinoyatchilikka jalb qilinishi, ularning ijtimoiy hayotga integratsiyasi va tarbiyasi bilan
bog‘liq. Ushbu maqolada voyaga yetmaganlar jinoiyatchiligining sabablari, uning oqibatlari va
oldini olish omillari ko‘rib chiqiladi.
Jinoyat huquqida voyaga yetmagan shaxs deganda, jinoyat sodir etgunga qadar 14 yoshga
to‘lgan, ammo 18 yoshga to‘lmagan shaxs tushuniladi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat
kodeksining 17-moddasiga muvofiq, jinoyat sodir etgunga qadar 16 yoshga to‘lgan, aqli raso,
jismoniy shaxslar jinoyatning umumiy sub’ekti sifatida javobgarlikka tortiladilar. Jinoyat sodir
etgunga qadar o‘n to‘rt yoshga to‘lgan shaxslar javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan
odam o‘ldirganliklari (97-m.2-q) uchungina javobgarlikka tortiladilar. Jinoyat sodir etgunga qadar
o‘n to‘rt yoshga to‘lgan shaxslar odam o‘ldirganlik (JK 97-m 1-q), qasddan badanga og‘ir shikast
yetkazish (JK 104-moddasi), qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish (JK 105-m),
nomusga tegish (JK 118-m), bosqinchilik (JK 164-m), tovlamachilik (JK 165-m), talonchilik (JK
166-m), firibgarlik (JK 168-m), o‘g‘irlik (JK 169-m), bezorilik (JK 277-m.2-,3-q. ) va boshqa
jinoyatlar uchun javobgarlikka tortiladilar. JK 17-moddasiga asosan 16 yoshga to‘lgan aqli raso
jismoniy shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Yuridik adabiyotlarda ko‘pincha voyaga
yetmaganlarni ikki turkumga bo‘ladilar. O‘n to‘rt yoshdan o‘n olti yoshgacha bo‘lgan shaxslarni
kichik yoshdagi voyaga yetmaganlar, o‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lganlarni katta
yoshdagi voyaga yetmaganlar deb hisoblaydilar.
Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining sabablari:
1. Ijtimoiy muhit: Voyaga yetmaganlar jinoiyatchiligi ko‘pincha ijtimoiy muhit bilan
bog‘liq. Oila, do‘stlar va yashash joyidagi ijtimoiy muhit bolalarning xulq-atvoriga ta'sir qiladi.
Agar bolalar jinoyatchilikka moyil bo‘lgan muhitda o‘sishsa, bu ularning jinoyatga jalb qilinish
ehtimolini oshiradi.
2. Oila tarbiyasi: Oila — bolalarning dastlabki tarbiyalanuvchi muassasasi. Oila ichidagi
nizolar, ota-onalarning e'tiborsizligi yoki g‘amxo‘rlik qilmasligi bolalarning jinoiy faoliyatga
kirishishiga sabab bo‘lishi mumkin.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
495
3. Ta'lim muassasalari: Ta'lim tizimi ham voyaga yetmaganlarning jinoiy faoliyatiga ta'sir
ko‘rsatadi. Ta'lim muassasalaridagi o‘zaro munosabatlar, bullying (tazyiq) holatlari va o‘quv
jarayonidagi qiyinchiliklar bolalarni jinoyatchilikka yo‘naltirishi mumkin.
4. Ijtimoiy-iqtisodiy omillar: Ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar ham voyaga yetmaganlar
jinoiyatchiligiga ta'sir qiladi. Qashshoqlik, ishsizlik va iqtisodiy beqarorlik bolalar uchun
jinoyatchilikni bir imkoniyat sifatida ko‘rishga olib kelishi mumkin.
Voyaga yetmaganlar jinoiyatchiligi nafaqat jinoyatchilar uchun, balki jamiyat uchun ham salbiy
oqibatlarga olib keladi. Ular orasida:
1. Ijtimoiy izolyatsiya: Jinoyatga jalb qilingan voyaga yetmaganlar ko‘pincha jamiyatdan
izolyatsiya qilinadi, bu esa ularning ijtimoiy integratsiyasini qiyinlashtiradi.
2. Psixologik muammolar: Jinoyatga aralashgan bolalarda psixologik muammolar, stress
va depressiya holatlari ko‘payishi mumkin.
3. Jinoyatchilikning davom etishi: Voyaga yetmaganlar jinoiyatchiligi kattalar
jinoyatchiligiga olib kelishi mumkin, chunki jinoyatga kirishgan bolalar keyinchalik professional
jinoyatchilarga aylanishi ehtimoli yuqori.
Voyaga yetmaganlar jinoiyatchiligini oldini olishda bir qator omillar muhim rol o‘ynaydi:
1. Oila tarbiyasi: Ota-onalar bolalariga to‘g‘ri tarbiya berishlari, ularga axloqiy
qadriyatlarni o‘rgatishlari zarur. Oilada mehr-muhabbat va qo‘llab-quvvatlash muhitini yaratish
bolalarning sog‘lom rivojlanishiga yordam beradi.
2. Ta'lim tizimi: Ta'lim muassasalari o‘z o‘quvchilariga ijtimoiy ko‘nikmalarni o‘rgatishi,
bullyingga qarshi kurashishi va ijtimoiy adolatni ta'minlashi kerak. O‘quvchilarga
jinoyatchilikning salbiy oqibatlari haqida ma'lumot berish ham muhimdir.
3. Ijtimoiy dasturlar: Mahallalarda voyaga yetmaganlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning
bandligini ta'minlash uchun turli dasturlar tashkil etilishi zarur. Sport, san'at va boshqa ijtimoiy
faoliyatlar orqali bolalarning salbiy yo‘lga kirishini oldini olish mumkin.
4. Psixologik yordam: Voyaga yetmaganlarga psixologik yordam ko‘rsatish va ularning
hissiy holatini yaxshilash uchun maxsus dasturlar ishlab chiqilishi lozim.
Xulosa.
Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, voyaga yetmaganlarning kriminalistik
harakterida quyidagi xususiyatlarni ko‘rish mumkin ekan: –Voyaga yetmaganlar tomonidan
huquqbuzardiklar aksariyat hollarda ular 14- 15 yoshlarida sodir etiladi; –Voyaga yetmaganlar
tomonidan huquqbuzarliklar ko‘p hollarda shavfqatsizlik sodir etiladi; –Voyaga yetmagan
huqbuzarlarning xarakterida o‘qish, shaxsiy rivojlanish va mehnat qiziqish bo‘lmay, aksincha,
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
496
ko‘ngilhushlikka, spirtli ichimliklar va giyoxvandlik vositlariga qiziqish kuchli bo‘ladi; –Voyaga
yetmaganlar huquqbuzarlarning aksariyat hollarda sog‘lom oilaviy muhit bo‘lmaydi va moddiy
jihatdan qiyin ahvolda bo‘ladi.Voyaga yetmaganlar jinoiyatchiligi — bu murakkab ijtimoiy
muammo bo‘lib, uning oldini olish uchun birgalikda harakat qilish zarur. Oila, ta'lim muassasalari
va jamiyatning barcha qatlamlari bu jarayonda muhim rol o‘ynaydi. Faqatgina birgalikda ishlash
orqali biz voyaga yetmaganlarning jinoiy faoliyatga jalb qilinishini kamaytirishimiz mumkin.
REFERENCES
1.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika bolalar ijtimoiy
moslashuvi markazini tashkil etish to’grisida”gi 419- sonli Qarori, 2004 yil 7 sentyabr.
2.
O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi. 1994 yil 22 sentyabrdagi 2012-XII-son Qonun
bilan tasdiqlangan, 01.04.1995 yildan kuchga kirgan. O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi.
3-tom. T.: 2002, - 704 b., 603- 606 betlar.
3.
Karimova V.M. Yoshlarda o’zbek oilasi to’g’risidagi ijtimoiy tasavvurlar. Psix. fan. dok.
diss. - T.: ToshDU, 1994. - B.309.
4.
O.S.Qodirov
“O’smirlarda
(11-15
yosh)
jinoyatmotivlari
shakllanishining
psixodiagnostikasi va psixokorreksiyasi” // Psixologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori
(PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertasiya. T.: 2020, - 155 b.
